Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


-Mavzu. To‘qimalar. Epiteliy to‘qimasi. Bezli epiteliy, bezlar. Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy. Ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə18/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

3-Mavzu.
To‘qimalar. Epiteliy to‘qimasi. Bezli epiteliy, bezlar. Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy. Ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy.
Ko‘p qavatli epiteliy. Bezlarning tuzilish prinsiplari.

1. To‘qimalar haqida tushuncha.


2. To‘qimalarning tasnifi.
3. Epiteliy to‘qimasi. Umumiy tasnifi.
4. Topografiyasi.
5. Genetik va morfofunksional tavsifi.
6. Turli ko‘rinishdagi epiteliyning tuzilishi va vazifasi.
7. Bezli epiteliy. Ekzokrin bezlarning umumiy xarakteristikasi.


To‘qima haqida tushuncha.
To‘qima – filogenetik taraqqiyot davomida hosil bo‘lgan, ma’lum bir tuzilishga va vazifaga ixtisoslashgan hujayralararo modda va undagi elementlar kompleksiga aytiladi. To‘qimalarning asosiy elementi – xujayralardir, ularning hosilalariga esa xujayra mahsuloti va xujayralararo modda deyiladi. Hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan – simplastlar (ko‘ndalang targ‘il mushak, sinsitiotrofoblastlar) va sinsitiy – takomillashmagan hujayralarning kiprikchalar orqali bog‘lanishi (emal a’zosining pulpasi, jinsiy hujayralar).
Hujayraning maxsulotiga ko‘ra trombotsitlar, epidermisning muguz qavati kiradi. Hujayralararo modda – asosiy modda va tolalardan iborat. Asosiy modda gel, zol yoki minerallashgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tolalar ichida kollagen, elastik va retikulyar turlari farqlanadi. Hujayralar hujayralararo moddada alohida, ma’lum masofada (biriktiruvchi to‘qimada), o‘simtalar bilan bog‘langan (retikulyar to‘qima) yoki hujayra plastlari xosil qilib joylashishi mumkin (masalan, parenximatoz a’zolar, yurak mushagi).
Epiteliy, ichki muxit, mushak va nerv to‘qimalari farqlanadi. Shu to‘qimalrdagi xar bir hujayra o‘zining ma’lum bir strukturasi va funksional belgilariga ega, ularni shu xususiyatlari bilan boshqa to‘qima hujayralaridan farqlash mumkin. Hujayralararo moddalar ham turli tipdagi to‘qimalarda o‘ziga xos tuzilgan. Ba’zida, alohida to‘qimalarning o‘zida hujayralar va hujayralararo moddalarning morfofunksional xususiyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ba’zi to‘qimalar tarkibi turli ko‘rinishlarga ajratiladi. Masalan, ichki muhit to‘qimasini qon va biriktiruvchi to‘qimaga ajralishi mumkin, biriktiruvchi to‘qimaning o‘zini esa yana bir qator ko‘rinishlari mavjud (siyrak, zich biriktiruvchi to‘qima, suyak va tog‘ay to‘qimasi).
A’zolarning tarkibida xamma to‘qimalar bo‘ladi. Ularning ba’zilari a’zoning asosini hosil qiladi (skelet), ularga stroma deb ataladi, boshqalari esa – parenxima deyiladi. Parenxima a’zoning asosiy vazifasini bajaradi. Ko‘p hujayralar boshqa to‘qimalardan bazal membrana (uglevod-oqsil-lipid komponentli) bilan ajralib turadi. Bazal membrana to‘siq va tuzilma xosil qilish vazifalarini bajaradi. U matriks va IV tip kollagendan tuzilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin