Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə29/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

5-Mavzu.
Biriktiruvchi to‘qima. Asl biriktiruvchi to‘qima. Maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi to‘qima. Biriktiruvchi to‘qimalar, umumiy tavsifi, turlari. Siyrak biriktiruvchi to‘qimalari, xujayralari, xujayralararo moddalari, tuzilishi, axamiyati

1. Umumiy tasnifi.


2. Klassifikatsiyasi.
3. Siyrak biriktiruvchi to‘qima: hujayralararo modda,
hujayralar.

1. Xususiy biriktiruvchi to‘qima barcha a’zo va to‘qimalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, a’zolarning asosini (stromasini) qobig‘ini hosil qiladi. Qon tomirlarning atrofini o‘raydi va hujayralararo modda rolini bajaradi: masalan, mushak to‘qimasida. Biriktiruvchi to‘qima hujayralar o‘rnida boshqa to‘qimalarni ushlab turadi, tayanch vazifasini bajaradi, tana butunligini ta’minlaydi va boshqa ko‘plab vazifalarni bajaradi. Xususiy biriktiruvchi to‘qima tananing turli strukturalarini bir-biri bilan bog‘lab turadi. YOg‘ to‘qimasi – biriktiruvchi to‘qimaning erkin qismlarini to‘ldirib, yog‘ zaxirasini saqlash va amortizatsiya vazifalarini bajaradi. Biriktiruvchi to‘qimada hujayra elementlariga nisbatan hujayralararo modda ko‘pligi alohida ajralib turadi.


Patologik jarayonlarning rivojlanishida faol ishtirok etadi (yallig‘lanishda, sklerotik jarayonlarda, revmatizmda, suyak va bo‘g‘im kasalliklarida).

2. Biriktiruvchi to‘qima: xususiy biriktiruvchi, maxsus xususiyatga ega bo‘lgan va skelet (tog‘ay va suyak) to‘qimalariga bo‘linadi.


Klassifikatsiyalash uchun hujayralar va hujayralararo modda o‘rtasidagi munosabat asos qilib olinadi.

Unda turli hujayralar farqlanadi, hujayralar zich joylashmagan, ular orasida tolalari turli yo‘nalishda joylashgan hujayralararo modda mavjud.




Joylashish: hamma joyda – a’zolar orasida va ularning ichida, qon tomirlarni, nervlarni, mushak va fassiyalarni o‘rab turadi.
Hujayralararo modda – tolalardan va asosiy amorf moddadan tuzilgan.
10 mkm gacha bo‘lgan keng tolalar kollagen oqsili tutadi va kollagen tolalar deyiladi. Ular parallel joylashgan kollagen fibrillalardan hosil bo‘ladi. Mikroskop ostida har 64 nm oraliqda ko‘ndalang targ‘illik ko‘rinadi. Kollagen tolalarning kimyoviy komponentlari – fibrillyar kollagen oqsil, glikozaminoglikan va proteoglikanlardir. Kollagen tolalar struktur hosil bo‘lishining 4 ta bosqichi farqlanadi:
1) molekulyar – polipeptid bog‘li kollagen molekulasi;
2) molekula usti – kollagen molekulasi protofibrillalardan hosil bo‘ladi;
3) protofibrillalar 11-12 nm qalinlikdagi mikrofibrillalardan hosil bo‘ladi;
4) fibrillyar yoki tolali – tolalarning mikrofibrillalaridan glikozaminoglikanlar va proteoglikanlar yordamida shakllanishi.
12 tip kollagen farqlanadi, ular bir-biridan miqdori va aminokislotalari joylashishining ketma-ketligi bilan farqlanadi.
Ularning asosan 4 tipi o‘rganilgan:
I – xususiy biriktiruvchi to‘qimada, suyak to‘qimasida, jigar kapsulasida, oqsil pardada, tishda (dentin, pulpa va periodont), muguz pardada, yoy pardada uchraydi;
II – gialin tog‘ayda, umurtqalararo diskning fibroz xalqasida, ko‘z shishasimon tanasida;
III – homila terisida, retikulyar tolalar, qon tomirlar ichidagi ingichka tolalar, oqsil pardadagi, dentindagi, pulpadagi ingichka tolalar;
IV – bazal membranada, gavhar kapsulasida uchraydi.
Elastik tolalar – nisbatan ingichka 1 mkm gacha diametrda, yaxshi cho‘ziluvchan va avvalgi holiga engil qaytuvchi, xuddi rezina lentaga o‘xshash bo‘ladi. Kollagen tolalar juda pishiq, to‘lqinsimon, shuning uchun to‘qimalarning ozgina ozgina cho‘zilishini ta’minlaydi, lekin to‘qimalar faqat to‘g‘rilangunicha, shuning uchun ular siyrak biriktiruvchi to‘qimaning cho‘zilishi bilangina chegaralanadi. Elastik tolalar esa to‘g‘ri va harakatda cho‘ziluvchan, ular cho‘zilgan siyrak biriktiruvchi to‘qimaning avvalgi holatiga qaytishini ta’minlay oladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin