Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə12/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Meyoz
Hujayra bo‘linishi
Mitoz. Mitoz boshlanishidan oldin hujayralar o‘zida 46 d-xromosomalar (ikkilangan) saqlaydi. Bular o‘z navbatida ikkita S-xromosomadan yoki xromatiddan tashkil topgan. Mitozda xromatidlarning biri hujayraning bir tomoniga, ikkinchisi qarama-qarshi tomonga tortiladi. Bu ular Yаdroni hosil qiladi, qisman bo‘lsa ham oqsil sintezini boshqaradi. Hujayra ikkiga bo‘linadi va ikkita bir-biriga o‘zshash hujayralar hosil bo‘ladi. Mitoz 1-1,5 soat davom etadi. Mitozning barcha to‘rt bosqichi (profaza, metafaza, anafaza, telofaza) sentriola ishtirokida birin-ketin bir-biriga o‘tib boradi.
Meyozbu jinsiy hujayralarning bo‘linish usulidir. Birinchi bosqichda hujayralar mitotik bo‘linishga uchraydi. Meyozning 1-profazasida hujayra 46 ta xromasoma saqlaydi. Profaza 1 da 5 ta bosqich farqlanadi:

  1. Leptonema – hromasomalar yupqa ip ko‘rinishida bo‘ladi.

  2. Zigonema – bivalentlarning hosil bo‘lishi (gomologik xromasomalarning qo‘shilishi)

  3. Paxinema – bivalentlarning kaltalanishi va yo‘g‘onlashishi, d-xromasomalar ikkilangan ip ko‘rinishiga kiradi.

  4. Diplotena – har bir bivalent ikkita ikki ipli d-xromasomadan tashkil topgan.

  5. Diakinez – bivalent xromasoma qismlari almashinadi, ya’ni ota va ona xromasomalari chalkashishi (krossingover) yuz beradi. Urg‘ochi jinsiy hujayralari (1 tartibli ovotsit) minimum organizm balog‘atga etgunga qadar va maksimum 40-50 yoshgacha shu holatda saqlanadi. Boshqa holatlarda xromasoma anomaliyalari yuz berishi mumkin.

Metafaza va anafaza davrlari mitozning ushbu davrlaridan farqlanadi, ya’ni bunda d-xromasomalar bo‘linmaydi, balki bivalent hromasomalar tarkibidagi hromasomalar bir-biridan itarilib qutblarga tarqaladi. Natijada qiz hujayralarda 23 ta xromasoma qoladi. Metafazada genlar yana ham ko‘proq aralashadi. Meyozning mitozdan 3- farqi meyozning ikkinchi bo‘linish davridan oldin interfazaning S davrlari bo‘lmaydi, hujayra bo‘linishi birdaniga boshlanadi. Natijada qiz hujayralar 23 ta hromasomaga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin