Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Agranulyar yoki silliq endoplazmatik to‘r



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə9/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Agranulyar yoki silliq endoplazmatik to‘r
Mayda vakuola va kanalchalardan iborat bo‘lgan va bir-biriga o‘tib turuvchi membranalar tizimidan tashkil topgan tuzilmadir. Vakuola va kanalchalar diametri 50-100 nm. Odatda silliq EPT hujayrada alohida zona yoki tutam holatida joylashadi. Ba’zan silliq va donador EPT ning bir-biriga o‘tish sohalarini ko‘rish mumkin. Silliq EPT donador EPT dan yoki plazmatik membranadan hosil bo‘ladi deb hisoblanadi. Lekin bunga qaramasdan silliq va donador EPT ning vazifalari turlichadir. Silliq EPT lipidlar, polisaxaridlar va steroidlar metabolizmida ishtirok etadi. Jigar, buyrak usti bezi va urug‘donning interstitsial hujayralarida ko‘p miqdorda uchraydi. Jigar hujayralaridagi silliq EPT turli tashqi ekzogen kimyoviy moddalar metabolizmida, dori moddalarning detoksikatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Ko‘ndalang-targ‘il mushak hujayralaridagi silliq EPT muskullar qisqarishini ta’minlovchi Sa+2 ionlarini yotkazib berad va miofibrillalar atrofini urab turadi.
Lizosomalar
Lizosomalar birinchi marotaba belgiyalik biokimyogar De Dyuv tomonidan 1955 yilda aniqlangan. Lizosomalar bir hujayrali organizmlar va barcha sutemizuvchi hayvonlar buyrak hujayralarida aniqlangan va o‘rganilgan. Lizosoma zarrachalari kattaligi o‘rtacha 0,2-0,4 mkm bo‘lib, dumaloq shaklga ega. Bu tanachalar bir qavatli qalinligi 80 Å bo‘lgan membrana bilan o‘ralgan. Lizosomalar odatda yuqori elektron zichlikka ega. Lizosomalar oqsil, nuklein kislota, polisaxarid va lipidlarni parchalovchi kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosoma fermentlari ichidagi kislotali fosfataza muhim ahamiyatga ega. Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni pinotsitoz va fagotsitoz yo‘li orqali hazm qilinishdir. Masalan, qalqonsimon bez hujayralaridagi lizosoma tireoid gormonni hosil qilishda, urug‘lanishda tuxum hujayraga spermatozoidni kirishi uchun tuxum hujayra qobig‘ini eritishda ishtirok etadi.
Birlamchi, ikkilamchi va qoldiq tanachalar yoki telolizosomalar farqlanadi. Birlamchi lizosomalarga Goldji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolazalarga mo‘l mayda vezikulalar (100 nm) kiradi. Keyinchalik ular fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalar bilan birikib, ikkilamchi lizosomalarni hosil qiladi. Ikkilamchi lizosomalarga sitolizosomalar va autofagasomalar ham kiradi. Autofagasomalar birlamchi lizosomalarni nobud bo‘layotgan mitoxondriya, ribosoma, endoplazmatik to‘r komponentlarini va ba’zi boshqa tuzilmalarni qamrab olishi hisobiga hosil bo‘ladi. Agar moddalar oxirigacha parchalanmasa, lizosoma ichida yig‘ilib qoldiq tanachalarni hosil qiladi. Qoldiq tanachalar qavatli tuzilma bo‘lib, ichida lipofussin pigmenti to‘planadi. Bu tanachalar hujayradan chiqarib yuborilishi yoki butun hayoti davomida saqlanishi mumkin.
Lizosomalarning hosil bo‘lishi Goldji kompleksi va pinotsitoz, hazm vakuolalarini hosil qiluvchi plazmatik membrana bilan bog‘liq. Har xil patologik jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va gidrolazalarning sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi. Organizmning vitamin va gormonal balansining buzilishi lizosoma aktivligi o‘zgarishiga olib keladi.


Peroksisomalar
Peroksisomalar bir qavatli membrana bilan o‘ralgan strukturalar bo‘lib, kattaligi 0,3-1,5 mkm dir. Struktura markazida nukleoid joylashgan. Nukleoid sohasida kristallsimon fibrilla va naychalardan tashkil topgan tuzilmadir. Peroksisomaning muhim fermentlari katalaza, oksidaza, uratoksidaza va boshqalar. Katalaza fermenti zaharli modda bo‘lgan N2O2 ni parchalaydi. Peroksisoma lizosoma kabi endogen va ekzogen hujayra substratlarni parchalab muhim himoya vazifasini bajaradi, yog‘ va uglevod parchalanish reaksilarida ishtirok etadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin