Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə22/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

O‘zgaruvchan epiteliy.
Buyrak kosachasidan boshlab, siydik yo‘llarini qoplab turadi. CHo‘zilgan holatda ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliyni eslatadi. Oddiy holatda esa hujayralar yuzasi yumaloqlashadi. Pastki qavat hujayralari yuqorigi qavatga bo‘rtib chiqishi hisobiga qavatlar soni oshadi.
Bez epiteliysi.
Ekzokrin bular shunaqa bezlarki, ularda asosiy funksiyani bajaradigan to‘qima epiteliy to‘qimasidir. Bezlar bir hujayrali va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Har bir bezlar o‘zining bir qator belgilari bilan xarakterlanadi.
Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo‘lishi mumkin, epiteliy tasmasi ichida (endoepitelial) yoki uning tashqarisida (ekzoepitelial) joylashadi, sekretini qonga yoki erkin yuzaga ajratishi mumkin (endo yoki ekzokrin), nihoyat ajratadigan sekreti tarkibiga qarab oqsil, mukopolisaxarid va boshqa turlari farqlanadi.
Ko‘p hujayrali bezlar 2 tur hujayraga ega: Sekretor (atsinar) va chiqaruv naylarining hujayralari. Bu hujayralarning tuzilishi va vazifasi turlicha. Birinchi tipdagi hujayralar maxsus shu bez uchun xos bo‘lgan sekret ishlab chiqaradi, ular keskin qutbli: bazal qutbda yadro joylashadi, apikal qutbni esa sekret donachalari egallagan, donador endoplazmatik to‘r yahshi rivojlangan. Sut, so‘lak, oshqozon suyuqligi, biologik aktiv moddalar xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ikkilamchi tip hujayralar naylar sistemasini shakllantiradi. Bu erda sekret harakat qiladi, yo‘l-yo‘lakay suvga to‘yinadi, naylar devorida filtrlanadi, yoki aksincha ortiqcha suv va tuzlarni chiqaradi. SHilimshiq, minerallar va boshqa komponentlar bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari nay hujayralari filtrlash va mexanik vazifalar bilan bir qatorda sekretor vazifani xam bajarishi mumkin. Naylar murakkab bezlarda tarmoqlangan oddiy bezlarda esa tarmoqlanmagan bo‘ladi. Oxirgi bo‘limlarning shakliga qarab naysimon alveolyar va alveolyar naysimon xillari farqlanadi. Sekretining tarkibi bo‘yicha esa oqsil, shilliq va aralash bo‘ladi. Sekretini ajratish bo‘yicha bezlar merokrin, golokrin va apokrin bo‘ladi.
Sekretor hujayralarning davriy o‘zgarishi sekretning hosil bo‘lishi, eg‘ilishi, ajralishi bilan bog‘liq. Bu jarayon sekretor sikl deb ataladi. Sekretning sintezi va uning ajralishi to‘xtovsiz davom etadi, lekin sekretning ajralishi kuchayishi yoki susayishi mumkin.
Golokrin sekretsiya jarayonini yorug‘lik hamda elektron mikroskopda kuzatish mumkin. Sekretor maxsulotni hosil bo‘lishi hujayralarning halok bo‘lishi bilan bog‘liq, bu kariopiknoz va yog‘ning sitoplazmada qayta to‘planishi bilan boradi.
Apokrin sekretsiya hujayra yuzasida o‘simta hosil bo‘lishi bilan boradi, ular sekret bilan bo‘ladi, keyin esa yoriladi, mikrovorsinkalar yo‘qoladi. Sekretsiya natijasida hujayraning balandligi pasayadi. Keyin hujayraning butunligi qayta tiklanadi.
Merokrin sekretsiya apikal membrananing butunligi saqlanishi bilan xarakterlanadi. Sekretor maxsulot molekula ko‘rinishida diffuz yo‘l orqali tashqariga chiqadi, bu paytda apikal plazmatik membrana butunligini saqlab qoladi.
Bundan tashqari hayot sikli jarayoni davomida ekstruziya tiplari almashinuvi yuz berishi mumkin. Masalan, yog‘ hujayralarida (tipik golokrin) sekret avval merokrin yo‘l bilan ajraladi, keyinchalik esa golokrin yo‘l bilan ajraladi. Xuddi shu xarakterdagi sekretsiya oshqozon va ichak shilliq ishlovchi hujayralarida ham kuzatiladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin