Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Qadriyatshunoslikning sharqona ildizlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

2-MAVZU: Qadriyatshunoslikning sharqona ildizlari. 
Reja: 
1. Qadimiy sharq va O’rta Osiyoda qadiryatlar to’g’risidagi g’oyalar takomili va uning 
jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni. 
2. Olam, koinot, jamiyat va inson to’g’risidagi daslabki aksiologik qarashlar. 
3. Diniy va mifalogik qadriyatlar. Iudaizim, Buddizim, Zardushtiylik va boshqa dinlarning 
qadriyatlari. 
4. O’rta Osiyoda islom dini yoyilishining sivilizatsiyamiz qadriyatlariga ta'siri. 
5. XX asr va hozirgi davirda qadiryatlar mavzui. 
6. Jahon madaniyatining rivojiga jamiki xalqlar baholi qudrat o’z ulushlarini qo’shganlar. 
Ammo bunda SHarq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarining hissasi 
alohidadir. 
SHarq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarash va 
tasawurlari haqidagi, ularning mazmun va mohiyati haqidagi qimmatli material va ma' lumotlar antik 
zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyotida keng ko’lamda aks 
etgan. 
Dastlabki falsafiy tasavvurlar SHarqning eng qadimgi mamlakatlaridan biri- Bobilda miloddan 
avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo bo’lgan. O’shandayoq odamlarning dunyoda ro’y 
berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlarga bo’lgan munosabatlari va qiziqishlarini, garchi 
sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsada, o’zida aks ettirgan falsafiy qarashlar namoyon bo’la 
boshlagan. 
Qadimgi Bobil adabiyotining mashhur asarlaridan biri «Gilgamesh haqida doston» bo’lib, unda 
tuproq, suv, havo, quyosh inson hayoti va tirikligining abadiy manbai ekanligi, Gilbgameshning obi 
hayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari, odamlarning tabiat 
qonunlari asosida yashash zarurligi, ular hayot va o’lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi 
hikoya qilingan. 
Gilgamesh haqidagi dostonda qadimgi kishilarning baxt va farovonlikka, salomatlik va 
bardamlikka, o’limni engib, mangu hayot kechirishga intilishlari, abadiy umr ato qiluvchi obihayot, 
o’simlik, har xil meva va ma'danlarni izlab topish haqidagi orzu-niyatlari o’z ifodasini topgan. 
Adapa haqidagi dostonda esa insoniyatning abadiy hayot to’g’risidagi orzulari ko’rsatilgan. 
Unda «o’lgan va qayta tirilgan» xudolarga, jumladan Bobil xudosi Marduqqa nisbat berilgan. 
Inson o’zini qurshab olgan muhit, koinot bilan doimo aloqadordir. Binobarin, u shu muhit, 
koinot haqida o’ylaydi, fikr yuritadi, er yuzidagi hodisa va jarayonlarni koinot bilan bog’lashga 
intiladi, samoviy sir-asrorlar haqida xayol suradi, faraz qiladi, har xil ertaklar, rivoyatlar, afsonalar 
to’qiydi. Bobilliklarning etapa haqidagi afsonalari ana shu zaminda paydo bo’lgan. 
Etapa haqidagi afsona ham yuqorida aytib o’tilgan dostonlarda bo’lgani kabi odamlarning 
quyosh bilan, oy va sayyoralar bilan qiziqqanligi, samoviy sirlar sabablarini bilishga intilishlari, 
Bobil xalqining tabiiy hodisalar mohiyatini, yilning fasllarga bo’linib, o’zgarib turishini, yil 
davomida tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarning boisi nimadan iborat ekanligini tushunib olishga 
intilishlari, shuningdek, ularning din va axloqqa doir falsafiy qarashlari ilgari surilgan. 
Qadimgi bobilliklarning yaxshilik bilan yomonlikning, ezgulik bilan yovuzlik, boylik bilan 
qashshoqlikning, hurlik bilan xo’rlikning bir-biriga tubdan zid ekanligi, o’zara qarama-qarshi va 
murosasizligi haqidagi falsafiy g’oyalarni o’zida ma lum darajada bayon qiluvchi «Jafokash avliyo 
haqida doston» va «Xo’jayinning qul bilan suhbati» degan asarlari ham mavjudligini aytib o’tish 
zarur. Ularning birinchisida baxt va baxtsizlik, adolat va adolatsizlik, ularning sabablari, bartaraf 
etish yo’llari xususidagi dastlabki falsafiy tasavvur va g’oyalar bayon etilgan. Keyingisida xo’jayin 
bilan qul o’rtasidagi ziddiyat ular orasidagi ta'sirli dialogda ifoda qilingan. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi o’rtaga qo’ygan talablar va inson amaliy faoliyati ehtiyojlari 
asosida Bobilda tabiat hodisalarining ichki mazmunini ilmiy asosda tushunib, ulardan turmushda 
foydalanish zaruriyati tobora kuchayib borgan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og’irligini 
o’lchash, ish kuchlari miqdorini aniqlash, binolar hajmini belgilash, er sathini hisoblab chiqish 
zaruriyati eng qadimgi matematik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlar 
to’planishiga hamda arifmetika va geometriyaning tug’ilishiga olib kelgan. Vaqtni hisoblash 
zaruriyati kalendar (taqvim) paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu esa odamlardan astronomiya 



sohasida ma lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar quyosh soatini, quyosh ko’rsatkichini va kunning 
12 bo’lakka bo’linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma'lumotlariga ko’ra, Bobilda matematika, 
arifmetika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda meditsina, tarix va filologiya, muzika, tasviriy 
san'at, astrologiya ham sekin-asta kurtak ota boshlagan. 
Qadimgi SHarq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi madaniyati, falsafasi, ahloqi, 
urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy g’oyalar bilan sug’orilgan. Odamlarda diniy z'tiqod 
kuchli bo’lgan. Quyosh, oy, yulduzlar xudo hisoblantan, ibodatxonalarda ularga topinganlar. 
Xalqlarning, davlat, hukmdorlar va odamlarning kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralarning 
vaziyatiga qarab oldindan aytib berish qadimgi Mesopotamiya va Bobilda astrologiya nomini olgan. 
Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e'tiqodlari, falsafiy qarashlari, adabiy asarlari, 
bilimlari, o’lchov birliklari, afsona va rivoyatlari nasldan naslga o’tib, rivojlanib, boyib SHarqdagi 
ko’pgina xalqlarning madaniy-ma'naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga o’zining 
ijobiy ta'sirini ko’rsatgan. 
Misr madaniyati jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bo’lib hisoblanadi. Qadimgi Misrda 
ilk madaniy yodgorliklar miloddan to’rt ming yil ilgari vujudga kelgan. Qadimgi SHarq 
madaniyatining boshqa namunalari singari Misr madaniy yodgorliklarida, xususan, ertak, rivoyat, 
gimn, duo, masal, epos, lirika va boshqalarda o’sha davrdagi ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot, nabobat, 
urf-odatlar, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar, garchi yuzaki tarzda 
bo’lsada, o’z ifodasini topgan. 
Qadimgi Misr mifologiyasida, hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va hamma narsalarda ham 
havo bor, deyiladi. SHuning uchun ham misrliklar suvni odamga oziq-ovqat beruvchi dastlabki ulug’ 
ne'mat deb bilganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi bo’lib ko’ringan. Misrliklar, hayot suvdan 
boshlanadi, deb bilib, suvsiz hech qanday hayot bo’lmasligini ko’rib, suvni ulug’lovchi qanchadan- 
qancha rivoyat va afsonalar to’qiganlar. Ular Nil daryosini nihoyatda ulug’lashtirganlar, 
ilohiylashtirganlar, uni «odamlarga hayot baxsh etish uchun toshib turadigan Nil», deb 
ulug’langanlar. SHuning uchun misrliklar marhumlar ruhiga duo qilib, uning abadiy yashashini 
ta'minlamoqchi bo’lganlarida xudoga quyidagicha nola qilganlar: «Sen ulug’ xudoga — Ozirisga 
marhamat aylaganingda unga Nil keladigan bo’ldi, uning uchun yaylovlarda o’t pay do bo’ldi va 
papirus o’sadigan bo’ldi. Xuddi shu singari unga — marhumga ham marhamat aylagilki, u sening 
suvingdan bahramand bo’lsin, u sening oqar suvlaringdan icha olsin». 
Misrliklar o’zlarining dunyoviy va diniy falsafiy poeziyalarida odamlarni bu dunyoning butun 
noz-ne'matlaridan to’la bahramand bo’lib yashashga, quvnoq, shod-xurram hayot kechirishga, o’lim, 
oxirat haqida hadeb o’ylayvermaslikka chaqirgan. 
Misrliklarning ibtidoiy falsafiy tasavvurlari haqida bir muncha ma'lumot beradigan qadimiy 
manbalardan biri — «Nasihatnoma»da bilimning xosiyati haqida, bilimdon kishining qadr-qimmati 
to’g’risida aytib o’tilgan. «Agar sen bilimdon odam bo’lsang, aytganing-aytgan, deganing-degan 
bo’ladi. YOzish- o’qishni chuqur egallab, ko’nglingga chuqur jo qilib ol, ana shunda har bir aytgan 
gaping hammaga manzur bo’ladi». 
Qadimgi misrliklarning xalq og’zaki ijodiyotida, ayniqsa diniy-mifologik asarlarida tabiat 
hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtirilgan. Usimlik va daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi 
davrlardayoq mavjud bo’lgan. «Hayot osmon daraxti» to’g’risidagi qadimgi afsonada, o’simliklar 
simvoli bo’lgan daraxt insonning er yuzidagi hayoti uchun zarurdir, degan fikr ilgari surilgan. 
Misrliklarning har holda sodda bo’lsa ham tabiatni, dunyoni unga asoslanib turib tushuntirish uchun 
qilgan urinishlari o’z davri uchun katta ahamiyatga ega edi. 
Qadimgi Misrda falsafiy fikr kurtaklarining shakllanishi va rivojida tabiatshunoslik fanlarining 
ham hissasi bor. Bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi misrliklar astronomiya sohasida ba'zi bir 
bilimlarga ega bo’lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida sayyoralarni 
yulduzlardan ajrata bilganlar va, hatto, ular osmon kartasini ham tuzganlar. 
Kasalliklarni keltirib chiqargan, rivojlantirib, avj oldirib, kuchaytirib yuborgan sabablarni 
aniqlash, ularni oldini olish, inson salomatligini tikiash va mustahkamlashga bo’lgan zaruriyat 
qadimgi. Misrda tibbiyot fanini yuzaga keltirdi. Qadimgi misrliklar kasalliklarning juda ko’p 
turlaridan, masalan, bosh og’rig’i, dezinteriya, sariq kasali, yo’tal, ziqnafas, qon ketish, bod, 
skarlatina, moxov, suvli temiratki va boshqa har xil kasalliklardan xabardor bo’lganlar. Misr tabiblari 
miyaga, umurtqa pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e'tibor berganlar va ularni kasalliklar uyasi 


10 
deb bilib, bu erdagi kasalliklarni topib yo’qotish kerak, deb hisoblashgan. Misrliklar diagnostika — 
tashxis sohasida katta tajriba to’plaganlar. Misrda ginekologiya, xirurgiya va ko’z kasalliklarini 
davolash ancha rivojlangan. Ular insondagi ko’pgina kasalliklar yurak qon aylanishi tizimining 
qandayligiga bog’liq ekanligini alohida ta'kidlashgan. Misrda, tabiblikning siri — yurak harakatini 
bilishdan boshlanadi, tomirlar butun a'zoyi badanga o’shandan tarqaladi, deb hisoblashgan. 
Bashariyat tarixida qariyb birinchi tsivilizatsiya beshigi hisoblangan Hindiston falsafasi 
o’zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Hindistonda eramizdan uch ming yil awal erni sun'iy 
sug’orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog’ochsozlik, to’qimachilik, zargarlik 
rivojlangan, yog’och va metalldan jang aravalari yasashgan, pishiq g’ishtdan ko’p qavatli binolar 
qurishgan. Jun va zig’ir tolasidan matolar tayyorlashgan, mis va temirdan, jezdan qurol-aslahalar 
yasashgan. 
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» nomli asarida aytilishicha, Hindistonda eraning birinchi 
asrlaridayoq tib, riyoziyot, ilmi nujum, din, kimyo, muzika, poeziya, san'at, falsafa rivojlangan. 
Antiqa tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va nabobot olamiga ega bo’lgan qadimiy 
Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot o’tmish davrlardan boshlab vujudga kelgan va g’oyat darajada 
rivojlangan. 
«Ramayana», 
«Maxabxarata», 
«Rural», 
«Megatuta», 
«Regxuvensha», 
«Kumarasambxava», «Panchatatra», «Xitopadesha», «SHakuntala», «Kalila va Dimna» kabi 
mashhur asarlari shular jumlasidandir. 
YUksak, nafosat va mangu hikmat xazinasi bo’lgan ana shu asarlarda hind xalqining 
urf-odatlari va an'analari, odob-axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari, 
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari o’zining yorqin ifodasini topgan. 
Ana shu nodir asarlar o’z navbatida qadimgi hind falsafasining o’rganish va ularda ilgari 
surilgan ilg’or g’oyalar, umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlarni bilib olishda asil 
manbalar bo’lib ham xizmat qiladi. 
Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, 
insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’ri so’zlilik, va'daga vafo qilish 
to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, 
fitnachilik .va qalloblikka, munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali 
falsafiy g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va matallar bayon etilganki, ular shak-shubhasiz, ham 
milliy, ham umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatga molikdir. 
Hind falsafasining paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasi bo’yicha so’z yuritilganda, odatda 
uch asosiy davr alohida ajratib ko’rsatiladi. Bular eramizdan awalgi birinchi ming yillikning boshi va 
eramizning dastlabki asrlarini qamrab oladigan eng qadimgi davr, X—XII asrlardan XVII—XVIII 
asrlargacha bo’lgan ilk o’rta asr va kech o’rta asrchilik davri hamda yangi (bunga hozirgi davr ham 
kiradi) davrlardan iborat. 
Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklardagi dastlabki falsafasini o’rganishda 
qadimgi hindlarning «Veda» deb ataladigan diniy to’plamlari va ikkita katta epik dostoni — 
«Ramoyana» va «Maxabxarata», Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari muhim ahamiyatga 
egadir. 
«Veda» deb ataladigan muqaddas kitobning «ma'nosi bilmagan narsani bilishdir. Hindlar 
«Veda» kitobini, oliy tangrining Baroxim og’zidan aytilgan so’zi, deydilar». 
«Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAjurveda va Atxarvaveda deb ataladigan to’rt bo’limdan 
iborat. To’rt bo’limning har birini o’ziga xos o’qish yo’li bor. Mazkur bo’limlarning har birida 
muayyan falsafiy g’oya ilgari surilgan. 
«Veda»lar hind xalqining dini, afsonalari, urf-odatlari, poeziyasi, ilm, falsafiy tasawur va 
bilimlarini o’rganish uchun ayniqsa ko’p material beradi. 
«Veda»larda borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bo’lishi, inson hayotining tabiiy asoslari, 
tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar haqida fikr yuritiladi, «Veda» kitobi yaxshi 
ishlarga targ’ib qilishni, yomon ishlardan qaytarishni, amallaming chegarasini aniq ko’rsatib 
qiziqtirishni, qo’rqitishni, yaxshi mukofot va yomon jazolarni bayon qiladi. «Veda»ning ko’p qismi 
turli duolar va olov uchun qilinadigan turli qurbonliklar haqidadir. Undagi qurbonlik turlari ko’p va 
rasm-rusumlari qiyindir». 
«Veda» kitobini tashkil etgan bo’limlarning eng qadimiysi Rigveda, hindlarning xudrlari 
bo’lgan parilar to’g’risidagi miflar bilan bir qatorda dunyodagi har bir narsa tabiiy ravishda paydo 


11 
bo’lgan, degan g’oyalar bor. Rigvedadagi dunyo suvdan yaratilgan, degan fikr e'tiborga sazovordir. 
Qadimgi Hindiston dini va falsafasida suvning muqaddaslashtirilishi, uni dunyoni tashkil etgan 
unsurlardan biri sifatida qaralishi, bunga «Veda» va «Rigveda»da alohida e'tibor berilganligi bejiz 
emas, albatta. «Ammo hindlar fikricha, — deyiladi Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida, 
— yaratilgan narsalarning oldingisi suvdir. CHunki ular «to’zonga aylangan hamma narsa suv bilan 
birikadi, hamma unadigan narsa suv bilan unib chiqadi va hamma jon egasi suv bilan tirik turadi, suv 
san'at egasi, biron moddadan ma lum bir narsa ishlatmoqchi bo’lganida unga suv vosita bo’ladi, 
deydilar». 
«Veda» gimnlariga qadimgi hind diniy-falsafiy sharhlardan iborat bo’lgan upanishadalarda 
borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb hisoblangan suv, olov, havo, yorug’lik, to’proq, 
oziq-ovqat, fazo, vaqt, olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manbalari 
va turlari, ijtimoiy tafovutlarning kelib chiqishi, insonning ijtimoiy majburiyatlari, hayotning oliy 
maqsadiga erishish kabi qator falsafiy masalalar qarab chiqiladi. Upanishadalar ta'limotiga ko’ra, 
inson er yuzida yangi tug’ilishlar girdobidan qutilmoq uchun o’z ruhining barkamol braxman bilan 
birligi haqidagi o’y-fikrga berilmog’i lozim. Unda ta'kidlanishicha, tana jonning qobig’i bo’lib, jon 
esa — dunyoviy ruhning bir bo’lagidir. Upanishadalar shu tariqa butun qadimiy hind falsafasining 
keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat qilganligi va sharoit yaratib berganligi tufayli ham 
alohida ahamiyat va ilmiy qimmatga egadir. 
CHarveka nomi bilan ataladigan qadimiy hind falsafiy oqimi tarafdorlari, dunyoni, tabiat 
hodisalarini qanday bo’lsa o’shanday tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar. Ular 
nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq yig’indisidan iborat, inson ham ana shu to’rt 
unsur birikmasidan tashkil topgan. 
CHarvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zaminida moddiy elementlar 
birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular «o’tni kim issiq haroratli qildi, suvni kim sovuq qildi» — 
degan savol berib, «bulaming hammasini shu hodisalarning o’zidan qidirish kerak», — deb javob 
qaytaradilar. Ular dunyoni bilish mumkin va bu bilimning manbai idrokdir deb, bilishda hissiyotning 
rolini bo’rttirib yuborganlar, xulosalar yolg’on bo’lishi mumkin, deb hisoblanganlar. 
Xitoyda dastlabki falsafiy ta'limotlar hind falsafasi bilan taxminan bir vaqtlarda — eramizdan 
avvalgi IX—VII asrlardayoq paydo bo’lgan edi. Ilk falsafiy ta'limotlarda dunyo abadiy va u besh 
unsur — olov, suv, er, daraxt va metalldan tashkil topgan, deb uqtiriladi. 
Eramizdan oldingi VII—VI asrlarda esa dao qonuniga binoan harakat qiluvchi tsi — 
elementining mavjudligi haqida fikr yurgizilgan. Xitoy mutafakkirlari fikricha, tabiat hodisalari tsi 
degan moddiy zarralardan tarkib topib, dao degan ob'ektiv tabiiy qonuniyatga bo’ysunadi. 
Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda, taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, ularning, 
dunyo moddiydir, degan ta'limotiga bog’liqdir. Dao haqidagi ta'limot falsafadagi qonun 
tushunchasini hosil qilishdagi dastlabki urinishdir. 
«Daosizm» so’zining o’zi «dao» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «yo’b>, «taraqqiyot», «dunyo 
negizi» degan ma'noni oildiradi. Daosizmning asoschisi Dao-tszi bo’lib, u dunyo abadiy harakat va 
o’zgarishda bo’ladi, deb hisoblagan. Masalan, Dao-tszi bu haqda bunday degan: «Ulug’ dao hamma 
yoqqa qarab oqadi. U o’ngga ham, chapga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudod tug’iladi. Bu 
mavjudod hamisha o’zgarishda bo’lib bir joyda to’xtab qolmaydi.» 
Daosizmda dunyoda qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog’liqligi amal qiladi, tabiat 
hodisalari o’z ziddiga aylanib rivojlanadi, deb fikr yuritiladi. Ta'kidlanishicha, go’zallik va xunuklik, 
balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo’qlik, uzun bilan kaltalik bir-birini tug’diradi, 
birin ketin keladi, bir-biriga bog’liq bo’ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar 
qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi. 
Daosizm vakillari bilishda hissiy va mantiqiy jihatlarning mavjudligi masalasini o’rtaga qo’yib, 
bilishda hissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqliy bilishni bo’rttirib yuborganlar. 
Miloddan avvalgi V—III asrlarda vujudga kelgan konfutsiychilik qadimgi Xitoyda keng 
tarqalgan falsafiy ta'limotlaridan bo’lib hisoblanadi. Uning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy 
Miloddan oldingi 551—479 yillarda yashagan. Konfutsiy ta'limotiga ko’ra, odamlarning hammasi 
ham tug’ma xususiyatlariga ko’ra bir-birlariga yaqindir. Tug’ilgandai keyin hosil qilgan 
xususiyatlariga ko’ra, ular bir-birlaridan farq qiladilar. 
Konfutsiya, agar podsho osmon va dengiz kabi ulug’vor bo’lsa, xalq uni hurmatlaydi, uning 


12 
aytganlariga quloq soladi va uning ishlariga xayrixohlik qiladi, deb podshohni ilohiylashtiradi. U 
to’g’ridan-to’g’ri imperator Osmon o’g’li, uning erdagi ko’rinishi Osmonning jonli timsolidir. Er 
yuzidagi quriqlikning markazi Osmon o’g’lidir. Har qaysi xalq o’z chegarasida bir knyazga itoat 
qiladi. Osmon o’g’li amrni osmondan oladi, tobe knyazlar esa buyruqni Osmon o’g’lidan oladilar, 
deydi. 
Aytib o’tilganlarning hammasi Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy singari qadimgi SHarq 
mamlakatlari va boshqa davlatlarda pay do bo’lgan va rivojlana boshlagan, dastlabki falsafiy bilim va 
tasavvurlarning ildizlari, boshlang’ich asoslari jahon xalqlari tarixi va madaniyatining uzoq 
o’tmishiga borib taqalishini ko’rsatib va isbotlab turibdi. 
Qadimgi SHarq falsafasining dastlabki kurtaklari jahon falsafasining ilk yutuqlariga 
asoslangan, ulardan oziqlangan ijodiy foydalangan holda shakllanib, rivojlanib borishi bilan bir 
qatorda, o’z navbatida insoniyat falsafiy bilimlarining kelgusi taraqqiyotiga zamin bo’lib xizmat qildi 
hamda o’zining ijobiy ta'sirini ko’rsatdi. 
Markaziy Osiyo jahonning ilmu fan, falsafa, din, adabiyot va san'at qadimdan rivojlangan, 
tarixi nixoyatda boy mintaqalaridan biridir. So’nggi tarixiy va arxeologik tadqiqotlar ana shu 
muqaddas zaminda odamzodning ilk faoliyati bir million yilga yaqin janligidan dalolat beradi. 
Juda ko’plab og’zaki va yozma manbalar, turli asori-atiqa obidalardan ma lum bo’lishicha 
Dneprdan Oltoygacha bo’lgan mintaqada skiflar, Kaspiy orti tekisligida massagetlar, ulardan 
sharqroqda saklar, so’g’dlar, baqtiriyaliklar, xorazmiylar, parfyanlar yashaganlar. 
Hozirgi markaziy osiyoliklarning o’tmishdagi ana shu ajdodlari asrimizdan bir necha ming 
yillar ilgari sug’orishga asoslangan dehqonchilik hamda chorvachilik, ovchilik, baliqchilik bilan 
shug’ullanganlar. 
Hozirgi tojik, o’zbek, turkmanlarning ajdodlarida sug’orma dehqonchilik madaniyati shu qadar 
rivoj topganki, hatto birgina Araks (hozirgi Amudaryo) havzalarida juda ko’plab sun'iy sug’orish 
kanallari, suv inshootlari qazilib cho’l va sahrolarga suv olib chiqilgan. 
SHu tariqa moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratilgan. Ajdodlarimiz yashagan hududlarda 
qadimda xilma-xil madaniyat o’choqlari tarkib topgan va rivojlangan. 
Mintaqamizda miloddan avvalgi V ming yillikda mintaqamizning markaziy va shimoliy 
rayonlarida esa miloddan avvalgi III ming yillikda qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik, 
konchilik, mis va temir eritish, metallardan har xil harbiy va mehnat, qurollari yasash, kemasozlik, 
to’quvchilik, binokorlik, zargarlik ham taraqqiy eta boshlagan. Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi 
dastlabki davlatlar, Toshkent, Xiva, Marokand (Samarqand), Qiropol (hozirgi O’ratepa) va boshqa 
shaharlar paydo bo’lgan. Dunyodagi eng qadimiy tsivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada 
vujudga kelgan. 
Markaziy Osiyo xalqlarining eng buyuk madaniy muvaffaqiyatlaridan biri yozuvni ixtiro 
etganliklaridir. Bu er da yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlangan. Miloddan oldingi 
birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi keng tarqalgan. Iskandar Zulqarnayn, (Aleksandr 
Makedonskiy) istilosidan keyin yunon yozuvi ham kirib kelgan. eramizdan avvalgi birinchi ming 
yillik o’rtalarida oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, Sug’d, Kushon, O’rxun-Enisey, Uyg’ur 
yozuvlari vujudga kelgan. YOzuvning ixtiro qilinishi, inson bilim doirasi va dunyoqarashi 
kengayishi va chuqurlasha borishiga xizmat qilgan. 
Ko’rinib turganidek, Markaziy Osiyo xalqlarining, xususan, o’zbeklarning madaniyati tarixi 
ildizlari, ijtimoiy, falsafiy, ahloqiy, diniy, badiiy qarashlari va fikrlari shakllana va rivojlana 
borishining ilk davrlari qadim zamonlarga borib taqaladi. 
Avlodu ajdodlarimizning qadim ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, an'analari, madaniyati, 
tili, tarixi badiiy-falsafiy jihatdan o’ziga xos tarzda aks ettiradigan og’zaki ijodiyotni nihoyatda boy 
va xilma-xildir. Miflar, afsonalar, qahramonlar to’g’risidagi dostonlar, to’y hashamlarda, xalq 
yig’inlarida, bayramlarda, safarlarda aytilgan ashula — qo’shiq va laparlar, lirik she'rlar, maqol va 
matallar, masal va topishmoqlar xalq og’zaki ijodiyoti madaniyatning eng qadimgi va uzoq tarixga 
ega bo’lgan sohalaridir. Ularning ijodkori, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga avaylab-asrab 
o’tkazuvchi asosiy kuch — barcha moddiy va ma'naviy boyliklarning yaratuvchisi, bitmas- tuganmas 
manbai bo’lgan xalqdir. 
Tarix qa'ridan, necha-necha o’tmish davrlardan bizgacha eson-omon etib kelgan miflar, afsona 
va rivoyatlar, dostonlar, ertak, maqol va qo’shiqlar, o’tmishning shunchaki bir aks-sadosi emas, balki 


13 
xalq ko’nglidagi qayg’u-hasrat va shodlikning yo’ldoshi, uning bilim qomusi, uning diniy va falsafiy 
kitobi hamdir. 
Xalq og’zaki ijodiyotining namunalari bo’lgan ertaklar, rivoyatlar va dostonlar bilan tanishar 
ekanmiz, xalqda voqealarni oldindan ko’ra biluvchi ajoyib qobiliyat va iste'dod bor ekanligyni, u 
hech qachon orzu-umidsiz yashamaganligini, har doim kelajak tomon intilganligini anglab olamiz. 
Har qanday mif, ertak va afsonaning, qadimgi rivoyatning zamirida xalqning muayyan maqsad va 
niyatlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bo’lgan munosabatlari, mehnat mashaqqatlarini 
engillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bo’lgan 
intilishlari yashirinib yotgan bo’ladi. Ular xalq ommasining dahosi, uning talab va ehtiyojlari asosida 
vujudga kelishi bilan bir qatorda, o’z navbatida ularning o’zi kishilarning ma'naviy, aqliy, axloqiy 
taraqqiyotiga to’rtki vazifasini ham o’tagan; mehnatni sevishga o’rgatgan, tabiatning xatarli 
kuchlariga qarshi kurashish va ularni oldini olishda kishilarga yordam bergan, olamda ro’y berib 
turadigan murakkab hodisa va jarayonlar sir-asrorlarini bilib olishga da'vat etgan, inson, fikri, 
tafakkuri va xayolotini o’tmishdan kelajakka tomon tortgan, hayotni sevishga chorlagan. 
Miflar, ertak va rivoyatlar, termalar, dostonlar, barcha folbklor asarlari o’tmishning eng katta 
tarixiy hujjati, ajdodlarimizdan bizga qolgan nodir boylikdir. Jamiki san'at asarlari va madaniyat 
yodgorliklarini hech ikkilanmay inson ko’nglidagi shodlik va quvonchning, g’am va anduhning 
ifodasi, inson aql- idroki diniy qomusi, bitmas-tuganmas hikmatlar xazinasi, deb aytish mumkin. 
Markaziy Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyotining eng qadimgi turlaridan biri — mifdir. YAxshilik 
bilan yomonlik, nur bilan zulmat, baxt bilan baxtsizlik o’rtasidagi kurash va bu kurashda ezguliknint 
yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi haqidagi g’oya dunyoning boshqa xalqlarida bo’lganidek, bizning 
miflar uchun ham xarakterlidir. Qayd etilishicha, yaxshilik olamiga Axuramazda, yomonlik olamiga 
esa Axriman boshchilik qiladi, baxt va baxtsizlik, hayot va mamot shu qarama-qarshi kuchlar 
o’rtasidagi kurash va uning oqibatlariga bog’liq. YAxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi jangu 
jadallar ezgulik uchun kurashadigan Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp obrazida va 
baxtsizlik timsoli bo’lgan Axriman, dev, ajdar, jinlar bilan bog’liq miflarda o’z ifodasini topgan. 
Ezgulik miflarida Mitra kishilarga nur, issiqlik, baxt-saodat baxt etadigan, dushmanlarga 
dahshat soladigan, kishilarni ofatdan qutqaradigan quyosh xudosi sifatida, Anaxita esa er, suv va 
hosil ma'budasi, qahramonlarga kuch-quvvat va muvaffaqiyat baxsh etuvchi tarzida tasvirlanadi. 
Miflarda tasvirlanishicha, Kayumars Axuramazda tomonidan yaratilgan birinchi odam va insoniyat 
ibtidosidir. Jamshid — yima — adolatli hukmrondir. Yimaning hukmronlik davri oltin davr 
hisoblanadi. U davrda odamlar go’yo o’lim va qarilik nimaligini bilishmagan. U er yuzini uch baravar 
kengaytiradi, chorvani va turli xil qushlarni nihoyatda ko’paytiradi. 
Ko’pchilik SHarq mamlakatlarida bo’lgani kabi Markaziy Osiyoda ham qadimda er, osmon, 
quyosh, yulduz va sayyoralar haqida kosmogonik miflar vujudga kelgan. Ularda insonlaming tabiiy 
muhit, koinot, samoviy hodisalar haqidagi o’y-fikrlari, hayolotlari ifodalangan. Insonlar taqdiri, 
qismatini yulduzlarga qarab bashorat qilish mumkinligi, baxt yulduzi haqida qanchadan- qancha 
afsonalar va rivoyatlar yaratilgan. Mifologiyada insonlarga rizq beradigan er, nur va issiqlik 
beradigan osmon benihoya e'zozlangan, ota Quyoshga, ona esa Oyga qiyoslangan. 
Markaziy Osiyoda bir necha ming yillar osha yuzaga kelgan tarixiy taraqqiyot jarayonida mif 
va afsonalar ijodiy qayta ishlangan, yangi-yangi voqea va ma'lumotlar, fikr-tushunchalar va g’oyalar 
bilan boyib, takomillashib insoniyat ma'naviy madaniyatiga hissa bo’lib qo’shilgan. 
«To’maris», «SHiroq», «Zariagr va Odatida», «Zarina va Striangiya», «Uch og’a-ini botirlar», 
«Qahramon», «Malikai Husnobod» kabi qissalar va «Alpomish», «Qirqqiz», «Go’ro’g’li», 
«Ravshan», «Avazxon», «CHambil qamali», «Oysuluv» singari dostonlarida ham milliy, ham 
umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. 
Markaziy Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashini badiiy aks ettiruvchi To’maris va 
SHiroq to’g’risidagi rivoyatlar fikrimizga misol bo’ladi. 
To’maris haqidagi qissada massagetlar malikasi To’marisning eron bosqinchilariga qarshi 
kurashdagi mardligi, dovyurakligi, jasorati, donishmandligi, vataniga sadoqati, dushmanlarga 
nisbatan ziyrak va xushyorligi chuqur bayon etilgan. Qissada aytilishicha, eron shohi Kir massagetlar 
yurtini o’ziga qaram qilish, boyliklarni talash maqsadida To’marisga uylanmoqchi bo Tib, sovchilar 
yuboradi. Malika shohning asl maqsadini tushunib unga qayliq bo’lishni, o’z elini qul qilib 
topshirishni istamasligini qat'iy qilib aytadi. SHundan so’ng Kir ochiq, tajovuzga o’tadi va 


14 
massagetlar tomon qo’shin tortadi. SHoh daryodan o’tish uchun ko’priklar qurdira boshlaydi. Uning 
bu hatti- harakatlaridan xabardor bo’lgan To’maris Kirga elchi yuborib shunday deydi: «Ey shoh, 
qilayotgan ishingni to’xtat! Hali sen boshlagan ishning qanday tugashini bilmaysan-ku? Qo’y, sen 
o’z yurtingda podshohlik qilaver, bizni ham o’z holimizga qo’y. Lekin sen bunga ko’nmaydigan 
ko’rinasan. Agar biz bilan kuch sinashmoqchi bo Tsang, u holda ko’priklar qurib, ovora bo’lma, biz 
daryodan uch kunlik nariga ketamiz, sen bizning erimizga o’t, yoki o’z yurtingda uchrashishni 
istasang, shuni xabar qil». 
Malika To’maris rahbarligidagi massagetlar eron qo’shinlari bilan bo’lajak qonli to’qnashuvga, 
hayot-mamot jangiga hozirlik ko’ra boshlashadi. Massaget qo’shinlari beomon jangda eroniylarni 
mahv etib, g’alabani qo’lga kiritishadi. Jangda Kir o’ldiriladi. Jang maydonida emas, nayrang bilan 
qo’lga olinib halok bo’lgan o’g’li Siparangiz dog’ida o’rtangan To’maris o’z suvoriylariga 
o’ldirilgan Kir kallasini kesib, oldiga keltirishni, bir meshni esa qon bilan toTdirishni buyuradi. 
SHundan so’ng u soch-soqoliga qon yopishib qolgan kallani qo’liga olib, unga shunday xitob qiladi: 
«Ey nomard, sen meni —jangda halollik bilan engib chiqqan bir ayolni — makkorlik bilan o’g’lidan 
judo qilib, farzand dog’ida kuydirding, sen umring bo’yi qonga to’ymading, men o’z ontimga amal 
qilib seni qon. bilan sug’ordim. Birovning yurtiga zo’ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi 
shu». 
Vatanni himoya qilish, erksevarlik, yurtparvarlik, vatanparvarlik ajdodlarimizning qon-qoniga 
singib ketganligi SHiroq haqidagi tarixiy rivoyatda ham chuqur va har taraflama ochib berilganligini 
eslatib o’tish mumkin. Naql qilishlaricha, eradan burungi V asr oxirlarida Doro boshchiligidagi eron 
qo’shinlari Turon eliga bostirib kirib, uning hududidagi turli urug’ va qabilalarni birma-bir bosib ola 
boshlaydi. Doro qo’shini bilan sak qabilasi o’rtasida jang davom etib turgan paytda SHiroq ismli 
cho’pon yigit podshohi huzuriga kelib, agar bolalariga, oilasiga, avlodiga g’am-xo’rlik qilishsa, 
dushmanni yakka o’zi hiyla bilan halok etajagini aytadi. Ularning va'dasini olgach, SHiroq o’sha 
erdayoq quloq-burnini kesadi. So’ng saklardan eron qo’shinlari tomonga qochib o’tgan kishi sifatida 
eroniylar turgan joyga keladi. SHiroq Doroga arz qilib, o’zini saklardan alam ko’rgan kishi qilib 
ko’rsatadi. eron qo’shinini saklar turgan joyga olib borajagini, g’alabani ta'minlashga yordam 
berishini aytadi. eron qo’shinini yo’lga boshlaydi. Atrofi suvsiz quruq qum sahroga boshlab boradi. 
Dushman qo’shini suvsizlikdan sahroda halok bo’ladi. SHu tariqada dushman qo’shinini yakka o’zi 
engadi. SHiroq o’z el-yurtini himoya qilish uchun jonidan kechadi. Borsa kelmas joyga kelib 
qolganidan g’azablangan Doro o’limga mahkum qilgan yolg’onning sababini so’raganda SHiroq 
kulib bunday deydi: «Men g’alabani qo’lga kiritdim, chunki vatandoshlarim bo’lgan saklar boshidagi 
falokatni bartaraf etdim, eroniylarni suvsizlik va ochlikdan o’ldirdim, endi nima qilsalaring ixtiyor 
o’zlaringda». Sak elining mard o’g’lonining boshini kesadilar. Lekin saklar qo’shini omon qoladi. 
O’rta Osiyoda yashagan qadimgi avlod-ajdodlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, 
urf-odatlari, e'tiqodi, tarixi, madaniy merosi, jumladan, falsafiy fikrlari haqida qimmatli 
ma'lumotlarga ega bo’lishda «Avesto», «Baxistun», «Bundaxishn», «Denkard» singari yozma 
yodgorliklar muhim tarixiy hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega. 
O’rta Osiyo xalqlarining falsafiy fikrlariga doir qimmatli ma'lumotlarni olishda zardo’shtiylik 
dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» qadimiy tarixiy-adabiy manbalardan biri bo’lib 
xizmat qiladi. «Avesto»da aks etgan asosiy falsafiy g’oyalar, diniy e'tiqodning etakchi tushunchalari 
tarixiy shaxs Zardushtning nomi bilan bog’liq. Uning ismiga nisbatan din ham shunday nom bilan 
ya'vsh zardushtiylik deb ataladi. 
Manbalarda yozilishicha, Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570- yillarda tug’ilgan va 
etmish etti yoshida ibodat qilayotgan chog’ida dushman qohinlaridan biri tomonidan orqasidan 
xanjar sanchib o’ldirilgan. 
Zardushtga qadar ajdodlarimiz har xil diniy tasavvurlarga e'tiqod qilib yashaganlar. Diniy 
e'tiqodlarning turli-tumanligi ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimgi quldorchilik 
jamiyati ola boshlagan paytda barcha qabilalarning yagona mafkura asosida uyushishlariga 
allaqachonoq to’g’onoq bo’lib qolgan edi. O’lkaning turli qabilalarini birlashtirish, ularni ilk buyuk 


15 
davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug’ilib qolgan edi. Ana shunday zaruriyatni 
tushunib etgan ilg’or kishilardan biri sifatida Zardusht tarix sahnasida paydo bo’ldi. Zardusht ko’p 
xudolilik tasavvurlari, tabiat hodisalariga sig’inishga qarshi chiqib, yakka xudolik g’oyasini targ’ib 
qildi. Uni odamlar payg’ambar sifatida qabul qilishgan. Zardushtiylik juda qadimiy dinlardan bo’lib, 
ibtidoiy tuzumdan quldorlikka o’tila boshlagan paytlarda O’rta Osiyoda paydo bo’lgan va alohida 
diniy dunyoqarash sifatida shakllangan. 
Zardusht dini o’zi hayot chog’ida ba'zi o’lkalarga yoyilgan bo’lsa, uning vafotidan keyin 
yanada kengroq tarqaldi. O’rta Osiyoda, jumladan, Xorazm va Sug’diyonada shakllangan 
Zardushtiylik keyinchalik Ozarbayjonda asosiy diniy e'tiqodlardan biri sifatida keng tarqalgan, eron 
saltanatining rasmiy diniga aylangan. O’tmish dinlarining eng kuchlilaridan hisoblangan 
zardushtiylikka Iskandar Zulqarnayn va arablar bosqinchiligi davrida katta putur etkazilgan. 
Zardushtiylik dinining qonun-qoidalari «Avesto» da bayon etilgan. «Avesto» kitobi miloddan 
bir necha asrlar ilgari yuzaga kelgan. Manbalarning ko’rsatishicha, «Avesto» o’n ikki ming 
oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan ekan. 
Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida bu haqda shunday 
deyilgan: «Doro ibn Doro xazinasida o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi 
bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni 
kuydirib yubordi. SHuning uchun Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto o’ttiz nasq (qism) 
edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nasq chamasi qoldi.» 
IX— 
XV asrlar Markaziy Osiyo 
xalqlarining madaniy-ma'naviy 
taraqqiyotida, 
ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, falsafiy ta'limotlari rivojlanishida keskin o’zgarish, tub burilish davri 
bo’ldi. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, ma'naviy 
hayotni qamrab oldi. Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining 
eng oldingi, etakchi saflarida turish darajasiga ko’tarila oldi. Markaziy Osiyoning jahon madaniyati 
taraqqiyotining yirik o’choqlaridai biriga aylanishi xuddi shu paytlarga to’g’ri keladi. 
IX asrning ikkinchi yarmidan ravnaq topa boshlagan, X — XII asrlarga kelib esa mislsiz 
natijalar bergan, buyuk madaniy yuksalish va taraqqiyotning shart- sharoitlari, asosiy sabablari, 
manbalari, hal qiluvchi qatrr omillari bor ediki, ularning nimadan iborat ekanligini bilish juda muhim. 
Madaniyat va ma'naviyatning jadal sur'atlar bilan taraqqiy etib borishini hayotiy earuriyatga 
aylantirgan eng asosiy sabablardan biri — Markaziy Osiyo xalqlarining erk, Adolat, Haqiqat, 
Mustaqillik uchun arab va mo’g’ul bosqichilari zulmiga qarshi olib borgan hayot-mamot janglaridir. 
Ma'lumki, VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi o’lkamiz 
xalqlarining iqtisodii, siyosiy, madaniy-ma'naviy taraqqiyotiga kuchli zarba berdi. Arab istilochilari 
juda ko’plab shahar va hishloqlarni vayron qildilar, minglab odamlarni, olimu fuzolalarni, kosibu 
hunarmandlarni qilichdan o’tkazdilar. Turon o’lkasiga talon-taroj qilish va boylik orttirish manbai 
deb qaradilar. O'z hukmronliklarini mustahkamlash, xalqni mustamlakachilik iskanjasida ushlab 
turish, maqsadida asrlar davomida yaratilgan madaniy boyliklarni emirib tashladilar, mahalliy 
yozuvlarni yo’q qila boshladilar, qanchadan-qancha avlodlar aql-zakovati, iste'dodi bilan yaratilgan 
noyob yodgorliklarni, qadimgi diniy va dunyoviy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni er bilan yakson 
qildilar, Istilochilar davlat ishlarida va fanda arab tili va yozuvini majburan qo’llay boshladilar, islom 
dinini zo’rlik bilan joriy etdilar. Abu Rayhon Beruniy «Htmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» 
asarida Qutayba Xorazm yozuvini bilgan, Xorazm afsonalarini saqlagan kishilarni, ularning orasida 
bo’lgan olimlarning hammasini turli yo’llar bilan ta'qib ostiga oldi va yo’q qilib yubordi», — deb 
yozgan edi. 
Arab bosqinchilarining uzoq davom etgan mustamlakachilik zulmi xalqning sabr-kosasini 
to’ldirdi. Xalifalik hukmronligiga qarshi VIII—IX arslarda, Guran, Devoshtiy, Bobak, Abu Muslim, 
Muqanna, Rafe' ibn Lays rahbarligida qariyb yuz yil mobaynida olib borilgan xalq kurashlari Turon 
va Xurosonda arab bosqinchilari xukmronligining tanazzulga yuz tutishi bilan tugadi. Markaziy 
Osiyoda IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab xalifaligi tugatildi, uning o’rniga bu erda 
mustaqil feodal davlati paydo bo’ldi. 
SHunday qilib, Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilari hukmronligining tugatilishi X—XII 
asrlarda juda ko’plab mustaqil feodal davlatlarning vujudga kelishi natijasida feodal ishlab chiqarish 
munosabatlarining, ichki va tashqi savdoning, hunarmandchilikning rivojlanishi, ilm-fan va 
madaniyatning, falsafaning ravnaq topishi milliy qadriyatlarning tiklanishi va takomillashib 


16 
borishiga keng sharoit yaratildi. Bu davrda mamlakat ichidagi o’zaro urushlar kamaydi. Buxrro, 
Urganch, Marv, Toshkent va boshqa joylarda hunarmandchilik, kosibchilik ancha rivojlandi. 
Bularning hammasi madaniyat hamda fanning rivojlanishiga sababchi bo’ldi. 
So’z yuritilayotgan davrlardagi ilmiy-falsafiy tafakkur tarixi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy tarixi bilan ham uzviy bog’liqdir. Arablar va mo’g’ullar tajovuzidan qutilib mustaqil 
bo’lgan Markaziy Osiyoda kanallar, qal'alar, saroylar. qurish faqat amaliy tajribanigina emas, balki 
joyni rejalashtirish, murakkab hisoblash va oTchashlarni, matematika, geodeziya, tabiatshunoslik 
fanlarini, uzoq mamlakatlarga cho’llar orqali safar qilish esa, yulduzlarga qarab yo’l topishni, ya'ni 
astronomiya ilmining rivoj topishini taqozo etdi. 
IX asrning ikkinchi yarmida Markazii Osiyoda mustaqil davlatlarning xalqaro iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy aloqalarining o’sishi nafaqat tabiiy balki ijtimoiy- gumanitar fanlaming yanada 
kuchliroq rivojlanishi va taraqqiy etishiga sabab bo’lgan edi. Arab xalifaligi hukmronligi barbod 
bo’lganidan so’ng SHarq va G’arb mamlakatlari, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo davlatlari 
o’rtasida ancha mustahkam iqtisodiy, madaniy alaqalar vujudga keldi. Turon zaminning YUnon, 
Rim, Hindiston, eron, Arab mamlakatlari, shuningdek, Kavkazning qadimiy madaniyati bilan 
yaqinlashuvi fan, adabiyot, ijtimoiy- falsafiy fikming yanada kengroq taraqqiy topishiga imkoniyat 
tug’diradi. Markaziy Osiyoda SHarq va G’arb ilmiy aloqalarn ko’p asrlik ilmiy hamkorlik an'analari 
asosida bir-birini boyitish, o’zaro ta'sir asosida sodir bo’ldi. Markaziy Osiyodagi ko’pgina 
hukmdtsrlarning o’z saroylarida faylasuflar, tarixchilar, shoir va yozuvchilarni, olimu fozillarni diniy 
arboblar va huquqshunoslarni, xullas, barcha ahli donishii to’plab, ularga homiylik qilganliklari o’sha 
davr fani va madaniyati taraqqiyotiga o’z ijobiy ta'sirini ko’rsatdi. Hukmdorlar orasida Qobus ibn 
Vashmgir, Xorazmshoh Ma'mun ibn Ma'mun, Amir Temur, SHofuh Mirzo, Ulug’bek, Husayn 
Boyqaro, Zahiriddin Muxammad Bobur singari ko’plab fan va madaniyatning himoyachilari bo’lgan. 
Ulaming o’zlari ayni paytda buyuk donishmandlar ham bo’lib, turli sohalarda nodir asarlar 
yozishgan, o’z davri fan va madaniyat taraqqiyotiga yordam berishgan. 
Amir Temurdek buyuk sohibqiron ham atrofiga ilm va dinning mashhur kishilarini to’plab, 
olimlarning fikr va mulohazalariga, Maslahatlariga hamma vaqt e'tibor bilan qaragan. Uning fan, 
madaniyat arboblari, shayxlar, diniy ulamolarga, umuman ahli donishlarga ko’rsatgan hurmati, 
yordami hammaga ma lum. 
Jamiyat taraqqiyoti o’rtaga qo’ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli IX—XV 
asrlarda Markaziy Osiyoda, YAqin va Hrta SHarq mamlakatlarida ilm- fan va madaniyat 
chinakamiga gurkirab rivojlandi, gullab-yashnadi. 
Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari orasidan o’zining aql-idroki va tafakkuri, qomusiy 
bilimi bilan insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning so’nmas yulduzlari etishdilar. 
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi etishib chiqqan, jahonni ilm, ma'rifat va 
ma'naviyat nuri bilan yoritgan ana shu davr SHarq tarixida oltin asr yoki uyg’onish davri deb ataladi. 
Uyg’onish davri mutafakkirlari o’zlarining qomusiyligi — bir paytning o’zida ham faylasuf, 
ham musiqashunos, ham mantiqshunos, sotsiolog va filolog, ham tarixchi, shoir, matematik, xullas, 
ilmning hamma sohasida etukliklari bilan ajralib turadilar. Bu siymolaming kishini lol qoldiradigan 
jihatlaridan yana biri sifatida ularning bir necha tilda bemalol gaplasha olgashshklari, ijod qila 
olganliklari, ilmiy manbalar, asarlar dan bekamu ко’st foydalana olganliklarini ham aytib o’tish 
lozim. Ular ilmning qaysi masalasi bilan shug’ullanishgan bo’Isa, o’sha sohada buyuk kashfiyotlar 
qilishdi, o’tmishdoshlaridan hech bir alloma zabt eta olmagan fanning nurafshon cho’qqilarini zabt 
eta olishdi. Bundan tashqari ularning ko’pchiligi fanda yangicha yo’nalishlami, yangicha tafakkur 
uslubini ixtiro qilishdi, tamomila yangi taTimotlami yaratishdi va ilmiy asoslab berishdi. Buiok 
mutaffakkirlar tomonidan chuqur ilmiy asoslangan g’oya va ta'limotlar faqat ular yashagan davr 
uchungina emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy voqea va jarayonlarni 
oldindan aytib berish nuqtai nazaridan ham bebahodir. Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy 
taTimotlari tor milliy qobiqda o’ralib qolgan emas, balki xam milliy, ham umumbashariy ahamiyatga 
ega bo’lgan taTimotlardir. YAna shu narsa e'tiborga sazovorki, SHarq mutafakkirlarining deyarli 
hammasi o’z davrining qaynoq hayoti markazida bo’lishdi, amaliy ishlarda faol ishtirok etishdi, elim, 
xalqim, yurtim deya yashashdi, xalq hayotidan ayro tushmadilar. Bu ularning haqiqiy barkamol 
inson, otashin vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanliklarining belgisidir. Usha buyuk zotlar, 
qomusiy aql egalari yashagan va ijod qilgan davrlardan boshlab SHarqda, Markaziy Osiyoda ilm-fan 


17 
va madaniyat, falsafa katta qadamlar bilan olg’a tomon rivojlana boshladi. Bu tarqqiyot uzoq davom 
etdi, bir necha yuz yillarni o’z ichiga qamrab oldi, 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin