Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə41/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Osteotsitlar – keng tarqalgan suyak hujayralaridir. Ular bo‘shliqlarda joylashgan bo‘lib, o‘simtalari har bir suyak plastinkalarini teshib utuvchi suyak kanalchalarida yotadi. Suyak kanalchalarining miqdori juda ko‘p, ular o‘zaro anastamozlar hosil qilib, butun suyak to‘qimasi bo‘ylab tarqalgan. Ular perivaskulyar soha bilan tutashib, oziq moddalarning transportini, hujayralar va hujayralararo moddalarning almashinuvini ta’minlaydi. Osteotsitda sust rivojlangan donador endoplazmatik tur, kam miqdorda mitoxondriyalar, lizosomalar uchraydi. Bu hujayrada sentriola topilmagan. SHunday qilib osteotsitlar moddalar almashinuvida ishtirok etadi va bu hujayralar bo‘linmaydi, ular osteoblastlardan hosil bo‘ladi.
Osteoklastlar – tog‘ayni (suyak to‘qimasi rivojlanishida), suyak to‘qimasini (yoshga qarab o‘zgarishida, regeneratsiyasida) emirishda ishtirok etadi. SHakllangan suyak to‘qimasida ular uchramaydi. Osteoklastlar nisbatan yirik (100 mkm) hujayralar bo‘lib, ko‘p yadroli (3-5-7 va undan ko‘prok), oval shaklda. Sitoplazmasi atsidofil, unda emiruvchi xoshiya, tiniq, vezikulyar va bazal sohalar tafovut qilinadi.
Emiruvchi xoshiya – osteoblastlarning faol periferik sohasi bo‘lib, bu erda atrof suyak to‘qimasining emirilishi kuzatiladi. Bu hoshiyalar mikrovorsinkalarni eslatib, plazmolemmaning sitoplazmatik o‘simtalari sifatida namoyon bo‘ladi. Hoshiya yuzasidan N+ ajraladi, ular kislotali muhitni hosil qilib, kalsiy tuzlarini eritadi. Bundan tashqari bu erga proteaza, kollagenaza va boshqa fermentlar ajralib, suyak to‘qimasining organik moddalarini emiradi.
Osteoklastning tiniq sohasi – suyak matriksiga zich tegib turadi. Bu N+ va proteolitik fermentlar uchun tor muhitni hosil qiladi. Hujayra sitoskeletining tarkibiga kiruvchi ko‘plab faol mikrofilamentlar suyak yuzasiga zich kontakt hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Vezikulyar soha ko‘plab lizosomalar tutadi. Bazal sohada yadro va organellalar joylashgan.


Suyak a’zo sifatida: 1) suyak tukimasi, 2) suyak usti pardasi, 3) suyak ko‘migi, 4) qon tomirlar va nervlardan iborat.
Suyak usti pardasi tashqi fibroz va ichki hujayrali (kambial) qavatlarga ajraladi. Ichki qavatda osteoblast va osteoklast hujayralari mavjud. Suyak usti pardasi ostida, shakllangan suyaklarda plastinkasimon (g‘ovak yoki kompakt) suyak tukimasi joylashgan.
Yassi suyaklarda va naysimon suyakning epifiz qismida plastinkalar tartibsiz joylashgan, to‘siqlar hosil qilgan. Bu g‘ovak suyaklar xisoblanadi. Naysimon suyaklarning diafiz kismida plastinkalar bir-biriga zich tegib turadi va kompakt suyakni hosil qiladi.
Bunday suyaklarning ko‘ndalang kesimida farqlanadi:
1. Suyak usti pardasi.
2. Tashqi umumiy yoki general plastinkalar
3. Osteonlar.
4. Oraliq yoki qo‘shimcha plastinkalar.
5. Ichki umumiy yoki general plastinkalar
6. Endost (ichki fibroz plastinka).

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin