Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


VA TANPAR VARLIK - OLIYJANOB FAZILAT



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

VA TANPAR VARLIK - OLIYJANOB FAZILAT 
Vatan — sermazmun, juda ham keng tushuncha. U yashab to'rgan uyimizdan boshlanadi. 
Xalqimiz uy qurgan odamni «vatanli bo'lib qoldi», deyishi bejiz emas. «Vatan ostonadan boshlanadi» 
degan ibora barcha xalqlarda borligi ham shundan dalolat beradi. 
Bizning xalqimiz o'zi tug'ilgan joyga juda katta muxabbat bog'laydi. SHuning uchun ham ular 
boshqa joyga ko'chishni xoxlashmaydi. Boshqa joylarga ketganda ham doimo o'zi tug'ilgan 


101 
el-yurtidan aloqasini uzmay, uni ziyorat qilib turadi. Bu ham Vatanga sadoqatli bo'lishning 
ko'rinishidir. 
Vatan — insonning ota-onasi, qarindosh urug'lari, tug'ilib o'sgan joygina emas, balki yoshlik 
davrlarni boshidan kechirgan, yugurib elib o'ynagan, sayr qilgan dalalar, cho'milib yurgan soylar, 
daryolar, oromgox bog'lar, tog'lar, tabiat muhitdir. Demak Vatanni sevmoq — kindik qoni tug'ilgan 
joy tabiatini sevmoq uning uchun qayg'urish ham demakdir. 
Vatan — bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do'stlar, bilim berib voyaga etkazgan 
o'qituvchilardir. SHuning uchun ham inson qancha yoshga kirmasin, qaerda ishlamasin birinchi 
maktab, birinchi o'qituvchi, maktabdoshlarini hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo 
xurmat-izzat bilan qaraydi. 
Vatan — bu o'sib ulg'aygan maxalla. Maxalla yoshlik davriniig eng yaxshi kunlari kechgan 
hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo'lib kelayotgan qo'ni- qo'shni, do'stu birodarlar 
maskanidir. Maxallaga hurmat, maxalla axli bilan doimo maslaxatli ish qilish, to' y-tomoshalar va 
boshqa tadbirlami o'tkazishni har bir inson o'zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham maxalla 
axlining roli tobora kuchayib bormoqda. 
Vatan — bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik qoni to'kilgan joyga mexr-muxabbatda 
bo'lish ayni vaqtda Vatanga sadoqatli bo'lish demakdir. Oila jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. 
Oila a'zolarini, ular tug'ilgan va istiqomat qiladigan uy joyni e'zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, 
insonning shajarasini, tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Hap bir inson, o'z oilasi, ota-ona, el-yurt 
tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol’ o'ynaydi. 
Vatan — bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o'qiyotgan bilim yurti, ijtimoiy siyosiy 
muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o'rni katta. CHunki mehnat jamoasida har 
bir inson hayot maktabini o'tab, mutaxassis bo'lib etishadi, ma'naviy kamol topadi, hayotda o'z o'mini 
egallaydi, shuxrat qozonadi. 
Vatan - bu har bir kishining yashab turgan qishloq, shahari, tumani, viloyati. SHuning uchun 
ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi, unga o'z hissasini qo'shishga intiladi, 
mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi. Ularning gullab-yashnashiga, obodonligiga 
ko'maklashadi. Vatan — bu xalqimizning jannat misol makoni O'zbekiston Respublikasidir. 
Ona-yurt, Vatan — inson uchun oltin beshik. Inson ana shu oltin beshikda dunyoga keladi, ilk 
bor qadam tashlaydi, unib o' sadi, voyaga etadi, el yurt xizmatiga bel bog'laydi. SHuning uchun ham 
vatan har qanday inson uchun onasi kabi aziz va mukarramdir. Vatanni insonga baxt iqbol beradigan 
muqaddas maskan bo'lib hisoblanadi. 
Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida yozganidek 
«Vatan har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilar. Har kim 
tug'ilgan, o'sgan joyini jonidan ortiq suyar. Xatto bu vatan xis-tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar 
ayrilsa o'zlaridagi kabi roxatda yashamas... 
Biz turkistonliklar o'z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar Arabistonni, 
qumlik issiq cho'llami, eskimuslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik erlarini boshqa 
erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o'z vatanlarini 
tashlab hijrat qilurlar edi». 
Vatan bu halqning o'tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan deganda hamisha o'zimiz tug'ilib 
o'sgan, ta'lim olgan, voyaga etgan necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o'tgan, ulaming 
aqlu-idroklari, mehnatlari sarf etilgan muqaddas yurt ko'z oldimizga keladi. Vatan bu ota yurt, 
ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari 
chinakamiga shakllanib, chuqur ildiz otib, o' sib kamol topib boradigan zamindir. 
Vatan—muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni 
to'kilgan joy, har kimning borligini qadrlovchi zamin, ma'naviy kamolot va saodat maydonidir. 
SHuning uchun ham har bir inson o'z dard-alamini, orzu- umidlarini vatan taqdiri bilan bog'lab 
kelgan. 
Vatan mehrini, Vatan sehrini, uning mo"tabarli ulug'vorligini so'z bilan ifodalash qiyin. 
Haqiqiy barkamol inson Vatanning ravnaqi va istikboli, el-yurtning ozodligi va mustaqilligi 
uchun hamma narsani, xatto, shirin jonini ham ayamaydi. 
Bu haqda Mavlono Fuzuliyning «mening bitta hayottim bor, bordi-yu mingta hayotga ega 
bo'lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo'lar edim», deb aytgan so'zlari har bir 


102 
aqli raso fuqaro uchun bebaxo o'gitdir. 
Inson uchun Vatan yagonadir. Vatanning katta kichigi, ham, boy kambag'ali ham bo'lmaydi. 
Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. SHuning uchun ham u pulga sotilmaydi. Vatan m 
om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. 
Vatanni sevish, ona diyorini qadriga etish, uning kamoloti, gullab-yashnashi, osoyishtaligi 
uchun qayg'urish yoshligimizdan boshlab ongimizga singdirilishida chuqur ma'no bor. CHunki, har 
qanday inson Vatani, ota-bobolari o'tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. 
Muqaddas Hadisi SHarifda «Vatanni sevmoq iymondandur» deyilgan. Bu so'zda chuqur 
xikmat bor. Vatanni sevish, ardoqlash kishiga kuch quwat beradi, aql- idrok ato etadi, yuzini yorug' 
qiladi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga unday di, odamlar, millatlar, halqlarni birlashtiradi. 
Vatanni sevish, Vatanim, xalqim deb yashash, ona-yurtning ravnaqi yo'lida xalol mehnat qilish, 
o'zini qahramonliklarga tayyorlab borish, o'zi yashab turgan zaminni e'zozlash, uning boyligiga 
boylik go'zalligiga go'zallik qo'shish, odamlami seva bilish demakdir. 
Vatanni sevish, uning har bir qarich erini, har bir siqim tuprog'ini muqaddas bilib qadrlash, 
ko'zga to'tiyo qilish o'zbeklarga xos xususiyat bo'lib, bu ularga ajdodlardan meros sifatida davom 
etib, sayqal topib kelmoqda. 
Hamid Olimjon «Men o'zbek xalqi nomidan so'zlayman» degan maqolasida bu haqda shunday 
degan edi: «Mening halqim o'z kindigining qoni to'kilgan tuproqni o'z onasiday aziz ko'radi. Mening 
halqim o'z bobolari ko'milgan tuproqni o'padi, shu tuproqni harom, порок qilgan odamni o'ldiradi. 
Qadim o'zbek botirlarn uzoq safarga ketganda, bir xovuch vatan tuprog'ini doim o'z yonlarida olib 
yurganlar. CHunki bu tuproq ularga o'z tug'ilgan erlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan qasamini 
yodga solgan. Vatanga bo'lgan muhabbatini bir nafas ham unutirmagan. Bu bir xovuch tuproq unga 
o'z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq bo'Isa ham uni o'z vatanida, xis qiladigan va 
qasrda bo'lmasin o'z xalqi sha'niga isnod keltirmaslikka, o'z xalqining nomusi va sodiq o'g'li bo'lishga 
chaqirgan. U Vatanini qancha sevsa, ota-onadan, sevimli yordan, qondosh vatanidan nishona bo'lgan 
shu bir xovuch tuproqni ham shuncha sevgan. SHu bir hovuch tuproqning kuchi shuncha zo'r 
bo'lganki, u suvsiz saxrolardan, qorli tog'lardan, vaxshiy daryolardan, yowoyi o'rmonlardan ko'z 
ochib yumguncha o'ta olgan. SHu bir hovuch tuproq uni o'tdan omon saqlagan. O'q uning ko'kragini 
tesholmagan, qilich tanasini tesholmagan, olov kuydirmagan, zindon chiritolmagan». 
O'zbeklardek vatanini sevadigan, yurtiga boglangan halq jaxonda kamdan-kam topiladi. O'zbek 
halqi qo'liga qurol ushlab Vatan himoyasi uchun dushmanga qarshi jang qilishni juda yaxshi biladi. 
Vatan deb o'zini ham o'tga, suvga mardona otadi, aziz yurtning har bir qarich eri uchun jon olib jon 
beradi. 
O'zbekistan o'zbek halqi uchun ota yurtdir, uning manfaatlarini himoya qiladigan jahondagi 
yagona davlatdir. 
Vatanimiz O'zbekiston uchun qo'limizdan keladigan har bir foydali ishni qilish, 
gullab-yashnashi uchun xissa qo'shish bizlarga ajdodlarimizdan qolgan buyuk fazilatdir. «Qizil 
imperiya» davrida bizga, «sening vataning SSSR», «Vatan Kremldan boshlanadi» deb qulog'imizga 
quyishdi. O'zimizniig xakiqiy Vatanimiz O'zbekiston ekanligini qalbimizdan surib chiqarishga, vatan 
tuyg'usidan judo bo'lishimizga zo'r berishdi. Milliylik va milliy mansublikka, milliy xis-tuyg'u va 
milliy g'ururga sezdirmasdan zarba urila boshlandi. SHunday joxilliklar natijasida milliy mansublik 
o'miga mamlakatda «Sovet fuqaroligi» targ'ibot, tashviqot qilina boshlandi. Ona Vatanimiz 
O'zbekiston uchun emas, balki Sovet vatani ravnaqi yo'lida fidokorlik ko'rsatish, jon olib, jon 
berishga da'vat etiladigan bo'ldi. 
Sobiq sovet imperiyasi davrida odamlarda milliy manfaat, Vatanga, ona- zaminga 
mehr-muqabbat degan his-tuyg'ular asta-sekin so'na boshlagandi. «Vatan» tushunchasi o'zining 
jozibasini, ta'sirchanligini yo'qotib, mavxumlikka aylanib qolgandi. Qilinadigan har bir ishda va 
harakatda millatning tub maifaati, shon-sharafi, milliy o'ziga xosligi, aql-idroki va tafakkuri borlig'i 
hech kimning xayoliga kelmasdi. Faqat bir narsa «umumsovet» manfaati ko'zda tutilardi, holos. Har 
bir millat va xalq bir necha ming yillar osha yashab kelayotgan o'z Vatani uchun qayg'urishga haqli 
emasdi, o'zi emasa ichmasa-da, lekin o'sha «ulug' Vatan» uchun tinmasdan mexnat qilardi. 
Butun boshli bir xalqni, eng katta va qadimiy millatlardan biri o'zbeklarni o'z ona yurtida 
cheklab tashlashdi. Uning huquqlari chegaralandi. Tili kamsitildi, tazyiqqa uchradi. O'zbeklarning 
o'tmishi u yoqda tursin, bugungi xizmatlari haqida ham buzib axborot berildi. 


103 
Ahvol shu darajaga borib etgan ediki, hatto o'zbek degan millat, O'zbekiston deb ataladigan 
mamlakat borligini dunyoda ko'pchilik bilmasdi. Al-Xorazmiy, Temur, Navoiy, Ulug'bek, Bobur 
avlodlarini ko'pchilik tanimas edi. 
YAna bir muxim masala ustida fikr yuritishga to'g'ri keladi. Stalin siyosati tufayli bir butun 
Turkistonni maydalab, «mustaqil» milliy Mamlakatimizlarga bo'lib tashlangan edi. Bu aslida uzoqni 
ko'zlab qilingan siyosat edi. Ana shu siyosatning zaminida etgan asosiy maqsad, birinchidan, asrlar 
mobaynida yagona bir xududda yashagan, chegara nimaligini bilmagan, og'a-ini, quda-anda bo'lib 
kelishgan, o'zbek tojik, turkman, qozoq, qirg'iz xalqlarini bir-biridan butunlay ajratib tashlash, 
Turkistonni markazning xom-ashyo bazasi sifatidagi holatini chorizm mustamlakachiligi 
davridagidan ham mustahkamroq qilib quyishdan iborat edi. Ikkinchidan, tili, dini, madaniyati, tarixi, 
urf-odatlari bir biriga chambarchas bog'liq bo'lgan katta bir xalqni besh millatga ajratib tashlashdan 
ko'zda tutilgan muddao mazkur xalqlarni milliy o'zligini anglashdan, o'tmish tarixidan, milliy 
iftixoridan judo qilib, olomonga aylantirish bo'Isa, uchinchidan, zaruriyat tug'ilib qolsa qachonlardir, 
ular o'rtasiga nifoq solish, gij-gijlatish, orani buzib, bemalol xukmronlik qilaverish edi. YAgona bir 
butun ulug' va qudratli Turkistonni parchalab yuborishdan, milliy mamlakatimizlarga «mustaqillik» 
berishdan markazniig muddaosi nimadan iboratligi tub moxiyatini to'la tushunib etgan, buning 
oqibatida juda daxshatli va fojiali bo'lishini anglab etgan elimizning ilmli, zukko kishilari, 
ma'rifatchilari, ko'zga ko'ringan kishilar birin-ketin yo'qotildi, «xalq dushmani»ga chiqarildi, qatl va 
surgun qilindi. Muxojirlikda yashashga majbur qilgan yurtdoshlarimiz mol-dunyodan emas, balki 
g'ariblikdan, Vatan diydoriga intizorlikda yashashdan cheksiz azob chekishgan. 
Inson uchun na davlat va saltanat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mexriga teng 
kelolmaydi. Vatandan judolik inson uchun eng katta baxtsizlikdir. G'urbatda, ayriliqda inson o'zini 
shod, baxtiyor hisoblay olmaydi. 
SHod etmas emish kishini g'urbatda kishi, shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi, 
ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi, ox g'urbatda sevinmas emish albatta kishi. 
Bu misralar o'zbek shoiri, Hindistondek buyuk mamlakatning podshosi bo'lgan Zaxiriddin 
Bobuming qalbidan afsus bilan otilgan nidosidir. Buyuk bir davlatning podshosi bo'laturib, uning 
bunchalik afsus nadomat chekishiga nima sabab bo'ldi? Bunga sabab yurt-mexri, Vatan ishqi 
emasmikan?! 
Vatandan ayriliqda yashagan, o'zining butun borlig'i, g'oyasi, tanu-jonini millatiga baxsh etgan 
kishilarni shuro matbuoti, komfirqa mafkurasi va siyosati uzoq yillar davomida «Vatan xoinlari», 
«Vatangadolar» deb badnom qildi. Ularga qarshi qanchadan-qancha kitoblar, maqolalar yozildi, 
tuhmatlar, ig'volar uyushtirildi. 
Ona — Vatan tuprog'idan benasib bo'lib, xorijda makon topgan vatandoshlarimiz so'nggi 
nafaslarigacha kindik qonlari tomgan ota meros yurtlari Turkistonni sog'inib, Turkistonga sig'inib, 
Turkistonga talpinib va topinib yashaganlar. Vatan diydorini qayta ko'rolmasdan, uning mehriga 
to'yolmasdan olamdan ko'z yumganlar, «O'zga yurtlarda eb ichish, kiyinish va ilm olishdan 
kamchiligim bo'lmasa-da, - deb yozadi Buxoro sho'rolar xokimiyatiningbirinchi raislaridan bo'lgan. 
Usmonxo'ja Po'latxo'jaevning farzandi, hozir Germaniyaning Myunxen shahrida yashovchi professor 
Temurxo'ja, - otamdan eshitganim Turkiston degan yurtga borishni qirq uch yil kutdim. SHu 
tuproqqa mexr qo'ydim, hamisha yodim-da, yuragimning tubida olib yurdim. Otamning tuyg'ulari, 
azoblari menga ko'chdi. Vafotidan oldin yonlariga chaqirib «Men senga bankda pul, shoxona qasrlar, 
hosildor erlar qoldirayotganim yo' q, seni suyadigan aka-uka ham qoldirmadim, faqat hamisha 
yodingda tutishing uchun Vatan xasratini qoldirdim» degan edilar. Otamning vasiyatlarini eshitgan 
onimdan boshlab men qayta Vatanlik bo'ldim. Vatan isming ichimda...» 
Aytilganlardan ko'rinib turganidek Vatanimizning ozodligi va mustaqillikkni qurish istagi va 
orzusi faqat bizlardagina emas, balki musofir yurtlarda sarson sargardonlikda yurgan 
vatandoshlarimizning dillarida ham allaqachonlardan beri to'lib toshib ketayotgan edi. 
Qanchadan-qancha bobokalonlarimiz, avlodu-ajdodlarimiz zo'r intizorlik bilan kutgan kunni 
— Vatanimiz ozod, erkin va mustaqil bo'lganini ko'rish har birimiz uchun eng katta quvonch, buyuk 
baxtdir. Buning uchun Ollohga ming karra shukur aytamiz. CHunki bu ulug' tarixiy kunlarga etganlar 
bor, etmaganlar bor, O'zbekiston davlat mustaqillik shu tuproqda yashayotgan millatdoshlarimiz 
qatori uzoq yillar davomida ona-yurtidan, elidan, qarindoshlaridan ayrilib, musofirlik xijronlarini 
tortgan muxojir yurtdoshlarimizni ham xayajonga soldi va cheksiz quvontirdiki, so'zda ifodalab 


104 
bo'lmaydi. 
Toshkentda tugilib, hozir Olmoniyaning Myunxen shahrida istiqomat qiluvchi Murod 
Axmedov «Xalq so'zi» ro'znomasiga yuborgan xatida shunday deydi: «Vatan yagona tuyg'u bo'lib, 
uning takrori, o'xshashi yo'qdir. Olisda bo'lsam ham oxirgi nafasimgacha vatanim yodi bilan 
yashayman... 
«O'z uying ulan to'shaging», degan maqolning qadrini hech kim menchalik tushunib etmas, 
desam mubolag'a bo'lmas. SHuning uchun ham vatanni ulug'lovchi qo'shiqlar ko'rik-tanlovi 
baxonasida O'zbekiston bilan hayolan suxbatlashdim, chog'roq she'r ham ezdim: 
CHappar urgan chaman Vatan, 
Bo'lgin doim omon Vatan! 
Kindik qonim tomgan Vatan, 
Ko 'z yoshlarim yum-yum, 
Sog'inchlarim lim-lim. 
Jannatmakon yurtsan о 'zing, 
Nasibasi butsan о 'zing, 
Engilmagan mardsan о 'zing, 
Ko 'z yoshlarim yum-yum, 
Sog'inchlarim lim-lim. 
Ertayu kech о 'yimdasan, 
Tushimdasan, о 'ngimdasan, 
Ko 'nglimdasan, ко 'nglimdasan, 
Ko 'z yoshlarim yum-yum, 
Sog'inchlarim lim-lim...» 
Mustaqillikning eng katta ne'matlaridan biri bo'ldiki, endilikda olamlardagi millat, Vatan 
xaqidagi tushunchalar o'zining asl ma'nolariga qaytmokda. Vatan, bu endi ilgarigidek siyosat va 
mafkura asosiga qurilgan, milliy xis va idrokdan uzoq, allaqanday mavxum tushuncha emas. 
Mustaqillik tufayli biz o'zimizning xaqiqiy Vatanimizni topdiq. Jahon siyosiy haritasida (U zbekistan 
atalmish mustaqil davlat paydo bo'ldi. 
«Vatan tuyg'usi — bu aziz va go'zal Vatanimizga yuksak e'tiqod bilan yashash, unga hamisha 
sadoqatli qilish demakdir. Vatanga sadoqat barchamizning farzandlik burchimizdir. 
Vatan tuyg'usi — bu halqimizning oltin merosi, an'analari, tili va madaniyatiga hurmat bilan 
qarash. Turon, Turkiston, (U zbekistan deb ataluvchi yurtimizning tarixini muttasil o'rganib 
borishdir». 
Vatanimiz taraqkiyoti va istiqbolini jumxuriyatimizda yashayotgan turli halqlar va 
millatlarnnng o'zaro hamkorligi, do'stligisiz tasawur etib bo'hnaydi. Xalqlar do'stligi va qardoshligi 
kuch-kudratimizning manbai, mustaqilligimizni mustahkamlashnint yo' llaridan biridir. 
O zbek xalqining erki, ozodligi va mustaqilligi, baxt-saodati, sevinchi va quvonchi 
jumxuriyatimizda istiqomat qilib kelayotgan qozoqlar, qirg'izlar, ruslar, turkmanlar, koreyslar, 
tatarlar, uyg'urlar, ko'ringki, barcha xalqlar va millatlar bilan samimiy do'stlik va qardoshligidadir. 
Tarix o'zbek xalqining zimmasiga bugungi kunda g'oyat buyuk muqaddas vazifani yukladi. Bu 
vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning dovrug'ini olam uzra yoyish, shuxratiga shuxrat 
qo'shishdir. Vatanini butun borlig'i ila sevmagan, Vatan erki, yurt saodati uchun hayotini 
tikmaydigan kishini vatanparvar deb bo' lmaydn. 
Haqiqiy vatanparvarlik millat, Vatan manfaati deb yashash, uning istiqboli, baxti va saodati 
yo'lida mehnat qilish uchun kurashishdir. Vatan erki va yurt ozodligi uchun hayotini tikkan kishini 
xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi. Bundaylarni bemalol hakiqiy vatanparvar deb aytsa bo'ladi. 
Mustaqil O'zbekistonimizning ravnaqi, istiqloli novqiron avlod tarbiyasi va ta'limiga ko'p 
jihatdan bog'liq. YOshlar Vatanimizning, mamlakatimizning kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga 
ishonib topshiramiz. Buning uchun ular zimmalariga yuklatilayotgan eng murakkab va mas'uliyatli 
vazifani butun mohiyati ila chuqur anglashlari, xis qilishlari, unga o'zlarini hozirdanoq tayyorlab 
borishlari lozim. 
YOshlarda o'z Vatani bilan faxrlanish tuyg'usi o'z-о'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Vatanga 
bo'lgan mehr-muhabbat odamning qalbiga ona suti bilan birga kiradi. Bu muqaddas tuyg'uni ona 
allasi parvarish qiladi, ota tarbiyasi va o'rnagi ulg' aytiradi. 


105 
YOsh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda urush va mehnat faxriylarining roli katta. 
Insonda yurtga, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirish 
muhim ahamiyatga ega. “Vatanga muhabbat hissi, - deydi Birinchi Prezidentimiz I. Karimov, - 
odamning qalbida tabiiy ravishda tug'iladi. YA'ni inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari 
yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo'Isa, tug' ilib 
o' sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo' ladi”
SHu bidan birga, faxriylarga hurmat-e'tibor bilan qarash, ulami ijtimoiy muxofaza qilib, jamoat 
ishlarida, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanish — mustaqil davlatimiz 
tomonidan qilinayotgan xayrli ishlar sirasidandir. 
YOshlarda vatanparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirishda oila tarbiyasi katta 
o'rin tutadi. Jamiyatning, davlatning, insonning kelajagi oiladan boshlanadi. Insonda yurtga, vatanga 
muhabbat, kelajakka ishonch tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirishda ta'lim-tarbiyaning 
ahamiyati benihoya katta. 
Hayot tajribasi, insonning ilmiy, axloqiy kamoloti, o'z burchi va mas'uliyatini his qilish 
imkoniyati kuchayib borishi natijasida vatanparvarlik tuyg'usi kundalik axloq me'yorlariga, keyinroq 
borib e'tiqod va imonga aylanadi. Bugungi kunda yoshlarimiz vatanparvarlik bilan o'z vataniga sodiq 
bo'lish, uni himoya qilishga tayyor bo'lish, milliy qadriyatlarni asrash va yanada rivojlantirish, 
xalqning shon- sharafini yuqori ko'tarish kabilarni bog'laydilar. 
YUksak ma'naviyat, odob-axloq, iymon, e'tiqod, insofu diyonat, yaxshi xulq- atvor insonda 
o'z-о'zidan paydo bo'lmaydi. Ma'naviyat insonga xos xususiyat bo'lib, uning jamiyatdagi hayoti, 
tarbiya, mehnat, hayot tajribasi jarayonlarida shakllanib sayqal topib, ruhiy mohiyatga aylanadi. 
Ishlarga beriladigan tarbiya qancha ertaroq boshlansa uning samarasi shuncha kuchli bo'ladi. 
Inson kamolotida tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Abdulla Avloniy yuqorida eslatib o'tilgan 
asarida bu haqda «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot yo haloqat, yo sabot yo faloqat 
masalasidir» deb yozgan edi. OTkamiz halqlarining yosh avlodni tarbiyalash, ma'naviy kamol 
toptirish imkoniyatlari bitmas- tuganmasdir. 
O zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf- odatlar mavjud. 
Oila a'zolarining barchasi to'planmaguncha ovqat emay turish, oila boshlig'ini odob saqlab kutish, 
ota-onani o'rindan turib ko'tib olish, ularga har doim iltifot ko'rsatish, kattalarga hurmat, kichiklarga 
mehr va shafqat, urug'-ajdodlarga, qo'ni-qo'shnilarga, xesh-aqrabo-larga, mahalladoshlarga, 
tanish-bilishlarga yordamini ayamaslik va boshqalar bunga misol bo'la oladi. 
O'zidan kattalami, birinchi galda keksa bobolaru otalarni, nuroniy onalaru buvilarni hurmat 
qilish, e'zozlash, ular uchun qo'ldan kelgan yordamini ayamaslik o'zbek xalqining an'anaviy qoidasi 
bo'lib, u o'zbek oilasida yoshlikdan bolalar ongiga, qon-qonga, vujud-vujudiga singdirib yuboriladi. 
XI asrning ulug' shoiri, donishmandi, YUsuf Xos Hojib qariyalami hurmat qilish, ular haqida 
behuda so'z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan so'zlash joizligini uqtirib shunday degan 
edi: 
Uluqqa etishsa kichik hurmati, 
Ulug' ham kichikka hurmat ко 'rsatur. 
O'zbek xalqining eng qadimiy davrlaridan boshlab hozirga qaHar davom etib kelayotgan ajoyib 
qadriyatlaridan yana biri — ota-onani yuksak darajada e'zozlash, izzat-ikromlari, hurmatlarini joyiga 
qo'yishdan iboratdir. 
Ota-onani qadrlash, ulaming tengsiz, o'lchovsiz xizmatiga sodiq bo'lish, duolarini olish 
bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir. 
SHe'riyat mulkining .sultoni Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish farzandlar 
«...uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo' Isa ham, kam deb 
bil. Otang oldida boshiigii fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki 
dunyong obod bo'lishini istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib to'rgan 
birisini oy, birisini quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam bilan Hamma xizmatni 
sen odob bilan bajar, «adab» so'zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil» 
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e'zoz, farzandlarga 
mehr-sadoqat—bular insonni inson qilib turadigan axloqiy va ma'naviy qadriyatlarimizdan 
hisoblanadi. 
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining asosiy qonuni —Konstitutsiyasida odob-ahloq 


106 
masalasida, xusu-san farzandlarning jamiyat, oila hamda ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va 
mas'uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g'oya va qoidalar davr talabiga 
binoan belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mehnatga layoqatli 
farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar* 
2.
 
Milliy qadriyatlar xususida fikr yuritganda yana bir muhim masalani alohida ta'kidlashga to'g'ri 
keladi. Ma'lumki, qadimiy urf-odatlarimizga ko'ra, o'zbek oilalarida, ayniqsa ko'p bolali 
xonadonlarda yoshlar bolaligidanoq mehnat quchog'ida tarbiyalanadi, mehnatda chiniqadi. Oilada 
ota-onaga yordam berib mustaqil mehnat qilishga intilib, hech bir bola mayib bo'lgan emas. Aksincha 
mehnat qilib bola chiniqqan, murakkab hayot yo'lida uchrashi mumkin bo'lgan har qanday to'siqlar va 
qiyinchiliklarni bardosh bilan engib o'tgan, ota-onasining qadriga etgan, yoshligidan ko'zi pishib, oqu 
qorani tanigan. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yoshlar tarbiyasining mazmuni va mohiyatida, usul va 
shakllarida jiddiy o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Maktablarni milliylashtirish boshlandi. 
Ta'lim-tarbiyaga milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy o'rin to'tadigan bo'ldi. Tariximiz, 
madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizga e'tibor kuchaydi. Eshlarda milliy g'urumi shakllantirish va 
mustahkamlashga alohida ahamiyat be-riladigan bo'ldi. 
Bilimni sevish va ardoqlash, olimu fuzalolami, ustozlarni hurmat qilish, mardlik, odamiylik, 
kamtarlik, adolat, halollik va haqgo'ylik kabi insoniy fazilatlarni ulug'lash borasida ham ibrat 
bo'ladigan ajoyib qadriyatlarimiz ko'p. 
Bilim va zakovatning qimmati, jamiyat taraqqiyoti va shahs ma'naviy-ahloqiy kamoloti uchun 
ahamiyati shu qaHar kattaki, uni ta'riflashni ado qilib bo'lmaydi. Bilim eng katta boylik ekanligi, 
dunyoda undan qadrliroq hech narsa yo'qligi to'g'risida qadimgi hind dostoni «Kalila va Dimna», 
Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Tushioma», YUsuf Xos 
Hojibning «Qutag'du bilik» Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad YAssaviyning 
«Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Hamsa» kabi ja-honga mashhur asarlarida bir-biridan 
muhim, bir-biridan sermazmun fikrlar bayon etilgan. 
Bizning ilm-fanimizda, madaniyatimiz va tariximizda insonni ilm asoslarini bilib olishga da'vat 
etmagan, bilimning xosiyati haqida kuyib-yonib baen etmagan bironta shoir va yozuvchi, bironta 
olimu ulamo, bironta etuk davlat arbobi bo' lmagan desak, mubolag'a emas. Buning uchun loaqal 
Muhammad Xorazmiyning, Abu Nasr Forobiyning, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruiiy, Abu Ali 
ibn Sinoning muborak nomlarini eslashning o'zi kifoya qiladi. 
XII asrda ijod qilgan donishmand shoir Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar 
armug'oni») asarida ilmli bilan bilimsizni, olim bilan johilni qiyoslab bayon etgan quyidagi fikri 
bunga misol bo'ladi: «Bilim to'g'risida so'zlamoqdaman, so'zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilarga 
o'zingni bog'la. Bilim bilan baxt saodat yo'llari o'rganiladi, bilim egallab saodat yo'lini top. Bilimli 
kishi qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki (aqcha) dir. Bilimli bilan bilimsiz 
qachon teng bo'ladi? er kishi bilim o'rganib bilguvchi bo'lib qoladi, bilimsiz tiriklikda ko'rgiliklar 
ichida qoladi. Bilimli er o'Isa ham oti o'lmaydi, bilimsiz kishining hayot chog'ida ham uning oti 
o'likdir». 
YUsuf Xos Hojibning fikmcha, zakovat qorong'u tundagi mash'al kabidir, bilim esa nur 
tarqatuvchi yorug' likdir. Kimda zakovat bo' Isa, o' sha asl odam bo' ladi, kimda bilim bo'Isa u 
martabaga erishadi, Odam zakovati tufayli asl ataladi. Bilim gavhar kabi bir erda to'planib turadi, u 
zakovatning konidir. Mushk-anbar va bilim bir-biriga o'xshash narsalardir, ulami o'zidan 
bo'laklardan yashirib saqlab bo'lmaydi. Mushk-anbarni yashirsang, uning hidi oshkor qiladi, bilimni 
yashirsang, uni tiling oshkor qiladi. Bilim o'z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuganmas 
boylikdir, o' g' ri va qalloblar uni hech o' g' irlab ola olmaydi. 
Odamlarda ilmu hunar qancha ko'p bo'Isa, u o'zini shuncha oddiy, kamtarin tutadi. Kamtarlik 
odamni bezay-di, obro'sini oshiradi, do'stini ko'paytiradi. Kamtarlik, sermulohazalik, vazminlik, 
og'ir-bosiqlik singari insonni axloqiy-ma'naviy jihatdan go'zal qilib ko'rsatadigan yuksak fazilat va 
xislatlar kishining bilimidan kelib chiqadi. Buni bizning aj-dodlarimiz orasida o'tgan ulug' va dono 
kishilar, shoir va faylasuflar ham ko'p ta'kidlab o'tganlar. 
Ana shu erda ulug' bobomiz Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub» asarida kamtarlik, tavoze' 
haqidagi fikrlarini keltirib o'tish joizdir. «Tavoze' kishi huzurida o'zini past tutish, kamtarlik 
ko'rsatish, xalq muhabbatini o'ziga tortar va odamlarni shu ishni bajaruvchi bilan do'stlashtirar. 


107 
Tavoze' do'stlik chamanida toza gullar ochar va u chamandan oshnolik va ulfatchilik bazmiga 
xilma-xil gullar sochar... Adabdan muhabbatga bezak va pardoz etadi, adab tarkidan do'stlikning 
ravnaq va bahosi ketadi. Tavoze'li va odoblilarga ta'zim va hurmat etadi va urug'ni ekkan bu 
qimmatbaho hosilni to'plab oladi». 
Mustaqillikning ma'naviy zaminlarini mustahkamlashda diniy g'oyalar va qadriyatlardan, 
odob, axloq borasida islom imkoniyatlaridan oqilona, ijodiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Islom dinida nafaqat milliy, balki umuminsoniy ahamiyatga ega bo'lgan, hozir ham o'z qimmatyni to 
la saqlab qolayotgan eng muhim ahloqiy qoidalar, falsafiy fikr-muloha-zalar behisobdir. Islom 
odamlarni dinidan, millatidan qat'iy nazar, o'zaro hurmat-izzatda bo'lishga, bir-birini moddiy, 
ma'naviy, ruhiy qo'llab-quwatlashga unday di. Millat ajratish, boshqa millat kishilarini kamsitish 
islom dini aqidalariga tamomila yot. 
Tabiatga mehr-muhabbat, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu nabototni 
asrab-avaylash islomning asosiy g'oyalaridan biridir. Tabiat ne'matlarini e'zozlash, ulaming qadriga 
etish—insonning burchi. Tabiiy ne'matlarni e'zozlash ularni asrash bilan, isrof qilmaslik bilan bo'ladi. 
Qur'ondagi oyatlarda, payg'ambarimiz hadislarida hayvonot olAami, nabotot olami va atrofimizni 
o'rab to'rgan boshqa narsalarni to'la-to'kis himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof qilmaslik 
to'g'risida ta'limotlar borki, ular bilan tanishib, bu ta'limotlar go'yoki hozirgi kunimizni ko'zlab 
aytilganday ekandigiga guvoh bo'lasiz. 
Jamiki tabiiy boyliklar, dov-daraxtlarni, hayvonot olamiyu suvdagi jonivorlarni avaylash 
masalasida islom dinida bayon etilgan eng zarur, eng foydali yo'1-yo'riqlar, bebaho o'git va g'oyalar 
umuminsoniy ahamiyatga molik qadriyatlar hisoblanadi, u millat tanlamaydi. Islom dinida tabiatni 
ko'z qorachig'idek avaylash haqidagi g'oyalar umumbashariy qadriyatlardan bo'lib hisoblanadi. Unda 
alohida ta'kidlanishicha, kaysi bir mo'min inson ekin eksa, yoki mevali daraxt o'tkazsayu ulardan 
qushlar, odamlar yoki hayvonlar esa bu uniig sadaqa hukmida bo'ladi. Bundan tashqari soyasidan 
xalq foydalanib to'rgan daraxtni kesib yuborgan odam do'zaxga mahkum etiladi, degan fikrlar ham 
bayon etilgan. 
«Ekmoq niyatida qo'lingizda ко'chat to'rgan paytda bexosdan qiyomat qoyim bo'lib qolishi aniq 
bo'lganda ham ulgursangiz uni ekib qo'yavering», deb uqtirilganligi qanchalik muhim va zarurligini 
aytib o'tishning hojati bo'hnasa kerak, deb o'ylaymiz. 
Islom dinida birovlarning haqiga ko'z olaytirish, ichkilikbozlik, o'g'rilik va qabih ishlar bilan 
shug'ullanish, foxishabozlik qattiq qoralanadi. Din odamlarni xarom-harish yo'llardan chetda 
yurishga, insofli, diyonatli bo'lishiga, o'zidan yaxshi iz qoldirishga unday di. 
Tarbiya, odob-axloq, o'zaro do'stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning 
haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik singari insoniy qadriyatlar keng tashviq qilinadi. Buning 
aksicha, razolat, kibr-havo, ado vat, hasad, xiyonat, yolg'onchilik, fitna-fasod, zulm kabi razil sifatlar 
esa keskin qoralanadi. 
Imkoni boricha va qaerda qodir bo'lsang ilm o rgan ma'rifatingni ziyoda qil, degan g'oya islom 
dinining mag'iz-mag'iziga chuqur singdirib yuborilganligini Ha- disi SHarifdan olingan misollardan 
ko'rjish mumkin. «Ilmni CHin mamlakatida bo'Isa ham talab qilinglar», «Beshikdan to tobutgacha 
ilm izla» kabi chuqur ma'noli fikrlar musulmonlar uchun asosiy qo'llanma bo'lgan. 
Islom dini va axloqi bay on etilgan, uning butun mohiyati asosiga jo qilib yuborilgan g'oya va 
qoidalarni bilib olish, ularga asoslanib ish yuritish, faoliyat ko'rsatish, shahsning ma'naviy kamoloti, 
axloqiy poklanishi uchun benihoya zarur va muhim. 
Ma'naviy va ahloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr- muhabbat, 
vatanparvarlik va insonparvarlik kabi noyob insoniy fazilatlar qanchalik avaylab-asralsa, hayotga 
keng joriy etilsa, insonning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati shunchalik kuchayib, takomillashib 
boradi. Ana shu masalalarga alohida e'tibor qilinmasa kelajak boy beriladi. 
«Mustaqilligimizni mustahkamlash yo'lidagi eng katta masala, kishilarimiz dunyoqarashida, 
jamiyatimizda vatanga mehr g'oyasi birinchi o'rinda turishi kerak. Har qanday ish asosida milliy 
oriyat, milliy g'urur, millatchilik yoki shovinizmga aloqasi bo'lmagan, mana shu mamlakat mana shu 
halqqa mansubligi uchun kuch- quwat bag'ishlaydigan g'urur qo'yilishi lozim. 
Bu muqaddas tushunchalar millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, mana shu yurt, mana shu 
muqaddas zaminda yashayotgan har bir kishining hayoti, ongi, qoni va jismiga singib ketishi kerak. 
O'tmishimiz va kelajagimiz bag'ishlaydgan mana shu iftixor tuyg'usi bilan biz yangi avlodlarni 


108 
tarbiya qilishimiz, o'z milliy davlatimizni qurishimiz lozim»
.
Haqiqiy vatanparvarlik xalq boshiga qora bulutlar yig'ilib, musibat tushgan vaqtlarda, ayniqsa, 
namoyon bo'ladi. Buni biz o'zbek xalqi 1941 — 1945 yillarda fashizmga qarshi olib borgan 
mardonavor jasoratlaridan, vatanga bo'lgan chuqur sadoqatlaridan yaqqol ko'rishimiz mumkin. 
Urush yillarida ko'rsatgan mardligi, matonati va qahramonligi uchun O'zbekistonning 120 
ming o'g'il-qizlari or den va medallar bilan taqdirlandilar, ulaming 338 nafari Sovet Ittifoqi 
Qahramoni Oltin yulduzini, 53 nafari esa SHuhrat ordenining har uchchala darajasini olishga 
musharraf bo'ldilar. Urush yillari frontga O'zbekistondan jami 1 million 300 mingdan ziyod ofitserlar 
va soldatlar jo'nadi. SHularning 40 mingdan ko'prog'i jang maydonlarida mardlarcha halok bo'ldi, 
130 mingdan ortig'i bedarak yo'qoldi. 
1995 yilning 1 yanvarida bo'lgan ma'lumotlarga ko ra hozir O'zbekistonda 108 ming 281 urush 
qatnashchisi, 171 ming 370 urush ortida mehnat qilganlar, urushda halok bo'lganlaming 20 ming 676 
oilasi istiqomat qiladi.
Hukumatimiz ularga katta e'tibor va g'amho'rlik qilayotir. Urush qatnashchilari «Jasorat», front 
orti mehnatkashlarining esa «SHuhrat medallari bilan taqdirlanganliklari buning yorqin dalilidir. 
SABR-QANOAT— ULUGHISLAT 
Xalqimizga xos yana bir ajoyib fazilat — sabr-qanoatdir. «Sabr, - Muhammad Jabolrudiy 
aytganidek, - barcha mehnat va og'irlikni engish va chidashdir. Bechora va nochor bo'lsa-da, o'zini 
badavlat kishidek tutish, ko'ringan kimsaga ahvoli haqida shikoyat qilavermaslik, g'amli kunda ham 
o'zini xandon va ochiq yuzli qilib ko'rsatishdir». Sabrli odam uzoq yashaydi. Sabri ko'pning do'sti 
ko'p. YOmon kunda sabr qilgan qilishi yaxshi kunga tez etadi. 
Donolar deydilarki, «Qanoat tuganmas boylikdir, qanoatli kishi hech qachon kambag'al 
bo'lmaydi, chunki uning hech kimga ishi tushmaydi. Qanoatsiz kishi esa gadoyga o'xshaydi, uning 
hamma narsasi bo'Isa ham ko'zi to'ymaydi, ko'proq topishga intiladi, narsa uchun odamlar oldida 
bosh egadi. Qanoatli kishi hech qachon xor bo'lmaydi. Aksincha, kishida qanoat bo'lmasa, 
topgan-tutganiga sabr qilmay ko'pga intilsa oqibat xorlik tortadi. Otalar so'zida aytilishicha, qanoatli 
kishi qiyinchilikka, vijdonli kishi bechoralik kuyiga tushmaydi. 
Mazkur fazilatlar ota-boblarimizdan bizga o'tib kelayotgan buyuk axloqiy qadriyatlardir. Unga 
amal qilish barchamizning burchimizdir. Ayniqsa hozirgi murakkab jarayonda sodir bo'layotgan 
vaqtinchalik qiyinchiliklarga bardosh berib, sabr-toqat qilib, oldimizda to'rgan qiyinchiliklarni engib, 
Vatanimiz ravnaqi uchun mehnat qilish katta ahamiyat kasb etadi. Sabr-toqat ayniqsa yosh avlod 
uchun zarur. Sabr-odob ahloqning ruhiy tayanchlaridan biri, chunki u har qanday qiyinchiliklarni 
engib o'tishga yordam beradi, u mas'uliyat sezgisini tarbiyalaydi. SHuning uchun ham sabrli odam 
jamiyatda katta obro'-e'tiborga ega bo'ladi. 
Alisher Navoiyning fikricha, «kimki sabr-qanoatni o'ziga kasb qilgan bo'Isa, bilki, bu uni boy 
qiladi. Oltin, kumush bilan zeb-ziynatlarni boylik deb bilsa, bilki haqiqiy boylik sabr-qanoat 
oltinlaridir. Qanoat oltini hech qachon yo'qolmaydi, Ana shu oltinni qo' lga kiritib shu orqali 
boyishga harakat qil. Kulbada qanoat qilganning joyi izzat taxtidadir». 
Sabrli kishi hayotning achchiq-chuchugiga bardosh beradi, topganiga qanoat qilib yashaydi. 
Sabr-toqat qanchalik og'ir bo'lmasin keyinroq shodlik keltiradi. Xalqimiz «sabr tagi — sariq oltin», 
deb bejiz aytmagan. Toqatlilik, bardoshlilik, vazminlik kabi fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan 
kishilar aslo xor-zor bo'lmaydilar. 
Yoshlarni milliy qadriyatlar, sharqona odob-axloq asosida tarbiyalash — davr taqozosi 
Davlatimiz madaniy-ma'naviy mustaqilligini ta'minlashda yoshlarni sharqona odob-axloq, 
milliy qadriyatlar, urf-odat va an'analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. 
Bozor iqtisodiyoti mamlakatimizimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi, 
zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda ulaming madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi 
kabilami ham olib kelmoqda. SHuning uchun biz yoshlarimizni millatimizning izzat-nafsi, g'ururiga 
tegadigan ayrim noma'qul hollardai asrashimiz kerak. Afsuski, «san'atda oshkoralikni pesh qilib 
televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo'lmag'ur lav-halarni aks ettirish, bema'nilik va 
hayosizlik, ba'zan esa hatto ahloqiy buzuqlikni targ'ib qilishlar ko'rinib qoldi”. 
Bundan tashqari bozor munosabatlarining rivojlanishi tufayli chegaramiz ochilib 
mintaqamizga, shu jumladan respublikamizga ham chet-ellardan sifatsiz spirtli va boshqa 
ichimliklar, tamaki, turli dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari keltirilib savdoga chiqarilmoqda. Natijada 


109 
biz o'z ixtiyorimiz bilan chet ellardan keltirilgan moddiy va ma'naviy afyun bilan xalqimizni, ayniqsa, 
yosh avlodni jismoniy va ruhiy jihatdan zaharlantirishga imkoniyat yaratib berayotirmiz. Axir 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o'zida ham sifati past, zararli mahsulotlarni iste'mol qilish u 
yoqda tursin, ularni ommaviy axborot vositalari orqali tashviq qilish ham man qilingan-ku! 
Birinchi Prezidentimiz xalq deputatlarini Samarqand viloyat kengashi sessiyasida so'zlagan 
nutqida (1995 yil-21 noyabr’) «televidenie ko'proq chet el videofil’mlarini namoyish qilish bilan 
cheklanib qolmoqda» deya yana bir bor yoshlar tarbiyasiga e'tibomi kuchaytirish zarurligini uqtirib 
o'tdi. 
Xo'sh, buning uchun nimalar qilish kerak? Xorijdan keltirilayotgan axloqiy va g'oyaviy sust, 
ur-yiqit, jin-siy aloqa, giyohvandlik, terrorizmni targ'ib etuvchi kino — video mahsulotlarini savdoga 
chiqarmaslik kerakmi? Yo'q, albatta. Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan ekan, yuqorida atalgan 
mahsulotlar istaymizmi- istamaymizmi baribir mamlakatimizimizga olib kelinaveradi. Bu tabiiydir. 
Ma'muriy yo'l bilan bularni to'xtatib bo'lmaydi. Lekin bundan mazkur jarayonga biz hech qanday 
ta'sir ko'rsata olmaymiz, degan xulosa chiqarish noto'g'ridir. 
Fikrimizcha, chet ellardan kirib kelayotgan milliy urf-odat, an'analar va ma'naviyatimizga 
tamomila zid bo'lgan axloqiy buzuqlik, hayosizlik va bema'nilikni yoqlovchi asarlarga qarshi 
o'zimizning ko'p asrlik tarixga ega, jahon xalqlari tomonidan z'tirof etilgan sharqona yuksak 
madaniyatimiz va ma'naviyatimizni qalqon etib qo'yishimiz kerak. Bunga erishish uchun har bir 
kishida biz yuksak madaniyat va ma'naviyat vorislari ekanligimiz haqida va bu bilan qanchalik 
faxrlansak arzirlik ekanligi haqida fikr, his-tuyg'ularni hosil qilishimiz darkor. O'zini yuksak 
madaniyatli millatga mansub ekanligini ongli ravishda his qiluvchi va bu bilan qonuniy ravishda 
faxrlanuvchi insonni hech qachon axloqiy va g'oyaviy jihatdan past madaniyatga (u qanday shaklda 
namoyon bo'lmasin) qaram qilib qo'yish mumkin emas! 
SHunday ekan, bugungi kunda yoshlarimizning g' oyaviy-madaniy saviyasini yanada 
oshirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bunga erishish uchun 
yoshlarga milliy qadriyatimiz, ma-daniyatimiz va ma'naviyatimizni yanada chuqurroq va to'laroq 
o'zlashtirib olishga har tomonlama ко'maklashish bilan bir qatorda o'tmishda keng qo'llanilgan 
siyosiy oqartuv ishlarini jonlantirish, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida, maktablarda, mehnat 
jamoalarida sharoitga qarab kamida har haftada siyosiy o'quv o'tkazishni tiklashimiz zarur, deb 
o'ylaymiz. Hozirgi vaqtda mamlakatimizimiz va jahon xalqlari hayotida o'ta murakkab jarayonlar va 
hodisalar ro'y bermoqda. Ular har bir kishidan nihoyatda ehtiyotkorlikni, ziyraklikni, 
xatti-harakatlarini puxta o'ylab, uzoqni ко'rib amalga oshirishni talab etadi. Bunga siyosiy o'quv 
orqali erishish mumkin. YUksak madaniyatli, ma'rifatli, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy-ma'naviy, 
g'oyaviy-siyosiy 
etuk 
inson—davlatimiz 
xavfsizligini, 
mustaqilligini 
ta'minlovchi kuch ekanligini hech ham esdan chiqarib bo'lmaydi! 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin