24
Forobiy, Abu Ali ibn Syno, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Mirzo Ulug’bek,
Alisher
Navoiy va boshqa jahonga mashxur qomusiy olimlar bilan bir qatorda islom ta'limoti rivojiga ulkan
hissa qo’shgan ulug’ ustozlar va ulamoi kiromlar ham dunyoga keldi. Islo m olamida eng etuk va
mashhur olimlardan hisoblangan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy, Imom Abdulloh
ibn Muborak al-Marvaziy, Xaysam ibn Kulayb ash- SHoshiy, Ibn Hibbon as-Samarqandiy,
Jamoliddin
an-Nasafiy, Imom at-Termizyy, Xo’ja Ahmad YAssaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy,
Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahror Vali singari buyuk zotlar shular jumlasidandir. Bu oltin asrda
vatandoshlarimizdan shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o’rganish, Qur'oni Qarim oyat va
suralarini ilmiy sharhlab bayon etish, tafsirlash, payg’ambarimiz
Muhammad alayhissalomning
Hadisi SHariflarini to’plab, tartibga solish, fikh fani—islom xuquqshunosligi, odob-axloqi, shariat
qonun- qoidalarini bayon etish va ilmiy asoslab, islom dini va falsafasini dunyo bo’ylab yoyishda
shuhrat taratg’an buyuk olimlar birin-ketin yotishdilar.
Aziz vatandoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810—870)
yoshligidayoq
aql-idrokli, o’tkir zehnli bo’lib, barcha ilohiy va dunyoviy bilimlarni chuqur
o’rganishga kirishadi. U buyuk zot o’zining asosiy z'tiborini hadis ilmini zo’r ishtiyoq va xafsala
bilan o’rganishga qaratadi. Ma'lumki, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik
chog’larida aytgan so’zlari,
qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari va ko’rsatmalari, pandu o’gitlari ul zotning
hadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyin ikkinchi manba
hisoblanadi. CHunki Muhammad alayhissalomning o’zlari hadislaridan birida: «Ey ummatlarim!
Men sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim—yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu
ikkalasini qattiq tutib, ularga amal qilsalaringiz to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysizlar»,—deb bashorat
qilgan edilar.
Payg’ambarimiz hadislariii
birinchi manbalarga asoslanib, qiyomiga etkazib to’plash, ilmiy
tartibga solysh, ularni sharhlash va targ’ib qshgash ishlari bilan juda ko’p olimlar shug’ullanganlar.
Islom olamida ulardan sanoqlilarigina musahhih, ya'ni eng ishonchli hadis to’plovchi ohm, deb tan
olingan. Ana shulaming oldingi safida Imom Buxoriy xazratlari turganlar. Imom, Buxoriy hadis
ilmining. peshvosi, sahih yo’nalishining
asoschisi, islom olamida eng etuk va mashhur muhaddisdir.
O’rta asrlar musulmon SHarqida, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tasawuf nomi bilan
ataladigan diniy falsafiy ta'limotni yaratish, ilmiy asoslab berish, targ’ib-tashviq etish va olam uzra
yoyishda donishmand bobolarimiz buyuk xizmatlarini xalqimiz, millatimiz, Vatanimiz hech qachon
unutmaydi. Tasawuf —
insonning kamolotga etish, ilohiy hislatlarga yaqinlashish yo’lidir.
Tasawufning boshlanishi — ilm, o’rtasi — ish, oxiri — Allohning berganidir.
Dostları ilə paylaş: