Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Epiteliy to‘qimasining tasnifi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə15/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Epiteliy to‘qimasining tasnifi:
Kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga asosan qabul qilingan.


Ontofilogenetik tasnif.
Ektodermal – ko‘p qavatli, ko‘p qatorli.
Enterodermal – bir qavatli kubsimon, silindrsimon va bezli.
Selonefrodermal – bir qavatli yassi, kubsimon, prizmatik.
Epekdimoglial – nerv nayidan, miya bo‘shliqlarini egallaydi.
Angiodermal – endoteliy, qon tomirlarini qoplaydi.


Morfologik tasnif:

Epiteliy

1. Bir qavatli 2. Ko‘p qavatli


1.1 Bir qatorli 1.2. Ko‘p qatorli 2.1.O‘zgaruvchan 2.3.Muguzlanadigan



YAssi 2.2. Muguzlanmaydigan
Kubsimon Prizmatik
Prizmatik
(silindrsimon) YAssi
Kubsimon
Kipriksiz Prizmatik
Jiyaksiz Kiprikli
Jiyakli (hilpillovchi)


Bir qavatli epiteliy.

Bir qavatli yassi epiteliy.


Mezoteliy – plevrani, qorin pardani, yurak oldi xaltalarini qoplaydi. Bazal membrana ustida yotgan bir qavatli yassi hujayralardan tuzilgan, hujayra 1-3 ta yadro tutadi, hujayraning yadro saqlovchi qismi bo‘rtib turadi, yuzasida mikrovorsinkalarga ega. Vazifasi – seroz suyuqlikni ajratish va so‘rish, chandiqlar hosil bo‘lishini oldini olish.

Bir qavatli kubsimon epiteliy.


Buyrak kanalchalari, me’da osti bezi va jigarning mayda chiqaruv naylarini, respirator bronxiolalarni, so‘lak bezlarining ba’zi chiqaruv naylarini, tuxumdonni qoplab turadi. Bazal chiziqlilik xarakterli belgidir, plazmolemmaning bazal qismi burmalar hosil qiladi va burmalar orasida mitoxondriyalar to‘plami yotadi. Erkin yuzasida ko‘plab mikrovorsinkalar ko‘rinadi. Vazifasi – so‘rish.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy.
Oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichak, jigarning, me’da osti bezining yirik naylarini, o‘t pufakchani, bachadonni qoplab turadi. Bu baland hujayralar, yadrosi bazal qismda yotadi, hujayra ko‘ndalang kesimida geksagonal ko‘rinishga ega, bir-biriga zich yotadi. Bu epiteliy hujayralarining ichida sekretor (oshqozon va ichakdan shilliq ajratuvchi) va ichakdagi so‘ruvchi enterositlar farqlanadi, enterotsitlarning yuzasida ko‘plab mikrovorsinkalar bo‘lib, ular hujayraning yuzasini kengaytirib turadi. Ularda (jiyakli hoshiyada) oziq moddalarning fermentativ parchalanishi va enterotsitlarga pinositoz yo‘l bilan so‘rilishi yuz beradi, keyinchalik lizosomalar yordamida parchalanadi va qonga transport qilinadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin