Ko‘ks oralig‘ i – mediastinum o‘ng va chap plevra xaltalari oralig‘ ida
Ko‘ks oralig‘ i – mediastinum o‘ng va chap plevra xaltalari oralig‘ ida
joylashgan a’zolar majmuasidir. Ko‘ks oralig‘i a’zolari o‘zida tomir va
nervlarni tutuvchi kletchatka bilan o‘ralgan. Ko‘ks oralig‘ i oldingi tomondan
to‘sh suyagi va qisman qovurg‘a tog‘aylari, orqa tomondan ko‘krak umurtqalari
va umurtqa oldi hamda ko‘krak ichi fassiyasi, yon tomonlardan – o‘ng va chap
mediastinal plevralar va ular bilan birga sagittal yo‘nalishda joylashgan ko‘krak
ichi fassiyasining ko‘ks oralig‘i varaqalari orqali chegaralangan.
Ko‘ks oralig‘i yuqori tomonda ko‘krak qafasining yuqori teshigigacha
(apertura thoracica superior), pastki tomonda diafragma va uning
fassiyasigacha davom etadi.
Yuqorigi ko‘ks oralig‘ida oldingi va orqa bo‘limlar tafovut etilib, ular
orasidagi chegarani traxeya hosil qiladi. Oldingi bo‘limda ayrisimon bez, o‘ng
va chap yelka-bosh venalari, yuqori kavak venaning yuqori qismi, aorta ravog‘i
va undan chiquvchi tomirlar – yelka-bosh o‘zani, chap uyqu va chap o‘mrov
osti arteriyalari, adashgan nervlar va diafragma nervlari joylashgan. Orqa
bo‘limda, traxeyaning orqasida qizilo‘ngach, ko‘krak limfa yo‘li hamda
simpatik nerv poyalarining yuqorigi qismlari o‘rin olgan.
Pastki ko‘ks oralig‘ida uchta bo‘lim tafovut etiladi:
1) to‘sh suyagi tanasi bilan perikardning oldingi devori orasidagi oldingi bo‘lim; unda ko‘krak ichi tomirlari, to‘sh atrofi, oldingi ko‘ks oralig‘i va preperikardial limfa tugunlar joylashadi;
2) o‘rta bo‘limda perikard va unga o‘ralgan yurak hamda yurakning asosidagi yirik qon tomirlari, yuqoriroqda bosh bronxlar va pastki traxeobronxial hamda perikardning lateral limfa tugunlari, o‘pka arteriyalari va venalari, diafragma nervlari va ularni kuzatib boruvchi diafragma-perikard tomirlari joylashadi;
perikardning orqa devori bilan V-XII ko‘krak umurtqalari oralig‘idagi orqa bo‘limda ko‘krak artasi, toq va yarim toq venalar, simpatik nevr poyalari, ichki a’zolar nervlari (nn.splanchnici), adashgan nervlar, qizilo‘ngach, ko‘krak limfa yo‘lining pastki qismlari hamda orqa ko‘ks oralig‘ i va umurtqa oldi limfa tugunlari joylashadi.
Ko‘ks oralig‘ining shakli va kattaligi hamma joyda ham bir xilda emas.
Ko‘ks oralig‘ining shakli va kattaligi hamma joyda ham bir xilda emas.
Bunga qo‘yidagilar sabab bo‘ladi:
- birinchidan, to‘sh suyagi bilan umurtqa pog‘onasi orasidagi masofa pastki tomonda yuqoridagiga nisbatan kattaroq bo‘lgani uchun – ko‘ks oralig‘ ining sagittal o‘lchami pastga tomon kattalashib boradi;
- ikkinchidan, to‘sh suyagining balandligi umurtqa pog‘onasi ko‘krak bo‘limining balandligidan kichikroq bo‘lgani sababli ko‘ks oralig‘ining oldingi qismi orqa qismiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi;
- uchinchidan, plevraning o‘ng va chap mediastinal varaqlari bitti sagittal tekislikda joylashgan bo‘lib, bu varaqlar yuqorida va ayniqsa, pastki tomonda yurak, yirik tomirlar va boshqa anatomik tuzilmalarni o‘rash uchun bir-biridan uzoqlashadi, o‘pka ildizi sohasida esa bir-biriga yaqinlashadi. Shu sababli ko‘ks oralig‘i frontal tekislikda qumli soat shaklini eslatadi.