Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


Demokratiyani belgilovchi uch mezon



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Demokratiyani belgilovchi uch mezon: 
Xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi. 
Hukumat qarorlari xalq tomonidan nazorat qilinishi 
Oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi. 
SHuningdek demokratiya vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiyaga bo'linadi.
1.Vakillik demokratiyasi - demokratiyaning bir shakli bo'lib davlatni boshqarishda, davlat va jamoat 
ishlarida fuqarolaming vakillari orqali ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi 
xalq deputatlari bo'lib, ular saylovchilarning vakilidir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentimizi ham xalq vakilidir. Vakillik demokratiyasi amal qilishi natijasida fuqarolaming 
aksariyat ko'pchiligi davlat va jamiyatni boshqarishda, ularning faoliyatida keng ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo'ladi. 
2. Bevosita demokratiya - demokratiyaning bir shakli bo'lib, u har bir fuqarolaming davlatni 
boshqarishda, davlat ishlarida bevosita - ya'ni shaxsan ishtirok etishidir. Bevosita demokratiyaning 
ko'rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyixalari 
va boshqa tadbirlaming muxokamasi, referendum (umumxalq ovozi), fuqarolar yig' ini ishlarida 
hamda davlat organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi. 
Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo'lib qolmay, shu bilan birga xalqning 
turmush tarzi va uning butun mhiyati, an'analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir. 
Demokratiya g'oyalarini bayon qilish mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» 
mumkin. Lekin bu bilan demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya 
jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog'i kerak. Bu esa bir zumda bo'ladigan 
demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo'la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko'rish va demokratiya 
tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir. Ba'zi davlatlarda bunga 
erishguncha ko'plab avlodlar o'tgan. Demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, 
dunyo hamjamiyati e'tirof etgan qoidalari bor. Bular: 1) fuqaroning o x hoxish-irodasini erkin 
ifodalash huquqiga egaligi, 2) ozchilikning ko'pchilikka bo'yosunishi, 3) barcha fuqarolaming millati, 
elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar, teng huquqligi, 4) davlat va jamiyat 
boshqamvida qonun ustivorligi, 5) saylov va saylanish huquqi va boshqalardir, Bular qaryib barcha 
mamlakatlar Konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan tartib-qoidalardir. Biroq demokratiyani joriy 
etishda bularning o'zi kifoya qilmaydi. Faqat shuning o'zi aholi barcha ehtiyojlarini, 


93 
ma'naviy-ruhiyolamini qamrab ololmaydi. CHunki har bir xalqning o'z turmush va tafakkur tarzi, 
tarixiy an'analari, xayotga munosabati va boshqa jihatlari bor. Demak, demokratiyaga yondashish 
usuli bor. Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. 
Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni xurmat qilish, boshqalaming haq-huquqini 
ximoya qilishdir. O'zbekiston respublika Konstitutsiyasi mamlakat demokratik taraqqiyotining 
strategik yo'nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar yo'nalishlarini, insonning 
siyosiy huquqlarini miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar 
taqsimlanishini, davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o'zini o'zi boshqarish idoralarining 
saylanishini, ko'ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o'zida aks ettiradi. 
Umuman, milliy g'oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar 
jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne'mat, ko'pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga 
oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va 
tamoyil-larini o'z milliy qadriyatlari zaminida, o'z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan 
an'analari bilan qo'shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Frantsiya (boshqa 
Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo'lsalar-da, lekin har biri o'z milliy ruhi, 
an'analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham 
demokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar negizida amal qilmoqda. 
SHubhasiz, O'zbekistonda ham biz ana shunday bo'lishi uchun intil- moqdamiz. Birinchi 
Prezidentimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlami tikiash, milliy 
axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz demokratiya yo'lini, dunyoviy 
taraqqiyot yo'lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga etish uchun 
bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz. 
SHunday qilib, milliy g' oya hayotiy va istiqbolli g' oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat 
fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma'rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyotparvar g' 
oyadir. 
SHunga ko ra milliy g'oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) 
zararli va umrini o'tab bo'lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina etuk 
ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o'z erkini boshqalar erki bilan birga deb biladi, 
o'zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug' ajdodlarimiz Forobiy, 
Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy ana shunday etuk, komil inson bo'lish uchun kurashganlar. 
«Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o'zi ham hech kimga qul emasligidan 
faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g' oyalar bugun ham bizga ibrat 
va saboq bo' lib kelmoqda. 
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o'zaro uyg'un va bir biri bilan bog'liq tushunchalar. 
CHunki agar milliy mustaqillik bo'lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo'lmaydi. SHaxs 
erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. SHu bois, O'zbekiston XX asr 90-yillarida 
istiqlolni qo'lga kiritganda bir - biri bilan bog'liq bo'lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - 
mustaqillikni mustahkamlash bo'Isa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat 
qurish. 
Hozirgi paytda O'zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va 
mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot 
ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha 
aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni O'zbekiston xalqining o'zi amalga oshiradi. YA'ni xalqimizning 
ma'naviy-ma'rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland 
bo'Isa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, farovon hancha tezlashib, «erkin, farovon 
hatiladi». 
Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab etib, shunga qarab faoliyat olib 
borishi lozim bo'ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko'p. Zero, demokratiya - erkin yashash va 
erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o'z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish 
va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to'la 
kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak 
ma'naviyat egasi bo'lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq 
imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o'zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon 
esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog'liq 


94 
ekanini har soatda bizga bildirib turadi. SHu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt 
birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, 
axloq-odob, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'i kerak. O'zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va 
tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o'zaniga tushadi, kishining kishi 
tomonidan nohaq ezilishi, zo'ravonlik qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini 
tashkil etadi. Fuqarolar o'rtasidagi tinchlik millatlararo totuvlik va do'stlik ularni avaylab saqlash va 
mustahkamlashga intilish azaldan halqimizning o'ziga xos fazilati bo'lib kelgan va hozirgi vaqtda 
ham shunday bo'lib kelmoqda. Halqlar o'rtasida tinchlik totuvlik do'stlik va o'zaro hamkorlik 
munosabatlarini o'matish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. 
(U zbekistan jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har 
tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish hamda tarakqiyotga erishishning o'ziga xos yo'lini 
tanlagan. SHuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro' va e'tibori tobora ortib bormoqda. 
Davlatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash va havfsizlikni ta'minlashda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti katta rol’ o'ynaydi. O'zbekiston 1992 yilning 2 martidan boshlab 
BMTning teng hyqyqli a'zosidir. Mazkur xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda mintaqamizda tinchlik 
barqarorlik millatlararo totuvlikni ta'minlashga qaratilgan ko'pgina savobli ishlar qilinmoqda. 
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov 1993 yili BMT 
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zlagan nutqida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik 
sohasida BMTniig doimiy seminari tashkil qilish to'g'risida taklif kiritgan edi. O'zbekiston Birinchi 
Prezidentimizining bu tashabbusi xalqaro miqyosda katta kiziqish uyg'otdi. Amerika Qo'shma 
SHtatlari seminar yig'ilishi o'tkazish g'oyasini qo'llab-quwatladi va ushbu anjumanda yuksak 
diplomatik darajadagi vakili ishtirok etishi istagini bildirdi. Bunday organni tashkil qilish g'oyasi 
davlatlararo o'tkazilgan seminar va konferentsiya hamda MDH hujjatlarida ham qayd qilingan. 
Seminar yig'ilishning maqsadi o'zaro fikr almashish, ishonchli mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish 
yo'llarini muxokama etish, tinchlik va barkarorlikni saqlash, nizolarning oldini olish, iqtisoddagi 
o'zaro jipslashish jarayoniga, insonparvarlik va madaniy sohadagi hamjhatliklarga ko'maklashishdan 
iborat. SHuningdek seminar yig'ilish mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik muammolarini qal etish
tahlil qilish, BMT, alohida davlatlar bir guruh davlatlarga ta'sirchan bo'lgan bosqichma bosqich 
diplomatiya uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini o'z oldiga qo'ygandi. 
1995 yil 15—16 sentyabrda mazkur seminar kengashning O'zbekiston poytaxti Toshkentda 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik na hamkorlik masalalariga bag'ishlangan majlisi bo'lib utdi. Seminar 
kengashda BMT, EXHK, Islom Konferetsiyasi tashkiloti delegatsiyalari, BMT xavfsizlik kengashiga 
a'zo mamlakatlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, 
shuningdek, mintaqaga tutash davlatlar delegatsiyalari —jami 31 davlat, 6 xalqaro tashkilot ishtirok 
etdi. 
O'zbekiston tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ushbu anjuman 50 milliondan ortiq aholi 
istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va hamkorlikni ta'miniash yo'lida 
muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlandi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov nutqida shunday dedi: 
«Biz mazkur seminami mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik tizimini o'rnatish va uni amalga siljitish 
yo'lida, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari va halqlari uchungina emas, balki bu mintaqaga 
chegaradosh ulkan hudud uchun ham juda zarur bo'lgan hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam 
asosni shakllantirishda turli fikr va yondashuvlami yuzaga chiqarish va ulami bir-biriga 
yaqinlashtirishda manfaatdor bo'lgan anjuman deb baholaymiz». 
Mintaqamizda barqarorlik tinchlikni ta'minlashga qaratilgan tadbirlar ichida 1995 yili sentyabr’ 
oyida BMT tomonidan Nukus shahrida o'tkazilgan Orol havzasi mintaqasining barqaror 
rivojlanishiga bag'ishlangan konferentsiya va unda qabul qilingan deklaratsiya, ham muhim o'rin 
tutishini aytib o'tish joizdir. 
1995 yilning oktyabr’ oyida N’yu-Yorkda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining ellinginchi yubiley sessiyasida so'zlagan nutqida I.Karimov jahon davlatlari 
rahbarlari va keng jamoatchilik e'tiborini yana bir bor Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan 
muammolarga qaratib, yalpi xavfsizlikka mivtaqalarda xavfsizlikni ta'miniash orqaligina erishish 
mumkin ekanligini uqtirib o'tdi. SHuningdek BMTning mintaqaviy xalqaro tashkilotlar 
munosabatlarini faollashtirish, tangliklaming oldini olish yo' lida uning mintaqaviy tizimlarini 


95 
yanada rivojlantirish lozimligi to'g'risidagi takliflarni ilgari surdi. 
O'zbekiston mintaqamizda, jumladan Tojikistonda tinchlik va barqarorlikni ta'miniash yo'lida 
ham faol harakat qilmoqda. 1995 yil 3 aprelda O'zbekiston tomonidan muholif kuchlar rahbariyati 
bilan uchrashuv chog'ida Tojikiston halqlari kongressini chaqirish xaqida taklif kiritildi. Bu taklif 
qabul qilindi va Tojikistondagi muholif kuchlar o'zaro muzokaralarga kirishdilar. 
O'zbekiston Afg'onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashing 
tarafdoridir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov hozirgi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
saqlash muammolari xususida so'z yuritganda bugungi kunda Afg' onistonadagi vaziyatni 
barqarorlashtirish va qayta tikiash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda, 
mntaqadagi strategik mavxumlikni tugatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini ta'kidladi. 
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda joylashgan 
davlatlaming bir-birini o'zaro anglash va birgalashib harakat qilishini ta'minlabgina butun dunyoda 
tinchlik va barqarorlikka erishish yo'llarini belgilab olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun 
barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan o'zaro foydali teng huquqli munosabatlami yo'lga qo'yib, 
jahon hamjamiyatiga qo'shilish o'ta dolzarb vazifadir. 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan poydevordir. 
Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to'g'ri yo'ldir. «Tinchlik va barqarorlik,- deb 
yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik 
yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy kadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko'rgan 
mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo'lishi, jahon hamjamiyatiga 
qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o'zaro manfaatli munosabatlar o'matilishi 
mumkin». 
Ma'lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan mintaqadagi 
konkret davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan boshlanadigan jarayondir. SHuni 
e'tiborga olgan holda, O'zbekiston rahbariyati BMT ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq 
Afg'onistondagi mojarolami bartaraf etish uchun quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga 
oshirish zarurligini qayd etib kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish, 
muzokara jarayonida barcha manfaatdor tomonlaming ishtirok etishi; o'zaro yon berish va oqilona 
o'zaro kelishuv asosida nuqtai nazarlami bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT, Evropa 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va boshqa halqaro 
tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi; mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi; qanday 
shaklda bo'lmasin, tashqaridan tazyiq yoki aralashuvga yo'l qo'yib bo'lmasligi; Afg'onistonga 
qurol-yarog' etkazib berishni qat'iy taqiqlab qo'yish zarurligi. 
Bugun Afg'onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani dunyo 
hamjamiyatida katta havotir uyg'otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat giyohvand moddalar ishlab 
chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni tashkil etish, jazolash va ma'muriy 
chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina kurashishning kifoya qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish 
uchun, birinchi navbatda, Afg'oniston iqtisodiyotini chuqur trkibiy o'zgartirish, aholini tinch va 
bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim. 
Hozirgi o'ta murakkab va ziddiyatli jarayonda hukumatimiz tomonidan uzoqni ko'zlab olib 
borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli jamiyatimizda osoyishtalik tinchlik va totuvlik 
fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Buni biz millatlararo munosabatlarni 
takkomillashtirish sohasida qilinayotgan harakatlardan yaqqol ko'rishimiz mumkin. 
Ma'lumki, nnsonning baxt-saodati, kelajak hayoti millatlararo munosabatlar bilan o'zviy 
bog'liq. Bu ayniqsa, ko'p millatli davlatlar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. 
Millat kishilaming tarixan tashkil topganligi bo'lib, u xo'jalik til, madaniyat, milliy ruhiyat 
xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy turmush, madaniyatdagi 
umumiylik, bular millatning eng muhim belgilaridir. 
Millatning til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat jihatidan birligi undan oldin vujudga 
kelgan urug', qabila va elatlarning birligidan tubdan farq qiladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan birlashishi elatlarning og'zaki ijodi va yozma adabiy tilning rivojlanishi asosida yagona 
milliy tilning paydo bulishiga olib keladi. Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy 
tuzumi, odat an’analari, yashash muhiti uning ma'naviy qiyofasi ta'sir etadi. U yoki bu millatga 


96 
mansub bo'lgan kishilarning o'ziga xos milliy xususiyati va psihologiyasi milliy tili va madaniyati 
bo'ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir. 
Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o'zining turmush tarzi, tili, tarixi, madaniyati, 
urf-odatlari, pivojlanish darajasiga ko ra bir-biridan farq qiladigan qariyb ikki ming turli halqlar va 
millatlar yashamoqda. Ularning qariyb 1600 tasi Osiyo va Afrika mamlakatlarida, qariyb 100 tasi 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, qariyb 250 tasi sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi, 
Mustaqil davlatlar soni hozir qariyb 190 tani tashkil etadi. Er yuzida 101 milliondan ortiq kishidan 
tashkil topgan millatlar ham shuningdek ming va xatto yuz kishidan iborat bo'lgan qabilalar va etnik 
guruhlar ham borligini aytmasdan o'tib bo'lmaydi. 
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq hududida ijtimoiy, milliy va millatlararo munosabatlar masalasida 
ilgari aslo kutilmagan salbiy hodisalar, juda ham o'tkir va qaltis muammolar, kuchli to'qnashuv va 
mojarolar tez-tez ro'y berib turganligi ham hech kimga sir emas. 
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida bo'lib turgan keskinliklar va ziddiyatlar oddiy 
bir anglashilmovchilik natijasi emas. Uning muayyan sabablari bor, albatta. Milliy va millatlararo 
munosabatlar masalasi sohasida mavjud bo'lgan muammolami xal qilish omili ularni keltirib 
chiqargan, chuqurlashtirib yuborgan sabablarni aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilashdan, 
ularni yangicha siyosiy va falsafiy tafakkur asosida nazariy. jihatdan idrok etishdan iboratdir. 
Milliy va millatlararo munosabatlarga oid shunday muammolar va vazifalar borki, ularni ilgari 
qo'llanilgan eski vositalar, usullar bilan hal etib bo'lmaydi. Hayot milliy masalaga yangicha 
yondashishni, siyqa usullardan qat’iyan voz kechishni kun tartibiga qo'ymoqda. 
Milliy masalaning hozirgi davr talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, ijodiy boyitilgan 
eng muhim nazariy qoida va xulosalari hayotga qanday tatbiq etilayotganligini o'rganish, ularni ilmiy 
tahlil etish katta amaliy siyosiy va ma'rifiy tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. 
Milliy qadriyatlarni tikiash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar va milliy 
qiziqishlar bilan uzviy bog'liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy hayotni har 
tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda, xaqqoniy milliy manfaatlar—bu muayyan 
millat vakillarining talab va ehtiyojlari yig'indisidan iboratdir. Ammo milliy manfaatlar va ishlar 
boshqa mintaqa vakillarining manfaatlariga zid bo'lmasligi kerak Asl manfaatlar bir guruh milliy 
ekstremistlar, millatchilik shovinistik buyuk davlatchilik dardiga mubtalo bo'lgan kimsalar emas, 
balki mehnatkashlar ommasi ifoda etadi. 
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy xis-tuyg'ular mavjud ekan, milliy munosabatlar ham kun 
sayin e'tibor berishni talab qiladigan masaladir, u umumiylik munosabatlarini hisobga olgan holda o'z 
vaqtida va ijobiy xal etib borishni talab etadi. Millatlarning manfaatlariga to'g'ri munosabatda bo'lish 
va ana shu zaminda ixtiloflar chiqaradigan har qanday imkoniyatlarga chek qo'yuvchi sharoitlarni 
yaratib beradi. 
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik o'z-о'zidan xosil bo'lmaydi, albatta. Bular 
mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda 
amalga oshirilgan jiddiy o'zgarishlaming qonuniy natijalaridir. 
Eng awalo shuni e'tirof etish kerakki, biz sobiq ijtimoiy siyosiy tuzumdan voz kechib, jahon 
halqlarining ilg'or mamlakatlari tajribasini inobatga olib, millatimiz an'analariga, milliy 
manfaatlarimizga muvofiq xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga mos keladigan, 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etdik. Mazkur davlatning asosiy mavqedi" fuqarolar, 
tinchligi va milliy totuvligini, aholining munosib hayot kechirishini ta'minlashdir. 
«Biz umume'tirof etilgan demokratik qoidalar tartiblarni xalqimizning tub axloqiy qoidalari 
bilan uygun tarzda qovushtira oladigan davlatni bunyod etishga intilyapmiz» - deydi I. Karimov. 
SHuningdek, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasini atroflicha o'rganib chiqish, 
o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy saboqlariga tayanib, O'zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi (Asosiy qonunini qabul qildik. 
YAngi demokratik ijtimoiy siyosiy tuzum va uning asosiy qonuni jamiyatimizda barqarorlik 
tinchlik millatlararo totuvlikni ta'minlab berishnnng siyosiy negizlarini yaratdi. Ayni vaqtda, 
jamiyatimizda demokratik jarayonlar tobora avj olib bormoqda. Bu asosiy qonun — Konstitutsiyada 
mustaqkamlangan bo'lib, uning negizida ilk bor oliy xokimiyat organi — Oliy Majlisga saylovlar 
bo'lib o'tdi. Davlatni boshqarish va jamoat ishlariga fuqarolami jalb qilish odatiy holga aylanib 
borayotir. 


97 
Xalqimiz asrlar davomida maxalla yiginlari, oqsoqollar kengashlari orqali jamoatchilik fikrini 
aniqlashning hamda birdamlik ko'rsatishning o'ziga xos usullarini shakllantirib kelgan. Maxalla axli 
hamda ko'pni ko'rgan oksoqollar sog'lom jamoatchilik fikriga ega bo'lishda eng katta kuch 
hisoblanadi. Fuqarolaming maxalliy o'zini o'zi boshqaruviga konun asosida berilgan huquq va 
erkinliklardan foydalanish barqarorlikni mustaqkamlashga, davlat ishlarini aholining ehtiyojlari, 
kayfiyatlari bilan muvofiq holda olib borishga samarali ta'sir ko'rsatmoqda. 
Respublikamizda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi asosida qurilgan huquqiy 
demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini boshqarishda yuksak malakali mutaxassislarni taiyorlash 
va ularning yordamida hayotga zamonaviy boshqarish usullarini joriy etishga ham katta ahamiyat 
berilmoqda. Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ta'sis etilib, u o'z ishini 
boshlab yubordi. 
Karimov akademiyaning ochilish marosimnda so'zlagan nutqida, yuksak malakali 
mutaxassislarni tayyorlashda boshqa mamlakatlar tajribasiga suyanish lozimligini alohida uqtirib 
utdi. CHunki biz bu darajadagi mutaxassislarni uqitish uchun hozircha o'quv qo'llanmalarimizni, o'z 
o'quv dasturlarimizni yaratib ulgurganimiz yuq. SHuning uchun, bu erda birinchi navbatda, 
boshqaruv xodimlarini tayyorlaydigan yirik xorijiy markazlarning tajribasi, dasturlari ishga solinishi 
darkor. Bu o'rinda anchadan buy on maxsus kurslar, markazlar, maxsus o'qitish modullarining keng 
tarmog'iga ega bo'lgan Frantsiya, Germaniya, AQSH mamlakatlari, shuningdek, Halqaro valyuta 
fondi, Jahon banki, Evropa Ittifoqi komissiyasi kabi xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlari 
institutlarining tajribasidan foydalanishimiz zarur. 
«Bugungi hayotimizni yangilash va isloh qilish borasidagi har qanday qimmatli g'oyalar va 
fikrlar sohiblari bilan uchrashish, hech mubolag'asiz aytish mumkinki, nafaqat akademiya 
tinglovchilari uchun, balki uning o'qituvchilari uchun ham butun bir maktab bo'lishi muqarrar... 
Biz xorijiy mexmonlarga, Evropa va Amerika olimlari hamda amaliyotchilarga katta umid 
bildiramiz. O' zbekistondagi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha sohalari bo'yicha o'zlarining 
qiziqarli g'oyalari va tavsiyanomalarini akademiya bilan baham ko'rishni xoxlagan Germaniya, 
AQSH, YAponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan hozirdayoq kelishuvlar mavjudligi bizni 
quvontiradi va bu takliflami minnatdorlik bilan qabul qilamiz». 
Milliy qadriyatlarimizning mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yanada 
yaqinlashuvida davlatlararo, parlamentlararo uchrashuvlar katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e'tiborga 
olgan holda, jumxuriyatimiz raxbariyati bu masalaga ham ijobiy yondashib kelmoqda. 
Jamiyatimizda barqarorlik tinchlikni ta'miniash da jinoyatchilikka, qonunbuzarlikka qarshi olib 
borilayotgan ishlar qo'l kelmokda. Keyingi yillarda respublikamizda uyushgan jinoyatchilikka, 
iqtisodiy quporuvchilikka, davlat, jamoat va xususiy mulkni muhofaza qilishda, poraxo'rlikka qarshi 
keskin kurashlar olib borilyapti. Natijada, jumxuriyatimizda huquqiy vaziyat ancha yaxshilanib 
bormoqda. Buni boshqa mamlakatlar raxbarlari ham e'tirof etmoqda. 
YUqorida yuritilgan mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mustaqillik 
sharofati bilan O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga qushilishi uchun zarur bo'lgan 
ijtimoiy siyosiy zamin vujudga keldi va u o'z samarasini bermokda. 
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlikning moddiy asosini iqtisodiy islohotlar tufayli yuzaga 
kelayotgan ijobiy jaraenlar tashkil qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodiy ot 
asoslarini barpo etish, agrar munosabatlarning yangi turini shakllantirish va boshqaruvning ma'muriy 
buyruqbozlik tizimini tamomila tugatish, narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini 
shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish va jaxon iqtisodiy hamjamiyatiga qushilish — 
fuqarolarni ijtimoiy muxofaza qilish ana shular jumlasiga kiradi. 
To'g'ri, ayrim hollarda yuqorida ko'rsatilgan jarayonlar ma lum sabablarga ko ra fuqarolar 
o'rtasida muayyan ziddiyatlarni ham tug'dirmadi. Lekin bular eski iqtisodiy to'zumdan yangisiga 
utish jarayonida kelib chiqayotgan vaqtinchalik ziddiyatlardir. Umuman olganda, jumxuriyatimizda 
muvaffakiyatli amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar fuqarolar o'rtasida osoyishtalik tinchlik va 
totuvlikni ta'minlashga asos bo'lib kelmoqda. 
Barqarorlik tinchlik milliy totuvlikning madaniy asosini milliy ma'naviy qadriyatlarimiz, milliy 
urf-odat va an' analarning tiklanishi, milliy ongimizning o' sishi, fuqarolar ma'naviy kamolotining 
yuksalib borishi kabilar tashkil etadi. Istiqlol tufayli mafkuraviy akidalardan xalos bo'lish natijasida 
o'z mamlakatimiz, o'z xalqimiz tarixini chuqurroq bilishga, ko'plab asrlar mobaynida yaratib kelingan 


98 
ma'naviy qadriyatlardan tula baxramand bo'lishga, ona tilimiz go'zalligi va ulug'vorligini tushunishga 
muyassar bo'ldik. Ma'naviy kamolotning yuksalib borishi hayotiy qadriyatlami, ijtimoiy 
taraqkiyotning mazmuni va maqsadlarini isloh qilish va yangilashning barcha jarayonlarini 
baholashga yangicha yondoshish imkonini berdi» 
Halqimiz azaldan orzu qilib kelgan barqarorlik tinchlik totuvlik kabi kadriyatlarga erishgan 
ekanmiz endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb vazifa — ana shu oliy ijtymoiy siyosiy 
qadriyatlami quldan bermay, avaylab asrab, ko'z qorachig'iday extiyot qilib saqlab qolish ustida 
abadiy izchil ravishda bosh qo'shishimiz lozim. Bunga O'zbekistonda yashovchi har bir inson, - 
yoshidan, millatidan kat'y nazar, o'z xissasini qushmog'i kerak. Buning uchun Birinchi Prezidentimiz 
atrofida jipslashib, xalq bilan bamaslaxat, hamnafas, bir tan bir jon bo'lib, xalol mehnat qilib 
mustaqillikni yanada mustahkamlashimiz darkor. SHundagina biz o'z maqsadimizga etamiz. 
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, agar har bir oilada, mehnat jamoalarida, mahalla, qishloq, 
shahar, tuman, viloyatda osoyishtalik tinchlik bo'Isa, mamlakatimizda ham barqarorlik tinchlik 
totuvlik bo'ladi. Mamlakatimzda tinchlik osoyishtalik bo'Isa, bu mintaqamizdagi barqarorlik 
tinchlikka garov bo'ladi. Mintaqamizda tinchlik bo'Isa, jahon hamjamiyatida ham tinchlik 
osoyishtalik barkarorlik yuzaga keladi. 
YAna shuni eslatib o'tish joizki, jamiyatimizda tinchlik barqarorlik millatlararo totuvlikni 
ta'minlashda mehnat jamoalarining, tuman, shahar, viloyat raxbarlari katta rol’ o'ynaydi. 
Donishmand raxbar atrofidagi insonlarga doimo g'amho'rlik qilib, ish joylarida yaxshi muxit yaratib 
beradi va shunday yo'l bilan yangi yutuklami qo'lga kiritishga muyassar bo'ladi. Mansabdor shahslar 
shuni yaxshi bilishlari kerakki, ular egallab turgan lavozim, mansab xalqda xizmat qilish uchun, 
ulaming kundalik ehtiyojlarini qondirib, hozirgi murakkab vaqtda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish 
uchun berilgan, 
«Bizning an'anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan 
uyg'unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga 
qushilishining garovidir»,- deydi I.A.Karimov. 
Barqarorlik tinchlik totuvlik —mustaqillikning tufayli qo'lga kiritilgan eng katta yutug'imizdir. 
SHunday ekan, bugungn kunda ulami qadrdash, avaylab asrash, ximoya qilish barchamizning eng 
dolzarb, eng oliyjanob vazifamiz bo'lib qolmog'i kerak 
Fuqarolik jamiyati - insonning yalpi xuquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm 
ta'minlanadigan jamiyat tuzilishi bo'lib, davlat organlaridan tashqaridagi siyosiy partiya va jamoat 
tashkilotlaridan tashkil topgan jamiyatdir. 
Fuqarolik jamiyati - demak, haqiqiy fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liklikda bo'lgan hamda 
axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. 
O'zbekiston «Kuchli davlatdan -kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasini ishlab chiqdi va uni izchilik 
bilan amalga oshirmoqda 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin