Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə28/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Limfotsitopoez
Quyidagi bosqichlar farqlanadi:

  • o‘zak hujayra

  • yarim o‘zak hujayra (leykopoezning boshlang‘ich hujayrasi)

  • unipotent hujayra (limfopoetinga sezgir)

  • limfoblast

  • prolimfotsit

  • limfotsit

Limfotsitopoez uch bosqichga bo‘linadi: suyak ko‘migi bosqichi – T- va V- limfotsitlarning boshlang‘ich hujayrasining hosil bo‘lishi; antigenga bog‘liq bo‘lmagan takomillashishi (markaziy immun a’zolarida ro‘y beradi, limfotsitlar bu paytda faqat antigenga qarshi orttirilgan turli retseptorlar natijasida antigenlarni tanib olish xususiyatiga ega bo‘ladi); antigenga bog‘liq ravishda takomillashish (periferik limfoid a’zolarida antigenlar bilan kontakt bo‘lganidan so‘ng ro‘y beradi, bu paytda 3 ta T-limfotsitlarning subpopulyasiyasi hosil bo‘ladi: killerlar, xelperlar va supressorlar). Immun reaksiyalarda etuk T- va V-limfotsitlar antigenlar ta’siri ostida faollashadi, blast formalaridan transformatsiya bo‘ladi (blasttransformatsiya), ko‘payadi, takomillashadi va turli populyasiyadagi immunotsitlarni hosil qiladi (T-killerlar, T-xelperlar, T-supressorlar, T- va V-“eslab qoluvchi” hujayralar, plazmotsitlar). V-limfotsitlarning faollashuvi nafaqat antigenlar ta’sirida ro‘y beradi, balki albatta makrofaglar va T-xilperlar ishtirokida amalga oshadi. YA’ni, immun reaksiyalarda gumoral immunitet hosil bo‘lishi uchun T-limfotsitlar (xelper, supressor), V-limfotsitlar, makrofaglar va plazmotsitlar kooperatsiyasi muhim. Gumoral immunitetning intensivligi V-limfotsitlarga ta’sir etuvchi T-xelper va T-supressorlarning limfokinlari tomonidan boshqariladi.
SHunday qilib, T- va V-limfotsitlar limfopoezda hosil bo‘lish davomida bo‘linish xususiyatini saqlab qoladi, bu esa immun reaksiyalarda juda muhim.
Monotsitopoez
Monotsitlarning rivojlanish bosqichlari:

  • o‘zak hujayra

  • yarim o‘zak polipotent

  • unipotent hujayra

  • monoblast

  • promonotsit

  • monotsit

Bo‘linish va takomillashish jarayonida xujayra o‘lchami kattalashadi, yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga kiradi, lizosomalar soni oshadi (azurofil donachalar).


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin