Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Nerv ho‘jayralarininig tuzilishi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə50/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Nerv ho‘jayralarininig tuzilishi.
Neyronlarning yadrolari yirik bulib,ko‘pincha markazda joylashgan. Xromatini deyarli butunlay dekondensatsiyalangan, bitta yirik yadrochaga ega. Ko‘pchilik neyronlar tetraploidli. Nerv hujayrasining sitoplazmasida umumiy organellalar: mitoxodriyalar, Goldji kompleksi, lizosomalar, mikronaychalar va mikrofilamentlar mavjud. Nerv hujayra strukturasining xarakterli belgilaridan biri-unda Nissl moddasining bo‘lishidir. Bu modda sitoplazmada bazofil bo‘yaladigan qismi. Elektronmikroskop ostida neyronning sitoplazmasini bu qismida ko‘p sonli ribosomalar, polisomalar va donadaor endoplazmatik to‘r bo‘ladi. Xarakterli belgilariga ko‘ra bu tuzilmani tigroid modda deb atashgan. Bazofillik ribosomal rRNK ko‘pligi bilan bog‘liq. Ko‘p sonli ribosomalar sitoplazmada o‘simtalarga yo‘naluvchi to‘xtovsiz oqsil sintezlaydi.
YAna bir sitoplazmaning xarakterli strukturasi-neyrofilamentlardir
ular tutam bo‘lib joylashgan. Ayniqsa ular o‘simtalarda ko‘pdir. Bundan tashqari sitoplazmada neyroning tanasini ushlab turuvchi(tayanch vazifani bajaradi) neyronaychalar mavjud. YAdro va aksonni orasida yaxshi taraqqiy etgan Goldji kompleksi joylashgan. SHuningdek u o‘zida lipofussin va melanin deb ataluvchi pigment saqlaydi.


Neyrogliya yuqorida aytib o‘tilganidek neyrogliya hujayralari hujayralararo modda vazifasini bajaradi. Bosh va orqa miya nerv to‘qimasida tomirlar devoridan tashqari biriktiruvchi to‘qima uchramaganligi uchun u yumshoq va siyrak bo‘ladi. Neyronlarninig tanasida yotuvchi strukturasiz massaga o‘xshash neyrogliya hujayralari va kapillyarlari - neyropil deyiladi va kulrang moddani asosini tashkil etadi. Elektronmikroskopik tekshirishlar ko‘rsatadiki, hujayra tanalari, neyroglial hujayralar o‘siqlari va neyronlar bir-biri bilan chigal hosil qiladi. Kumush bilan bo‘yash shuni ko‘rsatadiki, 4 xil tipdagi neyroglial hujayralar mavjud:

  1. Oligodendrotsitlar-shoxsimon o‘simtali mayda hujayralar

  2. Astrotsitlar-mayda ko‘p o‘simtali,nurli yulduz ko‘rinishga ega bo‘lgan hujayralar

  3. Ependimotsitlar

  4. Mikrogliya-juda mayda hujayralardir, qonning monotsit hujayralardan xosil bo‘lgan. U makrofag vazifasini bajaradi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin