Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


-Mavzu. Gemotsitopoez va uning boskichlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə23/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

4-Mavzu.
Gemotsitopoez va uning boskichlari.

Qon hujayralari hosil bo‘ladigan to‘qima gemopoetik to‘qima deyiladi. Bu to‘qimalarning 2 turi bor:



  1. Mieloid to‘qima bo‘lib, bunga suyak ko‘migi kiradi. Bu erda granulotsitlar, trombotsitlar va eritrotsitlar hosil bo‘ladi.

  2. Limfoid to‘qima – limfotsitlar hosil bo‘ladigan a’zolar kiradi (taloq, limfa tugunlari, timus).

Limfotsitlarning o‘zak hujayralari qizil suyak ko‘migida hosil bo‘ladi, keyinchalik esa timus, taloq, limfa tugunlarida differensiallashadi. Bundan tashqari limfotsitlar oshqozon-ichak traktida limfoid follikulalardan ham hosil bo‘ladi.
Ko‘p sonli tadqiqotlar yordamida shu narsa aniqlandiki, hamma qon hujayralarining boshlang‘ich hujayrasi bitta, ya’ni o‘zak hujayradir, bu hujayra yana polipotent yoki plyuripotent hujayra deb nomlanadi. Hayvonlarni halok qiluvchi dozadagi radiatsiya bilan nurlantirilganda, ularda qon hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Keyin ularga qizil suyak ko‘migi yoki boshqa qon yaratuvchi a’zo transplantatsiya qilinadi, shunda o‘zak hujayralar barcha qon yaratuvchi a’zolarga tarqalgan va ularning koloniyalari hosil bo‘lgan. Bu hujayralar koloniya hosil qiluvchi birlamchi hujayralar deyiladi, undan eritrotsitar, granulotsitlar, limfotsitar va boshqa qon shaklli elementlarning rivojlanishi boshlandi. O‘zak hujayralarining ma’lum bir qon hujayrasi tomon rivojlanish yo‘li uning mikromuhitiga va bir qator organizmda ishlab chiqaradigan modda ta’siriga bog‘liq: bularga – eritropoetin (eritrotsitlar uchun), granulopoetin (mieloblastlar uchun), limfopoetin (limfoblastlar uchun), trombopoetin (megakarioblastlar uchun).
Mikromuhit: masalan timusda hujayralar boshlang‘ich T-limfotsitlar uchun mikromuhit hujayralari epiteliy hujayralari hisoblanadi. Epiteliy hujayralari shu bezning stromasini hosil qiladi, shu erda T-limfotsitlar ko‘payadi va differensiallashadi. Bu epiteliy hujayralari timozin gormonini ishlab chiqaradi, bu gormon esa T-limfotsitlar hosil bo‘lishini stimullaydi. Taloqda, limfa tugunlarida mikromuxitni hosil qiladigan hujayralar bo‘lib, retikulotsitlar, makrofaglar xizmat qiladi. Gemopoez 2 davrga bo‘linadi: embrional va postembrional.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin