19
Forobiy shug’ullangan har bir soha, u yozgan har bir asar o’rta asr, yangi davr va hozirgi zamon
olimlari tahsini va e'tiboriga sazovor bo’lgan. Forobiy yozgan asarlar o’rta asr ilmining qariyb barcha
soxalarini qamrab olgan.
Qadimgi yunon falsafasini, xususan Aristotel asarlarini chuqur va mukammal bilish,
tarjima
qilish, ilmiy sharhlar yozish, targ'ib-tashviqot etishda Forobiyga tenglashadigan va uning oldiga
tushadigan donishmand bo’lgan emas. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari va tabiatshunoslari
qalamiga mansub ko’plab asarlarning umumiy mazmuni va yo’nalishini ilmiy tahlil qilgan.
Aristotelbning «Metafizika», «Ritorika», «Poetika», «Kategoriyalar», «Analitika», «Etika» va
boshqa ko’plab asarlarini tarjima qildi.
Forobiy o’rta asr falsafasi rivojiga katta hissa qo’shdi, birinchi bo’lib o’z davridagi ilmlarning
tasnifini berdi. Hzining ona tili —
turkiydan tashqari -fors, yunon, arab va yana bir necha tillarni
mukammal bilgan. SHarqning mashhur tarixchi olimi Ibn Xalliqon (1211 —1282) fikricha, til
bilishda hech kim Foryubiy erishgan darajaga erisholmagan: u etmishdan ortiq tilni bilgan.
Aristoteldan keyin falsafa fani olamida, xususan, SHarqda Farobiyga tenglasha oladigan olim
maydonga chiqmadi. Forobiy o’z bilimi, ma'rifati, fikr doirasining kengligi, qomusiyligi, jahon fani
taraqqiyotiga qo’shgan bebaho hissasi bilan shu darajada katta shuhratga erishdiki, uni
hayotiyligidayoq, Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir «Muallim — as-soniy» —
Ikkinchi
muallim», «SHark Aristoteli» iomlari bilan ulug’lashdi.
Uyg’onish davrining mashhur faylasufi bo’lgan Forobiy fikricha, borliq olti bosqichdan iborat
bo’lib, bu bosqichlar butun mavjud narsalarning asosidir. Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi
mohiyat» deb izohlaydi. Farobiy bir qancha bosqichlar orqali sabab oqibat munosabatlari yordamida
bu birinchi sababni materiya bilan bog’laydi. Materiya o’z sababiga, ya'ni xudoga xos bo’lgan barcha
xususiyatlarga egadir. Materiyasiz, ya'ni oqibatsiz xudo — sabab ham bo’lishi mumkin zmas. Dunyo,
tabiat xudo tomonidan qisqa-muddat ichida yaratilgan emas, deydi olim. Dunyo xudodan boshqa
mohiyatga ega bo’lgan bog'liq bo’lmasdan, xudoning emanatsiyasidir, deb ta'kidlaydi. Tabiatning bu
holga kelishiga
qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o’tgan. SHunday qilib Farobiy barcha
mavjudodni, olamni, materiyani birinchi sabab-xudodan keltirib chiqaradi. Forobiy materiya, uning
abadiyligi va cheksizligi haqidagi falsafiy ta'limotni ishlab chiqdi. Uning ta'kidlashicha, materiya
olamdagi narsa va hodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo,
olov va osmondan ibirat bo’lib, Forobiy ta'limoticha, osmon jismlari ham, erdagi jismlar ham ana shu
unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Forobiy hamma narsaning umumiy jinsi olamdir, olamdan
tashqari hech nima yo’qdir, deydi.
Dostları ilə paylaş: