1.Kazus 2019 yil may oyida “Sarvarbank” moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini “Turon audit” auditorlik firmasi tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdi. “Turon audit” tomonidan “Sarvarbank” moliyaviy - xo‘jalik faoliyati o‘rganib chiqildi va o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasiga ko‘ra ijobiy auditorlik xulosasi berildi. Keyinchalik aniqlanishicha, “Turon audit” auditorlik firmasi tarkibida banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan auditorlar mavjud bo‘lsada, m azkur auditorlik tekshiruvi banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lmagan auditor B.Bekov tomonidan amalga oshirilgan. B.Bekov 2019 yil davomida “Xamrohbank” va “Zaminbank”larda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlarida ham ishtirok etgan.
Mazkur holatni normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan va tahlil eting.
2.kazus: 2018 yil 11 noyabr kuni “Savdogar” aksiyadorlik jamiyati “Zvezda” auditorlik t ashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat moliya xo‘jalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshirish va auditorlik xulosasi olish maqsadida murojaat qildi. “Zvezda” auditorlik tashkiloti “Savdogar” aksiyadorlik jamiyatida majburiy auditorlik tekshiruvni amalga oshirish maqsadida avval mazkur jamiyatda bosh buxgalter bo‘lib ishlagan S.Bozorov hamda M.Maxkamovlarni yubordi. Ular 2018 yil 12 noyabr kuni auditorlik tekshiruvni o‘tkazishni boshladi. Tekshirish olib borish vaqtida hamma buxgalteriya sohasiga tegishlirib bo‘lgan ma’lumotlarni ham taqdim etilishini talab qildi. So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etidi. 2019 yil 15 mart kuni Olmazor tuman soliq inspeksiyasi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvi natijalarini tahlil etib majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tmagan deb hisoblab, jarima jazosi qo‘llash haqida qaror qabul qildi.
“Savdogar” aksiyadorlik jamiyati majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni ilova qilgan holda da’vo ariza bilan sudga murojaat qildi
Mazkur holatni normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda tahlil eting.