Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə13/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Amitoz. Bunda Yаdro o‘zining interfazadagi holatini saqlab qoladi – bo‘linishdagi xromasomaning shakllanishi, bo‘linish dukining paydo bo‘lishi, Yаdrocha va Yаdro qobig‘ining yo‘qolishi ro‘y bermaydi. Ba’zan sitoplazma bo‘linmasdan ko‘p Yаdroli hujayralar hosil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha Yаdro ko‘p bo‘linib fragmentlarga ajralishi kuzatiladi. Odatda amitotik bo‘linish embrion varaqlarida, tuxum hujayra folllikulyar hujayralarida, trofoblast hujayralarida va siydik pufagi epiteliy hujayralarida uchraydi. Patologik holatlarda yallig‘lanish, regeneratsiya va yomon o‘sma hujayralar bo‘linishida ro‘y beradi.
Endomitoz – hujayra Yаdrosida DNK ning ikki va undan ko‘p marta ortishidir. Bu holat mitoz bo‘linish bosqichlarining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, G2 davrning mitotik bo‘linish davriga o‘tishdagi, profaza va metafaza, shuningdek, sitotomiya jarayoni buzilishlari. Endomitozda xromasomalarning o‘zgarishi Yаdro qobig‘i buzilmay ro‘y berishi mumkin. Bunday poliploid hujayralarni jigarda uchratish mumkin. CHunki jigar hujayralari orasida diploid hujayralardan tashqari tetra- va oktoploid hujayralar ham uchraydi. Bunday holat siydik pufagi epiteliy hujayralari, so‘lak bezi atsinotsit hujayralarida, me’da osti bezi va megakariotsit hujayralarida ham uchraydi. Poliploid hujayralarda hujayra o‘lchami kattalashadi va faoliyati ham ortadi.

2-Mavzu.
To‘qimalar. Epiteliy to‘qimasi. Bezli epiteliy, bezlar. To‘qimalar ta’rifi, klassifikatsiyasi. Epiteliy to‘qimasi, uning turlari, tuzilishi. Bir kavatli yassi epiteliy. Bir kavatli kubsimon epiteliy.
Ma’ruza rejasi:
1. To‘qimalar haqida tushuncha.
2. To‘qimalarning tasnifi.
3. Epiteliy to‘qimasi. Umumiy tasnifi.
4. Topografiyasi.
5. Genetik va morfofunksional tavsifi.
6. Turli ko‘rinishdagi epiteliyning tuzilishi va vazifasi.
7. Bezli epiteliy. Ekzokrin bezlarning umumiy xarakteristikasi.


To‘qima haqida tushuncha.
To‘qima – filogenetik taraqqiyot davomida hosil bo‘lgan, ma’lum bir tuzilishga va vazifaga ixtisoslashgan hujayralararo modda va undagi elementlar kompleksiga aytiladi. To‘qimalarning asosiy elementi – xujayralardir, ularning hosilalariga esa xujayra mahsuloti va xujayralararo modda deyiladi. Hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan – simplastlar (ko‘ndalang targ‘il mushak, sinsitiotrofoblastlar) va sinsitiy – takomillashmagan hujayralarning kiprikchalar orqali bog‘lanishi (emal a’zosining pulpasi, jinsiy hujayralar).
Hujayraning maxsulotiga ko‘ra trombotsitlar, epidermisning muguz qavati kiradi. Hujayralararo modda – asosiy modda va tolalardan iborat. Asosiy modda gel, zol yoki minerallashgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tolalar ichida kollagen, elastik va retikulyar turlari farqlanadi. Hujayralar hujayralararo moddada alohida, ma’lum masofada (biriktiruvchi to‘qimada), o‘simtalar bilan bog‘langan (retikulyar to‘qima) yoki hujayra plastlari xosil qilib joylashishi mumkin (masalan, parenximatoz a’zolar, yurak mushagi).
Epiteliy, ichki muxit, mushak va nerv to‘qimalari farqlanadi. SHu to‘qimalrdagi xar bir hujayra o‘zining ma’lum bir strukturasi va funksional belgilariga ega, ularni shu xususiyatlari bilan boshqa to‘qima hujayralaridan farqlash mumkin. Hujayralararo moddalar ham turli tipdagi to‘qimalarda o‘ziga xos tuzilgan. Ba’zida, alohida to‘qimalarning o‘zida hujayralar va hujayralararo moddalarning morfofunksional xususiyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ba’zi to‘qimalar tarkibi turli ko‘rinishlarga ajratiladi. Masalan, ichki muhit to‘qimasini qon va biriktiruvchi to‘qimaga ajralishi mumkin, biriktiruvchi to‘qimaning o‘zini esa yana bir qator ko‘rinishlari mavjud (siyrak, zich biriktiruvchi to‘qima, suyak va tog‘ay to‘qimasi).
A’zolarning tarkibida xamma to‘qimalar bo‘ladi. Ularning ba’zilari a’zoning asosini hosil qiladi (skelet), ularga stroma deb ataladi, boshqalari esa – parenxima deyiladi. Parenxima a’zoning asosiy vazifasini bajaradi. Ko‘p hujayralar boshqa to‘qimalardan bazal membrana (uglevod-oqsil-lipid komponentli) bilan ajralib turadi. Bazal membrana to‘siq va tuzilma xosil qilish vazifalarini bajaradi. U matriks va IV tip kollagendan tuzilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin