Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

XORAZMIY 
Turonning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy bo’lib, u 
taxminan 783 yilda tug’ilgan va 850 yilda Bog’dodda vafot etgam. 
Xorazmiy ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda qomusiy 
olim sifatida shakllandi, voyaga etdi va shu erning o’zida uning nomi dunyoga ma'lum bo’ldi. Muso 
Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining juda katta davri arab xalifaligining poytaxti Bog’dod .bilan 
uzviy bog’liqdir. Xorazmiy xalifa Ma'mun rahnamoligida islom SHarqining Fanlar 
akademiyasi—«Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi)da ishladi. Bu ilm dargohida u juda 
ko’plab-asgronomik kuzatishlar olib boradi, matematik va astronomlarning katta bir jamoasiga 
ustozlik qiladi hamda o’zining (Ko’pgina shoh asarlarini yozadi. Xorazmiyning Bordodda yashab 
ijod etgan zamondoshlari orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaviy kabi Markaziy 
Osiyolik olimlar bo’lib, ular o’rta asr ilmu-fani rivoji va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga katta 
hissa qo’shganlar. 
Muhammad Muso Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari matematika, nazariy va amaliy 
astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab fanlarga oiddir. Uning nomini tarixda abadiy 
qoldirgan asarlaridan biri — «Al-jabr va muqobala»dir. Bu asar G’arb va SHarq olimlariga algebra 
fani bo’yicha dasturiy amal bo’lib xizmat qildi, «Algoritm» va «Algebra» degan atamalar Xorazmiy 
nomi bilan bog’liqdir. 
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar davomida 
taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, mol-mulkini o’zaro bo’lib olishda, sud ishlarida, savdo-sotiq 
muomolalarida, shuningdek, erlami o’lchashda, kanallar qazishda, bino qurishda katta xizmat qildi. 
Xorazmiy aytib o’tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Er surati») degan risola ham 
yozdi. Asarda u Ptolomeyning «Geografiya» nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. SHarq 
mamlakatlari to’g’risida ko’pgina qimmatli ma'lumotlar berdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, 
ularning nomlari, hajmi ko’rsatilgan va bir necha izohlar berilgan xaritalar mavjud. Bu kitobda Orol 
dengizining tasviri xam berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim joylar, 209 ta tog’ning 
geografik tafsiloti, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning 
muxim kordinatalari bayon etilgan. Olimning bu kitobi SHarq mamlakatlarida geografiya fanining 
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind hisobi haqida risola», 
«Usturlab olati haqida risola», «Zij» («Astronomik jadval»), «Musiqa bo’yicha risola», «Tarix 
bo’yicha risola» va boshqa ko’plab nodir asarlar ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. Ana shu 
asarlar nomining o’ziyoq Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma 
ekanligini, nafaqat o’z davrining balki hamma zamonlarning eng buyuk matematik va tabiatshunos 
olimi ekanligini ko’rsatadi. 
Xorazmiy o’zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va boshqa fanlarga 
bevosita taalluqli bo’lgan asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi, o’rta asrlarda 
odamlar xayollariga ham keltirmagan eng murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi. 
Muhammad Muso Xorazmiyni bugungi avlod hozirgi zamon matematika, astronomiya, 
geografiya va tarix fanlarining asoschisi sifatida e'zozlaydi. Jahon ilm ahlining 1983 yili Muhammad 
Muso Xorazmiyiing 1200 yilligini zo’r tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga 
ko’rsatilgan cheksiz xurmat va ehtiromdir. 
Muhammad Muso Xorazmiy nafaqat buyuk matematik, tabiatshunos alloma, balki mashhur 
faylasuf sifatida ham ma lum va mashhurdir. 
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasa-da lekin uning matematika, geometriya, 
astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha kitoblarida ilgari surilgan va ilmiy 
isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, falsafiy g’oya, nazariya va ta'limotlar son-sanoqsizdir. 
Uningcha, Olloh tomonidan yaratilgan dunyoda, materiyada o’z holatini doimiy ravishda 
o’zgartirmay saqlab turadigan hech qanday narsa va hodisa yo’q va bo’lmaydi. Materiya tinimsiz 
o’tish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimadir yangidan paydo bo’ladi, ma lum vaqt mobaynida 
yashaydi, keyinchalik borib esa u ham eskira boshlaydi va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa 
narsaga qonuniy ravishda bo’shatib beradi. eski narsa o’rnini yangisi, o’layotgan narsa o’rnini 


18 
tug’ilayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy ta'limotida qayd etilishicha, tabiiy-qonuniy 
jarayondir. Bu jarayon cheksiz va chegarasizdir. 
Xorazmiyning dunyoning asosini, moddiy negizini nima tashkil etadi, degan masala bo’yicha 
bayon etgan fikrlari ham e'tiborga sazovordir. Buyuk mutafakkir materiyani olamdagi barcha narsa 
va hodisalarning asosi deb hisoblaydi. Uning tushuntirishicha dunyo to’rt unsur-tuproq, suv havo va 
olovdan tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning birikishi, o’zaro 
ta'siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi. Suv va havo-haqidagi ta'limot Xorazmiy falsafiy 
dunyoqarashining o’zagidir. Orol dengizining Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, o’simliklar va 
hayvonot dunyoei uchun naqadar muhimligi haqida buyuk vatandoshimizning bundan ming yil iltari 
qilgan bashoratlari bunga misol bo’ladi. 
Alloma o’zining bilish nazariyasidagi moddiy olam, inson, uning sezgisi, aql- idrokidan oldin 
paydo bo’lgan, inson va uning aqli esa moddiy olam rivojining mahsulidir, deydi. Ayni paytda u 
inson bilish sub'ekti, tabiat, jamiyat, umuman moddiy olam esa uning ob'ekti deb biladi. Xorazmiy 
hissiy va aqliy bilishiing o’ziga xos hususiyatlarining mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida 
ta'kidlaydi. Uning aytishicha aqliy bilish hissiy ’bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning 
tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va 
hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish inson 
bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e'tibor 
berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqlining va amaliyotning ahamiyatini ko’rsatganligi 
buyuk vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan hisoblanadi. 
Muso Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan jamiyat va uning istiqboli 
haqidagi fikr mulohazalar alohida o’rin egallaydi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, 
odob-axloqning, islom dini, shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon 
etilgan fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aqlini peshlash
iymon-e'tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy munosabatlarni 
mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga 
sazovordir. 
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta'limoti, 
ijtimoiy-falsafiy qarashlari, hozirgi avlod uchun bitmas-tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun 
xizmat qiladigan bebaxo ma'naviy boylikdir. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin