Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Zich biriktiruvchi to‘qima



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə37/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Zich biriktiruvchi to‘qima.
Shakllangan va shakllanmagan turlarga bo‘linadi. Zich biriktiruvchi to‘qimada tutamlar hosil qilgan zich shoxlangan kollagen tolalar ko‘proq bo‘lib, asosiy modda kam miqdorda va ikki xil hujayraga ega.
Zich shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimada kollagen tolalar tutamlari bir tekislikda, lekin turli yo‘nalishda va tartibsiz joylashgan. Bu erda ular tolalar bo‘ylab tortilishini ushlab turadi. Dermaning to‘rsimon qavati xuddi shunaqa to‘qimadan iborat, lekin bu erda kollagen tolalari har xil va turli yo‘nalishda joylashadi. Derma tortilishi har tomondan ushlab turadi. Xuddi shu zich shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan ba’zi a’zolarning kapsulalari hosil bo‘ladi: masalan, taloq, limfa tugunlari. SHu kapsulalardan to‘qima a’zo ichiga botib kiradi va to‘siqlar (septalar) hosil qiladi.
Zich shakllangan biriktiruvchi to‘qimalarda kollagen tolalar bir tekislikda va bir xil yo‘nalishda joylashadi. Bu to‘qima juda mustaxkam, kuchli tortilishlarni ushlab turadi. Ularda asosan fibrotsit hujayralar bo‘lib, ular kollagen tolalarning parallel tutamlari orasida joylashadi. Zich shakllangan to‘qimalardan tog‘ay usti pardasi, suyak usti pardasi, miyaning qattiq pardasi, tuxumdon va urug‘donning oqsil pardasi, ko‘zning oqsil pardasi (sklera), boylamlari, aponevrozlar, fassiyalar hosil bo‘ladi.
Nisbatan tartibli va pishiq kollagen tolalar paylarda joylashadi.


Pay. Embrional davrda paylar fibroblastlarning zich tortmalaridan hosil bo‘lib, ular bir tekislikda yotadi. Fibroblastlar ko‘payadi, bir qatorda joylashadi va kollagen sintezlaydi. Paylarda: I, II, III tartibdagi tutamlar farqlanadi. Birlamchi tartibdagi tutamlar fibrotsit qatlami bilan ajralib turadi, bu hujayralar pay hujayralari deb ataladi. Bir nechta birlamchi tartibdagi tutamlar siyrak biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralib, ikkilamchi tartibdagi tutamlarni hosil qiladi.
Siyrak biriktiruvchi to‘qimali qatlamdan (endotenoniy) mayda qon tomirlar, nervlar va nerv oxirlari (nerv-nay duki) uchraydi. Bir qancha ikkilamchi tartibdagi tutamlar birlashib, uchlamchi tartibdagi tutamlarni hosil qiladi, bu tutamlar nisbatan qalin biriktiruvchi to‘qimali qatlam bilan (peritenoniy) o‘raladi. Bu qatlamda yirik qon tomirlar uchraydi. Butun payni o‘rab turgan biriktiruvchi to‘qimali parda epitetoniy deb ataladi.
Payning suyak yuzasi bilan tutashgan joyi – qin – parda bilan tugab, u 2 qavatdan tashkil topgan: tashqi pardasi atrof to‘qimalar bilan bog‘langan. Ichkisi payga qattiq yopishib turadi. Bu qavatlar orasida ma’lum bo‘shliq bo‘lib, u gialuron kislota saqlovchi shilliq bilan to‘lib turadi.
Paylarda regeneratsiya yaxshi ro‘y beradi, turli jarohatlarda ichki pardaning fibroblastlari hisobiga yoki atrofdagi siyrak biriktiruvchi to‘qima hisobiga yaxshi tiklanadi. Ularda proliferatsiya, kollagen sekretsiyasi kuchayib, jarohatlangan sohani tez bitiradi. Paylarning suyak bilan birlashgan joyidagi kollagen tolalari, tutamlari suyak ichiga o‘sib kiradi va SHarpey tolalari deb ataladi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin