4. Tabiatni muhofaza qilishda cho’llashishning ahamiyati Olimlarning fikricha, o’rmonlarning beayov kesilishi va sug’orish ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, iqlimning o’zgarishi bilan cho’llanish ya’ni yerlarning yaroqsiz holda sodir bo’layapti. O’zbekistonda ham sug’oriladigan yer maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi va suv taqchilligi oqibatida cho’llanish jarayoni ortib bormoqda. O’zbekistonda hozirgi kunda ortib borayotgan hududlar bular: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro, Jizzax hamda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida cho’llanish darajasi yuqoridir. Ma’lumki, O’zbekistonda foydalaniladigan yer resurslarining 9.7% i sug’oriladigan yerlar, 1.7% i lalimikor, 3.2% i o’rmonlar, 50.1 % i tabiiy yaylovlar, 35.3% i ishlatilmaydigan boshqa yerlarni tashkil qiladi.
Cho’llanish jarayonida eng katta ta’sir etuvchi omillar: yaylov inqirozining 44% chorva mollarining hisobiga haddan tashqari ko’p boqilishi, 25% butalarning chopilishi orqali ro’y berayotir. Qolgan omillar (qurg’oqchilik, shamol eroziyasi, sanoat-qurilish ishlari, iqlim o’zgarishlari, antropogen omillar, kimyoviy moddalar, gidrometereologik-geografik omillar) lar inqirozga olib keladigan sababiyatining 1/3 uchdan bir qismini tashkil etadi. Shu tariqa cho’llanishjarayoni tobora jadallashib bormoqda. O’zbekistonda hududning 70% dan ortig’i 2/3 cho’l va chalacho’l mintaqasida joylashganligi sababli hamda sug’oriladigan yerlarga sho’rlanish, shamol va suv erroziyasi, yaylovlarda grunt suvlarini kutarilishi katta maydonlarda cho’llanishni vujudga keltirmoqda. Qishloq xo’jaligida sug’orish va yerdan notog’ri foydalanish oqibatiga dehqonchilikda yildan – yilga yaroqsiz yerlarning maydoni orib bormoqda. Bu esa dehqonchilik xo’jaligi va qishloq xo’jaligida juda katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ya’ni o’simliklardan ma’daniy ekinlardan hosilning kamayib ketishi kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda hozirgi vaqtda 22 mln gektar yer cho’llanishga moil hudud hisoblanadi. Yaylovlarning 43% esa inqirozga uchrab cho’llanib bo’lgan. O’zbekistonda 4.2 mln gektar yer sug’oriladigan yerlar bo’lib har yili yerdan noto’g’ri foydalanish natijasida bu yerlar aydoni qisqarib bormmoqda. Bu esa o’z navbatida qisqarib yerlarning hosildorligi pasayib bormoqda.
Cho’llanishning salbiy oqibatlari ayniqsa, tuproqning degradatsiyalanishi va biologik xilma – xillikning kamayishi genofondning o’zgarishi, hayvonot olamiga ham o’z salbiy ta’sirini ko’rsatib global ekologik muammo bo’lib qolmoqda. Cho’llanishaholi turmush tarzi va salomatligini yomonlanishuviga, qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar va uning hosildorligi pasayishiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Cho’llanish natijasida o’simliklar turlarining keskin kamayishiga yem xashaklari kamayishiga olib kelmoqda. Tuproq tarkibidagi mikro va makro faunaning kamayishi, o’zgarishi natijasida unda o’sadigan o’simliklar ya’ni chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari turlarini kamayid borishiga olib kelmoqda. Cho’llanish natijasida ekin ekiladigan maydonlaridan kam hosil olinishi esa iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, paxta, bug’doy, dukkakli o’simliklar, poliz ekinlari, o’simlik qoplamiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Chollanish ta’sirida Orolbo’yi mintaqasi hududlarida qishloq xo’jaligi ekinlarining xosildorligi qariyib 40-45% gacha kamayib ketdi. Yaylovlarning cho’llanish natijasida chorvani yil davoida tabiiy arzon xashak bilan taminlash ancha susayib bordi. Natijada yil sayin yaylovlarimizda ochiq yoki o’simliklardan xoli maydonlar tobora kengayib bormoqda. Cho’llanish natijasida o’simlik va hayvonot olami kamayib “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlar soni ko’payoqda. Orolbo’yi atrofidagi cho’llanish oqibatida ekinlarning hosildorligi kamayib aholining yerdan oladigan mahsulotlari kamayib iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatib o’tmoqda.
Mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan cho’llanish xavfi mavjud hududlardagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish yo’lida ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda. BMT ning global ekologik jamg’armasi va Yer resurslari, geodeziya va kartografiya va Davlat kadastri davlat qo’mitalaring hamkorlikda amalga oshirilayotgan, «O’zbekiston tog’li, yarim cho’l va cho’l mintaqalari, qurg’oqchil yerlarni ekspulutatsiya qilinishi, tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytish» ga doir loyihasi shu jumladandir.Respublikmizda cho’l va chalacho’l hududlarini tuprog’i qumli changib yuvilib ketishiga moil bo’lgan hududlarda qumlarning ko’chishini to’xtatishga cho’llanishga chidamli, yaylovlarning mahsulotlarini oshirish maqsadida saksokul,cherkez va qandim butalarini sug’oriladigan yerlarga qayrag’och, tut, ko’k,terak, ayland kabilar ekilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi 2010- yilning Yanvar oyidan 2020-yilgacha davrning BMT «Cho’l va cho’llanishga qarshi kurash 10-yillligi» deb e’lon qilindi. Uning maqsadi quruq yerlarni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashtirishdan iborat. Dunyo bo’yicha cho’llanish va qutg’oqchilikda qarshi kurashish kuni 17-iyun 1995 yildan beri muayyan mavzuga bag’ishlanadi. O’zbekiston Respublikasida Cho’llanishga va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan o’rmon xo’jaligida bir qancha ishlar belgilandi. 2019-yil 22-fevraldan ushbu qonun cho’llanish jarayonini oldini olishga katta yordam bermoqda. Respublikamizda «Cho’llanish va qurg’oqchillikka qarshi kurash» ishlari tizimi uchun qo’mita tomonidan 2019-2023-yillarga mo’ljallangan «Yo’l xaritasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bizning maqsadimiz cho’l va yarim cho’l cho’llanishga moil hududlarga iqtisodiy foyda keltiradigan o’simlik turlarini aniqlash yer resurslarini boshqarishning barqaror usullarini sinovdan o’tkazish aholining yaylovlardan oqilona foydalanishini yanada oshirish orqali ekotizmlar barqarorligini ta’minlashdir. Inson tomonidan yaylovlarga nisbatan o’tkazilayotgan bosimning ortib borishi sharoitida tabiiy o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb vazifadir. Bunga tegishli talab va qoidalarga amal qilinmasa yaqin kelajakda bu tabiiy boyliklarni qaytarilmaydigan holatga kelishi achchiq haqiqat. Binobarin mamlakatimiz tabiiy yaylovlari mahsuldorligi va sifatini yaxshilash birlamchi yumush hisoblanadi. Bugungi kunda yaylov inqirozi tub aholi turmush tarzining jiddiy muammosiga aylanayotganini bundan buyon aslo yo’l qo’yib bo’lmasligini ogohlantirishdir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hukumatlararo qo’mitasi tomonidan cho’llanishga qarshi kurashish va qurg’oqchilikni yumshatish bo’yicha 1994 yil 17 iyun Parijda Konventsiya qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi ham cho’llanish va qurg’oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning muhimligini e’tiborga olib, 1995 yilda cho’llanishga qarshi kurashish Xalqaro Konventsiyasiga qo’shildi. Hozirgi kunda bu Konventsiyaga qo’shilgan mamlakatlarning soni 139 tadan oshdi.
O’zbekiston Hukumati Xalqaro Konventsiyada qabul qilingan yuksak majburiyatlarga va qo’yilgantalablarga asoslanib, «O’zbekiston Respublikasida cho’llanishga qarshi kurashish harakatlarining Milliy dasturi»ni («националная программа действий по борбе с опустыниванием в Республике Узбекистан », 1999) ishlab chiqdi. Milliy dasturning asosiy maqsadi O’zbekiston hududidagi geotizimlar doirasida, xususan arid landshaftlarda va agrolandshaftlarda sodir bo’layotgan cho’llanish jarayonlarini oldini olish, ular vujudga keltirgan oqibatlarni yumshatish, bu borada ishlab chiqilgan bosh yo’nalishlar va rejalar strukturasini boshqarishni ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasining 70% dan ko’proq hududi cho’l va chala cho’ldan iboratligini inobatga olsak, sug’oriladigan erlarda sho’rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi, ayniqsa, Qizilqum cho’lidagi Qoraxotin, Oyoqog’itma, Mullali, Mingbuloq botiqlarida cho’llanishning oqibatlarini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Natijada qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, em-xashak va sanoat xom-ashyolarini etarli miqdorda etishtirib berish sekinlashmoqda va etishtirilgan mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan ekologik vaziyatning yomonlashishi natijasida cho’llashgan erlardan aholining shaharga ko’chishi ko’paymoqda. Bunga misol tariqasida Mo’ynoq rayoni aholisining o’tgan asrimizning 70-80 yillarida ikki baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida cho’llanishga qarshi kurashish harakatlarining Milliy dasturida hududlarda, xususan Qizilqumda, cho’llanishga qarshi kurashish jabhasi mamlakatni barqaror rivojlanish manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan:
Yerlarning degradatsiyalanish masshtabini oldini olish yoki ularning maydonini qisqartirish;
Degradatsiyalashgan yerlarni qisman tiklash;
Cho’llanishdan zarar ko’rgan yerlarni tiklash.
Xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tirof etishicha, cho’llanish dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar uchun juda ham katta iqtisodiy, sosial va ekologik muammo bo’lib hisoblanadi. Hozirgi davrning eng keskin global muammolaridan biri ekologik tizimga antropogen yukning oshib borishi natijasida deyarli barcha turdagi landshaft majmualarining degradatsiyalashib borishidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Xalqaro Konventsiyada cho’llanish jarayoniga shunday ta’rif berilgan: «cho’llanish qurg’oqchil, chala qurg’oqchil va quruq gumidyoni rayonlarda turli xil omillarning, iqlim o’zgarishi va inson faoliyati ta’siri natijasida erlarning degredatsiyalanishidir». (O’zbekiston Respublikasida cho’llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi, 1999, 3-bet). Shuning uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hukumatlararo qo’mitasi tomonidan cho’llanishga qarshi kurashish va qurg’oqchilikni yumshatish bo’yicha 1994 yil 17 iyunda Parijda Konventsiya qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi ham cho’llanish va qurg’oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning muhimligini e’tiborga olib, 1995 yilda cho’llanishga qarshi kurashish Xalqaro Konventsiyaga qo’shildi. Hozirgi kunda bu Konventsiyaga qo’shilgan mamlakatlarning soni 139 tadan oshdi.
Cho’llanish – bu atrof muhitdagi ekotizimlarning unumdor erlar hosilining kamayishi, degredatsiyalanishi, iqlimning quruqlashishi, cho’l hududlarining kengayishi va xakozolar. O’rta Osiyo hududida cho’llanish jarayonini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: cho’llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda; ekologik o’zgarishlarni yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birgalikda antropogen omillarning o’rni ham muhim bo’lib sanaladi; cho’llanish asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo’lib hisoblanadi va albatta shamol eroziyasi, bir xil bo’lmagan relef shakllariga, ko’chib yuruvchi qumlar harakati, qum tepaliklarining hujumiga bog’liq holatda rivoj topadi.
Cho’llanish jarayonini o’z navbatida tarixiy ikkita davrga ajratish mumkin: qadimgi va hozirgi davr. O’rta Osiyo cho’llari cho’llanishining qadimgi davri so’nggi yuz yillikni o’z ichiga oladi. Turli shahar va qishloqlarning ayrim joylarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, ular qadimda cho’l hududlari bo’lib hisoblanmagan. Chunonchi, qadimgi davrning cho’llanish jarayoni sabablari juda murakkab va bir xilda bo’lmasdan uzoq davom etgan. Hozirgi davr cho’llanish jarayoni oxirgi ellik yilni qamrab olib, asosan er resurslaridan oqilona foydalanmaslik, chorva mollari sonining ortishi, cho’llardagi butasimon o’simliklarning o’tin sifatida kesilishi, tog’-kon sanoatining rivojlanishi, qisqasi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 70% dan ko’proq hududi cho’l va chala cho’ldan iboratligini inobatga olsak, sug’oriladigan erlarda sho’rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi, ayniqsa, Qizilqum cho’lidagi Qoraxotin, Oyoqog’itma, Mullali, Mingbuloq botiqlarida cho’llanishning oqibatlarini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Natijada qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, em-xashak va sanoat xom-ashyolarini etarli miqdorda etishtirib berish sekinlashmoqda va etishtirilgan mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan ekologik vaziyatning yomonlashishi natijasida cho’llashgan erlardan aholining shaharga ko’chishi ko’paymoqda. Bunga misol tariqasida Mo’ynoq rayoni aholisining o’tgan asrimizning 70-80 yillarida ikki baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol bo’ladi.
O’zbekiston Hukumati Xalqaro Konventsiyada qabul qilingan yuksak majburiyatlarga va qo’yilgan talablarga asoslanib «O’zbekiston Respublikasida cho’llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi»ni («Национальная программа действий по борбе с опустыниванием в Республики Узбекистан», 1999) ishlab chiqdi. Milliy dasturning asosiy vazifasi O’zbekiston hududidagi geotizimlar doirasida, xususan arid landshaftlarda va agrolandshaftlarda sodir bo’layotgan cho’llanish jarayonlarini oldini olish, ularning vujudga keltirgan oqibatlarini yumshatish, bu borada ishlab chiqilgan bosh yo’nalishlarni va rejalar strukturasini boshqarishni ta’minlashdan iborat.
Cho’llanish jarayonlari sayyoramizning katta qismida, xususan Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko’p mamlakatlarida keng tarqalgan. So’nggi yillarda bu mudhish jarayon 110 dan ortiq mamlakatga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib, ularning ijtimoiy ahvoliga tahlika solib kelmoqda.
2012–2017 yillar Qizilqum choʻlida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, choʻllanishni vujudga keltirayotgan asosiy kuch tabiiy va antropogen omillardir. Oʻtkazilgan tadqiqotlar ekosistemalarning choʻllanishi oʻz-oʻzidan boʻlmasligini tasdiqladi.
Asosiy antropogen omillar – yangi koʻllar paydo boʻlishi, tuproq eroziyasi, yoʻllar, karyerlar, shoʻrlanish, chorva mollarining meʼyoridan ortiqligi, yangi shahar va qishloqlarning kengayishi, buta va daraxtlarning yoqilgʻi sifatida chopilishi, manzarali, dorivor, ziravor oʻsimliklarning rejasiz terib olinishi, yoʻl qurilishi, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi boʻlib, bular natijasida yaylovlar mahsuldorligi pasayib, turlar soni kamaymoqda.
Xulosa
Bizni o’rab turgan tabiat yoki atrof-muhitning monitoringi biosferaning holatini kuzatish va undagi o’zgarishlarni uzoq vaqt davomida o’rganish hamda baholashni o ‘rganadi. Bundan tashqari, antropogen omillar ta’sirida inson sog’ligi boshqa tirik organizmlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy vaziyatlarning oldini olishni maqsad qilib qo’ygan.
Bizni o’rab olgan atrof-muhitning monitoringi uzoq muddatli bir qator murakkab kuzatish tizimini o ‘z ichiga olib, biosferadagi o’zgarishlarni aniqlaydi, antropogen omillar ta’sirida vujudga keladigan salbiy oqibatlami o ‘rganadi, inson va boshqa tirik organizmlarning hayotiy omillariga ta’sir ko’rsatadigan jarayonlarning kelib chiqishini kompleks o’rganib boradi. Ekologik monitoring kuzatishlarni to ‘xtatmasdan uzluksiz olib borishni talab qiladi.
Ob-havo o’zgarishi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etib boraveradi. Ammo shunday sharoitda ham mintaqada suv manbalaridan foydalanishda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilmoqda. Xususan, birgina O’zbekistonni olsak ham, ichimlik suvi juda samarasiz sarf qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste’mol qiluvchi qishloq xo’jaligida. Suv iste’molchilarga yetkazish vaqtida (o’ta eskirgan va chirigan infratuzilma sababli sug’orish tizimlaridagi yo’qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va iste’mol jarayonida ham (sug’oriladigan yerlarning faqat 3-5 foizida suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etilgan) bu jarayonni yaqqol kuzatish mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, suv manbalari Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining paydo bo’lishidan tortib, hozirgi paytgacha bo’lgan taraqqiyotida har tomonlama muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Agar muammoga yetarli darajada e’tibor qaratilmasa, mintaqaning har bir hududida istiqomat qilayotgan aholi ayni paytda Orol bo’yi hududlarida ro’y berayotgan holatni o’z tanalarida his qilib ko’rishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
P. Sultonov “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari” «Musiqa» nashriyoti. Toshkent, B. Zokirov ko’chasi 1 – uy.
Yunusov G’, Ziyayev R. - “Umumiy gidralogiya va iqlimshunoslik” «Faylasuflar» MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent shahri, Matbuotchilar ko’chasi, 32-uy.