Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə38/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Modul Moliya

Maxsus adabiyotlar
1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: Tashkent Davlat yuridik instituti, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar
1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
4 mavzu: Davlatning maqsadli jamg’armalari
Reja:
1. Davlat maqsadli jamg’armalari tushunchasi va turlari.
2. Davlatnining byudjetdan tashqari jamg’armalari tizimi.
3. Davlat maqsadli jamg`armalari manbalari va shakllantirish tartibi. 


1. Davlat maqsadli jamg’armalari tushunchasi va turlari
Davlat maqsadli jamg’armalari bu davlatning ijtimoiy va moliyaviy funksiyalarini amalga oshirish maqsadida davlat byudjetidan yoki soliq va yig’imlardan tushadigan to’lovlarning alohida hisobini yuritish uchun tashkil etilgan markazlashgan pul fondi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 36-moddasiga ko’ra mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg’armalarining ro’yxatini tasdiqlash hamda davlat maqsadli jamg’armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari g’aznachilik ijrosi bilan to’liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida va O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan davlat maqsadli jamg’armalari ro’yxati tasdiqlangan. Unga ko’ra 18 ta davlat maqsadli jamg’armalari konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin