Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə32/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Makrofaglar.
Qonning monotsitlaridan hosil bo‘ladi, yolg‘on oyoqchalari (psevdopodiyalari) yordamida migratsiyalanadi. Ularning turli shakllari mavjud, sitolemmasida ma’lum bir zarralarni, bakteriyalarni, yaqinlashgan hujayralarni qamrab oluvchi burmalari mavjud. Bu vaqtda katta bo‘lmagan vakuol – fagasoma hosil bo‘ladi. Ular to‘planadi, birlamchi lizosomalar bilan qo‘shilib, parchalanadi.
Makrofaglar immun reaksiyalarda ishtirok etib, antigenlarni yutadi va hosil bo‘lgan materialni T- va V – limfotsitlarga uzatadi, bu esa immun reaksiyadagi T- va V – limfotsitlarni proliferatsiya va differensirovkasini stimullaydigan ta’sir ko‘rsatadi. Fagotsitozlangan antigenlar kuchli fagotsitlanmaganlariga nisbatan kuchli immun reaksiya chaqiradi. Plazmolemma yuzasida o‘sma hujayralar, eritrotsitlar, T va V – limfotsitlar, antigenlar, immunoglobulinlar uchun retseptorlar mavjud. Makrofaglarda 1 ta yadro, ko‘plab lizosomalar, fagosomalar, pinotsitoz pufakchalari, kam miqdorda mitoxondriyalar, donador EPT, Goldji apparati, lipid, glikogen kiritmalar va boshqalar uchraydi. Ular interferon, lizotsim, pirogenlar, proteazalar, nordon gidrolazalar ishlab chiqaradi, bular esa himoya vazifasini bajaradi. Bundan tashqari - mediatorlar – monotsitlar ishlab chiqaradi: interleykin I, limfotsitlarda DNK sintezini aktivlovchilar, immunoglobulinlarning ishlab chiqarishini aktivlovchi omillar, T- va V – limfotsitlar differensiallashishini stimullovchi omillar. Makrofaglar nafaqat siyrak biriktiruvchi to‘qimada uchraydi, balki qon hosil qiluvchi a’zolarda, jigarda (Kupfer hujayrada), o‘pkada (alveolyar makrofag), nerv to‘qimasida (mikrogliya), suyak to‘qimasida (osteoklastlar), seroz pardada (peritoneal va plevral makrofaglar). Bu hujayralar – makrofag sistemasi tarkibiga kiradi.


To‘qima bazofillari – semiz hujayralar, labrotsitlar.
Mayda qon tomirlar bo‘ylab, ichki organlar epiteliysi ostidan biriktiruvchi to‘qimada joylashadi. Sitoplazmasida maxsus donachalar saqlaydi. Bu hujayralar maxalliy gomeostazni boshqaradi, qonning ivishini kamaytiradi, qon-to‘qima to‘sig‘i o‘tkazuvchanligini oshiradi, yallig‘lanish jarayonlarida va immun reaksiyalarida ishtirok etadi. Ular noto‘g‘ri yoki yumaloq shaklga ega, ularning donalari metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Donalarida geparin – sulfatlangan glikozaminoglikan saqlanadi, shuning hisobiga hujayrada metaxromaziya kuzatiladi; gistamin –gistidining hosilasi bo‘lib, anafilaktik reaksiyada hujayradan tashqariga chiqadi va allergik reaksiya chaqiradi; serotonin – silliq mushak to‘qimasining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ultrastruktura – yumaloq yadro, qisqa sitoplazmatik o‘simtali noto‘g‘ri shakldagi hujayra, ko‘plab mitoxondriya, kam miqdorda donador endoplazmatik to‘r, unchalik ko‘p bo‘lmagan silliq EPT, Goldji kompleksi yaxshi rivojlangan. Donalar geterogen, to‘rsimon qavatli, kristallsimon va aralash tuzilishga ega. Sitoplazmada quyidagi fermentlar saqlanadi: lipaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, peroksidaza, sitoxromoksidaza, ATF-aza, markerli ferment – gistidindekarboksilaza, bu ferment gistaminning hosil bo‘lishida qatnashadi. Taxmin qilinishicha, bu hujayralarning rivojlanish manbai bo‘lib qonning o‘zak hujayralari hisoblanadi, ular peritsitlardan hosil bo‘lishi ham mumkin.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin