Goldji kompleksi 1898 yilda Kamillo Goldji kumush tuzi bilan bo‘yash usulini ishlatib, hujayra sitoplazmasida to‘rsimon tuzilmani aniqladi, keyinchalik bu tuzilma “Goldji kompleksi” deb ataldi. Goldji kompleksi uch qismdan iborat:
YAssi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. YAssi sisternalar ko‘pincha 5-10 ta bo‘lib, bir-biriga yaqin yotadi. Sisterna membranalari markazda bir-biriga yaqin, periferik qismida esa ampulasimon kengaygan bo‘ladi. YAqin sisternalar orasidagi masofa 140-150 Å.
Mayda mikropufakchalar – sisternalar oxirida joylashadi. Mikropufakchalarning diametri 300-500 Å bo‘lib, zich granulalar shaklidadir.
Yirik vakuolalar ham sisternalar va mikropufakchalar singari membranalar bilan o‘ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,3 mkm va ko‘pincha ular yassi sisterna bog‘lamlarining o‘rta qismida, sisternalar orasida va tashqarisida yotadi.
Goldji kompleksi membranalari oddiy biologik membranadan iborat va har xil qismlari bir-biridan hosil bo‘lishi mumkin. Mikropufakchalar yassi sisternalarning oxirgi qismlaridan, yirik vakuolalar esa sisternalar kengayishidan hosil bo‘ladi. Ba’zi ma’lumotlarda keltirilishi bo‘yicha mayda pufakchalar endoplazmatik to‘rga o‘tish qismlaridan hosil bo‘ladi.
Funksional faolligiga ko‘ra hujayra Goldji kompleksining taraqqiy etganlik darajasi turli hujayralarda turlichadir. Goldji kompleksi ko‘pincha ishlamayotgan, ixtisoslashmagan hujayralarda kuchsiz rivojlangan. U Yаdro atrofida yoki hujayra markazi atrofida joylashadi. Endoplazmatik to‘rda sintezlangan moddalar Goldji apparati bo‘shlig‘iga o‘tadi. U joyda konsentratsiyalanib, ma’lum shaklga kirib tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o‘zida sarflanadi. Goldji kompleksi, shuningdek lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda qatnashadi.
Endoplazmatik to‘r va ribosoma Birinchi marta Porter tomonidan aniqlangan (1945 yil). Endoplazmatik to‘r (EPT) membranasida ribosomalar bo‘lishiga qarab donador va silliq endoplazmatik to‘r farq qilinadi. EPT hujayra ichi kanalchalar sistemasidan, vakuolalar va sisternalardan tashkil topgan bo‘lib, devori elementar biologik membrana bilan o‘ralgan. Ular o‘zaro birlashib, murakkab to‘r sistemasini hosil qiladi. EPT bo‘shlig‘i gomogen kam edektron zichlikdagi modda tutadi. EPT etilgan eritrotsitlardan tashqari hamma hayvon hujayralarida topilgan. EPT ning tuzidishi takomil darajasi turlicha bo‘lgan hujayralarda har xil bo‘ladi.
Donador EPT membranasining tashqi qismida ribosomalar (ribonukleoproteid donachalar) bo‘ladi. Ribonukleoproteid donachalari membrana yuzasida rozetka yoki spiral shaklida to‘planmalar hosil qiladi. Sitoplazmada ribosomalar alohida to‘plangan polisomalar holatida ham bo‘lishi mumkin. Polisomalarda asosan hujayraning o‘z faoliyatida sarflanadigan oqsillar, EPT bilan bog‘liq ribosomalarda esa hujayraning o‘z faoliyatida sarflanadigan oqsillar sintezlanadi. Donador EPT oqsilga boy sekret ishlab chiqaruvchi hujayralarda yaxshi rivojlangan, masalan, me’da osti bezi atsinar hujayralari, plazmatik hujayralar, jigar, nerv hujayralari va boshqalar. Spermatozoid, buyrak kanalchalari hujayralarida, leykotsit, ichak kriptasi epiteliy hujayralarida donador EPT kuchsiz rivojlangan. Donador EPT da sintezlangan oqsillar uglevod birikmalari bilan qo‘shilib modifikatsiyaga uchrashi mumkin. SHu bilan birga sintezlangan oqsillar konsentratsiyalanib, yirik sekretor donachalar shakllanishi mumkin (masalan, me’da osti bezida). Donador EPT hujayra membranasi shakllanishida va barcha membrana oqsillari sintezida ishtirok etadi. Lipoproteid to‘plamlarini hosil qiladi. EPR membranasida fosfolipid sintezida qatnashuvchi fermentlar joylashgan.