Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Yаdrocha. Odatda Yаdro bazofil bo‘yaluvchi 1-4 Yаdrocha tutadi. DNK ning Yаdro hosil qiluvchi qismlarida rRNK sintezlanib, bu RNK Yаdrocha sohasida oqsil bilan o‘raladi va ribosoma subbirliklari hosil bo‘ladi. Ular Yаdrochadan chiqib, sitoplazmadagi oqsil sintezida ishtirok etadi. Elektron mikroskopik tadqiqotlar Yаdrocha 2 ta komponentdan: donador (periferik qismida) va fibrilladan (markaziy qismidan) iborat ekanligini ko‘rsatdi.
Hujayra bo‘linayotganda profaza davrida Yаdrocha yo‘qolib ketadi, telofazada esa qayta hosil bo‘ladi.
Yаdro qobig‘i – orasida 20-60 nm ga teng perinuklear bo‘shliq bo‘lgan ikkita membranadan tashkil topgan. Tashqi membrana tuzilishiga ko‘ra donador endoplazmatik to‘rga davom etadi. Ichki membrana esa xromosoma bilan bog‘liq. Yаdro qobig‘ida diametri 80-90 nm bo‘lgan Yаdro teshiklari bo‘ladi. Teshiklar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan globulyar va fibrillyar tuzilmalar bilan bilan to‘lgan. Yаdro teshigi devorini hosil qiluvchi Yаdro qobig‘ida har bir qatori 8 tadan donacha tutgan 3 qator donachalar joylashadi. Bu donachalardan fibrillyar tortmalar chiqib, teshik markazidagi markaziy granulaga kelib birlashadi, o‘ziga xos diafragmani hosil qiladi. Bir Yаdroda taxminan 12 ming teshik mavjud. Teshiklar soni hujayraning funksional aktivligiga bog‘liq. Yаdro teshiklari orqali sitoplazma makromolekulalari bilan almashinuv jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Hujayra sikli – bu hujayra hosil bo‘lgandan to uning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishigacha bo‘lgan davrdir. Hujayra sikli 4 davrni o‘z ichiga oladi.
Mitoz bo‘linish (m) – 1 soat
Interfaza: Presintetik (G1) – 8 soat.
Sintetik (S) – 7 soat
Postsintetik (G2) – 4 soat
Bo‘linishdan keyingi hujayradagi RNK va oqsil miqdori 2 hissa kamayadi. G1 davr hujayrda o‘sish, oqsillar va RNK to‘planishi bilan boshlanadi. S davrda DNK miqdori va xromasomalar soni 2 hissa ortadi. G2 davrda ribosoma tarkibiga kiruvchi rRNK, iRNK, tubulin oqsili sintezlanadi. Hujayra muhim hayotiy jarayonlarni bajarish uchun u yoki bu darajada, ba’zan butunlay interfazaning G1 yoki G2 davridan “chiqishi” kerak bo‘ladi.
Hujayralarni ko‘payishga moyilligi hususiyatiga qarab 3 guruxga bo‘lish mumkin:

  1. Hosil bo‘lgandan boshlab yuqori ixtisoslashgan holatga kelgan va shu sababdan, bo‘linish qobiliyatini yo‘qotgan hujayralar (masalan, nerv hujayralari ).

  2. Ko‘pgina yuqori ixtisoslashgan hujayralar ko‘payish qobiliyatdan mahrum bo‘ladi. Lekin ularda kam ixtisoslashgan va hali bo‘linish va o‘sish qobiliyatini yo‘qotmagan zahira hujayralar to‘plami saqlanadi. Bunday hujayralar kambial yoki o‘zak hujayralar deb ataladi (masalan, ichak epiteliysi, qon va suyak hujayralari).

  3. Ba’zi yuqori ixtisoslashgan hujayralar ma’lum bir sharoitda qaytadan ko‘payish sikliga kirishi mumkin. Bu hujayralar kam holatlarda bo‘linuvchi va uzoq yashovchi hujayralardir (masalan, jigar, endokrin hujayralar)




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin