Mavzu-11. Yurak qon tomirlar sistemasi. Venalar: turlari, tuzilishi va faoliyati, devori tuzilishining gemodinamik omillarga bog‘liqligi. Limfa tomirlari va limfa kapillyarlarining tuzilishi, faoliyati. Yurak: tarakkiyot manbalari, devorining tuzilishi, o‘tkazuvchi sistemasi xujayralarining tuzilishi va faoliyati.
Mavzu-12. Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolarining umumiy tavsifi. Markaziy qon yaratuvchi a’zolar.
|
Mavzu-13. Qon yaratuvchi va immun a’zolari. Limfa tugunlari: tarakkiyoti, tuzilishi, T va B zonalari, limfa aylanishi, biologik axamiyati. Talok: taraqqiyoti, tuzilishi, qon aylanishining xususiyatlari, faoliyati.
|
Mavzu-14. Endokrin tizim a’zolari. Markaziy endokrin a’zolar: Gipotalamus, gipofiz, epifiz tuzilishi, xujayraviy tarkibi, funksional axamiyati. Periferik endokrin a’zolar tuzilishi.
|
II. Ishchi dastur.
III. Glossariy.
IV. Test savollari.
V. Boshqa hujjatlar.
1-Mavzu.
Sitologiya -xujayra xakidagi fan. Biologik membranalar, plazmolemma, xujayra yuzasi, ultrastrukturasi xujayralararo bog‘lanishlar. Xujayra organellalari va kiritmalari. Yadro, xujayra bo‘linishi, xujayratsikli
Reja:
Sitologiya haqida tushuncha
Hujayra struktur tuzilmalari
Hujayra membranasi
Hujayra qobig‘i
Membranali va membranasiz organoidlar
Yаdro (mag‘iz)
Hujayra bo‘linishi
Sitologiya – hujayralarning tuzilishi, funksiyasi va takomillashishi haqidagi fan. 1839 yilda hujayra tuzilishi to‘g‘risidagi hamma to‘plangan ilmiy ma’lumotlar umumlashtirilib, tahlil qilinib hujayra nazariyasi yaratildi (Shvann va Shleyden). XIX asr oxirlarida ko‘pgina hujayra organoidlari aniqlandi. Hujayra sitoplazma va Yаdrodan tashkil topgan sistema bo‘lib, o‘simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etishi, yangi hujayra hosil qilishi va doimo yangilanib turishi hujayralarning o‘ziga xos xususiyatidir. Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari, simplast, sinsitial tuzilmalar va xujayralararo modda bor. Simplast – hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan xosil bo‘lib, sitoplazmada bir necha Yаdrosi bo‘lgan strukturadir. Bunga ko‘ndalang-targ‘il mushak tolasi, yo‘ldosh epiteliysining trofoblast qavati va boshqalar misol bo‘la oladi. Sinsitiy – bir-biriga chalkashib ketgan va to‘la bo‘linmagan hujayralar to‘plami, o‘siqlari bir-biriga qo‘shilib, to‘r hosil qiladigan hujayralardan tashkil topgan to‘qima tuzilishining bir shakli.
Hujayralararo modda – hujayralar orasida joylashgan bo‘lib, suyuqlik holida (qon, plazma) yoki dirildoq yoki zich konsistensiyaga ega bo‘lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan (siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to‘qima, tog‘ay va suyak to‘qimasi hujayralararo moddasi).
Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra hujayralar har xil shaklga ega emas. Suyuq muhitda hujayralar ko‘pincha o‘zgaruvchan bo‘lib, psevdopodiyalar hosil qiladi. Bularga qon (neytrofillar) va biriktiruvchi to‘qimalarning (makrofaglar) hujayralari kiradi. Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma’lum formagan ega, masalan, plast hosil qiluvchi epiteliy hujayralari yassi, kubsimon, silindrsimon va poligonal shaklda bo‘ladi. Qisqaruvchan mushak hujayralari uzun duksimon shaklga ega. Impuls o‘tkazuvchi nerv hujayralari esa uzun-uzun o‘simtalarga ega bo‘ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi – spermatozoidda harakat qiladigan xivchinlari bor va hokazo. Odam va ko‘pgina sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 5-7 mkm (limfotsitlar)dan 200 mkm (tuxum hujayralari)gacha bo‘ladi. Ko‘rinishi va kattaligi bilan hujayralar bir-biridan farq qilsada, ular ko‘pincha hujayra tuzilishining asosiy belgilarini saqlab qoladi: har bir hujayra o‘z hujayra qobig‘i orqali boshqa hujayralar va oraliq moddadan ajralib tursa, hujayra ichida Yаdro Yаdro qobig‘i orqali sitoplazmadan alohidalanadi. Hujayraning bo‘linish orqali o‘zini-o‘zi tiklash qobiliyati uning muhim xususiyatlaridan biridir.
Har bir hujayrani atrof muhitdan hujayra membranasi (plazmolemma) ajratib turadi va hujayra ikkita asosiy tarkibiy qismdan: sitoplazma va Yаdrodan iborat. Sitoplazma: organellalar, kiritmalar va gialoplazmadan; Yаdro: Yаdrocha, hromatin, Yаdro shirasi va Yаdro qobig‘idan iborat. YOrug‘lik va elektron mikroskop orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib, hujayralarning quyidagi qismlari farqlanadi:
|
Sitoplazma
|
Yаdro
|
Hujayra qobig‘i (sitolemma, plazmolemma)
|
Organellalar
|
Kiritma-lar
|
Gialo-
plazma
|
|
Umumiy organoidlar
|
Xususiy organoidlar
|
Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari:
A) mikrovor-sinkalar
B) kiprik-chalar
|
Mitoxondriya
ELT
Golji kompleksi
Sentrosoma
Lizosoma
|
Tonofibrillalar
Miofibrillalar
Neyrofibrillalar
Mikronaychalar
|
Trofik
Sekretor
Eeskretor
pigment
|
|
1.Yаdro qobig‘i (kariolemma)
2. Xromatin
3. Yаdrocha
4. YAjro shirasi
|
Protoplazma deyilganda Yаdro va sitoplazma strukturasini tashkil qiluvchi moddalar tushuniladi. Odam tanasining 96% 4 - elementdan uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3 foizini tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy bo‘ladi. Mis, marganets, kobalt, rux va boshqa mikroelementlar esa ulardan ham kam bo‘ladi. Sanab o‘tilgan elementlar hujayra tuzilishi va hujayralararo strukturani hosil qiluvchi kimyoviy moddalar (oqsil, yog‘, uglevod, fermentlar va boshqalar) tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |