Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə30/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Retikulin tolalar – ingichka, tarmoqlangan, uchlamchi to‘rni hosil qiladi. Ular siyrak biriktiruvchi to‘qimaning boshqa to‘qimalar bilan bog‘langan joylarida uchraydi, masalan: 1) kapillyarlar bilan, nerv va mushak tolalari bilan; 2) qon yaratuvchi a’zolarda, bu erda retikulin tolalar alohida erkin hujayralarni ushlab turadi; 3) epitelial bezlarda (jigar) sekretor hujayralar uchun tayanch struktura hisoblanadi.
Bundan tashqari, retikulin tolalar epiteliy va uning ostidagi biriktiruvchi to‘qima orasida uchraydi, hamda bazal membrana bilan bog‘lab turadi. Retikulin tolalar yuzasida polisaxaridlarning bo‘lishi uning kumush bo‘yoqlar bilan yaxshi bo‘yalishini ta’minlaydi. Bu tolalar kollagen oqsilidan tuzilgan va glikoproteid, proteoglikanlar bilan qoplangan. Ular fibroblastlardan hosil bo‘ladi, qon yaratuvchi a’zolarda esa – retikulyar hujayralardan hosil bo‘ladi. Ular kollagen tolalardan tolalarining ingichkaligi, shoxlanganligi, anastomozlari, III tip kollagen tutganligi, oltingugurt, lipid, uglevodlarning konsentratsiyasi bilan farqlanadi.
Amorf modda – strukturasiz, yarim suyuq konsistensiyali tolalar va hujayralar orasida joylashgan modda. Ular oqsillardan, polisaxaridlardan va to‘qima suyuqligidan tuzilgan. Polisaxaridlar (glikozaminoglikanlar) 2 guruxga bo‘linadi, biri sulfatlangan, boshqasi esa sulfatlanmagan. Sulfatlanmaganligiga gialuron kislota kiradi. Sulfatlanganligiga esa xondroitin sulfat, dermatansulfat, keratinsulfat, geparinsulfatlar kiradi. Ular oqsillar bilan bog‘lanib proteoglikanlarni hosil qiladi. Bundan tashqari, asosiy moddaning tarkibiga lipidlar, albuminlar, globulinlar, Na, K Sa tuzlari kiradi. Asosiy moddaning miqdori biriktiruvchi to‘qimaning turli sohalarida har xildir. Masalan, mayda qon-tomirlar atrofida kam, epiteliy chegaralarida esa ko‘p bo‘ladi. Hujayralararo moddaning zichligi turli ko‘rinishdagi biriktiruvchi to‘qimaning faoliyatiga qarab aniqlanadi. Nisbatan zich hujayralararo modda tayanch faoliyatni bajarilayotganligidan dalolat beradi, yarim suyuq hujayralararo modda esa oziqlanishni ta’minlaydi (proteoglikanlar ko‘p). Gialuronidaza fermenti asosiy moddaning o‘tkazuvchanligini oshiradi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin