Plazmotsitlar – immun sistemaning effektor hujayralari bo‘lib, V-limfotsitlardan hosil bo‘ladi, antitelolar ishlab chiqarib, gumoral immunitetni ta’minlaydi. Ichak shilliq qavati xususiy plastinkasining siyrak biriktiruvchi to‘qimasida, charvida, taloqda, limfa tugunlarida, suyak ko‘migida uchraydi. Hujayralar yumaloq shaklda, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamda, ko‘plab ribosoma hisobiga sitoplazma bazofil, donador endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan. Sitoplazmaning deyarli hamma qismini yadro atrofini konsentrik qavat hosil qilib to‘ldirib turadi. YAdroning oldida uncha katta bo‘lmagan tiniq soha bo‘lib, hujayra markazi va Goldji kompleksini tutadi.
Adipotsitlar.
Hujayralar, yog‘ zaxirasini tuplab, energiya hosil bo‘lishiga sarflanadi. Gurux-gurux bo‘lib yoki alohida bo‘lib joylashadi, ko‘plab to‘planib yog‘ to‘qimasini hosil qiladi va maxsus xususiyatga ega bo‘lgan to‘qimaga taaluqli hisoblanadi. Hujayralar sharsimon shaklga ega, yog‘ning bitta katta tomchisi atrofida yupqa sitoplazma xalqasi, yadro, mitoxondriya, pinotsitoz pufakchalar bo‘ladi.
Ulardagi neytral lipidlarning glitserin va yog‘ kislotalarigacha parchalanishi lipaza fermenti yordamida amalga oshadi. Bu hujayralar to‘yib ovqatlanlanganda tomirlar atrofidagi adventitsial hujayralardan hosil bo‘ladi.
Peritsitlar – perivaskulyar hujayralar bo‘lib, o‘simtalarga ega. Ular kapillyar endoteliysi bazal membranasining yoriqlarida joylashadi. Ular mezenxima hujayralarining xususiyatlarini o‘zida saqlaydi. Taxmin qilinishicha, bu hujayralar osteoblastlar, silliq mushak hujayralari, fibroblastlar va semiz hujayralarning hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Endoteliy hujayralari – embrional davrda qon hujayralari atrofidagi mezenxima hujayralaridan rivojlanadi, nay hosil qiladi, ularning keyingi proliferatsiyasi qon tomirlarni o‘sishini ta’minlaydi. YA’ni ular qon tomirlarning ichki yuzasini qoplaydi. Ular mustaxkam hujayralararo modda bilan birlashib turadi, lekin tor yoriqlar mavjud bo‘ladi, shu yoriqlardan katta bo‘lmagan molekulalar o‘tib, qon plazmasining katta oqsillari ushlanib qoladi. Sitoplazmaning ayrim joylarida teshiklar kuzatiladi, ular yupqa diafragma bilan bekilib turadi.
Endoteliy hujayralari bo‘linish xususiyatini saqlab qolgan. Sitoplazmaning chekka qismlarida pinotsitoz pufakchalar va kaveolalar, ko‘p bo‘lmagan organellalar, mikrofilamentlar bo‘ladi. Ular sitoskelet hosil qiladi va organellalar harakatini ta’minlaydi, ko‘p bo‘lmagan mikrovorsinkalar uchraydi.