Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
 
5-MAVZU: Qadrlash va qadrsizlanish muammolari. 
Reja: 
1. Qadrlashning aksiologik mohiyati va mazmuni. 
2. Qadrlash mezonlari va me'yorlari, ular buzilishining salbiy oqibatlari. 
3. Qadrlashning shaxsiy, milliy, umuminsoniy va boshqa darajalari. 
4. Qadrlash va qadrsizlanish qarama-qarshi hodisalar sifatida. 
5. Mustabid tuzumda mamlakatimiz fuqarolari va ularning hayoti havf ostida qolganligi. 
Qatag'onlik yillari va uning qurbonlari. 1970-1980yillarda “O'zbeklar ishi”, “Paxta ishi” 
siyosati va uning asl mohiyati 
Cheklangan demokratiya sharoitida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlaming ahvoli, shaxsga sig'inish 
siyosati, uning milliy qadriyatlarga salbiy ta'siri, diniy va milliy urf-odatlarimizning toptalganligi. 
O’zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy va ishlab 
chiqarish qudratiga ega mamlakatlardir. Respublikamiz bag’rida foydali qazilmalar mo’l. U tabiiy 
iqlim sharoitiga ko’ra, qishloq xo’jaligi madaniyatini yuksaltirish imkoniyati baland, mahsulotlar 
etishtirish uchun eng qulay mintaqalardan biridir. 
O’lkamiz azaldan ilm-fan va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu 
o’lka olimlari, etuk mutafakkirlari jahon ilm-fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas ilmiy 
asarlari bilan boyitdilar. Insoniyat tafakkuri taraqqiyotiga juda katta xissa qo’shdilar. Ana shundan 
o’lkani, uning boyliklarini qo’lga kiritish chorizm tashqi siyosatining maqsadi bo’lib, bu siyosat 
Pyotr I tomonidan asoslab berilgan edi. Ana shu niyatni amalga oshirish natijasida Pyotr I O’rta 
Osiyoda Aleksandr Bekovich CHerkasskiy, YUlomo Benevi kabi josuslarini shu o’lkani har 
tomonlama yaxshilab o’rganish uchun yuborgan edi. 
Rossiyaning keyingi xukmdorlari ham mazkur siyosatni amalga oshirish uchun ko’plab 
ekspeditsiya uyushtirdilar. 1839-1940 yillarda Rossiya Xivani bosib olish uchun Perovskiy 
boshchiligida katta harbiy ekspoditsiya uyushtirdi. Ammo bosqinchilaming bu harakati zoe ketdi. 
1864-1875 yillarda chorizm Turkistonni zabt etgach, o’lkani o’zining mustamlakasiga, 
metropoliyaning xom ashyo bazasiga aylantirdi. Bu esa Turkiston jamiyatining butun turmushini 
ag’dar-to’ntar qilib yubordi, undagi xalqlaming milliy qadriyatlari, urf-odat, an'analari zo’ravonlik 
bilan barbod etildi. CHorizm tomonidan Turkistonda o’tkazilgan mana shu siyosat, afsuski, 
O’zbekistonda ham, Ulug’ oktyabrb revolyutsiyasidan keyingi davrda o’ziga xos tarzda davom etdi. 
Sobir SSSR markaziy organlari og’zida milliy respublikalarni har tomonlama rivojlantirish xaqida 
gapirib, amalda esa ularning haqiqiy extiyojlarini va manfaatlarini oyoq osti qildilar. 
Zo’ravonlikka asoslangan ma'muriy buyruqbozlik tizimi, totalitar markaz o’z qo’lidagi cheksiz 
hokimiyatni ishga solib, respublikalaming mustaqilligini, fuqarolarning moddiy haq-huquqlarini ham 
kamsitib keldi. O’zbekiston ekonomikasi esa faqat horn ashyo etkazib berishga yo’naltirilgan edi. 
Paxta yakka hokimligi o’n yillar davom etaverdi. Sug’oriladigan erlarga muttasil paxta ekib kelishdi. 
Erimiz zaxri qotil butifosning qo’llanilishi natijasida zaxarlandi, suv va xavo bulg’andi. Minglab 
kishilar oshqozon-ichak, sariq kasalliklariga mubtalo bo’ldi, yosh bolalar, xotin-qizlar o’rtasida o’lim 
ko’paydi. Paxta yakka hokimligi oqibatida suvdan foydalanish izdan chiqib ketganligi tufayli Orol va 
uning sifati yomonlashganligi tuproq va o’simlik qatlamining tanazzulga, o’simlik va xayvonot 
dunyosining o’zgarishiga, baliqni qayta ishlash sohasining yo’qolib ketishiga, shuningdek 
sug’oriladigan erning samaradorligining pasayishiga olib keldi. 
Ekologik vaziyatning yomonlashuvi Orol dengizi xavzasidagi 35 mln aholining turmush 


50 
sharoitiga, ularning salmog’ligiga salbiy ta'sir ko’rsatdi, xo’jalik faoliyatini buzib yubordi. Bularning 
barchasi mintaqadagi migratsion jarayonlaming ko’payishiga olib keldi. O’zbekiston xalqi mamlakat 
va sobiq sotsialistik lager mamlakatlari to’qimachilik olidagi o’z baynalminal burchini vijdonan 
bajardi, ammo o’rnini qoplab bo’lmaydigan talofatlarga uchradi. 
SHunday qilib mustamlkachilik tufayli noyob boyliklarga va imkoniyatlarga ega iste'dodli va 
melmatsevar xalq ajoyib an'analari va boy madaniyati bo’lgan ulug’ zotlarni voyaga etkazgan 
diyorimiz doimo xom asliyo manbaiga aylantirilib qo’yilgan edi. Paxtacliilik yalpi maxsulotni 
ko’paytirisli ketidan quvish butun aliolining, ayniqsa, deliqonlaming xayotiy manfaatlariga katta 
ziyon etkazdi. Mustamlakacliilik yillari «ег-deliqonniki», «er umumxalq mulki» deb zo’r berib 
gapirib kelishdi-yu, ammo liayotda deliqon erlar, er esa dehqondanjudo bo’ldi. 
Mustabid tuzum oliy qadriyat liisoblanuvclii inson va uning liayotiga ham jiddiy xavf solgandi. 
CHorizm va bolbslievizm mustamlakachilari mahalliy xalqning millatparvar ziyolilarini, atoqli 
davlat arboblarini, etuk qadriyatlarni birma bir qatag’on qilislidan mustamlakacliilik tartiblarini 
saqlab turishning eng makkarona, tarix sinovlaridan o’tgan nozik yo’llaridan biri sifatida foydalandi. 
Qatag’onlik - milliy karlami qiyratisliga, xalqni qo’rqitib olisliga, milliy ongi va g’ururining 
o’sisliiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan davlat siyosati edi. 
XX asrning 20-yillaridan boslilab qatag’on qilisli hamma joyga yoyildi. Kimda kirn shubha 
ostiga olingan bo’lsa, aybi bonni-yo’qmi, haqmi-nohaqmi, so’rab- surishtirib o’tinnay yo’q 
qilinaverdi. O’sha mash'um yillarda hech kirn o’zini xavfdan yiroqman, deya olmagan, uyida tinch 
o’xlolmagan kisliilar noliaqdan «xalq duslimani», «millatclii», «josus», «yot unsur» degan ayblar 
bilan jazo olgan. Odam odamdan qo’rqqan. Bir biriga islionmagan. Hamma ruhiy iztirob va dahshat 
ichida yasliagan. Ayg’oqcliilar istagan odamdan xolilagan paytlarida istaganlariclia «ayb» va 
«jinoyat» topib yo’q aybini bor qilib, begunoh odamlaming taqdirini lial qilganlar. Qamoqxonalarda 
odamlar cliidab bo’lmas sliaroitlarda qilmagan islilarini qildim, deb tazyib ostida qalbaki xujjatlarga 
imzo chekishga majbur bo’lganlar. 
1937-1939 yillarda O’zSSR Icliki Islilar Xalq Komissariyatining «troyka»si prokuror, raykom 
sekretari va Icliki Islilar Komissari islitirokidagi «uclilik»lar tomonidan 41 ming kislii sudlangan, 
shundan etti mingi otib taslilangan. Bunday bedodlik 50-yillarga qadar davom etdi. 1939-1953 
yillarda O’zbekistondan 62 ming kislii qamaldi. Sotsializm bayrog’iga «liamma narsa inson uchun, 
insonning baxt- saodati uchun» degan so’zlar yozib qo’yilgan edi. Amalda esa bu shior oddiy 
insonlar uchun emas, balki rahbarlaming manfaati uchun xizmat qilib keldi. 
So’zda sotsializm chinakam jamiyat, unda odamlarning hamma huquq va erkinliklarini himoya 
qilisli kafolotlanadi, ular fikr, mafkuraviy e'tiqodlarini ifodalash hamda uni tarqatish huquqiga 
egadir, deb kelindi, amalda esa kishilarni bundan ham mahrum qilingandilar. Ba'zi bir millat va 
elatlaming haq-huquqlari cheklab qo’yildi. Butun-butun xalqlar qatag’on qilindi. 1941-1945 yillarda 
SHimoliy Kavkaz va Qrim aholisi, qalmoqlar, chechenlar, ingushlar, qarachoylar, qirim tatarlar, 
mesxeti turklari zo’ravonlik bilan o’z yurtlaridan SHarqqa ko’chirildi. Ko’chirilganlaming umumiy 
soni 3 million kislii edi. «Jazolangan» xalq vakillarining 1 millionga yaqini ko’chirish chog’ida vafot 
etdilar. Majburiy ravishda o’z erlaridan badarg’a qilingan xalqlarga nisbatan asossiz ravishda 
cheklovlar joriy qilindi, ularning haq-huquqlari va erkinliklari kamsitildi. 
Turg’unlik davri deb atalgan 70-yillar va 80-yillarning boshlarida, keyinchalik qayta qurish 
yillarida ham sodir bo’lgan qatag’onlik o’zining mohiyati va ko’lami jihatidan millatimiz boshidan 
kechirgan jabr va jafolarining dahshatlisi edi. «O’zbek mafiyasi», «O’zbeklar ishi», «Paxta ishi», 
«Buxoro ishi» singari atamalar paydo bo’lganligini, o’zbek xalqining peshonasiga o’g’ri, poraxo’r, 
tekintomoq, boqimanda degan tamg’alar yopishtirishga harakat qilganligini aytmay bo’lmaydi. 
Milliy o’zligimizni anglab olishimizga yo’l bermaslik maqsadida mustamlakachilar olib 
borilgan zo’ravonlik siyosati natijasida milliy g’ururimiz, urf- odatlarimiz, insoniy qadriyatlarimiz 
rga o’rnadi. 
Soxta boynalmnachilik shovqinlari ostida xalqimiz haq-huquqi, erki, izzat-nafsi, tili, tarixi, 
madaniyati tazyiq ostiga olindi. Oshkora zo’ravonlik, ur-yiqit, ta'qib va tazyiqqa, milliy xo’rlash va 
kamsitishga asoslangan mustabid siyosatning mash'um oqibatlari sifatida ba'zi odamlarda bora-bora 
itoatkorlik, karashtlik, to’porilik, laqmalik ildiz ota boshladi. Milliy ruhga zarba berilaverdi. Ana 
shunday og’ir va murkkab bir sharoitda O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilindi. U 
100 yildan ko’proq vaqt davomida ezilgan, kamsitilgan, sha'ni va g’ururi erga toptalgan xalqimiz 


51 
ezgu niyatini ro’yobga chiqarish uchun kng imkoniyat va sharoit yaratib berdi. 
CHorizm mustamlakachilari Turkiston xalqlarining ma'naviy jihatdan Rossiyaga nisbatan 
ustun turishini yaxshi anglagan hold, ularni savodsizlik, bilimsizlik holatida ushba turishga intildilar. 
CHunki g’aflat o’yqusida bo’lgan, fan-texnika va madaniyat yutuqlaridan behabar qolgan, milliy 
ongi past bo’lgan xalqni talash ancha osondir. Bu xaqda general Kaufman ochiqdan-ochiq shunday 
deb yozgan edi: «Bu xalqqa iloji boricha ko’proq paxta ektirish, ko’proq ishlashga majbur jtish 
kerakki, toki bir zum ham o’ylashga, kundalik voqealarni anglashga urinishga vaqti ham, xohishi 
ham qolmasin. Mabodo bularda darud xasratlarini to’kib solishga moyillik tug’ilsa, faqat dindan 
najot topsin». 
CHor xukumati mustamlakachilikning hamma davrlarida o’lkamizda fanning, madaniyatning, 
ma'naviyatning rivojlanishiga yo’l bermaslikka jon-jahdi bilan kurashib kelganlar. Bosib olingan 
xalqlarni oxir-oqibati olomonga aylantrish, ular qalbidagi ozodlik va erkinlik alangalarini butkul 
so’ndirish barcha mustamlakachilaming oliy maqsadi bo’lgan. Bundan sho’ro xukumati ham istisno 
emas edi. 
SHaxsga sig’inish va totalitarizm avjiga chiqqan yillarda O’zbekistonda milliy qadriyatlar 
rivojiga sun'iy to’siqlar yaratildi. Tilimiz, madaniyatimiz, me'rosimiz qoralandi va kamsitildi. Bir 
necha ming yillik madaniy me'rosimizga e'tibor berilmadi. O’zbekistonda 2 marta alifbo o’zgardi. 
Arab alifbosidan voz kechish xalqni 13 asrlik ona tarixidan uzoqlashtirildi. Arab alifbosida 
o’qish-yozishni biladigan ziyolilar ta'qib ostiga olindi, o’sha yillarda yozilgan kitoblar, nodir 
qo’lyozmalar yoqib tashlandi. 
Natijada butun bir ma'naviy xazinadan mahrum bo’lindi 30-yillardan boshlab masjid va 
madrasalar dinga qarshi niqobi ostida buzib tashlandi. 
Xalqimizning mehnati va aql-idroki bilan dunyoga kelgan tarixiy obidalar o’ylamay-netmay 
yakson qilindi. Ziyorat qilib kelinadigan muqaddas joylar, aziz- avliyolar maqbaralari atayin buzib 
tashlandi. 
Milliy qadriyatlarga, madaniyat va ma'naviy merosimizga, dinimizga hurmatsizlik shu darajaga 
borib etdiki, bahor va mehnat bayrami bo’lgan Navro’z ta'qiqlandi, ko’klamda sumalak qilish 
qoralandi, ruhoniylar, diniy tashkilotlaming faoliyatlari cheklandi. Milliy kiyimlarni kiyishdan voz 
kechish targ’ib qilindi, to’n va do’ppi kiyib yurish millatchilik va madaniy qoloqlikning ko’rinishi 
deb talqin qilindi. Diniy urf-odat va marosimlarga qatnashganlar jazolandilar. 
Bebaho milliy qadriyat hisoblangan qadimiy qo’lyozmalarni o’rganib nashr etish, ommaga 
etkazish imkoniyatiga ega bo’lgan iqtidorli yoshlarning o’sib kamol topishi, etuk olim-mutahassis 
bo’lib shakllanishga imkoniyat ochib berilmadi, ularga nisbatan cheklashlar davom eta ver di. Har 
qanday milliy qadriyatlarni hurmat qilishga millatchilik va mahalliychilikdeb baho beildi. 
Mahalliy taraqqiyparvar kuchlardan о’ch olish va vaqti-vaqti bilan yo’q qilish, milliy madaniy 
merosimizni qoraladi, tilimiz va tariximizni kamsitishlar bulaming hammasi qatag’onlik siyosatining 
ijrosi edi. 
Har qanday milliy qadriyatlarni hurmat qilishga, millatparvarlikka qaratilgan har qanday fikmi 
burjua millatchiligi, feodal o’tmishni qo’msash deb baholandi. Xalqimiz milliy ongi, milliy 
madaniyati va milliy ona tilisini cheklab qo’yish natijasida ba'zi ziyolilar o’z ona tillarini unutib 
qo’ydilar, milliy urf-odatlarni mensimay qo’ydilar, evropacha ahloq-odobni tarbiyaning bosh mezoni 
deb bildilar va ular asta-sekin o’z ona tilini bilmaydigan, urf-odat, an ana va qadriyatlarni 
mensimaydigan «o’ta zamonaviy» kishilarga, mashqurtlarga aylana boshladilar. Istiqlol 
bo’lmaganda bu hoi haddan ziyod kuchayib, manqurtlashish avj olgan bo’lar edi. 
Boshqaruv 
usullarining 
haddan 
tashqari 
markazlashtirilganligi 
oqibatida 
milliy 
respublikalarning markazga tobe, vassal bo’lib qolganligi jamiyatimiz taraqqiyotiga g’ov bo’ldi. 
SHaxsga sig’inish avjga chiqqan, qatag’on kuchayib ketgan paytlarda respublikalar huquqlari oyoq 
osti qilindi. Garchi konstitutsiyada respublikachilar mustaqil deb belgilab qo’yilgan bo’lsa-da, 
ularning barcha inon-ixtiyorlari, vakolatlari markaz xukumatining qo’lida mustahkam ushlab 
turilardi. YUqoridan qabul qilingan qaror va qonunlar respublikalar uchun to’g’ri kelmasa ham 
so’zsiz bajarilishi shart edi. Er va er osti boyliklariga egalik qilish, ichki va tashqi siyosat masalalarini 
hal qilish, kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta'miniash, fan, madaniyat va boshqa sohalami qay 
darajada rivojlantirish kabi eng muhim hayotiy muammolami echish huquqi respublikalarning 
tasarrufidan olinib, yuqoridan belgilanadigan bo’lib qolgan edi. 


52 
Sobiq SSSRning turli milliy respublikalarda sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tangliklar, 
milliy mojarolar olib borilgan noto’g’ri siyosatning oqibatidir desak, to’g’ri bo’ladi. O’tmishda 
xalqimizning boshiga tushgan ko’p kulfatlaming yana bir sababi shundaki, mamlakatda hamma vaqt 
bitta Kommunistik Partiya va uning oliy organi - Siyosiy byuro hukmronlik qilib kelganidadir. 
Hokimiyatni o’z qo’lida ushlab turgan KPSS davlatning ichidagi davlat bo’lgan edi. Undan 
yuqori turadigan hokimiyat yo’q edi. Uni tanqid qilib, xatolarini fosh etadigan, kamchiliklarini 
ro’yi-rost ko’rsatadigan boshqa siyosiy partiya bo’lgan emas. SHu sababli KPSS yo’l qo’ygan 
xato-kamchiliklar ham to’g’ri deb tasdiqlanib kelingandi. 
Pirovard natijada yanada chuqurlashib, batamom inqirozga olib keldi. O’n yillar davomida 
hukm surib kelgan kommunistik mafkuraning ta'siri istida «xalqimiz demokratik jamiyatda yashab 
kelayotir», deb jar sonishdi, aslida esa biz totalitar tuzumdagi jilovlangan demokratiya sharoitida 
yashadik. 
Siyosiy hayot to’la-to’kis KPSSning ixtiyorida edi. Saylovlar KPSSning nazorati ostida o’tar 
edi. Saylovga qo’yiladigan nomzodlar, ularning soni, tarkibi va barchasi partiya qo’mitalari 
tomonidan oldindan belgilab qo’yilardi. Hattoki saylov komissiyalarining a'zolari ham partkom 
byurosi tasdiqlanib qo’yilardi. Saylov byulletenida bitta o’ringa kitta nomzod kiritilardi. Aslida bu - 
saylov emas, balki KPSS tomonidan ko’rsatilgan nomzod uchun ovoz berish edi. Lekin saylovlami 
eng demokratik saylov deb ovoza qilinardi. 
Kapitalistik mamlakatlarda inson ha-huquqlari va erkinliklari oyoq osti bo’linganligi haqida 
gapirildi, o’zimizdagi yutuqlarni esa mutloqlashtirdik, afsuski bizda o’sha kezlarda, sovet jamiyatida 
insonning qadr-qimmati istalgancha oyoq osti qilinayotgan edi. Aybsiz kishilar aybdor bo’lib 
qolshdi, huquq tartibot, qonun- qoidalar suiste'mol qilingan edi. Amalga oshmagan da'vatlar va 
va'dalar shu qadar ko’p bo’lardiki, oqibatda ularga hech kim ishonmay qo’ydi. Sotsialistik tuzumning 
insonparvarlik mohiyati yo’qqa chiqarila boshlandi. 
Ma'lumki, har bir insonda, uning oila a'zaolari, ota-ona, aka-uka, opa-singlik, tog’a-jiyan 
hayoti, xotiralari bilan bog’liq bo’lgan har xil qadriyatlar mavjud. Mazkur qadriyatlarga ulardan 
qolgan noyob dgorliklar, buyumlar, kiyim-kechaklar, qimmatbaho bezaklar, kitoblar, rasm-suratlar, 
xatlar-maktublar kiradi. 
Ulami avaylab asrash, qadrlash katta tarbiyaviy, ma'naviy ahamiyatga ega. O’z avlodining 
shajarasini, tarixini, hayotini yaxshi bilish oila a'zolarida milliy g’urur tuyg’usini qo’zg’atadi, 
avlodlar o’rtasida vorislikni saqlab qolish, tug’ilgan zaminga, vatanga sadoqatli bo’lish kabi 
fazilatlami shakllantirishda katta vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Afsuski, mustabid xokimiyat tomonidan olib borilgan zo’ravonlik va g’ayrinsoniy siyosat 
tufayli xalqimiz ana shu qadriyatlardan etildi. Xalq dushmani, boy, quloq deb otib o’ldirilgan, 
qatag’on qilingan zotlarning oila a'zolari o’zlarining kim ekanliklarini yashirib kelishga majbur 
bo’ladilar. Ko’plab kishilar esa ota-onalari xoki yotgan zaminni tark etib, boshqa yurtlarga chiqib 
ketishga majbur bo’ladilar. Bor bisotidan butunlay mahrum etilgan kishilar jonlarini omon saqlab 
qolish maqsadida dunyoning turli tomonlariga qarab bosh olib chiqib ketadilar, tarki Vatan qildilar. 
Qachandan-qacha turkistonliklar boshiga g’ariblik kulfati, musofirlik tashvishi tushdi. Muhojirlikda 
yashagan qarindosh-urug’lari bilan aloqa qilib turushi ham taqiqlangan edi. 
Mustabit tuzum o’tmishida keng tarqalgan, kishilar ongida saqlanib qolgan «eskilik 
qoldiqlariga qarshimurosasiz kurash olib borish» degan sohta g’oyalardan kelib chiqib, xalqimizni 
ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an' analaridan judo qilishga intilib keldi. 
Ma'lumki, milliy urf-odat, an'analar va udumlar ming yillar davomida yaratilgan va xalqning 
turmush tarziga, kundalik ehtiyojiga aylanib ketgan. Xalq unga amal qilgan, uni buzmagan, o’z 
millatini, tilini, milliy birligini saqlab qolgan. Udumlar millatning hayot tomiri, mustahkam 
ildizlaridir. G’animlar millatni yo’qtish uchun ana shu mustahkam ildizni yo’q qilishga harakat 
qilishgan. 
Xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan udum an'analarni, turli 
bayram-marosimlami, xattoki, do’ppi, sumalak, beshikni cheklab qo’yishu chun turli xil bahonalami 
o’ylab topdilar. «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» gap-gashtaklar, ko’pkari, «Dorboz» 
xalq tomoshalari, mushoiralar, aksiyabozliklar 


53 
sun'iy ravishda o’ylab chiqilgan boshqa bayram va marosimlar bilan zo’rlab almashtirildi. 
Diniy bayram deb ayblangan «Navro’z» yo’qotildi. «Navro’z» bilan birga Qurbon va Ramazon 
hayitlari ham ta'qiqlab qo’yilgan edi. «Qur'on» qoralanib kelindi, islom dini Xalq uchun afyun deb 
kelindi. 
O’zimizni butun dunyoga dahriylar mamlakati deb e'lon qildik. Diniy adabiyotlarni chop etish 
man etildi. «Diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi» bahonasida Naqshbandiy, Buxoriy, YAssaviy, 
Boqirg’oniy, So’fi Olloyor kabi musulmon olamida mashhur bo’lgan olimlaming asarlari ta'qibga 
uchradi. 
Masjid va madrasalarning bo’lib tashlanganligi dinga sadoqatli bo’lgan kishilarning nozik 
his-tuyg’ularining oyoq osti qilinishiga sabab bo’ldi. O’tmishni qoralab xadeb yomonlaverib, 
badnom qilib, oxir-oqibatda kattani hurmat, kichikni izzat qilishni unutdik. Odamlardan imon-e'tiqod 
ko’tarila boshladi. Boyligi va mansabiga qarab odamlami hurmat qilish odat bo’ldi. 
Ota-bobolarimizning «Suvga tupurma, tabitni bulg’ama, daraxtni sindirma, jonivorlami bejon 
qilma, ularga ozod etkazma, nonni uvol qilma» degan o’g’it- nasixatlari unutilgan, ariqlar va 
anhorlarga mag’zava to’kishdan, o’ralarni ahlatga to’ldirishdan chiqindilarni daryoga oqizishdan, 
tabiyatni zaharlab bulg’ashdan tap tortmay digan bo’ldik. 
Jamiyatimizda ro’y bergan va ildiz otib ketgan yaramas illatlar odob-ahloq, ta'lim-tarbiya 
masalalarida yo’q qo’yilgan kamchiliklar bilan bog’liqdir, desak to’g’ri bo’lar. 
Mustamlakachilik siyosati odamlarning qalbiga va ongiga ta'sir o’tkazish yo’lidan borib, 
adabiyot va sna'at asarlariga o’ziga xos yondashuvni vujudga keltirdi. Ma'lumki, abadiy va estetik 
qadriyatlar kishilarni obrazlar vositasida tarbiyalashga, ularga ma'naviy madad berishga da'vat 
etilgandir. 
Agar bu qadriyatlar biror maqsad sari qat'iy yo’naltirilsa, avlodlarning ongida, tarbiyasida, 
ulaming dunyoqarshi va turmush tarzidi jiddiy o’zgarishlar yasashi mumkin. CHorizm va 
bolbshevizsning g’oyaviy rahnamolari buni juda yaxshi bilishardi. Ulaming abadiy-estetik 
qadriyatlarimizga nisbatan tajovuzida 2 xil usul yaqqol ko’zgga tashlanadi, ya'ni chor 
mustamlakachilari xalqimiz qo’lidagi noyob qo’lyozmalarni turli yo’llar bilan egallab olib, ulardan 
mamlakatimizning bahramand bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqargan bo’lsa, qizil mustamlakachilar 
adabiy javoxirlami xalq ko’zidan pana qilish, ulami boshqacha talqin qilish yo’lidan bordilar. 
Adabiyot tarixiga boylar adabiyoti (saroy feodal-klerikal adabiyoti) va yo’qsillar adabiyoti 
pozitsiyasidan baho berish natijasida millatimiz mulki bo’lgan ulkan adabiy xazina la'natlanib, xalq 
nazaridan soqit qilib kelindi. Saroy adabiy muhitida kim ijod qilgan bo’lsa, uning asarlariga g’oyaviy 
dushmanlik yorlig’i osilaverdi. Oqibbatda Xusayniy, Amiriy, Fazliy, Namangoniy kabi shoirlarning 
me'rosi qora ko’zoynak ostida tadqiq qilindi. Ta'qiqlangan adabiy merosimizning yana bir qatlami 
sufiyona ruhda yozilgan edi. 
Xususan, Ahmad YAssaviyning ко mil insonni tarbiyalashga qaratilgan, kishini poklashga 
xizmat qiladigan she'rlari, hikmatlari, So’fi Olloyoming asarlari o’ta jiddiy ta'qiq ostiga olindi. 
Adabiyot ishi umumproletar ishining bir qismi deb e'lon qilingach, sotsialistik ralizm deb nom olgan 
ijodiy metod va adabiy oqim umumproletar ishni amalga oshirishnnig vositachisi bo’lib xizmat qildi. 
Adabiyotnig partlyaviy qoliplarga sig’magan asarlari tanqid qilindi, mualliflari tazyiq ostiga 
olindi. YAratilgan asarlar go’zallik manbai emas, balki g’oyalar yig’indisiga aylanib qoldi. Bir-biriga 
o’xshash obrazlar bolalab ketdi, insoniy xis- tuyg’ulardan yiroq «qizil» adabiyot maydonga keldi. 
Har qanday she'riy, nasriy to’plam Lenin va partiya madxi bilan boshlanadigan bo’ldi. SHo’rolar 
davrida haqiqiy badiiy asarlar qadr topmadi, aksincha ular yo’qotildi, madaniyatimiz tarixidan izini 
o’chirishga harakat qilindi. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 
Mustamlakachilarning mafkuraviy tazyiqi, sotsialistik inqilob, qishloq xo’jaligini 
kollktivlashtirish, sotsialzm qurilishi, mustamlakachilarning qadriyatlarimizga tajovuzi, inson 
hayotiga taxdid, madaniy-ma'naviy qadriyatlarimizning iskanjaga olinishi, milliy madaniyatimiz, 
urf-odat va an'analarimizga bepisand munosabatda bo’lish, soxta baynalminalchilik siyosati, ozodlik 
va erkinlikka berilgan zarba, diniy urf-odat va marosimlaming ta' qiqlanishi, milliy ong va 
madaniyatimizning cheklanishi, shaxsiy va oilaviy hamda abadiy - estetik qadriyatlarimizning 
toptalishi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin