7-MAVZU: Inson, uning hayoti va erkinligi qadriyat sifatida.
Reja:
l. Falsafada inson muammosining qo'yilishi. Insonning bioijtimoiy mohiyati.
2. 1nson tabiatning oliy mahsuli, uning egasi ekanligi.Insonning hayoti (umri) va o'limi
masalasi. Hayot - inson uchun oliy qadriyatdir.
3. SHaxs va uning erkinligi muammosi. erkinlik qadriyat sifatida. Falsafada inson yashashi
(hayotining) ma'nosi masalasiga turlicha yondashuvlar.
Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining, moddiy va ma'naviy boyliklar rivojining yakuni, inson
kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Insonning ob'ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma'naviy muhit, yashash
shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo'lib, yangi- yangi qadriyatlaming
shakllanishiga, o'tmishdan meros bo'lib o'tganlari esa davr ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari
asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy
taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday
xodisa o'tmishda ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo'lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi.
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o'zgartirishning muxim omilidir. Xar bir
qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish,
ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadiryatlaming
ko'pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy
imkoniyatlaritakomilashib, chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning
yuzaga kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida davom
etayotganining ifodasidir.
Qadiryatlar inson ma’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat rivojlanishdagi
tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo'shgan shaxslar xam milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi, imkoniyatlari, talab va extiyojlari o'zining yaqqol
ifodasini topadi. Xar bir kadriyat ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlaming maxsuligina emas,
balki uning ko'zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy
sharoitlar, usha davirlarga xos bo'lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq kerak. Kechagi
voqealarni bugungi talab bilan o'lchash mumkin bo'lmagani dek, xar bir qdriyatning ishtimoiy
axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlami xisobga olib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlaming shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muxit, tabiy
sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam bog'liqdir. Umuman olganda,
qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda
va kelajakda xam ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
56
Qadiryatlaming ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar kishilaming modiy
turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va rivojlanadi. Bu qadriyatlaming
obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy, manaviy, xodisa bo'Isa xam, ularning axamiyati va
moxiyati kishitlaming ularga nisbatan bo'lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan
tushunchani uzi xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o'z duny
qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo beradilar.
Qadriyatlaming baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog'liqdir. Muayan qadriyatlarga
amal qilishiga, ulami baholashga shaxsiy, gumhiy, miliy va umuminsoniy manfatlar ham bevosita
tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti ijtimoiy, miliy
ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma'naviy jixatdan etuk shaxs, jamiyat miliy va
umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug'ri baxolash imkoniyatiga egadir.
Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo'Isa xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va
meros bir-biriga uzviy bog'liq bo'lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo'la olmaydi. Meros
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat o'tmishdan
qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakilanayotgan
ijtimoiy, ma'naviy siyosiy xodisalar xam qadriyat xisoblanadi. Xozir O'zbekistonda miliy istiqbol
mafkurasining rivojlantirishi uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va
milat manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda utmish
merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat sifatida yuzaga kelmoqda.
Meros o'tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib kelgan ijtimoiy - ma'naviy xodisalar
madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur
omil bo'lgandagina qadriyat darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo'lgan
axamiyatini bilish- uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib,
takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlami baxolash
mezonlari xam o'zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida
maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlaming manfatlari xam ma lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga
tor siyosiy guruxlaming manfatlari asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug'ri
tushunishga olib keladi.
Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko ra bir necha turga bo'linidai. Jumladan, inson va uning
hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr-qimmati xaqida so'zlash
bema'nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr- qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash,
bilimi va madaniy saviyasini o'stirish, sog'lig'ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz
siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning,
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi,
o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga
qaratilgandir.
Muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi ma'naviy qiyofasi o’shha jamiyatning tabiiy,
tarixiy sharoitlariga qarab o’zgarib boradi. Millatning ruhiy, ma'naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong
shakllarida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy ongning an'anaviy shakllari har bir millat kishilarning ruhiy,
ma'naviy qiyofasi asta- sekinlik bilan o’zgarib borishiga olib keladi. Mana shu regressiv bilishi
mumkin. Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining o’zgarishlari o’z navbatida ko’p millatli jarayonga
ham ijobiy, ham salbiy ta sir ko’rsatishi muqarrardir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va yangilash
bo'yicha ko'p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi O'zbekistonning fuqarosi turadi.
Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishga
qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi barcha o'zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga
- har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy jihatdan bayroq qilishga
bo'ysundirilgan». Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari,
erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Imzosiz
xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo'li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, ulaming qadr-qimmati va
or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo'li bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid
uchun o'ch olishga harakat qiladigan shaxslar, kimligidan qat'iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Vazifani suiste'mol qilgan mansabdorlar g'ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida
57
javob beradi.
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo' qotgan, boquvchisidan mahrum bo'lib
qolganlar, yolg'iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo'li bilan muhofaza qilinadi, ularga
moddiy, ma'naviy yordam ko'rsatiladi. Bizda odamlaming shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi,
telefon so'zlashuvlari, yozishmalar pochta va telegraf orqali jo'natilgan narsalarning sir saqlanishi
kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr- qimmatini saqlash va
muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o'z hayotlari va sog'liqlari, mulklariga va
shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr- qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish
huquqiga egadirlar.
Kishilaming turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini qondirish, ijtimoiy
sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish masalasida ham O'zbekistonda juda katta ishlar amalga
oshirilmoqda. Inson farovonligini yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ulami uy-joy,
ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, radio va telefidenie bilan ta'minlashdir. O'zbekiston rahbariyati
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo'yildi. Qishloq aholisiga shaxsiy xo'jaliklarini
kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag'lar ajratildi. Qurilish materiallari bilan yordam
berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan boshlab paxta terimiga qo'shimcha haq to'lashning joriy
etilganligi paxta va boshqa qishloq xo'jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib
borilayotganligi, boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor ayollarni
qo'shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'miniash yo'lga qo'yilganligi, veteranlaming
nafaqasini oshirish, nogiron, yolg'iz qolgan qariyalar va uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash
uchun qo'shimcha mablag' sarf etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo'lgan munosabatlar
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy
qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o'rmonlar, o'simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar
kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O'zbekiston zamini hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin
yotgan qazilmalaming aksariyati ochilgan va ular xalq xo'jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun
xizmat qilmoqda. SHu bilan birga hali ochilgan, ro'yodga chiqmagan konlar ham ko'p. Bu krlaming
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo'Isa, aksariyati er ostida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy
ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy xom ashyo buyumlari -«foydali qazilmalar» O'zbekiston
Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadiriyatlaridandir. O'zbekiston behisob tabiiy
boyliklarga, qulay geografik muhitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya'ni
yonilg'i, har hil metallar, rudalar, havo, suv, o'simliklar dunyosi bo'lmasa, insoniyat yashay olmaydi.
Tabiat biz uchun moddiy ne'matlarining bosh manbai sifatida ham, sog'lik, shodlik, turmushga mexr
muxabbatning va har bir kishidagi ma'naviy boyliklaming bitmas- tuganmas omili sifatida ham
o'zining g'oyat zo'r ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydi.
Ona- er kishilar usun moddiy ne'matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining hazinasidir,
insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o'zi uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni
boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo'lsa, er
uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson
uchun g'oyat darajada muhim va zarur bo'lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, e' zozlamaslik
mumkin emas!
Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma'lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli
jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol
ta'sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida hozirgi kunlarda sobiq Ittifoqdagi respublikalar
hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Ularning
hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik
inqirozli tus olmasin, xalq ommasi ongining, ayniqsa, milliy ongning yangicha shakllanishi
anchagina ijobiy tus olmoqda..
Milliy ong va uning shakllanishi, eng awalo, milliy uyg’onish zamirida boshlanishi tabiiydir.
Hozirgi uyg’onish davr taqozosiga ko’ra, taraqqiyotning ob'ektiv ijtimoiy voqeligiga aylanmoqda.
CHunki kishilaming dunyoqarashi, hayotiy xulosalar, bir-birlariga munosabatlar, iroda va
xohishlar, milliy turmush tarzlari, milliy rasm-rusumlar, odat va an'analar tufayli shakllanadi va
rivojlanadi. SHunday ekan, milliy turmush tarzi va madaniyat ijtimoiy voqelikning tabiiy ifodalashni
58
shaklidir. Milliylikni tan olish - millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish
demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etgan
bo’ladi. Milliylikda milliy mansublik ruhi mavjud. Milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz majmui
milliy tasawurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanadi. Agar milliy mansublik va
uning barcha tomonlari kishilar tasawurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni biz milliy o’z-o’zini anglash
deb tushunamiz. Milliy o’zligini anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo’Hanma
darajasiga ko’tarilsa, biz uni milliy mafkura deb ataymiz.
Milliy onglilikning mohiyati to’g’ri tushunilmasligi oqibatida, ba'zi hollarda bunday
munosabatlar millatchilik illatlariga mubtalo etmoqla. Millatchilik g’ayriinsoniy illat bo’lib, awalo
o’zga millatlarga, qolaversa o’z millatiga ham xudbinlarcha qaramsh fojiasidir. Bu o’z millatini va
uning manfaatlarini xudbinlik zaminida mutlaqlashtirish yo’lida boshqa millatlarning manfaatlari
bilan hisoblashmaydigan, ularni kamsitib, tazyiq etib, ijtimoiy adolatsizliklar tug’diradigan illatdir.
Demak, milliy g’urumi millatchilik bilan almashtirib bo’lmaydi. Milliy g’urur har bir millatga
xos bo’lgan xususiyatlarni ximoya qilib, ularning kelajak hayotini yuksaltirishiga qaratilgan tabiiy
intilishdir. Millatchilik esa bittagina millatning muddaosini himoya etib, bogshqa millatlarning
ehtiyojlarini pisand qilmasdan ulaming huquq va erkinliklarini chegaralab qo’yishga qaratilgan
harakatdir. «Milliy tuyg’u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola
ota- onasiga butun dunyoga aytgan birinchi so’zida ifodalanadi».
Ma'lumki, milliy tuyg’u tabiiy tuyg’ulardandir. Ayni paytda milliy ma'naviy hayotning juda
nozik elementlaridir. Milliy tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy harakterning, demakki,
milliy-psixologiyaning belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir.
Milliy his-tuyg’u, milliy iftixor manfaatlari va xalqparvarlik bilan bog’liqdir. U o’z millatining
tarixini, hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va harakterini ruhiy tushunish, emohional shaklda idrok
etishdir. Biroq his-tuyg’ular, emotsiyalar millatlarning tub manfaatlarini bevosita ifoda qilmaydi.
SHuning uchun ham milliy tuyg’u ham milliy tuyg’u milliy ongdan farqlanadi.
Milliy tuyg’u va kayfiyat millatning jinslashuvi va irodasi namoyon bo’lishida kata rolb
o’ynaydi. Millatning birikishida, ularning milliy qiziqishlari umumiyligi, tarixiy hodisalar, o’tmish
madaniyatiga muhabbat, milliy iftixor tuyg’ulari sifatida namoyon bo’ladi.
O’z xalqining ko’p asrlik boy tarixi, ajoyib ma'naviy merosi bilan xaqli ravishda faxrlanishi
tuyg’usi, o’tmishni qo’msash emas, balki qadimiy tarixni, xalq yaratgan moddiy va ma'naviy
boyliklami kengroq o’rganish va ochib berish, ulami yangi avlodlar tomonidan ajdodlar merosi
sifatida o’zlashtirishni ta'minlashdan iboratdir.
Milliy tuyg’ularning qanchalik qarama-qarshi bo’lib qolishiga qarab milliy qadr- qimmatga
bo’lgan e'tiborsizlik shunchalik xavfli tus olib boradi.
Bundan xulosa chiqarib aytish mumkinki, milliy his-tuyg’ularni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ahloqiy omillarga suyanib milliy mafkura asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki,
milliy qadr-qimmat millatlararo munosabatlarning eng (muhim tomonlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
SHuning uchun ham mutafakkirlar millatning qadr-qimmatini oddiy so’z bilan kamsitish hech
mumkin emasligini qayt- qayta ta'kidlagan edilar. O’zini ko’rsatib turadigan milliy manmanlik,
maxdudlik, milliy maqtanchoqlik bilan boshqa millat his-tuyg’ularini kamsitiga olib kelishi mumkin.
Bir millatni boshqa millatga maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish, til va urf-odatlarini
haddan tashqari targ’ib etish, albatta, ikkinchi millatning tuyg’ulariga aylanib ketishga olib kelishi
mumkin. SHovinistik qarashlarning asosi ham mana shu milliy tuyg’ularning kamsitilishidan yuzaga
keladi. SHovinistik kayfiyatning shakllanishi asosan milliy tubanlik, o’z millati manfaatlarini
avdolatsiz ravishda ortiqcha o’ringa qo’yishdan, boshqa millatlar va jumxuriyatlarning manfaatlarini
hisobga olmaslik, o’z millatini ko’klarga ko’tarish va boshqalarda namoyon bo’ladi. Milliy
psixologiyadagi shovinistik hislar oddiy insonlar ongini milliy mahdudlik kabi salbiy tushunchalar
bilan zaharlashga, ularning behuda bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Milliy iftixor ham milliy o’z-o’zini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’z-o’zini anglashning
rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy xis-tuyg’ular namoyon bo’ladi.
Milliy xis-tuyg’alarga ojo’ya yondashish, uni nazar-pisand qilmaslik oqibatida ulaming
millatchilik tuyg’ulariga aylanib ketishga sabab bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham hozirgi milliy
tuyg’u masalalariga ko’proq e'tibor berilayotgannligi tasodifiy emas.
59
Insoniy his-tuyg’ular hayotning ijtimoiy sharoitlari bilan o’zgaradi. Boshqacha aytganda, u
ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Milliy tuyg’ularga asir bo’lib qolish qanchalik
xavfli bo’Isa, ayni zamonda, ulaming e'tiboridan chetda qoldirish ham juda katta xatodir. Ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy omillarga suyanib umuminsoniy tarbiyaviy ishlar keng ko’lamda amalga
oshirilayotgan hozirgi sharoitda milliy his-tuyg’ular o’zaro hamfikrlikka, halqlar va xalqlarning
ayrim namoyandalari do’stlikning mustahkamlani shiga yordam beradi.
Istiqlol yo’li, demokratiya vaoshkoralik ilgari keng xalq ommasining ijtimoiy siyosiy, siyosiy
faoliyati rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatib kelgan barcha g’oyalarni birin-ketin bartaraf etib, uning
ijtimoiy, siyosiy madaniy, ma'naviy hayotining hamma sohalarida faol ishtirok etishi, o’zini
ko’rsatishi uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ommaning ijtimoiy-siyosiy
ongi faoliyati o’sib borayapti. YOzuvchilar,olimlar, inson va dehqonlar, yoshlar, xotin- qizlar,
dindorlar, faxriylar, xullas, jamiyatni soqlomlashtirish uchun kurashayotgan kuchlaming harakatga
kelganligi Mustaqillik davriga, demokratiya va oshkoralik davriga xos bo’lgan eng noyob hodisadir.
Milliy o’zligini yangilashning keng tus olayotganligi, respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy mustaqilligini amalda ta'miniash uchun astoydil kurash olib borayotganligi va bu sohada
erishgan ilk muvaffaqiyatlar milliy uyg’onishdan davlolatdir. Hozir bizda qaror topayotgan ijtimoiy
sharoitlar har bir millat va elat uchun ona tabiat va tarix muyassar etgan miqyoslarda o’z
kuch-qudratini namoyish etish imkoniyatini yaratmoqda.
Milliy ong va o’zligini anglash yoki bu millatga mansublikni xis qilish, uning tarixi,
madaniyati, urf-odat va an'analarini har taraflama chuqur bilish bilangina chegaralanmaydi.
Milliy o’z-o’zini anglash millatning hozirgi ahvoli, uning oldida echimini ko’tarib turgan
muammolarini bilish va ulami hal qilishda faol harakat etishni talab qiladi. Buning uchun yuksak
madaniyat, uzoqni ko’ra bilish va donolik, g’oyaviy etuklik va nopoklik, yangicha fikrlash
imkoniyatlaridan, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirib, ahvolining farovon hayot kuchirishi uchun
zamin yaratish yo’lida foydalanish bilish kerak.
SHuningdek, milliy o’z-o’zini anglash millatning kelajak istiqbolini ham ko’ra bilishni talab
qiladi. Bu ham kishalarning milliy ongi o’sishi, tafakkurlash madaniyati darajasi bilan uzviy
bog’liqdir. Ma'rifatli, yuksak madaniyatli inson bugungi kun extiyojlarini qondirish uchungina
yashamaydi, u albatta ertangi kunni ham o’ylab yashaydi. Kelakjakni ko’ra bilish, fahmlash - milliy
o’z-o’zini anglashning zaruriy qismini tashkil etadi.
Milliy ongning o’sishi Mustaqillik tufayli jumxuriyatimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni,
islohotlarni, Birinchi Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni yakdillik
bilan qo’llab-quwatlashda, mustaqil respublikamizga bo’lgan mehr-muhabbatning kundan-kunga
oshib borayotganida namoyon bo’lmoqda.
O’zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari Davlat Gerbi, Davlat
Bayrog’i, Davlat Madhiyasi azizdir. Biz ular bilan faxrlanamiz, ulami e'zozlaymiz. Ular
ma'naviyatning eng muhim timsollari sifatida ona Vatan - O’zbekiston Respublikasiga iftixor va
cheksiz hurmat tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Birinchi Prezidentimiz aytganidek, Vatan tuyg’usi vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday
muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lsog’i kerak. «Biz ona O’zbekiston istiqlolini, uning sha'ni
shavkatini qanday himoya etishni ota- bobolarimizdan meros qilib olamiz va uning ximoyasiga
hamisha tayyor turmog’imiz darkor.
Ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo’lib kelayotgan vatanga muhabbat tuyg’usi,
farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam etiqodga, chinakam aqidaga
aylansin.
Milliy g’urur, milliy iftihori baland millatni egib bo’lmaydi»!.
Sobiq SSSR davrida SSSR va O’zbekiston SSR Konistetutsiyalarida O’zbekiston suveren
respublika deb yozib qo’yilgan bo’lsa-da, Markaziy Osiyoda O’zbekistondek kelajagi buyuk, ko’hna
tarihi boy tabiiy,iqtisodiy, madaniy va ilmiy merosga ega qudratli davlat bor ekanligini jahon
mamlakatlarining aksariyati bilmas edi chunki O’zbekiston shu pay tlarda mustaqil siyosat va
faoliyat yurgizib, chet elga chiqish xuquqidan mahrum etilgan edi. endilikda Istiqlol sharofati bilan
bizning dovrug’imiz olamga yoyildi. Hozirning o’zida O’zbekistonni dunyodagi 160 tadan ortiq
davlat tan oldi. Ulardan 120 tasi billan diplomatiya munosabatlari o’rnatildi. O’zbekiston poytahtida
35 dan ortiq mamlakatning, shu jumladan, buyukligi etirof etilgan AQSH, YAponiya, Germaniya,
60
Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kabi davlatlarning elchi-xonalari ishlab turibdi. O’z navbatida
dunyoning 20 ortiq davlatida AQSH, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va
boshqalarda) respublikamizning diplomatiya elchixonalari ish boshladi»!
O’zbekiston bayrog’i Birlashgan Millatlar Tashkilotida hilpirab turibdi. Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-,
50
sessiyalarida buyuk minbardan turib jahon xalqlariga o’zbeklarning kim ekanligini namoyon
etdi. Axir bu xalqimiz hayotida katta tarixiy voqea-ku! Bundan faxrlanmaslik aslo mumkin emas!
Milliy ongimizning rivojlanib borishini yana bir ko’rinishi shundan iboratki, jamiyatimizning
zahmatkash fuqarolari eski andozalar va suxtalashgan g’oyalardan voz kechib bozor munosabatlariga
mos ravishda yangicha fikrlashga, tafakkurlashga qodir bo’lmoqdalar. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlar tajribalarini ijodiy o’rganib, o’z imkoniyatlarimizdan samarali foydalangan holda ilg’or
texnologiya, fan va texnika yutuqlari, zamonaviy iqtisodiy moliyaviy bank va kredit sistemasini,
boshqaruv usullarini hayotga tatbiq etib, kelajagi buyuk davlatimiz poydevorini mustahkamlash
uchun astoydil mehnat qilib kelmoqda. Respublikamiz mehnatkashlari yuksak madaniyatiga,
ma'naviyatga ega isteedodli ishbilarmon, zahmatkash kishilar ekanini, xorijdan kelgan
mutaxassislarning o’zi tan olmoqdalar.
Xorijiy mamlakatlar bilan yangicha tashqi iqtisodiy, ilmiy-tehnikaviy, ma'naviy
munosabatlami shakllantirish va rivojlantirishda ham o’zbek xalqi o’zining yuksak madaniyati va
ma'naviyatini namoyish etmoqda. Bunga respublikamizda muntazam ravishda yuksak darajada
o’tkazilayotgan dolzarb mavzular va muammolarga bag’ishlangan ilmiy va amaliy anjumnalar,
seminarlar, kongresslar va boshqa tadbirlar misol bo’la oladi.
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar:
Istiqlol, milliy ong, milliy g’urur, ijtimoiy ong, etnik ong, dunyoqarash, ibtidoiy ong, mistik
tasawur, ilohiy kuch, sinfiy formatsiya, g’oya, qarash, mistika, sinfiy jamiyat, ijtimoiy ruhiyat, milliy
xis-tuyg’u, milliy o’z-o’zini anglash, e'tiqad, aqida, ostetik ong, badiiy ong, o’zlikni anglish milliy
o’zlikni anglash, milliy iftixor tuyg’usi, milliy-ma'naviy qadriyatlar.
Dostları ilə paylaş: |