Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
 
4-MAVZU: Aksiologik ong va qadrlash tuyg’usi 
Reja: 
1. Aksiologiyaning asosiy mavzulari va ulaming ilmiy-nazariy tavsifi. 
2. Aksiologik ong va uning o'ziga xosligi, aksiologik dunyoqarash, aksiologik idrok, 
aksiologik tushuncha va xulosalar, ularni qadriyatshunoslikning nazariy masalalari 
tizimidagi o'rni. 
3. “Qadriyat” kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni aksiologik tariff va tavfsifi. 
4. Qadriyatning ob'ekti va sub'ekti. Uning qadir va baho tushunchalari bilan aloqasi. 
5. Qadriyatlaming namoyon bo Tish shakillari, ularning hilma-hilligi. 
6. Istiqlol davrida yangi qadriyat shakillarining yuzaga kelishi.. 
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linidai. Jumladan, inson va uning 
hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr-qimmati xaqida so’zlash 
bema'nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr- qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, 
bilimi va madaniy saviyasini o’stirish, sog’lig’ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz 
siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, 
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his 
etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta'minlashga 
qaratilgandir. 
I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va yangilash bo’yicha ko’p qirrali 
faoliyatimiz markazida inson, suversi O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har 


37 
bir fuqaro shaxs sifatida o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy 
xayotdagi barcha o’zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga - har bir kishining hayotini 
yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy jihatdan bayroq qilishga bo’ysundirilgan». Istiqlol tufayli 
jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza 
qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo’li 
bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, ulaming qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar 
mamlakatimizda qonun yo’li bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun о’ch olishga harakat 
qiladigan shaxslar, kimligidan qat'iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste'mol qilgan 
mansabdorlar g’ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob beradi. 
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo’qotgan, boquvchisidan mahrum bo’lib 
qolganlar, yolg’iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo’li bilan muhofaza qilinadi, ularga 
moddiy, ma'naviy yordam ko’rsatiladi. Bizda odamlaming shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, 
telefon so’zlashuvlari, yozishmalar pochta va telegraf orqali jo’natilgan narsalarning sir saqlanishi 
kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr- qimmatini saqlash va 
muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o’z hayotlari va sog’liqlari, mulklariga va 
shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr- qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish 
huquqiga egadirlar. 
Kishilaming turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini qondirish, ijtimoiy 
sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish masalasida ham O’zbekistonda juda katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. Inson farovonligini yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ulami uy-joy, 
ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, radio va telefidenie bilan ta'minlashdir. O’zbekiston rahbariyati 
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo’yildi. Qishloq aholisiga shaxsiy 
xo’jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag’lar ajratildi. Qurilish materiallari 
bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan boshlab paxta terimiga qo’shimcha haq 
to’lashning joriy etilganligi paxta va boshqa qishloq xo’jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish 
ustida ish olib borilayotganligi, boshlang’ich sinf o’quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor 
ayollarni qo’shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'miniash yo’lga qo’yilganligi, 
veteranlaming nafaqasini oshirish, nogiron, yolg’iz qolgan qariyalar va uy-internatlarining 
sharoitlarini yaxshilash uchun qo’shimcha mablag’ sarf etilayotganligi anashularning hammasi 
insonga bo’lgan munosabatlar yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir. 
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy 
qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o’rmonlar, o’simliklar, hayvonot dunyosi va 
boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O’zbekiston zamini hilma-xil qazilmalarga boy. Er 
yuzasiga yaqin yotgan qazilmalaming aksariyati ochilgan va ular xalq xo’jaligi fan va texnika 
taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda. SHu bilan birga hali ochilgan, ro’yodga chiqmagan konlar ham 
ko’p. Bu krlaming juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo’Isa, aksariyati er ostida yashirinib 
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo buyumlari -«foydali qazilmalar» 
O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadiriyatlaridandir. O’zbekiston behisob 
tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, 
ya'ni yonilg’i, har hil metallar, rudalar, havo, suv, o’simliklar dunyosi bo’lmasa, insoniyat yashay 
olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne'matlarining bosh manbai sifatida ham, sog’lik, shodlik, 
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma'naviy boyliklaming bitmas-tuganmas omili 
sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydi. 
Ona- er kishilar usun moddiy ne' matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining hazinasidir, 
insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o’zi uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni 
boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo’lsa, er 
uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson 
uchun g’oyat darajada muhim va zarur bo’lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, e'zozlamaslik 
mumkin emas! 
Zotan, O’zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo’yilgan: «Er, er osti boyliklari, 
suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumilliy boyliklardir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya'ni turli-tuman 


38 
boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob uskunalar, 
turarjoy, mol-mulk, noz-ne'mat va shu kabilar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. 
Ma'lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika bazasi tashikl 
qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texnika bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat 
jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham farq qiladi. Tosh va yog’ochdan yasalgan sodda 
qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, 
metalldan mehnat qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika 
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik, hunarmandchilik 
va qurilish ishlarida qo’llash, og’ir jismoniy mehnat talab qiladigan barcha sohalarda qullaming 
mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos 
belgilardir. SHamol va suv tegirmonlaridan foydalanish, metallami eritish va ularni qayta ishlash 
yo’Harini yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli 
yutuqlaridan 
keng 
foydalanish, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan har 
tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika bazasini tashkil etadi. 
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, issiqlikk energiyasi, 
transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar sanoati va boshqa moddiy boyliklar 
majmuasi mustaqil O’zbekiston xalqining moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy 
qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. Davlat iste' molchilaming huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik o’va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Insonning hayotida madaniy-ma'naviy qadriyatlar kata o’rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy 
va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta'lim-tarbiya, tibbiy xizmat, madaniy meros, turli shakllarda 
namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san'at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, 
noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar kiradi. 
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san'atning markazi bo’lib 
kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan madaniyatini o’z kashfiyotlari 
va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho’qqiga ko’taradilar. Butun madaniy olamga taniqli 
olimlar va mutafakkirlar, Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar 
yaratuvchilari bilan ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi va go’zalligi bilan lol 
qoldirmoqda. «O’zbekistonda yuz berayotgan progressiv o’zgarishlar - deydi I.A.Karimov, - uning 
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob 
milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha 
mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy odamlami o’lkamizga tobora ko’proq jalb etmoqda. 
Endilikda mintaqamizning boy ma'naviy madaniyati, uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho 
falsafiy va ma'naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma'naviyatini yanada yuksak darajaga ko’tarish 
uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligimiz bilan 
faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar xalqni doimo bulg’usi o’zgarishlarga ma'naviy va ruhiy 
jihatdan tayyorlashga xizmat qiladi. 
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin tutadi. 
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e'zozlab, qadrlangan. Insonning 
erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O’zbekistonda 
boshqa millat va xalqqa nisbatan do’stlik, birodarlik munosabatida bo’lish - bu o’zbek xalqi va milliy 
ruhiyatining ajralmas fazilatidir. 
Halqimiz hech qachon o’zini boshqa xalqdan ustun qo’ymagan. Boshqa millatlarga munosib 
darajada ehtirom ko’rsatgan. Respublika aholisi orasida ko’pchilikni tashkil qilgan o’zbek 
millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat 
emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ulaming o’ziga xos 
madaniy - ma'naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o’zligini namoyon etish 
uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas'ul bo’lishdan ham iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. 
«Ko’p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy- siyosiy barqarorlik, fuqarolar o’rtasida 
O’zbekistonning bunyo bo’lishi va rivojlanishning birinchi bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy 
yutuq bo’ldi». 


39 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davltchiligimizning yangi binosini barpo qiladigan 
poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashuvchi vositadir. 
«Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko’rgan 
xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga 
qabul qilinishi mumkin», - deydi I.A.Karimov. 
Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan 
munosabatlarini ifodalaydi. Ahloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-harakat, norma, qoida va 
printsiplar majmuasidir. Ahloqiy tushunchalarga yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha'n 
(or-nomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi. 
Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti- harakati 
yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch - kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan 
o’zaro munosabatlarida o’z oldidagi majburiyat va mas'uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini 
ifodalaydi. Vijdon - kishining hatti- harakatiga o’zining munosabati, kishining o’z xulq-odobi uchun 
ma'naviy mas'uliyat hissini ifodalaydi. SHa'n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni 
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi insonning 
ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o’z faoliyati, ro’yobga chiqqan orzu-istak va maqsadlaridan 
mamnunligini bildiradi. 
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda mavjud, ko’pchilik 
ma'qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma'naviyatning shirayu sharbatidir. Inson ahloqi 
shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat emas. Ahloq - bu awalo insof va adolat tuyg’usi, 
imon, halollik degani. Ahloqiy, huquqiy qadriyatlarning ko’plari Qur'oni Karimda, hadislarda katta 
o’rin olgan. Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta'sir 
ko’rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha'riy hukmlarda o’rtaga tashlangan barcha ahloqiy va 
huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng foydalanish mumkin. 
«Qadimgi ajdodolarimiz -deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir axloqiy talabalar 
majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi qalbida xaromdan xazar nopoklikka, 
adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, 
birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, sdoqatli bo’ladi». 
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma lum tarihiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari 
asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda Muhammat alayxisalom arab qabilalari 
orasida keng tarqalgan o’nlab urf-odatlar, marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus 
berib, ulami yangi dinning ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, 
oilaviy va qabilaviy munosabatlaridagi o’nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo’lib qoldi. 
SHa'riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir- oqibat, do’stlik, birodarlik 
haqidagi o’nlab g’oyalar islom dinidan oldin ham qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu 
qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila 
boshlangan. Natijada islom dini bilan bog’liq bo’lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik 
ma'suliyati kuchaydi. 
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlami tan olmaslik yoki ularga rioya qilmaslik gunoh, 
do’zoh singari tushunchalar bilan bog’landi. SHunday qilib, diniy tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga 
rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi ijtimoiy,ma'naviy axamiyatga ega bulgan 
kadriyatlarni fanatizm,bid'at va xurofotdan ajrata bilmoklik kerak. 
O’rta Osiyolik olimlar va ma'rifatparvarlar diniy qadriyatlami xurofot va bid'atdan ajratib 
olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma'naviy kamolotining muhim zaminiga 
aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko’r-ko’rona 
sig’inish yo’li emas, balki sog’lom aql, fan yutuqlari, ijtimoiy-ma' naviy taraqqiyot talablari va 
imkoniyatlariga asoslani yondoshmoq kerak. 
O’zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining mafkuraviy 
hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha yondashishga imkon berdi. 
Ko’pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti, ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda 
ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday qadriyatlar yoshlarda milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy 
birdamlik va hamjihatlik tuyg’usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik 
fazilatlarini kamol toptirishda katta ahamiyatga ega. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy xodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, 


40 
urf-odatlari, an'analarini, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi 
tasawuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarixi, ruxiyati, 
xozirgi xolati va hususiyatini, xis qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va 
g’urur bo’lmasa u o’zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini 
anglashi tasawur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar 
ham, milliy his tuyg’ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy 
qadiriyatlaridan mahrum qilish tarih va insoniyat oldididagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan 
sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda 
ham huddi shu holatni ko’ramiz. Millatlaming o’z-o’zini anglash jarayoni takomilllashgan sari milliy 
manfatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlaming 
e'zozlanishi va kuchayib berishi zinhor milliy mahdudlikka, milliy xudbinlikka, manmanlikka olib 
kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, 
bag’rikenglik, sahovat talab qilinadi. 
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik 
ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning ruhiyati, tarixiy an'analari, ma'naviy 
extiyojiga mos kelmaydigan begona qadriyatlami unga zo’rlab singdirish mumkin emas. Ayniqsa, 
boy tarixiy merosga ega bo’lgan xalqlar ma'naviy hayot borasidagi zo’ravonlikni ruhan qabul 
qilmaydilar. Xalqlarga yangi ma'naviy qadriyatlami singdirish uchun awal ularga nisbatan extiyoj 
tug’dirmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an'analari 
mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy xodisalar majmuasini 
tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O’rta Osiyo xududida istiqomat qiluvchi 
xalqlarga xos bo’lgan qadriyatlami keltirish mumkin. Bir zaminda unib o’sgan xalqlarning tarixi, tili, 
madaniyati, dini, urf-odati va an'analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga 
og’a-ini, quda-anda bo’lib kelganlar. Qadimdan bir man'naviy-ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan 
xalqlarimiz bugungi mas'uliyatli davrda aql, zakovat, shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur 
talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini 
hayotning o’zi taqozo qilmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga O’rta Osiyoda yagona iqtisodiy xudud tashkil qilish. Orol 
muammolarini xal qilish, ekologik xavfsizlikni ta'miniash, mintaqa xalqlarini tibbiy va ijtimoiy 
jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma'naviy merosimizni avaylab asrash kabilar kiradi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va ma'naviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan chuqur va keng 
bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar va xalqlarning 
maqsadi va intilishlariga muvofiq keladi. Ta'kidlash joizki, jahondagi birorta xalq va millat o’zidan 
boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan emas. Millatlar 
boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu 
sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan 
chambarchas bog’lanib ketgan. 
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq 
bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er yuzida ilm-fanni taraqqiy 
ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni 
ta'miniash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka 
barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta'miniash, koinotni va 
jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. 
Qadriyatlaming jahon taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta'siri nuqtai nazaridan 
progressiv va reaktsion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning 
iqtisodiyoti, madaniyati va ma'naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, ahloq-odob, milliy urf-odatlar 
negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil respublikamizdan har tomonlama ravna- toptirib, 
jahon tsivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar - bu progressiv qadriyatlarni 
tashkil etadi. 
Aksincha, mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy 
muammolarni xal etishga to’sqinlik qiladigan xolislar reaktsion qadriyatlarga kiradi. Progressiv 
qadriyatlaming barchasi insonning farovon xayot kechirishini, erkin yashashi, ma'naviy ahloqiy 


41 
kamol topishi uchun xizmat qiladigan vosita hisoblanadi. SHuning uchun ham ularni avaylab asrash, 
yuksaltirish inson shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab- asrash va 
muxofaza qilish - barchamizning burchimizdir. Zero, konstitutsiyamizda «Fuqarolar O’zbekiston 
xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab- asrashga majburdirlar. Madaniyat 
yodgorliklari davlat muxofazasidadir», deb ta'kidlangan. 
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash - millatning o’ziga xurmat bilan qarashning asosiy 
bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz xozirgi davrda yaratilgan 
madaniy-ma'naviy boyliklar bilan qo’shilib taraqqiyotimizning tezlatadi, g’oyaviy va ma'anaviy 
poklanishni ta'minlashga ko’maklashadi. Qadriyatlarimizning barcha turlari insonning farovon va 
farovon xayot kechirishi, erkin yashashi, ma'naviy-ahloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan 
vositalar bo’lib xisoblanadi. SHuning uchun ham qadriyatlarni avaylab- asrash, ulaming qo’riqlash, 
yuksaltirish inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal xayot kechirishi uchun zarur 
bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va erkinliklarini ximoya qiladigan 
qonunlar, siyosiy tashkilotlami bunyod etdi. Insonni go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy 
estetik qadriyatlarni rivojlantirdi, kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini 
belgilab beradigan ahloqiy qoidalar majmuasini joriy etdi. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-ma'naviy va ahloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotida salmoqli o’rin egallab, kishilarning 
insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin shu bilan bir qatorda inson o’zi 
yaratgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy, ahloqiy qadriyatlami ko’p xollarda poymol qilib 
kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Qonunbuzarlik, ahloqsizlik, millatimizning urf-odat va 
an'analariga zid keluvchi xatti-xarakatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga 
misol bo’la oladi. Bularning oldini olish xozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang turgan dolzarb 
vazifadir. 
Kishilami qadriyatlarga iste' molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan xoli etib, 
aksincha ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida bo’lishlariga erishishiga alohida e'tibor 
berish kerak. Ma'lumki, xayotda hech bir narsa adabiy emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. 
SHunday ekan, ulaming doimo boyitib, rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’qimiz darkor! 
Qadriyatlar katta ijtimoiy- siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o’tmish bilan xozirgi 
kun o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o’tmish xayoti, madaniyati 
gavdalanadi. SHuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlaridan o’z maqsadi, 
manfaati yo’lida foydalanib kelgan va xozir ham shunday bo’lmoqda. Qadriyatlar o’z-o’zidan 
bevosita insonning ma'naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. 
Qadriyatlarning ahvoli, ahamiyati, insonga ko’rsatadigan ta'siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi 
mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy 
bog’langandir. Buni biz o’zbek xalqi milliy qadriyatlarning o’tmishdagi va xozirgi ahvolidan yaqqol 
ko’rishimiz mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy qadriyatlarimiz jaxon xamjamiyatiga eltuvchi 
ishonchli vosita bo’lib xisoblanadi. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro 
hamkorlik munosabatlarini o’matish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. 
O’zbekiston jaxonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama 
hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lin tanlagan. 
SHuning uchun ham uning jaxon hamjamiyatidagi obro’ va e'tibori tobora ortib bormoqda. 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlikq-mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir. SHunday 
ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, avaylash-asrash, ximoya qilish - barchamizning eng dolzarb, 
eng olijanob vazifamiz bo’lib qolmog’i kerak. 
Ma'lumki, jaxon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish muhim omil bo’lib 
xisoblanadi. SHunday ekan, xozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bera oladigan 
davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Birinchi 
Prezidentimiz tomonidan, ilmiy asoslarb berilgan va xozirgi kunda izchillik bilan xayotga tadbiq 
etilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang er osti va er usti 
boyliklariga ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li etakchi xalqaro iqtisodiy va 


42 
moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan 
keng qo’llab-quwatlanmoqda. Xozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy 
hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, 
XVF, xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotiga ko’malashuvchi tashkilot, xalqaro 
mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz 
rahbariyati Markaziy Osiyo va MDX bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy 
qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilinmoqda. Bularning bari 
jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida katta rolb o’ynamoqda. 
Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jaxon xalqlari madaniyatini ajralmas qismidir. 
Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ruhiy boyligini, uning urf-odatlari, an'analarini 
mujassamlashtirgan ma'naviyat ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil 
etadi va shu tariqa u jahondagi barcha xalqlaming ma'naviy boyligi ham bo’lib xisoblanadi. YUksak 
milliy madaniyat, ma'naviyat hamma vaqt jahon xalqining bir-biriga yaqinlashtiruvchi vosita bo’lib 
kelgan va xozir ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va 
an'analari, boy me'morchilik san'ati jahon xalqlarida zo’r qiziqish uyg’otmoqda. Milliy madaniyat, 
ma'naviyatimizni mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan 
madaniy aloqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirsh xukumatimiz siyosatini muhim 
yo’nalishini tashkil etadi. 
YUqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1) qariyatlar jamiyatimizning 
boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash va oqilona rivojlantirish har bir insonning muqaddas 
burchidir; 2) qadriyatlar o’tmish bilan bugungi kun va kelajak bog’laydigan vosita; 3) qadriyatlar 
ma'naviy etuk, barkamol insonni tarbiyalaydigan qudratli kuch; 4) qadriyatlar jamiyatimizni jahon 
hamjamiyatiga qo’shuvchi ishonchli vosita. SHuning uchun ham qadriyatlarga nihoyatda 
extiyotkorlik bilan yondoshib, ularni mazmunan boytib ijodiy rivojlantirish-davr taqozosidir. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida 
ta'kidlanganidek, jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish - mamlakatimizning rivojlanish 
strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Milliy qadriyatlarimizni tikiash va 
mazmunan boyitish jamiyatni ma'naviy yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini xayotning o’zi 
yaqqol ko’rsatib turibdi. 
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan, millat, elat va ijtimoiy 
guruhlaming manfaatlari va maqsadlari yo'lida xizmat qilishdagi erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, 
xaqiqat, ma'rifat, go'zallik, yaxshilik, xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun 
tushuniladi. O'tmishdagi barcha falsafiy ta'limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ulaming jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o'rni masalasiga katta e'tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning 
maxsuli, jamiyat ma'naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Qadriyatlar jamiyat 
taraqqiyotining, moddiy va ma'naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir. 
Insonning ob'ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma'naviy muhit, yashash 
shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo'lib, yangi- yangi qadriyatlarning 
shakllanishiga, o'tmishdan meros bo'lib o'tganlari esa davr ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari 
asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy 
taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday 
xodisa o'tmishda ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi 
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo'lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi. 
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o'zgartirishning muxim omilidir. Xar bir 
qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, 
ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Qadiryatlaming 
ko'pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy 
imkoniyatlaritakomilashib, chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning 
yuzaga kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida davom 
etayotganining ifodasidir. 
Qadiryatlar inson ia’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat rivojlanishdagi 
tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo'shgan shaxslar xam milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. 
qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi, imkoniyatlari, talab va extiyojlari o'zining yaqqol 


43 
ifodasini topadi. Xar bir kadriyat ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlaming maxsuligina emas, 
balki uning ko'zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy 
sharoitlar, usha davirlarga xos bo'lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq kerak. Kechagi 
voqealarni bugungi talab bilan o'lchash mumkin bo'lmagani dek, xar bir qdriyatning ishtimoiy 
axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlami xisobga olib yondoshmoq kerak. 
Qadriyatlarning shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muxit, tabiy 
sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam bog'liqdir. Umuman olganda, 
qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda 
va kelajakda xam ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat 
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir. 
Qadiryatlaming ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar kishilaming modiy 
turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va rivojlanadi. Bu qadriyatlarning 
obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy, manaviy, xodisa bo'Isa xam, ularning axamiyati va 
moxiyati kishitlaming ularga nisbatan bo'lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan 
tushunchani uzi xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o'z duny 
qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo beradilar. 
Qadriyatlarning baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog'liqdir. Muayan qadriyatlarga 
amal qilishiga, ulami baholashga shaxsiy, guruhiy, miliy va umuminsoniy manfatlar ham bevosita 
tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga baxo berishning subektiv omili xisoblanadi. 
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti ijtimoiy, miliy 
ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma'naviy jixatdan etuk shaxs, jamiyat miliy va 
umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug'ri baxolash imkoniyatiga egadir. 
Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo'Isa xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va 
meros bir-biriga uzviy bog'liq bo'lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo'la olmaydi. Meros 
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat o'tmishdan 
qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakilanayotgan 
ijtimoiy, ma'naviy siyosiy xodisalar xam qadriyat xisoblanadi. Xozir O'zbekistonda miliy istiqbol 
mafkurasining rivojlantirishi uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va 
milat manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda utmish 
merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat sifatida yuzaga kelmoqda. 
Meros o'tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib kelgan ijtimoiy - ma'naviy xodisalar 
madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur 
omil bo'lgandagina qadriyat darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo'lgan 
axamiyatini bilish- uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, 
takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlami baxolash 
mezonlari xam o'zgarib boradi. Qadriyatlaming baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida 
maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlaming manfatlari xam ma lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga 
tor siyosiy guruxlaming manfatlari asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug'ri 
tushunishga olib keladi. 
Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko ra bir necha turga bo'linidai. Jumladan, inson va uning 
hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr-qimmati xaqida so'zlash 
bema'nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr- qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, 
bilimi va madaniy saviyasini o'stirish, sog'lig'ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz 
siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, 
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, 
o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga 
qaratilgandir. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va yangilash 
bo'yicha ko'p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi O'zbekistonning fuqarosi turadi. 
Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishga 
qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi barcha o'zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga 
- har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy jihatdan bayroq qilishga 
bo'ysundirilgan». Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, 
erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Imzosiz 


44 
xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo'li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, ularning qadr-qimmati va 
or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo'li bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid 
uchun o'ch olishga harakat qiladigan shaxslar, kimligidan qat'iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Vazifani suiste'mol qilgan mansabdorlar g'ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida 
javob beradi. 
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo' qotgan, boquvchisidan mahrum bo'lib 
qolganlar, yolg'iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo'li bilan muhofaza qilinadi, ularga 
moddiy, ma'naviy yordam ko'rsatiladi. Bizda odamlaming shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, 
telefon so'zlashuvlari, yozishmalar pochta va telegraf orqali jo'natilgan narsalarning sir saqlanishi 
kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr- qimmatini saqlash va 
muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o'z hayotlari va sog'liqlari, mulklariga va 
shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr- qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish 
huquqiga egadirlar. 
Kishilaming turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini qondirish, ijtimoiy 
sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish masalasida ham O'zbekistonda juda katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. Inson farovonligini yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ulami uy-joy, 
ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, radio va telefidenie bilan ta'minlashdir. O'zbekiston rahbariyati 
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo'yildi. Qishloq aholisiga shaxsiy xo'jaliklarini 
kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag'lar ajratildi. Qurilish materiallari bilan yordam 
berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan boshlab paxta terimiga qo'shimcha haq to'lashning joriy 
etilganligi paxta va boshqa qishloq xo'jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib 
borilayotganligi, boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor ayollarni 
qo'shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'miniash yo'lga qo'yilganligi, veteranlaming 
nafaqasini oshirish, nogiron, yolg'iz qolgan qariyalar va uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash 
uchun qo'shimcha mablag' sarf etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo'lgan munosabatlar 
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir. 
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy 
qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o'rmonlar, o'simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar 
kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O'zbekiston zamini hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin 
yotgan qazilmalaming aksariyati ochilgan va ular xalq xo'jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun 
xizmat qilmoqda. SHu bilan birga hali ochilgan, ro'yodga chiqmagan konlar ham ko'p. Bu krlaming 
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo'Isa, aksariyati er ostida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy xom ashyo buyumlari -«foydali qazilmalar» O'zbekiston 
Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadiriyatlaridandir. O'zbekiston behisob tabiiy 
boyliklarga, qulay geografik muhitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya'ni 
yonilg'i, har hil metallar, rudalar, havo, suv, o'simliklar dunyosi bo'hnasa, insoniyat yashay olmaydi. 
Tabiat biz uchun moddiy ne'matlarining bosh manbai sifatida ham, sog'lik, shodlik, turmushga mexr 
muxabbatning va har bir kishidagi ma'naviy boyliklaming bitmas- tuganmas omili sifatida ham 
o'zining g'oyat zo'r ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydi. 
Ona- er kishilar usun moddiy ne'matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining hazinasidir, 
insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o'zi uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni 
boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo'Isa, er 
uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson 
uchun g'oyat darajada muhim va zarur bo'lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, e'zozlamaslik 
mumkin emas! 
Zotan, O'zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo'yilgan: «Er, er osti boyliklari, 
suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumilliy boyliklardir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya'ni turli-tuman 
boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob uskunalar, 
turarjoy, mol-mulk, noz-ne'mat va shu kabilar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. 
Ma'lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika bazasi tashikl 
qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o'ziga xos moddiy texnika bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat 


45 
jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham farq qiladi. Tosh va yog'ochdan yasalgan sodda 
qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, 
metalldan mehnat qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika 
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik, hunarmandchilik 
va qurilish ishlarida qo'llash, og'ir jismoniy mehnat talab qiladigan barcha sohalarda qullaming 
mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos 
belgilardir. SHamol va suv tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash 
yoTlarini yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli 
yutuqlaridan 
keng 
foydalanish, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan har 
tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika bazasini tashkil etadi. 
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, issiqlikk energiyasi, 
transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar sanoati va boshqa moddiy boyliklar 
majmuasi mustaqil O'zbekiston xalqining moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy 
qadriyatlarning negizini mulk tashkil etadi. Davlat iste' molchilaming huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik o va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Insonning hayotida madaniy-ma'naviy qadriyatlar kata o'rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy 
va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta'lim-tarbiya, tibbiy xizmat, madaniy meros, turli shakllarda 
namoyon bo'ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san'at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, 
noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar kiradi. 
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san'atning markazi bo'lib 
kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan madaniyatini o'z kashfiyotlari va 
o'lrnas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho'qqiga ko'taradilar. Butun madaniy olamga taniqli 
olimlar va mutafakkirlar, Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar 
yaratuvchilari bilan ajdodlarimizning ijodiyoti o'zining ulug'vorligi va go'zalligi bilan lol 
qoldirmoqda. «O'zbekistonda yuz berayotgan progressiv o'zgarishlar - deydi I.A.Karimov, - uning 
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob 
milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha 
mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy odamlami o'lkamizga tobora ko'proq jalb etmoqda. 
Endilikda mintaqamizning boy ma'naviy madaniyati, uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho 
falsafiy va ma'naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma'naviyatini yanada yuksak darajaga ko'tarish 
uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligimiz bilan 
faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar xalqni doimo bulg'usi o'zgarishlarga ma'naviy va ruhiy 
jihatdan tayyorlashga xizmat qiladi. 
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o'rin tutadi. 
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e'zozlab, qadrlangan. Insonning 
erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O'zbekistonda 
boshqa millat va xalqqa nisbatan do'stlik, birodarlik munosabatida bo'lish - bu o'zbek xalqi va milliy 
ruhiyatining ajralmas fazilatidir. 
Halqimiz hech qachon o'zini boshqa xalqdan ustun qo'ymagan. Boshqa millatlarga munosib 
darajada ehtirom ko'rsatgan. Respublika aholisi orasida ko'pchilikni tashkil qilgan o'zbek millatining 
muqaddas burchi ona tilini, o'z milliy madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki 
birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ulaming o'ziga xos madaniy - 
ma'naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o'zligini namoyon etish uchun ularga 
teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas'ul bo'lishdan ham iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. 
«Ko'p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy- siyosiy barqarorlik, fuqarolar o'rtasida 
O'zbekistonning bunyo bo'lishi va rivojlanishning birinchi bosqichida qo'lga kiritilgan eng asosiy 
yutuq bo'ldi». 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davltchiligimizning yangi binosini barpo qiladigan 
poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashuvchi vositadir. 
«Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko'rgan 
xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo'lishi, jahon hamjamiyatiga 


46 
qabul qilinishi mumkin», - deydi 
Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti- harakati 
yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch - kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan 
o'zaro munosabatlarida o'z oldidagi majburiyat va mas'uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini 
ifodalaydi. Vijdon - kishining hatti- harakatiga o'zining munosabati, kishining o'z xulq-odobi uchun 
ma'naviy mas'uliyat hissini ifodalaydi. SHa'n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni 
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi insonning 
ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o'z faoliyati, ro'yobga chiqqan orzu-istak va maqsadlaridan 
mamnunligini bildiradi. 
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda mavjud, ko'pchilik 
ma'qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma'naviyatning shirayu sharbatidir. Inson ahloqi 
shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat emas. Ahloq - bu awalo insof va adolat tuyg'usi, 
imon, halollik degani. Ahloqiy, huquqiy qadriyatlarning ко plari Qur'oni Karimda, hadislarda katta 
o'rin olgan. Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta'sir 
ko'rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha'riy hukmlarda o'rtaga tashlangan barcha ahloqiy va 
huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng foydalanish mumkin. 
«Qadimgi ajdodolarimiz -deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir axloqiy talabalar 
majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi qalbida xaromdan xazar nopoklikka, 
adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo' lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, 
birovning haqqiga hiyonat qilmaydi, sdoqatli bo' ladi»!. 
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma lum tarihiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari 
asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda Muhammat alayxisalom arab qabilalari 
orasida keng tarqalgan o'nlab urf-odatlar, marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus 
berib, ulami yangi dinning ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, 
oilaviy va qabilaviy munosabatlaridagi o'nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo'lib qoldi. 
SHa'riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir- oqibat, do'stlik, birodarlik 
haqidagi o'nlab g'oyalar islom dinidan oldin ham qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu 
qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila 
boshlangan. Natijada islom dini bilan bog'liq bo'lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik ma'suliyati 
kuchaydi. 
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlami tan olmaslik yoki ularga rioya qilmaslik gunoh, 
do'zoh singari tushunchalar bilan bog'landi. SHunday qilib, diniy tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga 
rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi ijtimoiy,ma'naviy axamiyatga ega bulgan 
kadriyatlarni fanatizm,bid' at va xurofotdan ajrata bilmoklik kerak. 
O rta Osiyolik olimlar va ma'rifatparvarlar diniy qadriyatlarni xurofot va bid'atdan ajratib 
olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma'naviy kamolotining muhim zaminiga 
aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko'r-ko'rona sig'inish 
yo'li emas, balki sog'lom aql, fan yutuqlari, ijtimoiy-ma' naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga 
asoslani yondoshmoq kerak. 
O'zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining mafkuraviy 
hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha yondashishga imkon berdi. 
Ko'pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti, ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda 
ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday qadriyatlar yoshlarda milliy g'urur, vatanparvarlik, milliy 
birdamlik va hamjihatlik tuyg'usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik 
fazilatlarini kamol toptirishda katta ahamiyatga ega. 
Qadriyatlarning amal qilish doirasiga ko'ra turlari. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy xodisa bo'lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, 
urf-odatlari, an'analarini, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi 
tasawuri faqat g'oyagina emas, balki tuyg'u hamdir. Bu tuyg'u kishida millatning tarixi, ruxiyati, 
xozirgi xolati va hususiyatini, xis qilish shaklida mujassamlashgan bo'ladi. Insonda milliy ong va 
g'urur bo'lmasa u o'zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini 
anglashi tasawur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar 
ham, milliy his tuyg'ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy 


47 
qadiriyatlaridan mahrum qilish tarih va insoniyat oldididagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan 
sog'lom kishida o'z qadr-qimmatini saqlash, o'zini hurmat qilish tuyg'usi mavjud. Har bir millatda 
ham huddi shu holatni ko'ramiz. Millatlaming o'z-o'zini anglash jarayoni takomilllashgan sari milliy 
manfatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlaming 
e'zozlanishi va kuchayib berishi zinhor milliy mahdudlikka, milliy xudbinlikka, manmanlikka olib 
kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, 
bag'rikenglik, sahovat talab qilinadi. 
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik 
ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning ruhiyati, tarixiy an'analari, ma'naviy 
extiyojiga mos kelmaydigan begona qadriyatlami unga zo'rlab singdirish mumkin emas. Ayniqsa, 
boy tarixiy merosga ega bo'lgan xalqlar ma'naviy hayot borasidagi zo'ravonlikni ruhan qabul 
qilmaydilar. Xalqlarga yangi ma'naviy qadriyatlami singdirish uchun awal ularga nisbatan extiyoj 
tug'dirmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an'analari 
mushtarak bo'lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy xodisalar majmuasini 
tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O rta Osiyo xududida istiqomat qiluvchi 
xalqlarga xos bo'lgan qadriyatlami keltirish mumkin. Bir zaminda unib o'sgan xalqlarning tarixi, tili, 
madaniyati, dini, urf-odati va an'analarida juda ko'p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga 
og'a-ini, quda-anda bo'lib kelganlar. Qadimdan bir man'naviy-ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan 
xalqlarimiz bugungi mas'uliyatli davrda aql, zakovat, shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g'urur 
talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo'lishlari lozimligini 
hayotning o'zi taqozo qilmoqda. 
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga O rta Osiyoda yagona iqtisodiy xudud tashkil qilish. Orol 
muammolarini xal qilish, ekologik xavfsizlikni ta'miniash, mintaqa xalqlarini tibbiy va ijtimoiy 
jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma'naviy merosimizni avaylab asrash kabilar kiradi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va ma'naviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan chuqur va keng 
bo'lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar va xalqlarning 
maqsadi va intilishlariga muvofiq keladi. Ta'kidlash joizki, jahondagi birorta xalq va millat o'zidan 
boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan emas. Millatlar 
boshqa xalqlarning madaniy-ma' naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu 
sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan 
chambarchas bog'lanib ketgan. 
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog'liq 
bo'lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er yuzida ilm-fanni taraqqiy 
ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to'xtatish, xalqaro xavfsizlikni 
ta'miniash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka 
barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta'miniash, koinotni va 
jahon okeani resurslarini o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan muammolar kiradi. 
Qadriyatlaming jahon taraqqiyoti, inson hayotiga ko'rsatadigan ta'siri nuqtai nazaridan 
progressiv va reaktsion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning 
iqtisodiyoti, madaniyati va ma'naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, ahloq-odob, milliy urf-odatlar 
negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil respublikamizdan har tomonlama ravna- toptirib, 
jahon tsivilizatsiyasiga qo' shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar - bu progressiv qadriyatlarni 
tashkil etadi.Aksincha, mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy 
muammolarni xal etishga to'sqinlik qiladigan xolislar reaktsion qadriyatlarga kiradi. Progressiv 
qadriyatlaming barchasi insonning farovon xayot kechirishini, erkin yashashi, ma'naviy ahloqiy 
kamol topishi uchun xizmat qiladigan vosita hisoblanadi. SHuning uchun ham ularni avaylab asrash, 
yuksaltirish inson shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 
Inson va uning xayoti. moddiy, madaniy-ma'naviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, 
ahloqiy va huquqiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, milliy, mintaqaviy, umuminsoniy qadriyatlar, 
qadriyatlaming tarbiyaviy ahamiyati, Bashariyat, burch, qadriyatlarni jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, madaniy- ma'naviy qadriyatlar, ahloqiy qadriyatlar, bugungi kundagi 
qadriyatlaming ahvoli, barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik. 


48 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin