Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Taloqda qonning yaratilishi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə25/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

4. Taloqda qonning yaratilishi – embriogenezning 1-oylari oxirida kurtak hosil qiladi. O‘zak hujayralardan, T-limfotsitlardan boshqa, hamma shaklli elementlar ekstravaskulyar hosil bo‘ladi. YA’ni taloq bu davrda universal qon yaratuvchi a’zo hisoblanadi. 5 oylardan keyin limfopoez kuchayadi.
5. Limfa tugunlari qonning yaratilishi.
Embrional rivojlanishning 7-8 haftalarida kurtak paydo bo‘ladi. 9-10 haftalarida o‘zak hujayralar ko‘chib o‘tadi, ulardan eritrotsitlar, granulotsitlar, megakariotsitlar hosil bo‘ladi. 10 haftalardan keyin boshlang‘ich V-limfotsitlarning ommaviy ko‘chishi kuzatiladi.
6. Qizil suyak ko‘migida qonning yaratilishi 2 oydan kurtagi paydo bo‘ladi, gemopoez 12 haftalardan boshlanadi. T-limfotsitlardan boshqa xamma shaklli elementlar hosil bo‘ladi, o‘zak hujayralarning o‘zi ham qizil suyak ko‘migida paydo bo‘ladi. Bu a’zo markaziy a’zo hisoblanib, boshqa barcha qon yaratuvchi a’zolarni o‘zak hujayralar bilan ta’minlaydi.
Postembrional gemopoez
Qizil suyak ko‘migi va limfa a’zolarida ro‘y beradi. O‘zak hujayralarining etuk qon shaklli elementlariga bosqichma – bosqich takomillashib, kupayib borishi bilan ta’riflanadi. Bosqichli takomillashish jarayonida qon yaratilishining har – bir qatorida oraliq hujayralar hosil bo‘ladi. SHunday qilib, gemopoezda 6 sinf hujayralarni farq qilishi mumkin.

  1. O‘zak hujayralar

  2. YArim o‘zak hujayralar

  3. Unipotent hujayralar

  4. Blast hujayralar

  5. Etilayotgan hujayralar

  6. Etuk shaklli elementlar

O‘zak hujayralar polipotent hisoblanib, hamma qon hujayralarining boshlang‘ich hujayrasidir, ular juda kam bo‘linadi (yarim yilda bir marta). Mitozdan keyin o‘zak hujayralardan qiz hujayrasi takomillashishida davom etadi, boshqasi esa kambial bo‘lib qoladi.
O‘zak hujayralar tuzilishi bo‘yicha mayda mikrotsitlarga o‘xshab ketadi.
YArim o‘zak polipotent hujayralar – ham morfologik mayda limfotsitlarga o‘xshaydi, mielopoezning va limfopoezning boshlang‘ich hujayrasi hisoblanadi. Har 3 – 4 haftada bo‘linadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin