c) respublika va mahalliy byudjet; d) barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari;
5) Byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozimligi byudjet tizimining qaysi prinsipini ifodalaydi?
10). Byudjet tasnifi qaysi organ tomonidan tasdiqlqnadi.
1 Kazus Toshkent moliya instituti joriy yilning mart oyida institut faoliyati uchun byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga mebel jihozlarini sotib olish maqsadida bankka 14 mln. so’mni “Jomiy”savdo do’koniga o’tkazilishi yuzasidan to’lov topshiriqnomasi taqdim etdi. Ammo, bank muassasa hujjatlar ichida G’aznachilikni ro’yxatga o’tkazish shartnomasi va Moliya vazirligining ruhsati yo’qligini aytib, pul ko’chirishni rad etdi. Ammo, Toshkent moliya instituti bu mablag’ni byudjet mablag’lariga emas, balki byudjetdan tashqari o’z mablag’lariga olayotganligi uchun ro’yxatga o’tkazish shartnomasi shart emasligini bildirib, agar bank topshiriqnomani bajarmasa, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mazkur bankka nisbatan chora qo’llashi yuzasidan murojaat qilishini bildirdi.
1. Toshkent moliya institutining harakatlariga huquqiy baho bering.
2. Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish qanday tartibga amalga oshiriladi?
3. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari manbalarini ko’rsating.
4. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari qanday maqsadlarga yo’naltiriladi?
Byudjet tashkilotlarining harajatlar smetasini o’zgartirilishiga yo’l qo’yiladimi?
2. Kazus
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 4-moddasiga ko’ra byudjet tashkilotlari – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning byudjet hisobini yuritish tartibi byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining byudjet tashkiloti sifatida huquqiy maqomini tahlil qiling.
1.O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asosan Toshkent davlat yuridik universitetining byudjet tashkiloti yoki nobyudjet tashkiloti ekanligini tahlil qiling.
2.Toshkent davlat yuiridik universiteti faoliyatini moliyalashtirish tartibini yuiridik tahlil qiling.