Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari.
Elektron mikroskopik o‘rganishlar plazmatik membranani murakkab tuzilishga ega ekanini ko‘rsatib berdi. Hujayra qobig‘ining maxsus strukturalari turli xil bo‘lgani uchun hujayraning qaysi qismida joylashganiga qarab 3 ta asosiy turga bo‘linadi. Bular: 1) hujayra ustki yuzasida; 2) yon yuzasida; 3) bazal qismida joylashgandir.
Hujayrani erkin yuzasining maxsus tuzilmalari. Ko‘pgina hujayralar erkin yuzasida – apikal plazmatik membrananing mayda o‘simtalari bo‘lgan mikrovorsinkalar ko‘rinadi. Ko‘pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi. Ingichka ichak hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli joylashgan.
Kiprikchalar – uzunligi 5-10 mkm bo‘lgan hujayra usiqlari bo‘lib, aksonemasi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat. Aksonema tarkibida ATF-aza aktivligiga ega oqsil dinein mavjud. Kiprikcha asosida yotuvchi bazal tanacha va kiprikchilar aksonemasi uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir-biriga davom etuvchi tuzilmani hosil qiladi. Bazal tanacha ko‘ndalang kesimi 9 ta tripletdan hosil bo‘lgan halqadan iborat. Bazal tanachaning har bir tripletidagi ichki ikki naycha distal qismiga tubulin oqsili kelib birikishi natijasida aksonemani o‘sishi ta’minlanadi. Bu ichki juft naychalar dubletlar deyiladi.
Qo‘shni hujayralar yon yuzasidagi maxsus tuzilmalar
Har xil hujayralar yon qismlarida moddalarni diffuziya qilishga to‘sqinlik beruvchi maxsus tuzilmalar joylashadi. Ikki qo‘shni hujayraning apikal yuzasidan boshlanib, yon yuzasiga davom etuvchi, biriktiruvchi kompleks hosil qiluvchi turli ixtisoslashgan hosilalar joylashgan.
Zich birikish. Bevosita hujayralar apikal qirg‘og‘i sohasida hujayra membranasi tashqi qavatlarini bir-biri bilan nuqtaviy qo‘shilishlari mavjud. Hujayralar bir-biri bilan «kavsharlangan» holatda bo‘ladi. Bu o‘z navbatida epiteliyni tanlab o‘tkazuvchanlik hossasini namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Bu sohada, 200 Å kenlikdagi, past zichlikka ega bo‘lgan amorf modda bilan to‘lgan hujayralararo oraliq mavjud. Ikkala hujayraning membranalari bir-biriga qat’iy parallel yo‘nalgan va bu membrana sohasi bilan tutashuvchi sitoplazma zichlashgan. Bunday hujayralararo a’loqa bez va ichak epiteliysi hujayralariga xosdir.
Desmosomalar - ikki qo‘shni hujayralar orasida diametri ~ 0,5 mkm bo‘lgan, belbog‘ ko‘rinishidagi, hujayralararo oraliq (15-20 nm) saqlovchi sohadir. Bu sohada plazmolemmaning sitoplazma tarafida disk shaklidagi, birikuvchi plastinka deyiluvchi, elektron zich hosilalar joylashadi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi. Bir hujayradagi tonofibrillalar ikkinchi hujayraga o‘tishi kuzatilmaydi. Bu sohadagi plazmatik membrana 3 qavatli tuzilmaga ega bo‘lib qoladi. Birlashtiruvchi plastinka va plazmatik membranalar orasi, shu bilan birga birlashtiruvchi plastinkalar ichki yuzasi mukopolisaxarid tabiatli modda bilan to‘lgan. Desmosoma hujayralararo mexanik bog‘lanishni ta’minlaydi. Bunday birikish ichak epiteliysi, buyrak kanalchalari, kardiomiotsitlar, silliq mushak hujayralari va boshqalar uchun xos.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin