Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə49/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Gistogenez.
Nerv to‘qimasinig taraqqiyot manbai-ektoderma va uning xosilalari :nerv nayi va nerv tojlaridir. Migratsiyaga uchramaydigan nerv nayining ichki hujayralari ependima hujayralarining o‘tmishdoshi bo‘lib, keyinchalik orqa miya va miya qorinchalarini qoplaydi. Glial hujayralari astrotsit va oligodendrogliotsitlarni o‘tmishdoshi erkin spongioblastlar (migratsiya kiluvchi) va neyronlarni o‘tmishdoshi neyroblastlar nerv nayining o‘rta qavatini xosil qiladi. Nerv tojlari hujayralari lateral va ventral yo‘nalishda migratsiya qiladi.Bosh qismida ular bosh miya nervlari neyronlarini, tana qismi nerv sistemani periferik nerv tugunlaridagi neyron va neyrogliyalarni va teridagi pigment hujayralarni xosil qiladi. Neyronlar differensiyallashish va ixtisoslashishda bo‘linish qobiliyatini yo‘qotadi, glial hujayralar esa bu xususiyatlarni o‘zida saqlab qoladi (proliferativ faollikni). Neyrondagi ixtisoslashish belgilariga donador endoplazmatik to‘r mikdorining ko‘pligi, Goldji komleksini yaxshi rivojlanganligi, neyronaychalar va neyrofilamentlarni sitoplazmada to‘planishi shuningdek oldin akson keyin dendritlarni rivojlanishi kiradi. Neyronlar orasida sinaps ko‘rinishdagi kontaktlar xosil bo‘ladi.
Neyronlar-yirik hujayralar safiga kiradi (130mk gacha).Ularning tanalari yirik, ovalsimon, yassilashgan, duksimon, yoki piramidasimon shaklda bo‘ladi. Barcha neyronlar o‘simtalarga ega. Ulardan biri neyrit yoki akson deyiladi, qolganlari-dendritlardir. Neyronlar o‘simtalarining soniga qarab klassifikatsiyalanadi.

    1. Unipolyar-1 ta o‘simtali nerv hujayralar. Bu hujayralar odamda faqat embrional davrda uchraydi.

    2. Bipolyar-ikki o‘simtali nerv hujayralar

    3. Multipolyar-uch va undan ortiq o‘simtali hujayralarga aytiladi.

Bipolyar neyronlar orasida psevdounipolyar hujayralar farqlanadi. Psevdounipolyar hujayralar tanasidan ikkita usimta chikib, “T” shaklida ikkiga bo‘linadi. Nerv sistemasida neyronlarning asosiy qismi multipolyar bo‘lib, ularda uch va undan ortiq o‘simtalar bor. Bu o‘simtalarning faqat bittasi neyrit bo‘lib, qolganlari dendritlardir. Bajaradigan vazifalariga qarab neyronlar sezuvchi (retseptor yoki afferent) assotsiativ, xarakatlantiruvchi (effektor yoki efferent), sekretor neyronlarga bo‘linadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin