Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

15. Qo'shimcha adabiyotlar. 
16. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. - Toshkent, 1998. 
17. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. - Toshkent: O'zbekiston, 1999. 
18. Tulenov J, Qodirov B, G'o'ofurov Z. Ma'naviy yuksalish sari. - Toshkent: Mehnat, 2000. 
19. Uvatov U. Donolardan saboqlar. - Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994. 
20. Yusupov E. Falsafa. - Toshkent: Universitet, 2000. 
21. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to'plami. - Toshkent: O'zbekiston, 
1997. 
22. Hakimov I. Sog'lom muhit - sog'lom avlod. - Toshkent: O'zbekiston, 1999. 
23. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. - Toshkent:O'FMJ, 2004 
24. Achildiyev A.S. Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar. - Toshkent: O'zbekiston, 2004. 
3-MAVZU: Qadriyatshunoslikning G’arbdagi rivojlanish bosqichlari
va asosiy yo’ nalishlari. 
Reja: 
1. Antik dunyo va g’arbda qadriyatlar to’g’risidagi qarashlaming takomil bosqichlari. 
2. Suqrot,Platon, Aristotel, Gomer, Gesiod va boshqalaming qadiryatlar haqidagi g’oyalari va 
ularning ahamiyati. 
3. Qadimgi Rimda siyosiy va ma'rifiy ta'limotlarning o'ziga xosligi. 
4. Evropada Renesans davri qadriyatlari. 
5. 15-17 asrlardagi ijtimoy-siyosiy o’zgarishlar va yangi zamon qadriyatlarining shakillanishi. 
6. 18-19 asrda qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlar, Nemis klassik falsafasi, fransus inqilobi. 
7. Hozirgi davr g’arb aksiologiyasi. 
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar paydo bo'ladi. 
Mustaqil polislar shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham o'z ichiga oladi. Ibtidoiy tuzumdan 
ilk sinfiy tuzumga o'tganda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkillashga katta e'tibor beriladi, bu ishlar 
axolini sotsial tabaqalashtirishni kuchaytirib yuboradi va ular o'rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. 
Bu sharoitda polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi. 
Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. eramizgacha IV- Vasrlarda Afinada, 
Abdirda demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari 
davlatchilikning turli yo'sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. qadimgi Gretsiyada paydo 
bo'lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va ma'rifiy ta'limotlar tarixini uch davrga bo'lish 
mumkin Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo'lish davrini o'z 
ichiga oladi.Bu davrda siyosiy va huquqiy tasawurlarning mifologiyadan ozod bo'la boshlashini, 
ratsionallashuvini kuzatish mumkin. Bu jarayon Gomer, Gesiod va mashxur "etti donishmandlar" 
ijodida o'z ifodasini topgandi. SHu davrda davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham 
shakllana boshlaydi (Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit). 
Ikkinchi davr (eramizgacha Vva IV asming birinchi yarmi. Bu davr qadimgi grek falsafiy 
siyosiy va huquqiy ta'limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit, Suqrot, Ploton, Arastularning 


29 
falsafiy, siyosiy va huquqiy ta'limoti shakllandi va rivojlandi. 
Uchinchi davr (IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixda ellinizm davri bo'lib. 
Bu davming muxim belgisi grek davlatchiligining tanazzulga YUz tutgan davri. Grek polislari 
dastlab Makedoniya, so'ngra rim tasarrufiga o'ta boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar 
epikur, stoiklar va Polibiy ijodida o'z aksini topdi. 
qadimgi YUnonistonda paydo bo'lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar 
tarixini Gomer va Gesiod dostonlarini taxlil qilishdan boshlaymiz. Bu buYUk shaxslar yaratgan 
dostonlarda jamiyatda paydo bo'lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta' 
svirlagandir. 
Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning moxiyati, yo'nalishlari va 
shakllanishi eng awlo Zevsning faoliyati bilan bog'lanadi. Bosh Xudo Zevs barcha xudolarni 
iskanjaga olib, adolat o'matishni talab qilgan. Gomer poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, 
ya'ni qattiqqo'l adolatli Bosh Xudo obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi erdagi voqealar 
bilan bog'langan holda izohlanadi. erdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir 
kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo'ladi. 
Gesiod (eramizgacha Vllasr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari yanada yorqinroq 
ifodalangan. Uning «Teogoniya», «Mexnat va kunlar» nomli asarlarida turli tamoyillarga ega bo'lgan 
axloqiy-x,uquqiy normalar ta'riflanadi va himoya qilinadi. 
Masalan, uning «Teogoniya» asarida Zevs va abadiy tabiiy tartibning timsoli Femida nikohidan 
ikki qiz Dike adolat xudosi va Evnomiya qonunchilik xudosi tug'ildi. Dike adolatni himoya qiladi, 
uni buzuvchilarni qattiq jazolaydi. evnomiya esa qonunchilik, tartib-intizom ilohiyat tomonidan 
o'rnatilgan odamlar orasida bo'lishi shart bo'lgan qonun deb hisoblab uni himoya qiladi. Dike ham, 
evnomiya ham barcha ishlami bosh xudo-otalari Zevs buyrug'i bilan bajaradilar. Demak, adolat ham, 
qonunchilik ham ilohiy manbaga ega. U Bosh xudo va boshqa xudolar tomonidan boshqarib boriladi. 
Gesiod «Mehnat va kunlar» poemasida patriarxal tuzim ideallarini himoya qilar ekan, odamlar 
hayotida beshta biri-biri bilan olmashib turadigan bosqichlarini o' ziga xos tomonlarini ifodalab 
beradi. «Oltin asr», «kumush asri», «mis asri», «yarim xudo-qaxramonlar asri» va nihoyat o'zi yashab 
turgan asrni «temir asri» deb baholaydi. «Oltin asr» odamlari baxtli edilar, g'am-tashvishsiz umr 
kechirdilar. «Kumush asrining» qaysar, xudolarga itoat qilmagan odamlarini Zevs qirib tashladi. 
«Mis asri» ning odamlari o'zaro raqobatda va chiqishmovchiliklar tufayli o'zlari biri- birini 
yanchib tashlashdi. To'rtinchi «Temir asrining» qonli urushlarda yarim xudo qahramonlari ham xalok 
bo'ldilar. Gesiod «Temir asrini» qora bo'yoqlar bilan g'amgin tasvirlaydi. Mehnat og'ir, kun ko'rish 
qiyin, xaqiqat toptalgan, odamlar o'rtasidan insof, diyonat ko'tarilgan. 
Gomer va Gesiod ijodiga xos bo'lgan axloqiy, huquqiy tartib-intizomning insonlar o'rtasida 
qaror toptirish va ularga aql nurini bag'ishlashga qaratilgan intilishlar keyinchalik etti donishmand 
faoliyatida davom ettirildi. Bu etti donishmand Fales, Pittak, Permandr, Biant, Solon, Kleobul va 
Xilon. Bu donishmandlar jamiyat adolat tantana qilishi uchun kurash olib bordilar. Ularning 
ayrimlari hokim yoki qonun chiqaruvchilar sifatida o'z g'oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. 
Masalan, Solon xususiy va davlat qarzlarini bekor qildi, qarz berishni adolatli asosga qo'ydi. Solon 
tomonidan tashkil etilgan polis demokratiyasi demos bilan zadogonlarni, boylar bilan kambag' allami 
murosaga keltirish uchun ishlab chiqilgan qoidalarga asoslanar edi. Solon bir tomonning ikkinchi 
tomon manfaatlarini erga urish asosida ustunlikka erishishlarini ochiq qoralaydi. 
Ijtimoiy, siyosiy-huquqiy tartiblarning falsafiy g'oyalar asosida qayta o'zgartirish fikrlarini 
ilgari surgan Pifagor (eramizgacha 580-500 yillar) va uning izdoshlari (Arxit, Lizis, Dgigolay va 
boshqalar), hamda qadimgi dunyoning atoqli faylasufi Geraklit (eramizgacha 530-470) 
demokratiyani tanqid qilib aristokratik boshqaruv usulini, aqlan va axloqiy etuk odamlar 
hokimiyatini yoqlab chiqdilar. 
Pifagor va uning hamfikrlari dunyoqarashlari bir qadar mistik bo'lsada, ammo ular olamning 
asosini moddiylik belgisi sonlar tashkil etadi deb hisoblashdi. Xamma narsaning mohiyati oxir 
oqibatda sonlarga borib taqaladi. Axloqiy va siyosiy-huquqiy voqealaming ham moxiyatini sonlar 
xarakteristikasidan izlash kerak, masalan, adolat tushunchasi tenglarga tenglik bilan javob qaytarish 
demakdir. 
Pifagorchilar ideali polis edi. Ammo polisda adolatli qonunlar mavjud bo'lishi kerak. 
Pifagoming ко'rsatishicha, xudodan so'ng, ota-onani va qonunni hurmat qilish kerak, xudo, ota-ona 


30 
va qonun. Pifagorchilar tartibsizlik, anarxiyadan qattiq nafratlanar, insoniy munosabatlar anarxiya 
zulmidan ozod etilib huqiqiy tartib va garmoniyaga ega bo'lishi kerak degan g'oyani ilgari surdilar. 
Aflotun va Arastuning siyosiy va huquqiy ta'limotlari. 
Aflotunning ideal davlat va jamiyat haqidagi ta'limoti uning keyingi dialoglarida («Davlat», 
«qonunlar» va boshqalar) rivojlantirildi. Uning ideyalar haqidagi qarashlarining mohiyati 
quyidagicha: haqiqiy borliq bu moddiylikdan tashqari, aql bilan idrok etiladigan ideyadir. Bizning 
qo'zimizga ko'rinib, hissiyotimizga ta'sir qilib turgan narsalar borliqqa aloqador emas, shuning uchun 
ham haqiqiy bilish bu borliqni bilishdan iborat, ya'ni ideyalarni bilishdan iborat. Borliqni hamma ham 
bilavermaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir. 
U o'zining «Davlat» nomli asarida adolatli ideal davlatni ta'riflar ekan, davlat polisdagi 
ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bo'ladi, deydi. Aflotunning ta'limotiga ko ra 
adolat deganda birichi navbatda har bir odam o'z ishi bilan shug'ullansin, boshqalarning ishlariga 
aralashmasin, polis turli ehtiyoj laming umumlashgan ifodasidir degan g'oyani ilgari suradi. Bu 
turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun davlatda odamlar o'rtasida mexnat taqsimoti qaror topgan 
bo'lishi kerak Ideal davlatda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega. Aflotun ideal davlatida uch 
tabaqa faylasuflar, harbiylar va dehqon, hunarmandlarni bo'lishini e'tirof etgan. 
Aflotun o'zining «qonunlar» nomli asarida davlatning moxiyati va qurilishi xaqida batafsil 
to'xtalib o'tadi. Aflotun ideal davlatning eng muhim belgilari quyidagilardan iborat. Uning 5040 
fuqarosi chek tashlash orqali er maydoni va uy-joy oladilar, ammo bu er va uy ularning xususiy mulki 
hisoblanmaydi. Barcha erlar davlatning mulki bo'lib odamlaming farzandlaridan biriga meros bo'lib 
o'tishi mumkin. Mavjud mulkning ko'p va ozligiga qarab, odamlar to'rt toifaga bo'linadilar: 
Boylikning ham, kambag' allikning ham ma lum chegarasi bo'lib, bu qonun tomonidan belgilab 
qo'yiladi. qullar va chet ellardan kelgan dehqon, hunarmand, savdogarlar YUqorida aytilgan 5040 
fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish o'zaro kelishuv 
va muomila asosida olib boriladi. YOshlar erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lsalarda, ammo ular 
oliy rahbarlikka ko'tarila olmaydilar. Aflotun davlatining boshida bosqichma-bosqich saylovlardan 
o'tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha bo'ladi. 360 kishidan iborat 
bo'lgan saylov kengashi katta huquqlarga ega. 
Aflotunning ideal davlatida qonunchilikka e'tibor qaratgan. qonun chiqaruvchilarga Aflotun 
maslahat berib qonunlar juda qattiq bo'lmasin, qonunga itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni 
erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab chiqqanda geografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa 
omillar e'tiborga olinishi zarur. Aflotun qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, 
olimlar turli- tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavermasin. 
Aflotun o'z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e'tibor berdi. Davlat va qonunlarning 
ilohiy va muqarrar qudratini odamlarga etkazish, ularning ongiga singdirish kerak. qonun-qoidalarni 
buzish qattiq jazolanishi kerak. Aflotun tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan "qonun 
ustivorligi", "qonun hukumronligi" g' oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali. 
Arastu Aflotundan keyin eng ulug' mutafakkir sifatida maydonga chiqdi. (Eramizdan oldingi 
384-322 yillar). O'zining «Politiya», «Afina siyosati», «Etika» nomli asarlarida siyosiy, huquqiy 
qarashlarini bayon etadi. Arastu siyosat fanini har tomonlama ishlab chiqishga, siyosatni axloq 
doirasida qarashga harakat qildi. Axloq siyosatning boshlang'ich nuqtasi, uning muqaddimasidir, 
deydi u. Arastu adolatning ikki xilini farqlab ko'rsatadi. Muvozanatga soluvchi adolat misoli 
arifmetik tenglik, ya'ni mana shu tamoyilni jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etish. Belgilovchi adolat 
xuddi geometrik tenglikka o'xshaydi. ya'ni barcha haq-huquqlar, ne'matlar odamlar o'rtasida har 
kimning o'ziga yarasha taqsimlanishi kerak. 
Arastuning etika sohasidagi izlanishlarining mohiyati shundaki, siyosiy adolat odamlar 
o'rtasidagi tenglik, erkinlikka asoslangan bo'lib, har bir odamning o'z ehtiyojlarini qondirishi bilan 
belgilanadi. Arastu tasawurida davlat ko'plab tarkibiy qismlarning o'zaro uyg'unligidan tashkil 
topadi. Davlat o'ziga xos bir tashkilot bo'lib, fuqarolaming uYUshishidan tashkil topdi. Davlatning 
har bir turida o'ziga xos inson xuquqlari ishlab chiqilgan bo'ladi. 
Arastu davlatning siyosiy tashkilot ekanini ta'kidlab, davlat bu oliy hokimiyatga ega bo'lgan 
siyosiy tizimdir, deb uqdiradi. Davlatning to'g'ri va noto'g'ri boshqarish shakllarini ajratadi. 
Davlatning to'g'ri boshqarish shaklida xalqqa manfaat keltiradi. Noto'g'ri boshqarish shaklida faqat 
tor doiradagi odamlarga foyda keltiradi xolos. 


31 
Davlat boshqarishining uchta to'g'ri shakli monarxiya, aristokratiya, politiya. Davlat 
boshqarishning noto'g'ri shakli tiraniya, oligarxiya, demokratiyadir. 
Arastu davlat boshqarish shakllarining turli xillarini xam tekshirib chiqadi. Uning fikricha, eng 
to'g'ri boshqarish shakli bu politiyadir. Boshqa davlat formalari politiyadan ozmi-ko'pmi 
chekinishlarga asoslanadi. Davlatni noto'g'ri boshqarish shaklidan eng yomoni bu tiraniyadir. 
Politiya oligarxiya va demokratiyaning eng yaxshi tomonlarini birlashtiradi, ammo ulaming yomon 
tomonlaridan butunlay xoli davlat shaklidir. Arastu ishlab chiqqan ideal davlatning loyihasini oddiy 
bir faktni tajribada sinab ko'rishdek aniq bir belgilar bilan xarakterlab bo'lmaydi, deb ko'rsatadi. Ideal 
davlatning aholisi etarli darajada bo'lib, aniq ko'zga tashlanib turishi kerak. Uning xududida quriqlik 
va dengizga yaxshi yo'naltirilgan bo'lmog'i zarur. 
Qonun siyosatga mos bo'lishi uchun avvlo qonunlar adolat asosida shakllanishi zarur. Arastu 
qadimgi dunyoning eng mashhur, genial tafakkur egasi edi. Uning asarlari asrlar osha o'z kuchini 
yo'qotmay qolmoqda. U voqealami chuqur, ilmiy taxlil etishda o'z ustozi Aflotundan ancha o'zib 
ketgan edi. 
Qadimgi Rimda siyosiy va ma'rifiy ta'limotlarning o'ziga xosligi. 
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi ming yillami o'z ichiga oladi va shu davr 
ichida qadimgi Rimda o'zgarib turgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealami aks 
ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), respublika 
boshqarish usuli (504-28 y), imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi 
eramizning 395 yili batamom bo'linib ketdi. g'arbiy (markaz Rim), SHarqiy (markazi 
Konstantinopol’) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. 
qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi 
kuchlar patritsiylar va plebeylar o'rtasidagi, to'xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu 
kuchlar nisbatini, manfaatlarini o'zida aks ettirdi. 
qadimgi 
Rimdagi 
siyosiy-huquqiy 
qarashlar 
qadimgi 
YUnonistonda 
shakllangan 
ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta'sirida edi. eramizgacha 2 asr o'rtalarida plebeylar yozma ravishdagi 
qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va YUnonistonga odamlar YUborib, ulardagi 
qonunchilik, davlatchilik asoslarini o'rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga 
katta e'tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o'rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo'lgan 
qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo'ldi. qadimgi YUnonistonning atoqli 
faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim 
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta'sir qildi. 
qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim hukukshunoslari 
huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari 
(davlat va huquq nazariyasi va ma'muriy xuquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda 
ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro'y berayotgan yangiliklaming nazariy 
asoslarini ishlab chiqdilar. Rim YUristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, 
fanlar bugun bizda ham o'rganilmoqda. 
Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo'ladi. Ilk xristian ta'limotlari barcha 
erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo'lgan ko'plab tabiiy huquq g' oyalarini yangi din o' z nomidan, 
ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlaming tengligi, uni odamlar 
o'rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g'oya muxim axamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo 
bo'lishi va Jahon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi 
bosqichlariga kuchli ta'sir qildi. eramizning II asrida xristian jamoalarida axvol bir muncha o'zgaradi. 
Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular o'rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar 
paydo bo'ladi. CHerkov ierarxiyasining paydo bo'lishi, diniy dogmatning kuchaytirib YUbordi. Ilk 
xristianlik ta'limotlarida qulchilikni yo'qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar 
o'rtasidagi notengllkni bartaraf etishga qaratilgan g'oyalar mavjud edi. Qadimgi Rim siyosiy va 
huquqiy ta'limotlar tarixida Mark Tualliy Sitseron (10643 eramizdan oldingi yillar) aloxida o'rin 
egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va mutafakkir Sitseronning davlat va x,uquq muammolariga 
bag'ishlangan "Davlat haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida siyosiy va 
huquqiy qarashlari o'z aksini topgan. Davlatning paydo bo'lishining sababi odamlarning birga 
yashashga intilishidadir. Sitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va ideal fuqaroga xos fazilatlar katta 
o'rin olgan. Sitseronning ijodiy merosi insoniyat madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. 


32 
Rim huquqshunoslarining siyosiy va ma'rifiy qarashlari 
Eramizgacha II asr boshlarida huquqshunoslik, hususan fuqarolar xuquqi borasida M. Maniliy, 
P. Mutsiy Stsevola va M. YUniy Brut samarali faoliyat ko'rsatdilar. Huquqiy masalalar quyidagi 
soxalarni qamrab olardi: 
• Odamlarning YUridik savollariga javoblar; 
• Bitimlar tuzishda tavsiya qilish va yordam berish; 
• Sudda ishlarni hal qilish uchun formulalar ishlab chiqish; 
• Rim huquqshunosligi respublikaning oxirgi damlarida, xususan, imperiyaning dastlabki ikki 
yarim asrida o'zining eng YUqori rivojlanish darajasiga etdi. Ill asming ikkinchi yarmidan boshlab, 
imperatoming qonuniy hokimiyatga ega bo'lishidan so'ng rim huquqshunosligining rivojlanishi 
pasaya boshladi. TO'g'ri, klasik davrda YUristlarning axvoli hurmat e'tibori yangi davrda ham 
saqlanib turdi. Xuddi mana shu klassik davrda yashagan mashhur huquqshunoslardan Gay, 
Panminak, Pavel, Ul’pian, Modestinlarni ko'rsatib o'tish mumkin. 
IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining qulashi bilan birga 
antik davr ham tugadi, o'rta asrlar boshlandi. Ming yildan ko'proqvaqtning o'z ichiga olgan bu davr 
feodalizmning paydo bo'lishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi davridir. 
Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini erga bo'lgan feodal mulkchiligi tashkil qiladi. qirol eng 
katta er egasi hisoblanar edi. U o'z vassalariga er taqdim etardi, vassalar bunga javoban qirolga harbiy 
ko'mak ko'rsatishi va soliqto'lashlari shart edi. Feodallar o'z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir 
qatorda, hosilini ham bir qismini o'ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya 
boshlaydi. qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O'rta 
asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat absolyut monarx 
qo'liga o'tdi. 
Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil qilingan hukumat va 
uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli ma lum hokimiyatni qo'lga kiritdilar. 
Natijada qirol va davlat aristokratiyasi o'rtasida keskinlik paydo bo'ldi. 
Bu keskinlikni bartaraf qilish yo'lida qirol pay do bo'la boshlagan uchinchi tabaqadan tayach 
izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan absolyutizmni qo'llab-quvvatlab 
keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham rivojlanib bordi. O rta asrning ilk davridan boshlab 
xayotiy muammolar bilan qiziqishlar doirasi asosan ma'naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o'z 
hayotidagi o'ta og'ir muammolar echimini dindan izladilar. 
Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va iroda 
zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir kishiga murojaat qilardi 
va umid berardi. erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir 
xolos. Uning oxirida har bir kishini bu hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat 
kutadi. 
Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. erdagi barcha 
mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun yaratilgan. Barcha 
uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar teng, zotan ularni Xudo o'ziga 
o'xshatib yaratgandir. 
Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g'oyalari uchun zamin 
bo'lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va ma'rifiy ta'limotlarda ham o'z 
aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan vaqtdan boshlab O rta asrlar siyosiy hayoti va 
siyosiy tafakkuriga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. 
Bu institut rivojlanib bordi va 4 asrdan boshlab O rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov o'rtasidagi 
munosabatlar o'zaro raqobatda o'tdi. 
Amaldagi qonunlami asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya'ni tabiiy huquqqa 
tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga muvofiq hisoblanardi. 
SHuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega bo'lgan talqinchisi kim ekanligini 
aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo'yicha rasmiy 
talqinchi mavqeyini Ko'lga kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma lum 
asoslar paydo bo'ldi. Bu evropada ozodlik g'oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs etdi. 
CHerkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ'ib qilardi. Zotan cherkov dunyoviy 
hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, o'zining bu chaqirig'idan 


33 
voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat bilan cherkov o'zaro hamkorlik qilishlari 
kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil institutlar bo'lgani tufayli, ko'pincha ham papa, ham 
imperatomi ulug'lash kerak bo'lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o'rtasidagi 
munosabatlar ko'plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ'ib qilish qobiliyatiga ega 
bo'lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya'ni ma lum darajada dunyoviy hokimiyatga ega 
bo'lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma'lum diniy obro'ga ega bo'lishlari lozim edi. Bu ikki 
xokimiyatlar o'rtasidagi munosabatlarni keskin tus olishga sabab bo'lardi. 
Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va ma'rifiy qarashlari. 
Mana shu ikki hokimiyatlar o'rtasidagi munosabatlarga o'zicha izoh bergan, antik davrni 
xristianlik davri bilan bog'lagan dastlabki buyuk teologlardan biri Avgustin edi (354-430). U lotin 
tilida juda ko'p asarlar yaratdi. O'zining "Xudo shahri haqida" asarida Avgustin tarix haqidagi 
tasawurini va ikki shahar ("Podsholik") Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta'limotini ishlab 
chiqdi.Avgustin fikricha inson Xudo yaratgan eng ulug' mavjudoddir, barcha narsalar inson uchun 
yaratilgandir. Inson esa panoh izlaydi. Insonning ichki dunyosi turli- his tuyg'ular, iroda, istaklarning 
kurash maydonidir, panoh topishga bo'lgan istak sohasidir. Biroqinson o'zining ichki dunyosini 
boshqarishga qodir emas. U marhamatga, ilohiy yordamiga muhtojdir. Inson erkin irodaga ega 
bo'lsada, Xudoning panoh topish rejasining bir bo'lagidir xolos. 
CHerkov ma lum ma'noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin "podsholigi" ni o'zida 
ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin podsholigini bo'lishi shart va zurur deb biladi. 
Insonning tabiati gunox qilish oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash 
uchun zarur deb hisoblaydi. Xatto gunox bo'lmagan taqdirda ham jamiyatda ma lum tartib va 
boshqaruv shakli bo' lishi kerak. 
Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. Xalq, Xudoning 
irodasiga bo'ysunishi shart bo'lgani bois, bu hukumdorlarga xam bo'ysunishga majburdir. Dunyoviy 
podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. 
Xristianlik davlatining barcha a'zolari bir vaqtning o'zida ham papaning, ham imperatorning 
fuqarolaridirlar, deydi Avgustin. 
Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular bir xilda 
qonuniydir, degan ta'limotni ilgari surib 5 asrda Papa Gelasiy I maydonga chiqdi. 800-900 yillar 
mobaynida bu ta'limotni cherkov ham, davlat ham qabul qildi. Ammo ular o'rtasidagi kelishuv 
ko'prok og'izdagina bo'lib qoldi. 
XIII asrga kelib g'arbiy evropada, asosan cherkov doiralarida, intelektual faollik ro'y berdi. 
Arablar orqali Arastu qayta kashf qilindi. Falsafa sohasida Foma Akvinskiy xristianlik va Arastuizm 
sintezini amalga oshirdi. Bu sintez shu qadar muhim ahamiyat kasb etdiki, keyinchalik Rim-katolik 
cherkovi Foma Akvinskiy ta'limotiga o'zining rasmiy falsafasi sifatida qaray boshladi. 
Foma Akvinskiy (1226-1274) o'rta asr diniy skolastikasining ko'zga ko'ringan namoyondasi. 
Uning siyosiy-huquqiy qarashlari "Teologiya majmui", "Hukmdorlarning boshqaruvi haqida", 
hamda Arastuning "Siyosat", "Axloq" asarlariga yozilgan izohlarida bayon qilingan. 
Xuquq va qonun muammolarini Foma Akvinskiy xristian dinining inson va uning hayot 
mazmuni haqidagi tasawurlariga tayangan holda yoritadi. U qadimgi dunyo mutafakkirlarining tabiiy 
huquqva adolat g'oyalariga, ayniqsa Arastuning siyosat va inson "siyosiy maxluq" ta'limotiga diniy 
nuqtai nazardan yondoshib murojaat qiladi. Foma Akvinskiy ta'limotiga ko ra olam va undagi 
tartibning ijodkori Xudodir. Inson hayoti va harakatlarining ildizi Xudodadir. 
SHu bilan birga inson aql va erkin irodaga ega mavjudotdir. Xar qanday erkinlikning ildizini 
aql-idrok (intelektual qobiliyat) tashkil qiladi, Insonning erkin irodasini yaxshilikka undovchi barcha 
harakat Xudo amriga, aql-idrok, adolat va yaxshilikka qaratilgan bo' lishi kerak. 
Foma Akvinskiy bu fikrini o'zining qonun va huquqhaqidagi ta'limotida konkretlashtiradi. 
Qonun, - deydi u, harakatning ma lum qoidasi va o'lchovidir. Uning mohiyati inson hayoti va 
faoliyatini tartibga solishdan iboratdir. qonun jamiyat a'zolarining umumiy foydasini ifoda qilishi 
zarur. U bevosita jamiyat tomonidan, yoki uning ishonchiga ega bo'lgan vakillari tomonidan joriy 
qilinadi. qonun e'lon qilinishi shart. 
Foma Akvinskiy qonunlarni quyidagi turkumlarga ajratadi: abadiy qonun, tabiiy qonun, inson 
yaratgan qonun, ilohiyat qonuni. Abadiy qonun ilohiy aql- zakovatning ifoda etuvchi koinotning 
umumiy qonunidir. Bu qonun olamning mutloqqoidasi va tamoyili sifatida tabiiy va ijtimoiy 


34 
jarayonlarning barchasini idora qiladi va ularni aqlga muvofiqrivojlanishini ta'minlaydi. Abadiy 
qonun umumiy bo'lganligi uchun ham barcha boshqa qonunlaming manba'idir. Bu qonun bevosita 
tabiiy qonunda namoyon bo'ladi. Tabiiy qonunga muvofiq Xudo yaratgan barcha narsalar, jumladan 
inson xam, o'zining tabiiy xossalariga ko ra o'z qonunlariga ega va shu qonunlarga binoan rivoj 
topadi. 
Inson o'z tabiatiga ko'ra yaxshilik va yomonlikning ajratish qobiliyatiga ega, ezgulikka intiladi, 
yaxshilik talabiga mos harakat qilishga moyildir. ya'ni inson o'zining amaliy faoliyatida yaxshilik 
qilish va yomonlikdan qochish talabiga amal qiladi. Boshqa odamlar bilan bo'ladigan munosabatlarda 
inson tabiiy tug'ma intilish, instinkt va ishtiyoqlari bilan belgilanadigan qoida va talabalarga rioya 
qiladi. Bular o'z jonini saqlashga tirishish, oila qurish va farzand ko'rish, boshqa odamlar bilan 
muloqatda bo'lish, Xudoga intilish va hakozolar. Tabiiy qonun talablariga rioya qilish inson uchun 
aql-idrokka muvofiq xarakat qilish demakdir. Odamlaming jismoniy, emotsional va intellektual 
tabiiy hususiyatlari, hayot sharoitlari bir xil bo'hnaganligi sababli ular tabiiy qonun talablarini har xil 
tushunadilar va tadbiqkiladilar. Oqibatda barcha uchun bir xil majburiy bo'lgan tabiiy qonun 
talablariga zid harakatlar ham paydo bo'ladi. 
Inson qonunining paydo bo'lishi ildizi mana shundadir. Inson qonuni tabiiy qonun talablariga 
asoslangandagina odamlarning muxofaza qila olishi, inson hayotining turli sharoitlariga mos holda 
qo'Hanishi mumkin bo'ladi. Inson qonuni majbur qilish sanktsiyasi bilan ta'minlangan ijobiy 
qonundir, deydi Foma Akvinskiy. yaxshi fazilatga ega odamlar busiz ham yashashlari mumkin, ular 
uchun tabiiy qonunning o'zi kifoya, lekin nasixatga quloqsolmaydigan, e'tiqodsiz odamlarni 
zararsizlantirish uchun jazo va majbur qilish kerak. Buni borligidan odamlar qo'rqishi kerak. SHu 
tufayli odamlarda axloqiy fazilatlar rivoj topadi, aqlga muvofiq, yaxshilikka amal qilish odatlari 
shakllanadi. 
Uyg'onish davri XIV- asrdan XVII- asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davr qirollik 
hokimiyatini absolyut monarxiyaga aylanishi va mustahkamlanishi, ilk kapitalizimning vujudga kela 
boshlashi, feodal jamiyatining barham topishi bilan xarakterlanadi. Feodalizmdan sekin-asta 
kapitalizmga o'tish ro'y bera boshlaydi. 
YAngi davr markazlashtirilgan hokimiyatning kuchayishi bilan bir vaqtda feodal tarqoqligini 
tugatish talablari kuchayib bordi. Sanoat ishlab chiqarish, kemasozlik, harbiy ishni rivojlantirish 
ehtiyojlari yangi ilmiy tadqiqot metodlarini, o'rta asrchillikka xos sxolastikadan voz kechishni taqazo 
qilar edi. 
Paydo bo'la boshlagan burjua mafkurasi nomoyondalari diniy aqidalarga nisabatan tanqidiy 
munosabatda bo'ladilar, mustaqil ilmiy tadqiqotga intilish kuchaydi. Insoniy ehtiyojlar birinchi 
o'ringa chiqdi. Olimlar insonning ijodiy imkoniyatlari, uning aql-idrok qudratini ulug'ladilar. Antik 
madaniyatning qayta tiklanishi, diniy Reformatsiya, tabiatshunoslik fanlarining vujudga kela 
boshlashi uyg' onish davrining asosiy xususiyatidir. 
Bu o'zgarishlar siyosiy fikr sohasida ham o'z aksini topdi. yangi siyosiy ta'limotlarda cherkovga 
bog'lik; bo'lmagan, markazlashgan dunyoviy davlat tuzish talablari yuzaga kela boshladi. Bu yangi 
g'oyalarning himoyachisi va targ'ibotchilari Italiyada Makiavelli, Frantsiyada Boden hisoblanadi. 
Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va ma' rifiy qarashlari. 
Nikollo Makiavelli (1469-1527) siyosiy fikr tarixiga o'zining bir qancha ijobiy asarlari bilan 
kmrib keldi. Bu asarlar ichida uning "Xukmdor" ("Gosudar’") asari alohida o'rin egallaydi. 
Makiavelli birinchilardan bo'lib diniy aqidalardan holi bo'lgan siyosiy ta'limot yaratishga harakat 
qildi. Uning ta'limoti siyosiy amaliyotning kuzatish, tarix va inson psixikasini o' rganish asosiga 
qurilgan. 
Makiavellining fikricha u odamlarning xatti-harakatlarini bir-xil xirs va intilishlar belgilaydi. 
Inson tabiatining zaminida amalparastlik, g'arazgo'ylik yotadi. Odamlar, deydi u, subitsiz, noshukur, 
qo'rqoq, munofiq, ichi qora, boshqalarni ko ra olamaydigan xossalarga egadirlar. qobiliyati 
cheklangan bo'Isa ham, hohishlari cheklanmagan. Ular doim hozirgi kundan norozi, o'tmishni 
maqtaydilar, taqlid qilishni sevadilar, lekin yaxshi narsalarga nisbatan yomon odatlami 
tezroqo'zlashtiradilar. Inson-o'zining dunyoga kelishini batamom asosli ravishda katta yig'i bilan 
olqishlovchi eng ojiz va sho'rpeshana maxluqdir". 
Makiavelli davlatning monarxiya va respublika shakllarini ajratadi. U respublikaning 
afzalliklari haqida gapirsa ham markazlashgan va qudratli davlat yaratish uchun monarxiya 


35 
qulayroqdeydi. qudratli davlatni yaratish yo'lida hukumdor hech narsadan toymasligi kerak, 
ahloqnormalariga ham rioya qilishi shart emas. U hukumdorga berahm va ayyor bo'lishni, 
fuqarolarga qo'rqituv orqali ta'sir qilishni maslahat beradi. 
Hukmdor she'rdan jassurroq, tulkidan ayyorroqbo'lishi kerak, negaki, "tuzoqni ko'rish uchun 
tulki, bo'rilami jazosini berish uchun she'r bo'lmog'i darkor". Siyosiy ta'limotlar tarixida 
"makiavellizm" nomini olgan tushuncha Makiavellining fikriga mos siyosatni anglatadi. 
Jan Boden (1530-1596) frantsuz siyosiy mutafakkiri, huquqshunos, advokat, prokuror 
lavozimlarida ishlagan. Uning asosiy asari "Davlat haqida olti kitob» deb nomlanadi. Bu asarda u 
siyosiy fikr tarixida birinchi bo'lib davlatning muxim belgisi suverenitetga izoh beradi. 
Davlat bu oilalar majmuidir, deb ta'rif beradi. Boden shu bilan birga davlatning oiladan jiddiy 
farqqilishini ham ta'kidlaydi. Bu farqdavlat hokimiyatining oliy suveren xarakterligidadir. Suveren 
hokimiyat davlatning muhim va zaruriy xossasidir. Davlat hokimiyati xech kimga qaram bo'lmagan 
oliy hokimiyatdir. Boden suveren hokimiyatning belgilarini ko'rsatadi. Suverenitet yagona va 
bo'linmas: u qirol va xalqo'rtasida bo'linmaydi. Suverenitet xokimiyatning muntazamligini bildiradi. 
Uni vaqtincha yoki ma lum shart bilan boshqaga topshirish mumkin emas. 
Suverenitet yagona va bo'linmas bo'lganligi uchun doim bir shaxs yoki bir majlis qo'lida 
bo'ladi. Suverenitet yo qirol, yo aristokratiya, yo xalqqo'lida bo'lishi mumkin. U bir necha turli 
organlar o'rtasida tahsimlanmaydi, yoki navbat bilan undan foydalanilmaydi. 
Bodenning suverenitet haqidagi ta'limoti feodal tarqoqligiga qarshi qaratilgan bo'lib, 
Frantsiyada markazlashgan davlat vujudga kela boshlagan vaqtida paydo bo'ldi. U cherkovning 
dunyoviy hokimiyatga ega bo'lish uchun qilgan harakatlariga qarshi qaratilgan edi. Boden davlat 
shakllari ichida monarxiyani afzal ko'radi. Demokratiyani mutloqrad qiladi. Uning aytishicha, 
xalqgo'yo to'g'ri qarorga kelishiga qodir emas, demokratiya anarxiyaga olib keladi. 
Boden monarxiyani eng yaxshi davlat shakli deb biladi. Monarxiyadagina bir butun va 
bo'linmas davlat hokimiyati mavjud. Birlik bo'lmagan joyda oliy xokimiyat ham yo'q. Davlat 
hokimiyatining birligini ta'minlovchi birdan-bir davlat shakli monarxiyadir. Davlat hokimiyatini 
ustida turgan monarx qarama-qarshi davo va intilishlaming bir-biriga kelishtiradi va qarama-qarshi 
elementlaming uyg'unlashgan birligini yaratadi. qonuniy monarxga bo'ysunishni targ'ib qilish bilan 
birga, Boden tiraniyaga qarshiligini bildiradi. Zo'ravonlik yo'li bilan hokimiyatga kelgan kishi 
tirandir. Unga qarshilik ko'rsatish, uni og'darish, xatto o'ldirib tashlash xam man qilinmaydi, deydi 
Boden. 
Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iboralar. 
Uyg'onish davri, reformatsiya, burjuaziya, burjua mafkurasi, Makiavellining siyosiy va ma'rifiy 
qarashlari, Jan Bodenning siyosiy va ma'rifiy qarashlari, monarxiya, respublika, demokratiya, 
suverenitet, aristokratiya, monarx. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin