yarim o‘zak hujayra (leykopoezning boshlang‘ich hujayrasi)
unipotent hujayra (limfopoetinga sezgir)
limfoblast
prolimfotsit
limfotsit
Limfotsitopoez uch bosqichga bo‘linadi: suyak ko‘migi bosqichi – T- va V- limfotsitlarning boshlang‘ich hujayrasining hosil bo‘lishi; antigenga bog‘liq bo‘lmagan takomillashishi (markaziy immun a’zolarida ro‘y beradi, limfotsitlar bu paytda faqat antigenga qarshi orttirilgan turli retseptorlar natijasida antigenlarni tanib olish xususiyatiga ega bo‘ladi); antigenga bog‘liq ravishda takomillashish (periferik limfoid a’zolarida antigenlar bilan kontakt bo‘lganidan so‘ng ro‘y beradi, bu paytda 3 ta T-limfotsitlarning subpopulyasiyasi hosil bo‘ladi: killerlar, xelperlar va supressorlar). Immun reaksiyalarda etuk T- va V-limfotsitlar antigenlar ta’siri ostida faollashadi, blast formalaridan transformatsiya bo‘ladi (blasttransformatsiya), ko‘payadi, takomillashadi va turli populyasiyadagi immunotsitlarni hosil qiladi (T-killerlar, T-xelperlar, T-supressorlar, T- va V-“eslab qoluvchi” hujayralar, plazmotsitlar). V-limfotsitlarning faollashuvi nafaqat antigenlar ta’sirida ro‘y beradi, balki albatta makrofaglar va T-xilperlar ishtirokida amalga oshadi. YA’ni, immun reaksiyalarda gumoral immunitet hosil bo‘lishi uchun T-limfotsitlar (xelper, supressor), V-limfotsitlar, makrofaglar va plazmotsitlar kooperatsiyasi muhim. Gumoral immunitetning intensivligi V-limfotsitlarga ta’sir etuvchi T-xelper va T-supressorlarning limfokinlari tomonidan boshqariladi.
SHunday qilib, T- va V-limfotsitlar limfopoezda hosil bo‘lish davomida bo‘linish xususiyatini saqlab qoladi, bu esa immun reaksiyalarda juda muhim.
Monotsitopoez Monotsitlarning rivojlanish bosqichlari:
Bo‘linish va takomillashish jarayonida xujayra o‘lchami kattalashadi, yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga kiradi, lizosomalar soni oshadi (azurofil donachalar).