Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

IBN SINO 
Insoniyat Abu Ali ibn Sino (980—1037) ni jahon fanining ulurg' arbobi, uyg’onish davri 
madaniyatining yirik namoyandalaridan biri sifatida biladi va e'zozlaydi. 
Buyuk alloma bor-yo’g’i ellik etti yil umr ko’rdi, bu umrdan o’n sakkiz yili ilm tahsiliga sarf 
bo’ldi. U umri davomida uch yuzdan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha 
sohalariga oiddir, limning falsafa, tibbiyot, astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, musiqa, 
huquq, axloq, din, adabiyot, tarix singari sohalari Ibn Sino tomonidan qamrab olingan. Qomusiy olim 
asarlarini ilmlar tarmog’i bo’yicha taqsimlaganda, o’rta asrda ma lum bo’ltan barcha fanlarni sanab 
chiqishga to’g'ri keladi. 
Ibn Sino o’z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi 
qatoriga olib chiqdi. SHuning uchun ham uning «SHayxur rais» - «Olimlar olimi» deb atalishi bejiz 
emas. Olimning asosiy falsafiy asarlari «Kitob ash-shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», 
«Najot», «Qitob ul insof» («Adolat kitobi»), «Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari kitobi»)dan 
iborat. 
Ibn Sino o’tmishdoshlari va zamondoshlari singari xudoni z'tirof etadi, uni borliqning birinchi 
manbai deb tushunadi. Ibn Sino aytishicha, borliq abadiydir, u shaklini o’zgartirishi, bir ko’rinishdan 
ikkinchi ko’rinishga o’tishi mumkin, lekin uning o’zi, materiya yo’qolmaydi. Materiya doim vujudga 
kelishi mumkin bo’lgan narsalardan oldin mavjud bo’lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi 
materiyaga muhtojdir, deb ko’rsatdi. 
Ibn Sino hamma narsaning mohiyatini materiya tashkil etadi, materiya turli- tuman shakllarda 
namoyon bo’ladi, degan falsafiy qarashni rivojlantiradi. Jism shakli materiyasiz bo’lmaganidek, 
materiya ham shaklsiz bo’lmaydi. Demak, jism va uning shakli bir-biridan ajralmas bo’lganidek, 


20 
materiya va shakl ham o’zaro aj-ralmyasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. Abu Ali 
ibn Sino aqlning har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va xaqiqatni bilish mumkinligiga qattiq 
ishongan edi. SHuning uchun ham ohm odamlarni bir-biri bilan do’st, inoq bo’lib yashashga chorladi. 
Odamlar sofdil, samimiy do’st bo’lib yashasa, bir yoqadan bosh chiqarishsa xar qanday mushkul 
oson bo’lishiga qattiq ishondi. 
Ibn Sino odamlarga qarata «Risolatut tayr» («Qush risolasi») asarida shunday degan edi: «Ey 
birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’lib, haqiqatni. ochinglar. Har bir kishi o’z birodari 
uchun ko’nglidagi samimiylikdan (to’sqishshk) pardasini ochib tashlasin. SHunday qilinglarki, 
birodarlaringiz sizlardan (o’zi bilmagan) ba'zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa) ba'zi 
narsalarni o’rganib, o’zini kamolotga etkazsin». 
Buyuk mutafakkir eslatib o’tilgan «Qush risolasi»-da, baxt o’z do’stlariig yoningda yashagan, 
sen har kuni ko’rishib turadigan, birga ishlaydigan va o’z vaktingni xushchaqchaq o’tkazib turadigan 
do’stlaring bilan birga yashaydigan joydadir, deb ta'kidlaydi. 
BERUNIY 
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) jahon fani va madaniyati tarixida 
yorqin siymolardan hisoblanadi. Beruniy o’z zamonasining buyuk mutafakkiri, olimlar peshvosi 
bo’libgina qolmay, balki hamma zamonlarning eng ulug’ allomasidir. 
Beruniy bilan G’aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy (1077 yilda vafot 
etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalaming mohiyaini aniqlashda, handasa va 
falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning zamonida unga tenglashadigan hech kim yo’q edi. XIII 
asrda yashagan yirik olim YOqut Hamaviy ta'biri bilan aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng 
keladigan boshqa odamni ko’rmadi. 
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini ilmu fan asoslarini o’rganishga sarfladi. 
U o’zini qiziqtirgan masalalarni sinchiklab o’rganib mohiyatini bilib olishda hech erinmagan, 
hafsalasi nihoyatda zo’r bo’lgan. SHuning uchun ham SHarqda Beruniy haqida osoyishtalikni 
mashaqqatdan, kechani kunduzdan ajratmagan, kuni qalam ushlashdan, miyasi fikrlashdan, tili bayon 
etishdan hech qachon to’xtamagan, o’z taxsili va kamoloti uchun yilning hamma kunlarini bergan, 
degan gap tarqalgan. 
Beruniy nihoyatda sermahsul, ilmiy faoliyati ko’p qirrali va boy komusiy olimdir. Akademik I. 
YU. Krachkovskiy so’zi bilan aytganda, u qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan 
sohalarni sanab chiqish osonroqdir. 
Beruniy 160 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika, geografiya, 
geodeziya, kartografiyaga, ob-havo masalalariga, minerologiya, fizika, dorishunoslik, tarix va 
etnografiyaga, falsafaga, dinga, ritorika va musiqaga, adabiyotga, xullasi kalom, ilmning hamma 
sohalariga bag’ishlangan. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», 
«Minerologiya», «Geodeziya», «Qonuni Mas'udiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy
qaysi bir fan bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha sohada insoniyat o’chun g’oyat katta, axamiyatga ega 
bo’lgan eng muhim ilmiy g’oyalarni o’rtaga tashlagan, ham SHarqdagi, ham G’arbdagi o’zidan 
keyingi olimu mutafakkirlarga juda katta ta'sir ko’rsatgan. 
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar xususida 
muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi va isbotlab beradi. Olamda bo’lib turadigan 
o’zgarishlar, ya'ni tuzilish va buzilishlarning, pay do bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari 
borligi haqida tabiiy-ilmiy va falsafiy mulohazalarini may donga tashlaydi, Tabiiy jarayonlarda 
bo’ladigan imkoniyat va voqelik, moxiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va 
o’zgaruvchanlik masalalariga katta e'tibor beradi. Odamlarning rang, su'rat, tabiat va ahloqda 
turlicha boTishlarining asosiy sababi, olimning ta'kidlashicha, faqat nasl- nasablarining 
turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — tuproq, suv, havo va joylaming turlichaligi 
hamdir. 
Borliqning abadiyligi, uning doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham Beruniy o’z fikrini 
mukammal bayon etadi. «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, «01am azaliy falak 
cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — deydi. Allomaning fikricha, er, tabiat azaldan hozirgi holatida 
bo’lgan emas, bundan keyin ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq yillar mobaynida evolyutsion 
o’zgarishlar tufayli erimizning tashqi qiyofasi, relbefi, faunasi, nabobati, ob-havosi, iqlimi bir necha 
bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’Hari oldingidan boshqacha bo’lib koldi, quruqlikda bir vaqtlar 


21 
bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil bo’ldi, ba'zilari esa yo’q bo’lib ketdi, tog’lar emirildi. Ava shu 
tabiiy sabablar tufayli o’sha joydagi sharoitlar o’zgarib ketdi. 
Beruniy erdagi iqlimning, mavsumlaming o’zgarib turishi quyoshning harakatiga bog’liq 
ekanligiga ham e'tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida Beruniy erning aylanmasligi haqidagi 
eskicha tasavvurlarni rad etadi va er aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik 
hodisalarga muvofiqdir, deydi. Mutafakkiming «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida 
nur va zamon, nurning harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va qorong’ulik, oy nuri va 
quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan. 
Beruniy materiya doim o’zgarib, xarakat qilib, yangilanib, turli shaklga kirib turishi, moddiy 
narsalar va ularning xarakati abadiy ekanligini alohida qayd qiladi. Uning fikricha, olamda narsalar 
rivojlanib turadi, narsalarning nihoyasiz ravishda yashirinlikdan yuzaga chiqishi rivojlanishga 
dalildir. 
Beruniy koinotda Erdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi, 
harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi ilmiy fikrlarni ham ilgari suradi. Uningcha; tabiatda ma lum, 
qonuniyat. bor, tabiatdigi hodisalarni o’sha qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izox etish, 
tushunish kerak. Tabiatda o’z-o’zidan maydonga kelib chiqadigan g’ayriqonuniy, tartibsiz narsa 
yo’q. YUzaki qaraganda tartibsizlikka o’xshagan hodisalar ham aslida ma lum qonuniyat asosida 
maydonga keladi. 
Beruniy Er Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga kelib, olamning geliotsentrik 
nazariyasini yoqlashga intildi. Beruniyning dunyo oldidagi eng katta xizmatlaridan biri shundan 
iboratki, u Galileydan bir necha asr oldin Erning dumaloq shaklda ekanligi va Quyosh atrofida 
aylanishi haqidagi farazni o’rtaga tashladi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika va jo’g’rofiya 
sohasidagi ratsionalistik fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning 
kashfiyotlarini ko’p iihatdan oldindan payqagan zdi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin