Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Sitoplazma va hujayra organellalari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Sitoplazma va hujayra organellalari
Organellalar hujayra sitoplazmasining tarkibiy qismidir. Hujayra organellari – hujayraning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Organellalar umumiy organellarga va ba’zi hujayra va to‘qimalarda uchraydigan xususiy organellalarga bo‘linadi (masalan, tonofibrillalar, neyrofibrillar). Tuzilishiga qarab, membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra organellari farqlanadi.
Membranali hujayra organellariga mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, plastinkasimon kompleks (Goldji apparati), lizosoma va peroksisomalar kiradi. Membranasiz hujayra organellalariga ribosoma va polisoma, mikronaycha, sentrosoma va kiprikcha, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kiradi.
Membranali organoidlarning umumiy xususiyati bu ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etishidir. Ularning tarkibiy qismlari donador endoplazmatik to‘rda sintezlanadi va Goldji kompleksida ixtisoslashadi. Hujayra plazmolemmasi va organoid membranalari bir-biri bilan doimiy a’loqada bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turadi.
Mitoxondriya
Har bir hayvon va o‘simlik hujayralarida uchraydigan organelladir (eritrotsitning etuk shaklidan tashqari). Sitoplazmada bir tekis joylashadi, lekin ba’zan ular qaerda energiya ko‘proq kerak bo‘lsa, o‘sha erda to‘planadi.
Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish qiyin. Ularning miqdori hujayra tipiga va funksional holatiga bog‘liq bo‘lib, bitta buyrak hujayrasida ularning soni 1000 taga etadi. Mitoxondriya ikki qobiq bilan o‘ralgan. Gialoplazmadan ajratib turuvchi tashqi membranasining qalinligi taxminan 60 Å bo‘lib, shu organellaning o‘tkazuvchanlik xususiyatini belgilasa kerak. Tashqi membrana endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘ladi. Ichki tarafda yotuvchi ichki mitoxondrial membrana tashqi membranadan farqli ravishda, tekis bo‘lmay krista deb ataluvchi, matriksga botib kiruvchi o‘simtalar hosil qiladi. Bu membrananing ham qalinligi taxminan 60 Å ni tashkil qiladi. Ichki membranalar orasidagi bo‘shliq mayda donador moddalar bilan to‘lgan bo‘lib, matriks deb ataladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich donador tuzilma (ribosoma) va nozik ipchalar (DNK) mavjud. Mitoxondriya ichki membranasida ATF sintezi jarayoni ketadi.
Mitoxondriya matriksida o‘ziga xos oqsil sintez jarayoni ham yuz beradi. Bu erda RNK, DNK molekulalari, ribosomasi va mitoxondriya ichki oqsillari aniqlangan. Lekin bu oqsil sintezi mahsulotlari mitoxondriya funksiya bajarishi uchun etarli emas.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin