Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

YASSAVIY 
Ahmad YAssaviy 1041 yilda tug’ilgan. Ilmiy adabiyotlarda vafoti 1165— 1367 yillar deb 
ko’rsatilgan. 
YAssaviy tariqatining birinchi va asosiy fazilati uning xalqchilligidir. Unda ham Olloh, ham 
inson madh etiladi. YAssaviy o’zining «Hikmat»larida insonni qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, 
zulmdan himoya etishga chaqiradi. Bu haqda u «qayda ko’rsang ko’ngli sinuq mahram bo’lgil, 
andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lgil», deydi. 
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Olloxni tanishga, uning yaqini bo’lishga 
da'vat etish, odamni xudoning eng aziz bandasi sifatida e'zozlash, adolatsizlikni qoralash, bu 
dunyoning dog’larini insonga yuqtirmaslikdan iboratdir. 
Ahmad YAssaviy inson o’z azaliy pokligini saqlashi, gunoh orttirmasligi uchun nima ish qilishi 
kerak, degan savolga ham o’zicha javob beradi. Yassaviy inson o’zining azaliy pokligini saqlashi 
uchun bu dunyodan yuz o’girishi, umrini odamlardan uzoqda, yolg’izlikda, uzlatda toat-ibodat bilan 
o’tkazishi lozim, deb hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bo’lishning, o’ziga u dunyoda saodat ta'min 
etishning shartlaridan biri deb biladi. 
YAssaviy fikricha insonning xudo vasliga etishi uchun shariat, tariqat, ma'rifat, xaqiqat kabi 
bosqichlarni birma-bir bosib o’tishi, dunyodan, o’zligidan voz kechishi,. o’zini xilvatga tortib, ham 
fikrini, xam zikrini xudoga berishi kerak. Agar odam jonini qiynab bo’lsada, ibodat qilsa, nafsini 
o’ldirib, qanoat qilishga odatlansa, xo’rlash va malomatlarga bardosh bersa, o’shanda xudoning 
diydoriga etadi, deydi. YAssaviy tariqati va falsafiy ta'limotining asosiy jihatlari ana shulardan 
iborat. 
ABDUHOLIQ G'lJDUVONIY 
Abduholiq G’ijduvoniy (1220 yilda vafot etgan) YAssaviya tariqatining ko’zga ko’ringan 
vakillaridan biridir. U ustodi Xoja YUsuf Hamadoniy va birgalikda ta'lim olgan zamondoshi shayx 
Ahmad YAssaviyning ishini davom ettiribgina qolmay, ular yaratgan tariqatni mustaqil, yangi, 
yuqori bosqichga ham ko’tardi. Buni uning farzandi uchun maxsus yozylgan «Vasiyatnoma»sida 
bayon etilgan falsafiy g’oyalardan ko’rish munikin. «Vasiyatnoma»ning mazmuni, mohiyati 
odob-axlrq masalalariga qaratilgandir. Tariqat ahlining bosh vazifasini YAssaviy Ollohga 
yaqinlashish uchun jamiyatdan uzoqlashishni, uning tashvishlaridan yuz o’girish, uzlatga ketish, 
tarki dunyo qilish deb tayinlagan bo’lsa, Abduholiq G’ijduvoniy «Vasiyatnoma»sida jamoatga 
mulozim bo’lish, jamiyatga xizmat etishni muqaddas vazifa — Ollohga yaqinlashishning muhim 
yo’li deb hisoblaydi, SHu bilan birga u odamlami xonaqohda hadeb oTtiravermasdan, Ollohga 
toat-ibodatni haddan tashqari oshirib yubormasdan mehnat qilish va halol yashashga da'vat etadi. 
Halol egil va shubhadan parhez etgil, ya'ni halolligi shubhali ovqatdan qo’l tortgil, deydi. Bu dunyoda 
odamlar hayotida faol ishtirok etish, ulami himoya qilish Abduholik G’ijduvoniy tomonidan 
ta'kidlanganidek, Olloxga yaqinlashishning asosiy yo’lidir. 
KUBRO 
Tasawuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri xorazmlik Najmiddin Kubro (1145—1221 ) 
edi. Tasavvufdagi maxsus kubraviya tariqati uning nomi bilan bog’liq. SHayx Najmiddin Kubro o’z 
zamonasining yirik olimlaridan hisoblangan. «Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jamolining 
muattarlari va kamolotining egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qoonun va qoidalari») nomli asar 
va risolalar yozgan. 
Alisher Navoiy «Lisonut tayr» dostonida Najmiddin Kubro haqida maxsus bir hikoyat 
keltiradi. Unda aytilishicha, «Agar u biron kishiga o’z nazaridan bahra etkazib qarasa, ko’zi valilik 
nuri bilan yorishib ketar va shu ondayoq o’zligidan ayrilar edi.» Najmiddin Kubro nomi bilan 


27 
ataladigan tariqat buyuk Xorazm davlati asta- sekin inqirozga yuz tutayotgan davrda yuzaga keldi. 
Odamlarni ruxiy poklanishg’a, hayotga ishonch bilan ixlos qo’yishga, dunyoviy muhabbatni 
ulug’lashga chaqirishda kubraviya tariqati katta o’rin tutdi. Unda tarkidunyochilik emas, balki 
mehnat asosida bu dunyo noz-ne'matlaridan baxramand bo’lish asosida Alloh vasliga etish g’oyalari 
ilgari suriladi. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 
Burilish davri, erk, adolat, haqiqat, mustaqillik, oltin davr, Uyg’onish davri, Bayt ul-hikma, Zij, 
qomusiy olim, najot, aruz, safsir, hadis, fiqh, tasawuf, futuwat, shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat. 
riyoziyot, ilmi nujum, Ramayona, “Veda”, Rigveda, Samaveda, YAjurveda, Atxarvaveda, 
Upanishada, Lakayati, CHarvaka, Daosizm, Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm, Kirapol, “Avesto” 
Mitra, To’maris, SHiroq, Alpomish, Go’ro’g’li, Bexistun, Zardusht, Vendidat, Markaziy Osiyo 
xalqlarining madaniy tiklanishi, SHarq tsivilizatsiyasi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin