25
Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliy (1058—1116) o’z asarlarida tasavvufni targ’ib
qildi. Imom G’azzoliyning asarlari mana, to’qkiz asrdirki, qo’ldan tushmay, qayta-qayta o’qilmoqda.
Islom olamida bu ulug’ zotga munosib baxo berilgan: «G’azzoliyga vahiy kelmagan, xalos. Vahiy
kelganida edi, u payg’ambar bo’lardi. Boshqa sifatlari etarli!» Utsyng shoh asarlaridan biri «Diniy
ilmlarni tiril-tirish» haqida ham o’z vaqtida yuksak baho berilgan. Uning diniy falsafiy g’oyalari
SHarq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda g’oyat katta ta'sir ko’rsatdi.
Olimlarning aytishlaricha, tasawuf oqimi Movarounnahrda XII asming yirik olimlaridan biri
YUsuf Hamadoniy maktabidan boshlangan. YUsuf Hamadoniy etikdo’z bo’lgan. Buxoro va
Samarqandni dushman hujumidan himoya qilishda qatnashgan. Uning maktabidan turli tariqatlar
paydo bo’lgan. YUsuf Hamadoniy o’z izdoshlarini mehnatga, kasb-hunar egallashga undagan. Uning
ta'limoti kishining har bir nafasida ong, aql-idrok bo’lmog’i, bosgan har bir qadamida diqkat e'tibor
sezmog’i, o’z vatani ishqi bilan band bo’lmog’i, ya'ni uni bilmog’i, xalq bilan alokada bo’lib, birga
hayot kechirmog’i kerak, degan g’oyadan iboratdir.
Tasawuf falsafasida insonning ruhiy, ma'naviy, ahloqiy kamolotiga yordam beruvchi g’oyalar
ustunlik qiladi. Bu bejiz emas, albatta. CHunki inson ruhini
tarbiyalash, parvarish etish orqali uni
go’zal hamda xulq-atvorli, fazilatli qilib etishtirish mumkin.
Tasawuf futuwat bilan uzviy bog’liq. Futuwat tasawuf bosqichlaridan birini tashkil etadigan
tariqatning bir bo’lagidir. CHunki futuwat asoslari bilan tasawuf, tariqat g’oyalari o’zaro muvofiq,
xamohangdir.
Tasawuf singari futuwat ham Husayn Voiz Koshifiyning «Futuwatnoma sultoniya» asarida
aytilishicha, inson axloqini poklash, mehru shafqat, himmat va mardlik ko’rsatishni,
bor narsasini
hech kimdan kizg’anmaslikni, qalbni kibru xavo, gina-kudrat, qasd-g’azab dan pokiza tutishni,
hamma vaqt xalq xizmatida bo’lishni, barchaga insof-muruwat ko’rsatish va zvaziga hech narsa talab
qilmaslikni tarrib etadi. Tasawuf ham, futuwat ham yaxshilik yo’lida jondan kechishga tayyor, fidoyi
qalb egasi bo’lishga, do’stlarga naf etkazishga, do’stlami dushman zararidan himoya etishga da'vat
ztadi. Ularning muxim talablari qatoriga yana yolg’on, bo’hton va behuda so’zlardan tilni tiyish,
nojo’ya, nomaqbul so’zlardan, g’iybatdan quloqni berkitish, ko’rish nojoiz hisoblangan narsalardan
ko’zni yumish, xarom narsalardan ko’lni tortish ham kiradi. Man etilgan joylarga borish, haqorat va
gunohga sabab bo’ladigan ishlarni qilish,
xarom ovqatlami eyish, zinoga yo’l qo’yish, oqibatini
o’ylamasdan ish tutish, boshqalardan o’zini ustun deb hisoblash, kamtarlikni unutib manmanlik
yo’liga kirib ketish, tasawuf singari, futuwatda xam qoralanadi.
Tasawuf va futuwatning aytib o’tilgan ustunlari va shartlaridan
tashqari man etadigan,
ta'qiqlaydigan narsalari ham bor. Bular yaxshilarning orqasidan gapirish, birovlarni mazax kilish, gap
tashish, ko’p kulish, va'daga xilof ish qilish, xasad qilish, zulm o’tkazish, aldash, odamlardan ayb
qidirish, betga choparlik, yolg’on qasam ichish, ta'magirlik, xiyonat qilish, noto’g’ri guvohlik
berishdan iboratdir.
Ma'lumki, tasavvufda Olloh raxmatiga etishning, inson ma'naviy kamolot yo’lining to’rt
bosqichi mavjudligi bayon etiladi.
Bular shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqatdir.
SHariat — diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, «Qur'on» va Hadislardagi axloqiy ilohiy
ko’rsatmalarni puxta o’zlashtirish, ularni aniq, izchil suratda bajarish, xudoga ibodat qilishdir.
SHariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda tutadi. SHariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga
o’tish mumkin emas. Tariqat— er yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab,
faqat xudo haqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir. Ma' rifat — hamma narsaning,
butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash va shu tariqa xudoga etish demakdir. Ma'rifatda
olam, yulduzlar, oy, quyosh, odamlar,
hayvonlar, kushlar, kapalaklar, boshqa jamiki narsalar
xudoning zuhurotidan iborat, odam Olloh quyoshining zarrasi deyiladi. Haqiqat — o’zini xudoning
dargoxiga erishgan, vasliga etgan, xatto u bilan qo’shilib ketgan, deb bilishdir.
Tasavvufning oqimlari, asosiy yo’shalishlari nihoyatda ko’p va xilma-xil bo’lib, turli davrlarda
dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida uning har xil yo’nalishlari paydo bo’lgan va yoyilgan. Bizning
yurtimiz—Turon zaminda va musulmon SHarqida tasavvufning bir necha buyuk tariqati —
ta'limotlari, paydo bo’ldi. Bular XII asrda Turkistonda maydonga kelgan yassaviya va suhrovardiya,
XII asr oxirida Xorazmda vujudga kelgan kubroviya, XIV asrda
Buxoroda yuzaga kelgan
naqshbandiya va boshqa tariqatlardir.
Tasavvuf falsafiy ta'limotining tarkibiy qismlari bo’lmish yassaviya, kubroviya, nakshbandiya
26
va boshqa tariqatlarda umumiy jihatlar bilan birga, ularni bir-biridan farqlab turuvchi tomonlar ham
ko’p. Lekin bu tafovutlar ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga birini yaxshi, birini yomon deb
baholashga olib kelmasligi kerak. Tasavvuf ta'limotkning har bir shakli, asosiy oqimi o’z davrining
mahsuli, muayyan sharoitlardagi talab-ehtiyoj, imkoniyatlarning ifodasidir. Tasavvuf tariqatining har
bir shakli ahamiyati o’z davridagi talab va ehtiyojga javob bera olgani, kelajakdagi ma'naviy
kamolotga qanchalik ta'sir ko’rsatgani bilan belgilanadi. Kezi kelganda tasavvufning Turkiston
zaminida vujudga kelgan asosiy yo’nalishlari o’zaro bir-birlarini inkor qilgan tarzda emas, balki
yangi tarixiy sharoitlarda bir-birini to’ldirgan, o’zaro boyitgan, yangi bosqichga ko’targan,
bir-birlarining qonuniy davomi va takomillashishi sifatida yuzaga kelganini aytib o’tish joyiz.
Dostları ilə paylaş: