Oligodendrotsitlar- och, qoramtir va oraliq oligodendrotsitlar farqlanadi. YOshi katta odamlarda qoramtir oligodendrotsitlar ko‘p bo‘ladi. Bu hujayralarda juda ko‘p miqdorda ribosomalar va ingichka shoxlanmagan o‘simtalar tutadi. Ular spongioblastlardan taraqqiy etadi. Nerv naylarinig subependim hujayralar qavatida astrotsit hujayralari rivojlanadi. Ularning differensirovka jarayoni tugaganidan so‘ng ular boshqa bo‘linmaydilar. Oligodendrotsitlar kulrang moddaning nerv hujayralari tanalarining atrofida joylashgan bo‘lib, ularning o‘simtalari atrofida parda yoki qobiq hosil qiladi.Oq moddada oligodendrotsit o‘simtalari zichlashadi va plastinka shaklida ko‘p marotaba nerv tolalari atrofini o‘raydi. Xar xil o‘simtalar turli xil nerv tolalarini qoplaydi. Bu membranali qavatlar mielinli tolalarni hosil qiladi.
Astrotsitlar-ularninig ayrim o‘simtalari qon-tomirlargacha etib boradi, boshqalari neyronning yuzalarigacha borib astrotsitar oyoqchalarini hosil qilgan xolda kapillyarlar yuzalariga yoki neyrongacha tarmoqlanadi. Bu oyoqchalar bazal membranagacha tarqaladi, miyani yumshoq miya pardasidan ajratadi. Ularning sitoplazmasida lizosomalar va fibrillalar bo‘lib, oqsillari filamentlaridan farq qiladi,
O‘simtalarning tuzilishiga qarab 2 xil astrotsitlar farqlanadi.
Fibrillyar astrotsitlar
Plazmatik astrotsitlar
Fibrilyar astrotsitlar-uzun kam shoxlanuvchi o‘simtalardir. Bu astrotsitlar oq moddada joylashgan.
Plazmatik astrotsitlar-kalta va ko‘p sonli shoxlanuvchi o‘simtalarga egadir. Bunday astrotsitlar qadoqsimon moddada ko‘pdir. Asosiy vazifasi-tayanch va chegaralovchi.
Ependimotsitlar -orqa miya kanali va miya qorinchasini qoplaydi.
Tuzilishi: tanasi cho‘zilgan bo‘lib, bo‘shliqqa qaralgan yuzasida kipriklar, bazal qismida uzun shoxlanuvchi o‘simtalar va sitoplazmada yirik mitoxondriya, kiritmalar va pigmentlar bor.
Sekretor faoliyati: miya bo‘shlig‘iga faol biologik aktiv moddalar ajratadi. Tannitsitlar: ependima hujayralarning bir turi bo‘lib, deyarli kipriklari bo‘lmaydi. Ularning o‘simtalari miyaga yo‘nalgan bo‘lib, qon tomirlarda tugaydi. Ontogenezda bu hujayralar neyroblastlar tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Mikrogliya: monotsitar kelib chiqishga ega bo‘lgan mayda hujayralar bo‘lib, ular oq va kulrang moddada joylashgan. Bu hujayralar uzun shoxlanuvchi o‘simtalarga ega, kam sonli donador EPT va ko‘p sonli lizosomga ega. Ular bo‘linmaydi. Bu hujayralar xarakatlanuvchi va o‘zining shaklini taminlab turuvchi makrofaglar rolini bajaradi.
Nerv tolalari Nerv hujayraralarning o‘simtalari dendrit va aksonlar shvann hujayralari yoki lemmotsitlar deb nomlanadigan oligodendrotsitlardan iborat parda bilan o‘ralgan. Mielinli va mielinsiz nerv tolalari farqlanadi. Mielin pardali tolalarda qalin mielin qavati bo‘ladi. Odatda bosh va orqa miyaning oq moddasining tolalari, shuningdek periferik nerv sistemasi mielin pardali bo‘ladi. Mielinsiz nerv tolalar vegetativ nerv sistemasida, shuningdek bazi afferent nerv tolalarida bo‘ladi.