146
O`zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq
yuksak malakali va yangicha
dunyoqarashga ega bo`lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo`lgan
masalalar qatorida ta`lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni
zamon talablari darajasiga
ko`tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish dolzarb masala bo`lib qoldi. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida hamda ta`lim tizimini o`rganish
asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va
kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg`or
horijiy
tajribalardan samarali foydalanish orqali ta`lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari
suriladi. Bunda asosiy e`tibor jahon integratsiyalashuvi jarayonini jadal sur`atlarda
rivojlantirish,
buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib
bo`lmaydigan chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi.
Hozirgi kunda innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborotlar texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan
qiziqish, e`tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday bo`lishining
sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan
bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlari, mustaqil
o`rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari chiqarishlariga o`rgatadi.
Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Qadriyatlar falsafasi » o`quv fani bo`yicha ta`lim
texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim
jarayonining barcha
ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda,
albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi
mutaxassislik faoliyati
bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i
lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Dostları ilə paylaş: