Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə19/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

To‘qimalar tasnifi.
To‘qimalarni 4-5 xilga bo‘lish juda nisbiy. Asosiy ko‘rsatgichi bo‘lib uchta homila varag‘idan kelib chiqishi emas, balki ularning tuzilishi va vazifasi xizmat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab qoplovchi to‘qimalar ektoderma va entodermadan, ba’zilari mezodermadan rivojlanadi. Biriktiruvchi to‘qima mezodermadan, mushak to‘qimasi xam mezodermadan, faqat ma’lum qismi ektodermadan hosil bo‘ladi. A’zolarda bir necha xil to‘qimalar mujassamlashgan. Masalan, mushak to‘qimasi biriktiruvchi to‘qima bilan aralash. Nerv to‘qimasida xam biriktiruvchi to‘qima ishtirok etadi.
SHunday qilib, xozirgi paytda to‘qimalarning nisbiy tasnifi qabul qilingan. To‘qimalarning rivojlanishi va shakllanishi qaysi yo‘l bilan va qanday borishi haqidagi tushunchani Xlopin N.G. yaxshi ta’rifini bergan (divergent rivojlanish konsepsiyasi).


Epiteliy to‘qimasi. Umumiy tavsif.
Epiteliy to‘qimasi tanani, ichki a’zolarning shilliq va seroz pardalarini qoplaydi, ko‘plab bezlarni hosil qiladi. SHunga qarab qoplovchi epiteliy va bezlarga bo‘linadi.


Qoplovchi epiteliyga umumiy tavsif.
1. Qoplovchi epiteliyning vazifasi – chegaralovchi, organizmni tashqi muhitdan ajratib turadi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Aminokislotalar, glyukoza, immunoglobulinlar va gormonlarning transportida, moddalarning so‘rilishida, sekretsiyada (shilliq, gormonlar), ostida yotgan to‘qimalarni himoya qilishda ishtirok etadi. Qizilo‘ngach epiteliysi uning yorilishi va titilishiga qarshilik qiladi, shuning uchun u bir necha qavatdan iborat. Teri yuzasi havo bilan munosabatda bo‘ladi, shuning uchun uning qurib qolishidan himoyalanishga ehtiyoj tug‘iladi, buni esa muguz qavatni qoplagan keratinli ko‘p qavatli epiteliy ta’minlaydi. Bundan tashqari keratin suvdan bo‘kib qolishdan himoya qilib turadi. Qurib qolishdan himoya qilish ichki a’zolar uchun ham muhimdir, lekin bu erda u sekretsiyasi hisobiga yuz beradi. Epiteliy zaxarli moddalar va mikroorganizmlar uchun to‘siq hisoblanadi.
2. Epiteliy to‘qimasidagi hujayralar plastlar (yopqich epiteliy), tasmalar (jigarda), orolchalar (me’da osti bezida), naylar (bezlarda, buyrak kanalchalarida), follikullar (qalqonsimon bezda), to‘rlar (timusda) hosil qiladi, ularning orasida deyarli hujayralararo modda bo‘lmaydi.
3. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar, tirqishlar va zich birikishlar yordamida bog‘lanadi.
4. Epiteliy hujayralari orasida qon tomirlar bo‘lmaydi, kislorod va oziq moddalar qon kapillyarlaridan biriktiruvchi to‘qima hujayralararo moddasidan va bazal membrana orqali diffuz yo‘l bilan o‘tadi.
5. Epiteliy bazal membrana ustida yotadi, bazal membrana bazal plastinka va uning ostidagi retikulin tolalardan iborat. Bazal plastinka IV tip kollagendan, glikoproteindan, laminin moddasidan tuzilgan. Hujayralar bazal membranaga yarim desmosalar orqali birikadi.
6. Epiteliy o‘zak hujayralarning mitotik bo‘linishi hisobiga yaxshi regeneratsiya ega. Ayniqsa yopqich (qoplovchi) epiteliylar yaxshi regeneratsiyaga uchraydi. Langergans orolchalaridagi hujayralarda esa regeneratsiya bo‘lmaydi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin