Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə34/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Adventitsial hujayralar. Kam differensiallashgan hujayralar bo‘lib, peritsitlar tashqarisida joylashadi. Ularni biriktiruvchi to‘qima hujayralararo moddasi o‘rab turadi. YAssi shaklga ega, sitoplazmasi kuchsiz bazofil, organellari kam. Taxminlarga ko‘ra, ular fibroblastlarga, miofibroblastlarga, adipotsitlarga aylanishi mumkin.
Ayrimlar, ularning mavjudligini rad etib, fibroblast hujayralarga kiritadilar.


Retikulyar hujayra – retikulyar tola hosil qiladi, tolalar bilan birgalikda retikulyar hujayralar retikulyar to‘qimasini hosil qiladi. Ular esa maxsus xususiyatga ega bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima tarkibiga kiradi. Retikulotsitlar – o‘simtali hujayralar bo‘lib, ularning o‘simtalari bir-biri bilan retikulyar tolalar bilan birikadi. Retikulyar hujayralar fagotsitoz xususiyatga ega. Bu yirik hujayralar noto‘g‘ri shaklda va sitoplazmasi oqish rangda bo‘yaladi. Sekin tiklanadi, immun reaksiyalarda ahamiyatga ega.


Pigment hujayralar – melanin to‘planadi va sintez qiladi, organizmni ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi. Qisqa doimiy bo‘lmagan o‘simtalar hosil qiladi. Ektoderma hosilasi bo‘lgan nerv qirralaridagi hujayralardan hosil bo‘ladi. Ular nafaqat biriktiruvchi to‘qimada uchraydi, balki nerv va epiteliy to‘qimalarida ham joylashishi mumkin.
Siyrak biriktiruvchi to‘qimada qondan ko‘chib o‘tgan leykotsitlar uchrashi mumkin, asosan yallig‘lanish va immun jarayonlarda ishtirok etadigan neytrofil va limfotsitlar shular jumlasidandir.

6-Mavzu.
Biriktiruvchi to‘qima. Asl biriktiruvchi to‘qima. Maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi to‘qima. Zich tolali va maxsus xususiyatga ega bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimalar: yog’ retikulyar, pigment va shilliq to‘qimalar, tuzilishi.

1. Zich biriktiruvchi to‘qima: shakllanmagan, shakllangan.


2. Maxsus xususiyatga ega to‘qimalar.

1. Xususiy biriktiruvchi to‘qima barcha a’zo va to‘qimalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, a’zolarning asosini (stromasini) qobig‘ini hosil qiladi. Qon tomirlarning atrofini o‘raydi va hujayralararo modda rolini bajaradi: masalan, mushak to‘qimasida. Biriktiruvchi to‘qima hujayralar o‘rnida boshqa to‘qimalarni ushlab turadi, tayanch vazifasini bajaradi, tana butunligini ta’minlaydi va boshqa ko‘plab vazifalarni bajaradi. Xususiy biriktiruvchi to‘qima tananing turli strukturalarini bir-biri bilan bog‘lab turadi. Yog‘ to‘qimasi – biriktiruvchi to‘qimaning erkin qismlarini to‘ldirib, yog‘ zaxirasini saqlash va amortizatsiya vazifalarini bajaradi. Biriktiruvchi to‘qimada hujayra elementlariga nisbatan hujayralararo modda ko‘pligi alohida ajralib turadi.


Patologik jarayonlarning rivojlanishida faol ishtirok etadi (yallig‘lanishda, sklerotik jarayonlarda, revmatizmda, suyak va bo‘g‘im kasalliklarida).
2. Biriktiruvchi to‘qima: xususiy biriktiruvchi, maxsus xususiyatga ega bo‘lgan va skelet (tog‘ay va suyak) to‘qimalariga bo‘linadi.
Klassifikatsiyalash uchun hujayralar va hujayralararo modda o‘rtasidagi munosabat asos qilib olinadi.
Unda turli hujayralar farqlanadi, hujayralar zich joylashmagan, ular orasida tolalari turli yo‘nalishda joylashgan hujayralararo modda mavjud.
Joylashish: hamma joyda – a’zolar orasida va ularning ichida, qon tomirlarni, nervlarni, mushak va fassiyalarni o‘rab turadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin