Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Oddiy birikish. Bunday birikish hujayralarni hamma tarafdan o‘rab turadi va o‘ziga xos belbog‘ni hosil qiladi. Plazmatik membranalar bir-biriga parallel yotib, ular orasidagi kenglik 15-20 nm. Glikokaliks makromolekulalar hisobiga hujayralar orasida bog‘lanish vujudga keladi. Bu bog‘lanish mexanik kuchsiz bo‘lib, hujayralararo modda tashilishida ishtirok etmaydi. Oddiy birikishning turli shakllarini uchratish mumkin. Masalan, hujayra yon yuzasidagi interdigitatsiyalar tez o‘zgaruvchan tuzilma bo‘lib, bunda bir hujayraning barmoqsimon sitoplazmatik o‘siqchalari qo‘shni hujayraning xuddi shunday o‘siqchalari orasiga kirib birlashadi. Bunday birikish hujayralararo mustahkam bog‘lanishni vujudga keltiradi. Bunday birikishga kardiomiotsit hujayralarning birlashuvini misol qilib olish mumkin.
Tirqishli tutatish yoki neksuslar. Bu tutashishda ikki qo‘shni hujayralar plazmatik membranalari orasida 2-3 nm kenglikdagi tirqish qoladi. Hujayralar orasidagi masofa 0,5-3,0 mkm. Ikki qo‘shni hujayra plazmatik membranalari konnekson deb nomlanuvchi oqsillar orqali a’loqada bo‘ladi. Bu oqsil hujayralar o‘rtasida ion va makromolekulalar almashinuvini ta’minlovchi kanallar hosil qiladi. Bunday o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘lgan hujayralarga kardiomiotsitlar va gepatotsitlarni misol qilib keltirish mumkin.
Sinapslar – bu bog‘lanish nerv hujayralari uchun xos. Sinaps ikki nerv hujayrasi orasida – neyronlararo sinaps yoki nerv va nerv bo‘lmagan tuzilmalar (nerv-muskul sinapsi) orasida bo‘lishi mumkin. Bunday birikish orqali bir hujayradan ikkinchi hujayraga qo‘zg‘atuvchi yoki tormozlovchi impulslar o‘tkaziladi.
Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari
Ko‘pchilik epiteliy hujayralarning bazal plazmatik membranasi tekis. Lekin suv va ionlarning transportida ishtirok etuvchi hujayralarning bazal plazmatik membranalari tekis bo‘lmay, ko‘pgina burmalar hosil qiladi. Burmalarning kattaligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, buyrak kanalchalarining proksimal qismidagi epiteliy hujayralari, ko‘zning oldingi kamerasi hujayralari, miyaning xoriodal chigali hujayralaridagi burmalar son jihatidan, kam va yuza joylashgan bo‘ladi. Lekin buyrak neyronining distal qismlaridagi hujayralar bazal plazmatik membrana burmasi kuchli rivojlangan. Bazal plazmatik membrana burmasi orasida yirik mitoxondriyalar bor. Bu erdagi bqori aktivlikka ega bo‘lgan adenozintrifosfotaza ionlarining aktiv transportida ishtirok etadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin