Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim
oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati 
va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z – o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy 
faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim 
oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni 
joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali oluvchi 
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal 
etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni 
ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash – yangi komp’yuter va 
axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash demakdir. 
Keltirilgan kontseptual yo`riqlarga asoslangan holda, «Qadriyatlar falsafasi » fanining 
maqsadi, tuzilmasi, o`quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda, ma`lum sharoit va 
o`quv rejasida o`rnatilgan vaqt oralig`ida o`qitishni, kommunikatsiyani, axborotni va ularni 
birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi. 
O`qitishning usullari va texnikasi. Seminar (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy 
usul, keys-stadi, aqliy xujum va loyihalar usullari, amaliy ishlash usuli. 
O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, muloqot, o`zaro xamkorlik va o`zaro o`rganishga 
asoslangan jamoaviy va guruhlarda ishlash. 
O`qitish vositalari o`qitishning an`anaviy shakllari (darslik, Seminar matni) bilan bir qatorda – 
komp’yuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan ikki yoqlama aloqaga asoslangan bevosita o`zaro 
munosabatlar. 
Ikki yoqlama aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov, oraliq va joriy va yakunlovchi 
nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi. 


147 
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik 
karta ko`rinishidagi o`quv mashhulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi 
va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan 
tashqari mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash: o`quv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`qitishning 
natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida yozma ish yoki test topshiriqlari yordamida 
tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin