Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə16/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Ko‘p qatorli epiteliy.
Bu epiteliyni yana yolg‘on ko‘p qavatli deb ham ataladi, chunki yadrolari turli balandlikda joylashganligi uchun ko‘p qavatlilik taassurotini uyg‘otadi. YUqori nafas yo‘lining katta qismini, urug‘ chiqaruv yo‘llarini qoplaydi. Bu erda 4 xil endokrin E, C, P va D hujayralar farqlanadi.


Ko‘p qavatli epiteliy.


Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy.
Og‘iz bo‘shlig‘ini, qizilo‘ngachni, qinni va ko‘z muguz pardasini qoplaydi. Uch qavat hujayralardan hosil bo‘ladi. Birinchi qavat silindr shaklidagi hujayralar, keyingi qavat poligonal uchinchi qavat esa yassi hujayralardan iborat. Bazal va tikanaksimon qavatda ko‘payish yuz beradi, ko‘plab mitoz shakllar kuzatiladi. Bu erda juda ko‘p erkin nerv oxirlari bor.


Ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy.
Teri qoplamasi – tashqi tomonini hosil qiladi, tez yangilanib turiladi, kaft va tovonda (qalin teri) besh qavat, qolgan sohalarda esa 4 qavat hujayralardan iborat. Keratin qavati hisobiga kuchli mexanik ta’sirlarga yahshi qarshilik ko‘rsatadi. Eng ichki bazal qavatda bo‘linayotgan hujayralar ko‘rinadi. Keyingi bir necha qator hujayralar tikanaksimon qavatni hosil qiladi. Bu erda hujayralar bir-biridan atin hisobiga ajralib turadi, lekin ma’lum sohalardagi hujayralar desmosomalar bilan bog‘langan, fiksatsiyada bir-biridan ajralib ketmaydi, shuning uchun butun plast ma’lum bir ko‘rinishda nomayon bo‘ladi. Bazal va tikanaksimon qavatlarda melanotsitlar, dendrotsitlar, Langergans hujayralar va limfotsitlar uchraydi. Keyingi qavat donador qavat bo‘lib, bu qavat hujayralarida keratoglialin donachalari alohida ajralib turadi. YAltiroq qavat yassi hujayralardan hosil bo‘ladi, bu qavat eleidin hisobiga kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Eleidin – keratoglialinning tonofibrillari bilan hosil qilgan kompleksidir. Eng yuqori qavat muguz qavat deyiladi. U terini termik va mexanik ta’sirlardan himoya qilib turadi. Undan keyin tushib ketuvchi qavat keladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin