Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Atrof-muhitmuhofazasini tashkil etish



Yüklə 349,5 Kb.
səhifə2/5
tarix02.12.2023
ölçüsü349,5 Kb.
#171185
1   2   3   4   5
Abdurahmonov Samandar KURS ISHI

Atrof-muhitmuhofazasini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini e’lon qilgunga qadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan qonun va me’yoriy hujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo’lib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funksiyalarini takrorlashar, kuch va mablag’lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erish ishi va respublikaning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga о’tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar va me’yorlar ham tubdan o’zgardi.
O’zbekiston Respublikasi hududida atrof muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
• Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish.
• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish.
• Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash.
• Ekologik jihatdan tangv aziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatning muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga bo’ysunadi hamda vazirliklar, Davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon, hayvon ot va o’simliklar dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatadigan barcha tashkilotlar ustidan ish ko’ruvchi organ bo’lib, tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish bo’yicha tarmoqlar aro boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi. U o’z funksiyasini mahalliy boshqaruv organlariga bog’liq bo’lmagan holda bajaradi va tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari holati va tabiiy resurslarni himoya qilish bo’yicha texnik va iqtisodiy masalalarni hal etishga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining vakolatlari, O’zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo’yicha quyidagi vakolatlarga ega:
• o’z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
• tabiiy resurslarni hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli bo’lgan obyektlarni ro’yxatga olish;
• tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik tomondan ta’minlash;
• tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-ro’zg’or chiqindilarini to’plash yoki ko’mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
• tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlar undirish;
• tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o’rnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga ega obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to’xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to’g’risida qarorlar qabul qilish.

Yüklə 349,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin