Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Qadriyatshunoslikning predmeti, mavzulari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

1-MAVZU: Qadriyatshunoslikning predmeti, mavzulari,
maqsad va vazifalari. 
REJA: 
1. “Qadriyatshunoslik”, “Aksiologiya”, “Qadriyatlar falsafasi”, “Qadriyatlar nazariyasi” 
atamalari, ulaming mohiyati, mazmuni, o'zaro aloqadorligi va farqlari. 
2. Qadriyatlar falsafasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
3. Qadriyatlami o’rganuvchi ilim sohasining sobiq ittrifoqdagi taqdiri. 
4. Jamiyatimiz rivojining hozirgi davrida “qadriyatshunoslik” va qadriyatlarga munosabatning 
tubdan o’zgarganligi, qadrlash falsafasini o’rganish zaruryatining oshib borayotganligi. 
Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsalarga qadriyatlar deyiladi. Qadriyatlar 
- narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma'naviy boyliklaming ahamiyatini ifodalash uchun 
qo'llanadigan tushuncha. Qadriyatlami Garb mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o'rganadi. Bu atama 
ilmiy bilimlar sohasiga XX asming ikkinchi yarmida nesim aksiologi Y. Gartman va frantsuz olimi 
P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to'g'risidagi fan yoki to'g'ridan- to'g'ri 
"qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har bir fanga o'z nomini bergan asosiy tushunchalar 
bo'lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham "qadriyatshunoslik" atamasi uchun shunday asos bo'la 
oladi. Farbda bu atama yunoncha "axio" (qadriyat) va "Logos" (fan, ta'limot) tushunchalaridan 
tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar milliy g'oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo'lib, 
qadriyatlar axloqiy qoida va me'yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham 
o'zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o'zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo'ylik, ezgulik, tinchlik, 
shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, 
or-nomus, mas'uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo'ladi. Qadriyat o'z tabiatiga ko 
ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o'zgaradi va takomillashadi. 
SHuning uchun qadriyat to'g'risidagi ta'limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. 
Milliy ma'naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta'rifi va tavsifi. Demak, "Qadriyat" tushunchasi 
- juda keng tushuncha bo'lib, uning bir qismi - ma'naviy qadriyatlardir. Milliy-ma'naviy qadriyatlar - 
"milliylik", "Ma'naviyat" va "qadriyat" tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy 
hodisalami o'z ichiga oladi. 
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat va ijtimoiy 
guruhlaming manfaatlari va maqsadlari yo’lida xizmat qilishdagi erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, 
xaqiqat, ma'rifat, go’zallik, yaxshilik, xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun 
tushuniladi. O’tmishdagi barcha falsafiy ta'limotlarda qadriyatlaming mohiyati va ulaming jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta e'tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning 
maxsuli, jamiyat ma'naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Qadriyatlar jamiyat 
taraqqiyotining, moddiy va ma'naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir. 
Insonning ob'ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma'naviy muhit, yashash 
shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo’lib, yangi-yangi qadriyatlaming 
shakllanishiga, o’tmishdan meros bo’lib o’tganlari esa davr mxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari 
asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy 
taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi. 
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o’tmishda ijobiy axamiyat kasb 
etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir 
bo’lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi. 
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o’zgartirishning muxim omilidir. Xar bir 
qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, 
ijtimoiy va mabnaviy taraqqiyot tabsir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadiryatlarning 
ko’pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga ebtiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy 
imkoniyatlaritakomilashib, chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlaming 
yuzaga kelishi insoning obbektiv olam, mabnaviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida davom 
etayotganining ifodasidir. 
Qadiryatlar inson an'anaviy kamolotining muhim omilidir. Xar bir millat rivojlanishdagi tarixiy 
voqealar, unga ijobiy xisa qo’shgan shaxslar xam milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda 
ular yuzaga kelgan davirning ruxi, imkoniyatlari, talab va extiyojlari o’zining yaqqol ifodasini topadi. 



Xar bir kadriyat mablum kankret davr, sharoit va extiyoj laming maxsuligina emas, balki uning 
ko’zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, 
usha davirlarga xos bo’lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq kerak. Kechagi voqealarni 
bugungi talab bilan o’lchash mumkin bo’lmagani dek, xar bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini 
bilishda muayan tarixiy sharoitlami xisobga olib yondoshmoq kerak. 
Qadriyatlaming shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muxit, tabiy 
sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam bog’liqdir. Umuman olganda, 
qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda 
va kelajakda xam ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat 
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir. 
Qadriyatlar kishilarning modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va 
rivojlanadi. Bu qadriyatlaming obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy, manaviy, xodisa 
bo’lsa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlaming ularga nisbatan bo’lgan munosabati asosida 
belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani uzi xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir 
ijtimoiy xodisaga kishilar o’z duny qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib 
yondashadilar va baxo beradilar. 
Qadriyatlaming baholash turli xildagi manfatlar bilan xam bog’liqdir. Muayan qadriyatlarga 
amal qilishiga, ulami baholashga shaxsiy, gumhiy, miliy va umuminsoniy manfatlar ham bevosita 
tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga baxo berishning subektiv omili xisoblanadi. 
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti ijtimoiy, miliy 
ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma'naviy jixatdan etuk shaxs, jamiyat miliy va 
umuminsoniy qadriyatlaming mazmuni va moxiyatini tug’ri baxolash imkoniyatiga egadir. 
Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo’lsa xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va 
meros bir-biriga uzviy bog’liq bo’lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo’la olmaydi. Meros 
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat o’tmishdan 
qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakilanayotgan 
ijtimoiy, ma'naviy siyosiy xodisalar xam qadriyat xisoblanadi. Xozir O’zbekistonda miliy istiqbol 
mafkurasining rivojlantirishi uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va 
milat manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda utmish 
merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat sifatida yuzaga kelmoqda. 
Meros o’tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib kelgan ijtimoiy - ma'naviy xodisalar 
madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur 
omil bo’lgandagina qadriyat darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo’lgan 
axamiyatini bilish- uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. 
Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning 
negizida muayyan qadiryatlarni baxolash mezonlari xam o’zgarib boradi. Qadriyatlaming 
baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida may donga chiqqan ijetimoiy kuchlarning manfatlari 
xam ma lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlarning manfatlari asosida 
yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug’ri tushunishga olib keladi. 
«Aksiologiya» fanining baxs mavzusini quyidagi masalalar tashkil etadi: milliy qadriyatlaming 
tiklanishi; milliy o’zligini anglash; milliy ong va tuyg’u; milliy madaniyat, til, urf-odat, udum va 
an'analar; ulaming inson ma'naviy barkamolligini ta'minlashda va dunyoqarashini shakllantirishda 
hamda bunyodkorlik faolligini oshirishdagi o’rni; milliy, mintaqaviy va umuminsoniy 
qadriyatlaming mushtarakligi; ijtimoiy-siyosiy, moddiy va ma'naviyat qadriyatlarimizning jahon 
hamjamiyatiga O’zbekiston Respublikasining qo’shilishdagi vositachilik roli; yaqin o’tmishda, sovet 
tartibotlari xukm surgan davrda bu qadriyatlaming poymol etilganligi, yuzaga chiqarilmaganligi, 
o’qib-o’rganilmaganlig, faqatgina O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgandan so’nggina asrlar osha 
to’plangan qadriyatlarga xayot baxsh etilganligi, bu qadriyatlar ijtimoiy rivojlanishda, demokratik 
jamiyat qurishda muhim omil bo’lishi kabi dolzarb masalalar falsafiy nuqtai nazardan taxlil qilinadi. 
Bu fan xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak qadriyatlami chuqur o’ganib falsafa, tarix, 
siyosatshunoslik, siyosiy-huquqiy ta' limotlar tarixi, Sharq va Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy 
fikrlari tarixi va boshqa xususiy o’quv fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda rivojlanadi, o’z oldida turgan 
vazifalarini bajaradi. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 



Aksiologiya, qadriyat, aktsiologiya predmeti, qadriyatlar - fazilatlar majmun, moddiy va 
mabnaviy muxit, vorislik, davr ruxi, inson kamoloti, qadriyatlaming baxolash, qadr-qimmat, meros, 
qadriyatlar-kishilar extiyojlarini qondimvchi ijtimoiy xodisalar majmuasi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin